May 27, 2025

Kundalik

BALKI.... KUNDALIKNI TOPIB OLMAGANIMDA BARCHASI YAXSHI BOʻLARMIDI BOʻYNIMDA MILLIONLAB VON QARZIM BOʻLSA HAM... HOZIRGIDAN BAXTLIROQ BOʻLARMIDIM....

1-qism

* Hada kichik xonadagi narsalarni shoshib titkilardi.

~ topila qolsangchi nahotki bisotlarida biror ziraklari ham boʻlmasa endi nima qilaman.. ularga nima deyman. Ado boʻlding Hada hech yoʻq foizini qaytarmasang sutxoʻrlar seni tiriklayin yeydi.

* Qiz boshini changallagancha yerga choʻkka tushib qoldi. Avvaliga telbadek qichqirdi. Keyin yaratganga nola qila boshladi..

~ yo xudo nahot bir ojiz bandanga rahming kelmasa otamni olding meni onamdan ayirib yetim qilib qoʻyding yana nimalar xoxlaysan mendan buncha qarzni qanday qaytaraman. Ularga qoʻshib meni ham jonimni olganingda bari osonroq boʻlarmidi...

*Biroz qiyshaygan eshikni bir yigit tepkilab buzib ichkariga kirdi ortidan 4 yigitni ham yetaklab keldi. Choʻkalab turgan Hada qoʻrquvdan tipirchilab qoldi. Yigit qizni yoqasidan hovuchlagancha turgʻazdi ikkisi tumshugʻma-tumshugʻ boʻlishgach yigit sokin lekin daxshatli ovoz bilan shivirladi.

- pullar qani...

~ haligi hozir shuni harakatidaman..

- harakat qilayotganingni sezganim yoʻq

~ menga vaqt bering..

- senga vaqt beraverib umrim tugaydi shekilli yana qancha choʻzmoqchisan...

~ men albatta pul topaman

- nima qilasan oʻzingni pullaysanmi?! Kel shu ishni hozir hal qilamiz oʻzingni menga baxshida qil men qarzlaringdan kechib yuboraman.

~ esingni yeb san.. hech qachon...

- nimanga nozlanasan nozlanadigan nima qoldi senga hatto uy ham meni nomida allaqachon boʻshatib qoʻyishing kerak edi bu uyni ..

~ meni qoʻyib yubor hech qachon unday qilmayman arzimagan chaqalar uchun oʻzimni sotmayman agar koʻngling boʻshasa meni oʻldir lekin oʻzimni soʻrama men u pullarni onamni davolatish uchun oldim ilojsiz edim yoʻqsa eshigingdan moʻralamasdim ham...

- obbo...bas qil men bunday bohonalarni koʻpini eshitganman. Mayli shu chiroyli koʻzlaring haqqi senga ertaga shomgacha muhlat yo pulni topasan yoki.... Ha mayli qoʻyaver seni oldindan vahimaga solmay...

Yigit qizni yoqasini boʻshatib eshik tomon yoʻnaldi. Eshik oldida turgan eski shikafni bir qoʻli bilan tortgandi shkaf pastga yiqildi zarbani koʻtarolmay parchalanib ketdi. Qizni va onasini kiyimlari singan yogʻoch boʻlaklariga qoʻshilib ketdi.

- uyni boʻshatib qoʻyish ham yodingdan koʻtarilmasin.

*Yigitni tashqariga chiqishdan oldingi soʻzlari shu boʻldi .. Hada oʻrnini boʻshatishni istamay yana joyiga choʻkkaladi...

-menda biror yoʻl qoldimi oʻzi shu yaramasni toʻshagiga kirishdan oʻzga... Ha bor birginasi bor eng soʻngi chora...

* Hada oʻrnidan qoʻzgʻalib eshik toʻmon yoʻnalar ekan oyogʻi shikafni siniq boʻlagiga urilib ketdi..

~ aysh ...oyogʻim ...bu nima boʻldi...

*Qiz yogʻoch ostidan chiqan qizil muqovali biroz eskirgan daftarni oldi.

~ seni hech koʻrmagandim shikafni yuqorisida yotganmiding.

Qiz ikki qoʻli bilan daftarni silkidi daftar orasidan pul tushishini kutardi afsus umidlari puchga chiqdi varoqlar orasidan bir yigitni surati tushdi. Hada egilib suratni oldi.

~ bu kim boʻldi..

Daftarni bir ikki varogʻini titkilab koʻrdi.

~ oyimni kundaligi shekilli balki birinchi muhabbatidir lekin yigitni yuzi juda tanish dadam bunchalar kelishgan emasdi..

Hada daftarni va suratni sumkasiga soldi. Hozir dunyodan tuyib turgandi oʻqigani ham hafsala qilmadi.. yoshligi oʻtgan koʻchalardan yurib borar ekan atrofga oxirgi bor koʻrishidek jovdirardi. Koʻcha boshidagi kichik doʻkonchaga kirdi.

~ salom

- salom kel Hada qarzingni bergani keldingmi?

~ Nam xonim u qarzlarni ham yaqin kunlarda qaytaraman. Yana qarzga ichkilik olgani kirgandim.

- ichkilik.. ? Seni ichadigan odating yoʻq ediku.

~ ha...

duduqlandi qiz...

~ oʻzimga emas ! Onamni davolab yurgan shifokorni koʻrgani bormoqchi edim motamdan soʻng borolmadim bizga koʻp yordan qildi rahmat aytib qoʻyishim kerak..

- u sen olib borgan arzon ichkilikni icharmidi ma.. ana bunisi olib bor bu qimmatroq ta'mi ham shunga yarasha puli kerak emas onang uchun mendan...

~ rahmat xonim...

- hoy tentak qiz nega yigʻlaysan. Toʻgʻri koʻp sinov koʻrding lekin iroqali boʻl.

~ xoʻp xonim...

Hada ichkilikni olib kechgacha shahar aylandi qorongʻu tushgach "Mapo " koʻprigi oldiga keldi. Sumkasidan ichkilikni olib ogʻzini ochdi. Bir hoʻplagandi tomogʻi kuyishib ketdi .

~ nima balo bu ..oʻlimdan oldin dalda boʻlar desam ich-etimni yondirdiku bu..

Qiz biroz oʻtgach ichkilik mazzasini seza boshladi. Miyyasi karaxt boʻlib yuragi guppilab urar millon qarzlari ham koʻziga kichik narsadek tuyila boshladi. Miyyasidagi karaxtlik unga xush yoqib turgan bir mahalda oʻzini oʻldirish uchun kelganini xotirladi. Koʻprikni toʻsinlariga yaqin borib toʻsindan oshish uchun tirmasha boshladi. Endi yuqoriga koʻtarilgandi pasda shovillab oqayotgan daryoni koʻrib yuragi oraqaga tortib ketdi. Seni yutaman degandek daryoni sovuq shabadasi yuziga urildi.

~ odamlar buni qanday qiladi men yashashni istayman dedi oʻziga shivirlab qoʻllari titrab tutqichni qidira boshladi. Koʻprik toʻshini yuqorisida panjaraga oyoqlari ilingancha havoda muallaq turar ekan jon shirinlik qilib harakatini sekinlatdi. Noxos qalqib ketdi boʻgʻzidan qichqiriq otilib chiqdi. Suvga loʻp etib tushib havosiz qolishi kerak edi. Lekin qattiq narsa ustiga yiqildi. Issiq narsaligiga qaraganda bu inson edi. Yumib olgan koʻzlarini ochdi va yigit kishi unga qichqirib ketdi.

- sen ahmoqni esing joyidami hozir nima qilmoqchi eding..

Yigit qizni olib ustidan uloqtirdi va doʻgʻini davom etirdi.

- miyyangda nosozlik boʻlsa ruhiy kasaliklar shifoxonasiga bor bu yerda nima qilasan sen oʻlsang ortingdan qolganlarga nima boʻlishini oʻyladingmi? Sen yoqib ketgan oʻtda yaqinlaring kuyishini oʻyladingmi?

~ meni hech kimim yoʻq. !

- hech kiming yoʻq! Oʻzingchi bu tana senga nimaga berilgan. Ruhingchi hali hayotni yorqin va baxtli kunlarni koʻrmay turib sovuq suvda tipirchilab jazolashing uchun berilganmi? Seni muamolarni hal qilgani aqling boʻlmasa tanang va jismingda urib turgan yurakni nima aybi bor.

*Pov Hada
Bu meni jinni yoki ilimsiz deb oʻyladi shekilli. Tanimagan odamiga na muncha qichqiradi men boyagina oʻlish fikridan voz kechdim shunday ekan meni xutxushlikda ayblolmaydi.

~ men oʻzimni oʻldirmoqchi emasdim atrofni yoʻgʻe suvni tomosha qilmoqchi edim..

- ha aybingni tan olding kelmaydi. Qani yur yigit mashina tomon imladi..

~ qayoqa men tanimagan odamlarimni mashinasiga oʻtirmayman.

- uyinga tashlab qoʻyaman bu yerda qolib oʻz joninga qasd qilmasliginga kim kafolat beradi.

~ unday qilmayman dedimku siz kimsiz menga nega yopishib oldingiz...

- men ham bir gal shu ahvolga tushganman. Bir odam menga yordam bermaganda hozir balki tirik boʻlmasdim. Men ham senga yaxshilik qilmoqchiman...

~ oʻzingizda ham aqil boʻlmagan ekan-ku u haqda gapirishingizga nima bor??

- ketdik hali uzoq turasanmi?

Hada uyiga borsa sutxoʻrlar borligini oʻylab..

~ siz ketavering soʻz beraman oʻzimga tariqcha zarar bermayman meni borarga joyim yoʻq sizni sarson qilish niyatim yoʻq.

- unda menikiga yur..

~ a?! Siz meni kim deb oʻyladingiz.

- hech kim deb oʻylamadim sen meni yaqindagina dunyodan tuygan odamga tegajonlik qiladigan nomard deb oʻylamasang boʻldi. Qani yur.. hozir majburlayman. Tongda toʻrt tomoning qibla depressiyadan chiqib olishing lozim...

Hada oʻzi bilmas ich-ichidan bu keyishgan yigitga nisbatan ishonch bilan ortidan ergashdi.
Yigit qimmat rayondagi koʻp qavatli uylar biridagi kvartirasiga qizni olib kirdi. Hada ogʻzi ochilgancha hashamatli kvartiraga kirib keldi.

- kiyimingni huv anavi ilgichga il oyogʻinga shippak kiy..

~ bu nechi xonali..

- nima?

~ uyingiz...

- 9 xonali "Luks Penthaus"

~ ha ... Shunaqa uy-joyi bor odam ham oʻzini osadimi? Yoki qandaydir sektalarga ergashganmidingiz.

- oʻshanda menda tayinli ish ham yoʻq edi. Mana bu devanda uxlay qol lekin avval hov anavi dushga kirib choʻmilib chiq uyimni iflos qilishingni istamayman. Oʻsha yerda mehmonlar uchun toza kiyim ham bor.

Yigit zaldan yurib ichkariga kirib keta boshladi.

~ smingiz nima?

Soʻroqladi qiz.

- Kim Seokjin

yigit ortiga ham burilmadi yoʻlida davom etdi.

~ meniki Mindi

- yaxshi yotib dam ol..

~ siz ham ..

Yigit kirib ketgach Hada dushga kirdi.

~ vay boʻ.. vanna emas dunyoni 8 moʻjizasiga oʻxshaydi.

Qiz vannani qoʻllari bilan siladi.

~ kechir senga choʻmilgani faqirlik qilaman. Xafa boʻlma boshqa senga teginmayman hozir choʻmilib chiqmasam tashqaridagi qimmat baho divanni chang ust boshim bilan ranjitib qoʻyishim mumkin.

Qiz tentekdek uy jihozlari bilan suxbat qurib choʻmilib chiqdi. Devan qanchalar yumshoq boʻlmasin uyqisi kelmadi ertaga kechga sutxoʻrlar uni yerni tagidan boʻlsa ham topishni oʻyladi. Sumkasini ichidan telini olmoqchi boʻlgandi onasini kundaligiga koʻzi tushdi. Devanga qaytib kelib oʻtirdi daftarni varoqlab suratni oldi suratga tikilib tanish chehrani aniqlolmadi surat orqasini oʻgirdi. Surat orqasida
"Sevgilim Herri sen meni yagona quvonchimsan " deb yozilgandi.

~ taxminlarim toʻgʻri bu oyimni birinchi muhabbati

Hada daftarni oʻqiy boshladi.
Qogʻozlarda yosh Chon Herri oʻqish yillari Park Chanyol ismli yigit bilan birga oʻqigani ularni oʻrtalarida buyuk sevgi boʻlganligi yigit onasiga uylanmoqchi boʻlganlari ishqiy sarguzashtlari. Bitiradigan yillari hammadan yashirincha nigohdan oʻtkanliklari birga yashaganliklari buni bilin qolgan Herrini ota-onasi qizidan voz kechib yuborgani. Koʻp oʻtmay Chanyolni onasi kelib yo oʻzini yo Herrini tanlashini aytib Chanyolga shart qoʻyganini nigoh idorasiga borib ularni nigohini bekor qildirgani Chanyol Herrini tanlagani shundan soʻng badavat onasi oʻgʻlini boshiga ogʻir kunlar solgani umrida qiyinchilik koʻrmagan Chanyol oila boqaman deb qiynalib ketgani buni koʻrib jim turolmagan Herri Chanyol baxtli boʻlishi uchun bir kun Chanyol uyda boʻlmaganda yuklarini toʻdalab chiqib ketgani shu koʻyi qaytib uni uchratmagani sogʻinch azobida qiynalgani Chanyol bilan ayrilgandan soʻng bir yil oʻtib Hadani otasi bilan tanishgani u yaxshi insonligi biror bor boshqani sevganini yuziga solmagani. Shularga qaramay Chanyol qalbini sohibi boʻlib qolgani yozilgandi.

~ bechoragina dadam

dedi Hada eng soʻngi boʻsh varoqni koʻtarib qaradi. Daftarni ichki muqovasida "Park Investa" deb yozilgan kompaniya reklama qogʻozchasi turardi.
Varoqchani koʻribgina Hada suratdagi tanish chehrani esladi. Suratdagi erkak mashhur biznesmen Park Chanyol u jahon boylari orasida 7-oʻrinda edi. Hada suratni qoʻliga takror olib bir qaradi telidan Park Chanyol haqida ma'lumot topib uni hozirgi suratiga tikildi.

~ biroz vaqt yuziga ajin solibdi shunga qaramay hali ham juda kelishgan onam xorlikda oʻlib ketdi. Shuncha davlat bilan nahot onamni qidirmadi. Oʻzi yaramas odam ekan.

Jinni birdan uyqusi yoʻqoldi xayolida mexmonxonasida qiz oʻzini oʻldirib qonga belanib yotardi shoshib xonadan chiqdi zaldan ildamlab borib mehmonxonaga oxista moʻraladi bu vaqtda qiz qoʻlida daftar yonida bir necha yirtilgan varoqlar egilib qizil muqovali daftariga bir nimalar yozardi Jin uni biroz kuzatdi. Qiz yozib boʻlib yozganlarini oʻqidi va nimadirni maqullagandek bosh irgʻidi eng ajablanarlisi oʻzi atay daftari ustiga suv quydi va davtarni tikka qilib ortiga stakanni tayantirgancha qurigani qoʻydi. Sumkasiga yirtilgan qogʻoz boʻlaklarini soldi. Shundan soʻng yotgani devanga choʻzildi.

Qiz uxlashga shaylanganini koʻrib Jin biroz xotirjam tortdi va xonasiga qaytib yotib uxladi. Tongda uygʻonganida soat allagachon toʻqqizdan oshgandi.

- jin ursin uxlab qolibman. U qiz nima qildiykan qanday muammosi bor endi soʻrasam boʻlar pul taklif qilsam ranjib qolmas.

Jin xonasidagi sefni ochib qatorlashib yotgan 100$li kupyuralardan 3 pachkasini oldi. Xonadan chiqdi mexmonxonaga kelganida devan ustida mehmonlarga moʻljallab qoʻyilgan kiyimni qiz yechib chiroyli qilib taxtlab qoʻygandi. Balki oshxonadadir deya oshxonaga bordi kirganida stol ustida tuxumli amlet yonida salat 🥗 bir stakan qaynagan suv turardi.

- qahva yoki choyni topolmagan shekilli

deb gʻurillar ekan Jinni koʻzi stol ustidagi qogʻoz boʻlagiga tushdi. Qogʻozchani olib oʻqiy boshladi.

~ hammasi uchun rahmat janob Seokjin. Mendan xavotir olmang shu tun biroz esimni yeb qoʻyibman endi hech qachon oʻzimga ozor yetkazmayman. Ha uyingizdagi hech nimaga tegmadim ikkita tuxum va salatbarglaridan tashqari yoqimli nonushta uchun rahmat aybimni yuvish uchun sizga ham pishirib qoʻydim. Rahmat janob sizni umr boʻyi duo qilib oʻtaman

deb yozilgandi qogʻozda...

- senga yordam berish peshonamda yoʻq ekan..

Jin qoʻlidagi pullarga razm soldi.

Hada "Park Invest" ni qabulxonasida xodimlar oldiga keldi.

-salom xonim nima xizmat?

~ salom menga janob Park Chanyol kerak edilar.

- prezident Parkmi?

~ ha aynan oʻzi ..

- uchrashuv belgilanganmi?

~ yoʻq..

- unda kirolmaysiz uchrashuv belgilashingiz lozim...

~ belgilang unda ....

- hozir ....janob oktyabr oyini 10-sanasida boʻsh boʻlar ekanlar...

~ nima? Axir hozir mart oyiku 7 oy kutishim kerakmi?

- shunda ham oʻsha kuni safarlari chiqib qolmasa.. endi bu yerda turmang uchrashuv belgilangan kun kelasiz. ...

~ yoʻq men bugun koʻrishim kerak...

- xonim men ham oddiy xodimman qoʻlimdan kelganini qildim..

~ soat nechida keladi oʻzi...

- Prezident Park har doim ham kelavermaydilar...

~ ming lanat endi nima qilaman u oxirgi umidim edi..

Hada ilojsiz ortiga qaytardi. Kirish eshigidan 20-ga yaqin qoʻriqchi bilan Park Chanyol kirib keldi. Buni koʻrgan Hada

~ janob Park

deb qichqirgancha chopdi binodagi qoʻriqchilardan biri kelib uni tutib qoldi. Hadani ovozi 80 qavatli binoni har bir qavatti eshitdi lekin na janob Park na yonidagi 20ga yaqin qoʻriqchisi eshitdi. Janob Park endi lift oldiga kelganida

~ janob Park men Chon Herrini qiziman

deb qichqirdi Hada shundan soʻngina erkak u tomon burildi. Park biroz qizga tikildi va qoʻriqchiga qoʻyib yubor degandek ishora qildi qizga qoʻli bilan kel degandek imladi.

Hada ust boshini bir toʻgʻirladi va erkakni qarshisiga borib tazim qildi. Erkak liftga kirdi.

- xonim siz ham keling dedi savlat bilan..

Hada erkakni ortidan liftga kirdi qoʻriqchilar kirmoqchi boʻldiyu Park Chanyol kirgani yoʻl bermadi. Lift eshiklari yopilib erkak 80 tugmasini bosdi.

- isbotla derdimu quyib qoʻygandek onangni oʻzi ekansan ...

erkakni ilk soʻzlari shu boʻldi.

~ bilaman

dedi Hada dadillik bilan

-bu yerga seni onang yubordimi?

~ yoʻq.. oʻzim keldim onam 3 oy ilgari vafot etdi.

erkak bir qalqidyu

- nima qanday nima boʻldi

unga savollarni qatorladi...

~ nafas yoʻllari ragi bilan vafot etdi...

- joyi jannatda boʻlsin sen nega kelding!.

~ menga yordam kerak sizdan yordam soʻrab keldim...

- qanday yordam !!

~ pul kerak menga...

- pul....

Erkak biroz oʻyladi.

- men senga unday yordam qilolmayman deya javob berdi..

~ a .. qarzga qaytarish sharti bilan ishlab boʻlsa ham qaytaraman janob.

- onang oʻshanda meni keraklicha pullab yuborgan endi na uni qizi uchun na oʻzi uchun bir chaqa sarflamayman. !

~ shunaqa.. boʻlishini bilgandim.! Yaralishinga sababchi boʻlgan emas seni oʻstirgan haqiqiy otang deganlari rost ekan.!

- nima ... Sen hozir nima demoqchi boʻlding!

~ hech nima rahmatli otam tirik boʻlganida meni pulga zoriqtirib qoʻymasdi. ...chunki u bilardi meni dunyoga kelishimga sababchi boʻlgan insondan hech qanday naf yoʻqligini...

- hoy qiz hozir sen meni qizim ekaningni aytmoqchimisan..?

~ hammasini buni oʻqib chiqaningizdan soʻng bilasiz!

Hada erkakni qoʻliga gʻazab bilan onasini kundaligini tutqazib oʻzi liftdan tushib qoldi. Erkak hoy-hoylab qolgan boʻlsada Hada oʻzi ilk bor kirgan binoni ichida pastga qaytib tushish uchun boshqa bir lift aparatini qidirb ketdi...

1-qism tugadi🤍
Fikriylarni kutaman