Burch va muhabbat
AQSH ruhiy kasaliklar shifoxonasi
Qora tanli toʻlachadan kelgan hamshira Donna alohida palataga qamab qoʻligan osiyolik qizni oldiga uxlatuvchi dorini yuborish maqsadida keldi. Xonani oʻng burchag tomida kamera oʻrnatilgan qizni qattiq qoʻriqlashishardi.
Donna kameraga orqa qilib qizni yuzini berkitgancha oʻtirdi. Ayol har gal shu qizga qaraganda yurak bagʻri ezilib ketadi. Qiz bechora katta oʻgʻli qatori farandi tengi har qanday yoshga bolasiga qaragandek qarardi. Qizni shu xolga solganlarni tinmay lanatlardi. Qizni silliq sochlarini qora loʻndagina qoʻllari bilan yumshoqlik bilan siypaladi. Kipriklari titrab qiz koʻzlarini ochdi.
D: yo xudo oʻziga kelgan ekan shivirladi ayol.
Qiz nursiz sargʻaygan koʻzlari bilan Donnaga iltijoli tikildi. U shu kasalxonaga kelgandan buyon suniy tarzda (tomirga vitaminlar yuborish orqali) oziqlantirilganligi sababli ogʻiz qimirlatgani ham holi yoʻq edi.
Donna qoʻliga shiprisni olib dori yubormoqchi boʻldi lekin qizni mungli koʻzlari vijdonini qoʻzgʻab yoʻl bermadi.
Sezib qolmasliklari uchun qizga shivirladi.
D: ingliz tilini tushinasanmi?
Qiz ha degandek koʻzlarini ochib yumdi.
dedi ayol erkalash va iltimos ohangida
D: men senga uxlatuvchi dori yubormayman lekin sen ham koʻzlaringni yumib yotasan bizni kameradan kuzatib turishibdi yoʻqsa ikkimizga ham qiyin boʻladi.
Qiz tasdiqlagandek koʻzlarini yana ochib yumdi.
D: endi uxlaganga sol oʻzingni ahvoling yaxshilanishi shunday kutaylik keyin senga yordam berish yoʻlini yana qidirib topaman.
qiz koʻzlarini yumdi.
Donna qizga suniy ozuqa yuborib tomchi dori tugashini kutib turdi. Ayolni miyyasida qizni ozod qilishim kerak degan gʻoya joylashib oldi. Qiz bu yerda qolar boʻlsa uzogʻi bilan ikki oyda halok boʻlardi. Donna esa bunga befarq qarolmasdi. Tomchi dori tugagach Donna yashirincha choʻntagidan doim olib yuradigan konfetdan bir dona olib qizni ogʻziga soldi. Qiz anchadan buyon ta'mni his qilmay qoʻygandi. Kanfetni shirasiga qoʻshib baxtni his qilar ekan qizni yumiq koʻzlaridan yosh yumalab tushdi. Oddiy kanfet uchun ham koʻz yosh qilayotgan qizni koʻrib Donnani ham koʻzlari yoshlandi. U qizni yotgan joyida nargi tomonga aylantirdi. Qizni yelkalariga yotoq yarasi chiqmasligi uchun deyarli Donna har kun qizni orqasini iliq nam sochiq bilan artar tana kremi bilan uqalab qoʻyardi. Qizni orqasiga qarar ekan qizni ozib ketgan tanasidan qavurgʻalarini sana boʻlardi. Kameraga orqa qilib yotarkan qiz oʻzi asir boʻlgan qamoqni devorlarini tomosha qilardi.
Donna inglizcha qoʻshiq hirgoya qilib ishini davom etirar qoʻshiqda shunday satrlar bor edi.
D: isming ismingni ayt , goʻzal isming bilgim keladi.
Ayolni shamasini tushingan qiz
//Yaqin oʻtmish Begman qiroligi//
Jimin qizni yonogʻidan mahkam qisgancha labidan oʻpdi. Hada yigitni itarib yuziga tarsaki tushirishi bilan eshik ochilib Namjoon tikilib turardi. Hada Namjoonni koʻrib koʻzlari xonasidan chiquvdek boʻlib ketdi.
Namjoon eshikni ochganda Jimin yuzini ushlab turar sevgilisi bejo tipirchilab qolgandi.
Jimin vaziyatdan chiqish uchun
Jm: yuzimni shu tomonida dedingmi
degancha qiz mashinadan otilib chiqib ketdi. Namjoon ich-ichidan bir nimani his qildiyu voqeani anglolmay qoldi.
Shahzoda oʻng tomonida Namjoon chap tomonida Hada ketib borishar ekan. Qizni qoʻrquvdan gupillab urgan yuragi hali ham tinjimas Namjoon hech nimani sezib qolmaganiga shukur ham qilardi.
Jiminni hayoli qizni oʻpganda butun tanasiga tarqagan issiqlik va yoqimli hisda edi. U matbuot anjumanini ajoyib oʻtkazdi. Neft quduqlaridan tushayotgan foyda xalqni quyidan pastroq qatlamini hayotini yaxshilash uchun sarflanishi haqida maruza qildi.
Hadani bir shahzodani suratga olar lekin koʻzlari Namjoon bilan toʻqnashgancha qolaverardi. Oldiga kelgan erkak kishi unga gapirgach Namjoondan nigohlarini olib notanish kishi tomonga qaradi.
X: Chon xonim sizni koʻrish sharafiga bugun sazovor boʻlgan ekanman.
~ salom kechirasizu sizni tanimadim. ?
X: men shahzodani ammavachasi Xan Yondo boʻlaman. Qirollik bazmidan keyin mashhur boʻlib ketingiz sizni koʻrgani juda qiziqandim. Bugunga nasib qilgan ekan.
Yon: shahzodani yonida ish boshlabsiz.
~ shunday hazrati oliylari bilan inoq emasiz shekinli sizni saroyda hech uchratmadim.
Yon: men u bilan raqibman hisob shahzoda meni xushlamaydi. Agar u vorislikdan ketsa oʻrniga men oʻtiraman. Ha bunga uncha koʻp qolmadi.
~ siz shahzodani qoʻlovchi odamga ochiqchasiga tahdid qilyapsizmi ? Qoyil juda jasur ekansiz lekin bu taxtga yagona loyiq odam bor u ham ma'ruza qilyapti.
Yon: chet eldan qaytganingizga koʻp boʻlmadi uni yaxshi va munosib inson ekanligini qayerdan bilasiz?
~ meni yaqin insonim shahzoda bilan koʻp yildan buyon inoq shahzoda shaxsiyati haqida taxsinga loyiq juda koʻp gaplarni eshitganman . Keyin saroyda oʻz koʻzim bilan koʻrdim shahzoda eng lavozimi past ishchilar bilan ham momulali.
Yon: siz sodiqlikni otangizdan olgan ekansiz otangiz ham boshiga qilich kelsada qirol qanday insonligiga qaramay himoya qilaveradi. Yaxshi hamki shahzoda unashtiruv tunida ikki qizni ham xonasiga kirmabdi. Keyingi yil taxt vorisi boʻlsam meni unashtiruv oqshomimda yozgi saroyda boʻlishingizni oʻylab sevinyapman.
Yon: qanday oqshom boʻlardi shahzoda bilan yozgi saroyga borganingizni aytyapman.
~ aha sizga maslahatim boshingiz oʻzingizga kerak boʻlsa valeahdlik haqidagi bemani fikrni uniting.
Yon: maslahatingizni saqlab qoʻyaman.
Shahzoda minbardan tushib Namjoonni oldiga keldi. Binoni nargi tomonida Yondo bilan chaq-chaqlashib turgan qizni koʻrib sabrsizlana boshladi va Namjoonga
Jm: nima deb oʻylaysan ular nima haqida gaplashishyapti
Rm: borib soʻrab kelinchi qani tez..
qizni qizgʻonib kuzatayotgan Namjoon shahzodaga buyruq qilganini sezmay qoldi.
Rm: Yondo qirolik oilasidan men borib uni yoqasidan ola olmayman sizni amalingiz yuqoriroq bu qoʻlingizdan keladi deyapman.
Ular suhbatini tugatmay Hada Yondoni oldidan yurib tashqariga chiqib ketdi.
Xayriyat deb yubordi ikki yigit ham.
Hadani ortidan kuzatarkan Yondo oʻz-oʻziga gʻuldurab qoldi.
Yon: bu qizdan hech nima chiqmaydi menga Park Inhe yordam bera oladi Jimin nozik joyini topsam oʻsha daqiqada uni yoʻq qilaman.
Jimin Hada bilan mashina orqasida ketib borar ekan. Qiz koʻzlarini oynadan olmas chap qoʻlini bosh barmogʻi bilan oʻn qoʻlini yuzasini nimtalab kelardi. Jimin qizni qoʻlidan nigohlarini olmay kelar ekan sabri yakun topib qizni qoʻlidan tutdi. Hada yigit qoʻlini tutishi bilan shoshib u tomonga qaradi. Qoʻlini tortib olmoqchi boʻldi lekin yigitni qoʻllari orasidan ololmadi.
Jm: bas qilmasang teringni shilib qonatib yuborarding. Oʻzingni aybdor his qilishni bas qil. Ojiz bir odamga koʻmaklashdim deb oʻyla.
Jimin qizni qoʻlini boʻshatdi.
Jm: nega jimsan Xan Yondo bn nimani gaplashib turgandingiz. ?
~ u ham sen yurgan yoʻllarda yurish istagi borligini gapirdi. Ha yana shahzodani unashtiruvi birga dam olganimiz deyarli biror gapiga tushinmadim.
Jm: nima ... Unashtiruv yoʻgʻe yozgi saroyga borganimiz bilan uni nima ishi bor ekan juda hadidan oshib ketdi.
~ yulduzi porlab taxtga oʻtirib qolsa meni keyingi yil yozgi saroyga taklif qilarmish.
Jimin ichidan oqib kelgan gʻazabini tiyolmay qoldi. Mashina salonidagi ichlilikka moʻljallangan bardan rumkani olib otib yubordi idish pasajir va shafyor oʻrtasidagi oynaga tegib chil-chil boʻlib ketdi. Hada shahzodani telbanamo qiligʻidan qichiqirib yubordi. Namjoon qizni qichqirganini eshitgach oʻrtadagi oynani tushirdi. Jimin vajohatli qizargan qiz oʻgʻzini qoʻlini bilan bekitgancha qotib turardi. Jimin Namjoonni koʻrishi bilan
Jm: mashinani toʻxtat Chon xonimni shafyor eltib qoʻyadi biz bir yerga borib kelamiz
Ikki yigit ham mashinadan tushishdi. Kartejdan joy olgan Gelic mashinasini haydab ketayotgan 2 zobitni tushirib Jimin oʻzi rulga oʻtirdi. Namjoon qarshi boʻlsada unga ham rulni bermadi. Katta tezlikda mashinani haydab borar ekan
Jm: U iflosni yozgi saroyda tunagisi kelib qolibdi.
Jimin jiyani taxtga olayganidanda koʻproq Yondoda Hadaga intilish borligini oʻylab qoni qaynayotgandi.
Jimin jiyanini shahxsiy hovlisiga bostirib bordi. Yondo damafondan Jiminni koʻrib eshikni ochdi chunki ammavachasi hech uni yoʻqlab kelmasdi. Eshik ochilishi bilan Jimin qutirgan hayvondek bostirib kelib Yondoni kaltaklay ketdi. Namjoon avvaliga ajratmoqchi boʻldi-yu keyin Jiminni gaplarini eshitib shaxdidan qaytdi.
Jm: seni hali yozgi saroyga qolging kelib qoldi. Agar seni yana bir bor Hadani yonida koʻrsam tiriklay koʻmaman
Jimin har zarbasida shu soʻzlarni takrorlar Namjoon qoʻllari musht Yondoni ham Jiminni ham kaltaklash istagida edi chunki u tushingandi Jimin qizga befarq emas..
deya qichqirardi Yondo u ham Jiminni yuziga musht tushirib qoshini oldini yordiyu lekin oʻzi ham ogʻzi ham burnidan jarohat oldi.
Jimin alamidan chiqgach yigitni ustidan turdi. Namjoon ham shahzoda oʻrnidan qoʻzgʻalgach Yondoni ichidan tepdi. Jimin chiqish eshigiga yaqinlashgach yana ogohlanirish berdi.
Jm: Yondo shu zarbalar yetarli boʻldi deb oʻylayman. Bu hali ham meni yumshoqligim.
Hada saroyga qaytganida Yun xonim uni kutib oldi.
~ shahzodani birdan avzoyi oʻzgarib mashinadan tushib ketib qoldi.
~ jiyani Yondo haqida suhbat borayotgan edi inson oʻz jiyanini ham shunchalar yomon koʻrishi mumkinmi?
Y: u odam boʻlganida yaxshi koʻrish mumkin edi..
hayron boʻldi Mindi
Ayol qoʻli bilan qiz qulogʻini keltirishni soʻradi.
Y: u maraz bir vaqtlar qizlar savdosi bilan shugʻullangan aniq faktlar bor edi lekin sud kunigacha barcha dalillarni yoʻq qilishdi.
Y: ha siz chet elda boʻlganingiz uchun bilmagansiz
~ voy iflos joni chiqsin bunaqalarni oʻlgani yaxshi..
Y: oʻlish kam ularga xonim yengil jazo koʻzlarini uyib qoʻllarini chopish kerak.
Dedi Yun xonim norizoligini yashirmay.
~ Yun xonim gapimizni birov eshitib qolmasin balki boshqa joyga borib suhbat qilarmiz.
Y: toʻgʻri yuraqoling bu yerdagi eng xavfsiz xona shahzodaniki
Yun xonim va Hada shahzodani xonasida uzoq gʻiybat qilishdi. Hasratlashishdi Yun xonim sevgan yigiti u xarbiy boʻlgani snaryad tushgan joy markazida qolib vafot etganini aytib berdi. Hada ham xarbiy yigitni sevgani uchun ayolni hikoyasiga tasirlanib tinmay koʻz yosh toʻkdi. Yun xonimda qizga nisbatan iliqlik uygʻondi qiz boshqalarga oʻxshamas yaxshi tinglovchi va xushchaqchaq suhbatdoshligini ayol xushladi.
Jimin xonasiga kirganida Yun xonimni quchoqlab Hada yigʻlab turardi. Yigit yaqinroq borib xavotirlanib xol soʻradi.
~ boring aralashmang tinch qoʻying bizni..
Hada gap bilan goʻyo yigitni ogʻziga shapaloqladi
Jm: nima? Ogʻzimga gap bilan urdimi men ahmoq xol soʻrab oʻtiribman
oʻziga shivirlagancha ish stoliga borib joylashdi shahzoda.
Yun xonim qizni bagʻridan bosh koʻtarib shahzodani koʻrgach sabchib oʻrnidan turdi. Endi uzur soʻramoqchi edi Jimin chiqing degandek qoʻli bilan ishora qildi. Ayol bir soʻz demay chiqib ketdi. Hada fantaziyasi ishlab Yun xonim va rahmatli sevgilisi oʻrniga oʻzi va Namjunni qoʻyib yigʻlash bilan ovvora edi qiz oʻpkasini ololmas ekan shahzoda kresloga qizni qarshisiga kelib oʻtirdi.
Jm: oʻzingni bos nima boʻlganini menga aytasanmi?
~ aaa haligi Yun xonimni sevgani portlab parcha-parcha boʻlib ketibdi.
Jm: oʻzingni bos bunga ancha boʻlgan men kichkina sen hali tugʻulmagan ham boʻlgansan.
~ agar peshonamga shu kun keladigan boʻlsa u emas yaxshisi men oʻlganim yaxshi yigʻidan tinjimasdi qiz.
Qiz oʻziga oʻlim tilar ekan Jiminni yuragi qisgandek boʻlib ketdi. Qiz koʻzlarini berkitgan qoʻllarini tutdi..
Jm: unday dema... Sensiz men nima qilaman.
Hada yigitni qoʻlidan qoʻlini tortib oldi.
~ men boʻlmaganimda qanday nutq soʻzlagan boʻlsangiz shunday soʻzlayverasiz
dedi qiz burnini tortgancha.. Jimin boʻshab qolgan hovichiga tikilarkan qizni koʻrolmay qolishini oʻylab qolgandi.
~ peshonangiz hozir men dori olib kelaman.
Qiz eshikka yugurdi qarshisidan dori darmon qutisini koʻtarib Yun xonim chiqib keldi. Hada Yun xonimni qoʻlidan dori qutini yulib olib Jiminni oldiga chopib keldi. Yun xonim eshikni berkitib ortiga qaytdi. Hada shosha pisha shahzodani peshonasini qonini artib malham qoʻydi va plaster yopishtirdi. Qiz yigitni peshonasida ovvora ekan Jimin qizni yuzidan nigohlarini uzmasdi.
Hadani esiga Namjoon ham birga ketgani tushdi. Oʻrnidan uchib turdi dori qutini qoʻliga olib xonadan chiqib ketdi shahzoda qizni biroz telba qiliqlarini bilgani uchun qosh uchirib bosh chayqash bilan cheklandi.
Hada saroy hovlisiga yugurib chiqdi lekin hech kim yoʻq. Zobitlardan Namjoonni qayerdaligini soʻrab yigitni izlab ketdi. Namjoon harbiylar uchun ajratilgan binoda oʻz xonasida ekanligini eshitgach binoni qidirib bordi. Katta 7 qavatli bino askarlar yotoqxonasi boʻlib supasida mashgʻulotlar oʻtash uchun katta joy ajratilgandi. Navbatchi askarlar pol yuvishar koʻchada arqonga yuvilgan kirlarni osayotgan ikki zobit Hadani koʻrishlari bilan osilgan ich kiyimlarni berkitishga tushishdi. Qiz bir kuldiyu bino ichkarisiga kirib ketdi. Kalidordan yurib borar ekan qarshisidan kelgan zobitdan
~ qoʻmondon Kimni xonasi qayerda
Z: shu yoʻlak oxiridagi xona eshigiga yozib qoʻyilgan
javob berdi yigit.
Namjoon yigʻindan qaytgach libosini harbiy libosga almashtirardi eshik taqilagach zobitlardan biri deya
Feb javob qildi.
Hada xonaga kirganida Namjoon qarib kiyinib boʻlgan faqat mayka ustidan jeletkasini kiyishi qolgandi.
~ wow Namjoon bir vaqtlar juda ozgʻin edingiz hozir juda kelishgan boʻlib ketibsiz qomatingizga gap yoʻq.
Namjoon ortiga oʻgirildi. Koʻzlarini katta-katta qilib turgan qizga qarab.
Rm: uyalsang boʻlarmi dedi. Bu yerda nima qilayapsan ajablandi yigit.
~ sizdan xavotir olib koʻrgani keldim baxtimga sogʻ salomat ekansiz.
Rm: nega birdan havotir olding
~ shahzoda jarohat olgandi sizga ham nimadir boldi deb oʻyladim.
Rm: yolvoraman sendan yodimda undan gapirma. Men seni undan qizgʻanishimni bilib atay gapiryapsanmi?
Rm: ikkingiz mashina orasida edingiz men yuzingni koʻrolmay qanchalar qiynaldim. Eshikni ochganimda sen bejo eding bu narsalar meni azoblayotganini nahot bilmaysan shu ish senga kerakmi shuncha yillik doʻstligimiz haqi senga boʻlgan tuygʻularim haqi voz kech bu ishdan.
Rm: nega qaysarlik qilyapsan. Men seni sevaman Hada
Qizni quloqlari ostida qoʻngʻiroq yangragandek boʻldi. U yigitdan bu izhorni qancha kutgandi. Namjoonni rashki berk hislarini ochiqlikka olib chiqandi.
Rm: Jimin bilan bir xonada kun davomida boʻlishing buni qabul qililmayman.
Hada tezlik bilan borib yigitni quchdi.
dedi yigitga
Ikkisini ham guppulab urayotgan yuragi xonaga aks sado bera boshladi. Namjoon ham qizni quchdi.
dedi qiz yumshoqlik bilan. Namjoon qoʻlini qizni yuziga bosdi. Koʻzlar koʻzlarga toʻqnashgan ekan Namjoon qizni oʻpish uchun engildi. Labalar bir-biriga tegishiga oz qolganda Hadani koʻz oldiga Jiminni sochlari kalta quyuq kipriklari yumiq koʻzlari qizgʻish lablari gavdalandi. Namjoonni itarib orqaga tisraldi. Hiyonatkor lablarini Namjoonga ravo koʻrmay eshik tomon chopdi chiqib ketar ekan.
~ yaxshi ekansiz men boray oʻzingizni ehtiyot qiling
degancha xonadan chiqib ketdi. Namjoon qizdan izhor eshitgan boshi osmonda qizni xijolat tortib qochib qolgani ham uni zavqlantirardi.
Hada kazarmadan chiqib saroy tomon chopib borar ekan.
~ ming lanat hammasi oʻsha yaramasni deb boʻldi men qancha orzu qilgandim buni turqi sovuq qiyofasi koʻzim oldida gavdalanmaganda hammasi oʻz oʻrnida boʻlardi.
Hada saroyga kelganida Yun xonimni negadir kayfiyati yoʻq edi.
deya ayol telini qizga uzatdi.
Butun ijtimoiy tarmoqlarda Jimin va Namjoon Yondoni kaltaklagan videosi tarqagan edi..
Shazoda va Namjoon bu videoni rad eta olishmas chunki Yondoni uy kameralaridan ikkisi ham aniq koʻrinib qolgandi.
Yondoga Inhe nigohlarini tikib turardi.
Yon: sen yuzim va burnimni koʻrmayapsanmi? Jimin bu uchun javob beradi
Inhe: bu bilan hech nimaga erisholmaysan
Yon: hech yoʻq xalqni gʻazabiga erishaman. Sevimli shahzodalarini asl basharasini koʻrishardi.
Inhe: ayollar savdosi ishida men seni qutqarmasan qamlib ketgan boʻlarding. Sen Jiminga yaqin kelmayman deb soʻz berganding.
Yon: Inhe tariqcha qadring boʻlmagan himoya qilishdan charchamdingmi? U seni emas Chonni qizini sevadi meni kaltaklashi sababi Chonni qizni oldida turganim boʻldi. Ishonamanki seni bagʻrimga bossam ham uni bir tuki chirt qilmaydi. Ozgina qadringni bil kel birlashamiz men taxtni egallayman sen meni malikam boʻlasan. Jiminni oʻyindan surib tashlaymiz.
Inhe: aldab menga tuzoq qoʻyma Jimin u qizni yoqtirganida oʻsha tunda oldiga kirgan boʻlardi.
Yon: ishonmas ekansan mana isbot
Yondo choʻntagidan telini kamera yozuvlari bilan koʻrsatdi videoda Jiminni soʻzlari aniq eshitilib turardi. Barini tinglar ekan Inheni qoʻliga titroq kirgandi. Yer yuzi bir onda kichik qafasga aylanib toʻrt tomondan qisib kela boshladi.
degancha telni yondoga qoldirib oʻzi restarani tark etdi.
Uyiga ming bir xayollar bilan keldi. Yoshligidan yonida boʻlgan Jimin bunday qilganiga ishonolmasdi qay bir onda yigitni yonida qadrini yoʻqotganini tushinolmasdi. 2 yo 3 balkal siprtli ichimlikni tugatdi qiz mutloq mast Jiminni koʻrishni istardi. Jiminga qoʻngʼiroq qildi.
Inhe: allo tez kel kelmasang oʻzimga oʻt qoʻyaman uvolimga qolib ketasan !
Inhe: ha ichdim bari seni deb meni jinni qilding bu kunimdan oʻlganim yaxshi..
Inhe: eng yorqin tunlar oʻtgan uyda.
Jm: ming lanat hozir boryapman.
Yarim tunda Jimin bilan Namjoon Inhenikiga kelishdi. Namjoon pasdda qoldi Jimin qizni uyiga kirib ketdi.
Jimin eshikni uzoq taqilatdi. Inhe eshikni ochganida gʻirt mas tungi koʻylakda edi. Jiminni koʻrishi bilan yigitni boʻyniga osilib oldi. Yigit boʻynidagi qoʻllarni siltab olib tashladi qizni yelkasidan tutgancha uydagi yotoq ustiga keltirib tashladi.
dedi Inhe qoʻllarini yigit tomon choʻzib
Jm: esingni yigʻ Inhe nega ichib olding.
Inhe: seni sogʻindim bizni sogʻindim.
Jm: biz ? Hech qachon biz emasdik Inhe
Inhe: oʻsha qizni nimasi mendan ortiq. U nima qildiki meni tashlab ketyapsan !
Jm: tashlab ketish uchun birga boʻlish kerak... Inhe sen va meni munosabatimga Hadani aloqasi yoʻq..
Inhe: aytma Jimin uni ismini ogʻzingga olma sen hatto uni ismini erkalab Haada deysan bu meni qalbimga pichoq uryapti.
Jm: mast boʻlib qolgansan kel pushaymon yemaslik uchun hushyorligingda gaplashib olamiz..
Jm: ahvolimni koʻrib ham qololmaysanmi? Menga rahim qilib ham qololmaysanmi? Mayli sevma ...Insoniylik yuzasidan ham men bilan qol..
Jm: kichkina boladek tajanglik qilishni bas qil yotib uxla..
Inhe: qayerda xato qildim Jimin men qayerda adashdimki sen hatto yuzimga qarashni ham loyiq koʻrmay qoʻyding. ?
Jm: soʻragan ekansan aytay hushyorligingda eslolmasang ham.. biz doʻst edik sinfdosh edik. Men doim yoningda edim doʻst sifatida seni qadrlardim. Bir yigitni sevishingni aytding men seni qoʻlladim. U bilan ancha chuqur munosabatingiz bor edi. Sinfdoshlar yigʻilishi kechasi esa men aqlimni bilmas darajada mast edim tongda birga uygʻondik. Sen boʻlsa ortiq u yigitni sevmasligingni bir tun bilan qalbinga kirib olganimni aytib qolding. Men sen uchun doʻst boʻlmagandirman lekin sen meni doʻstim eding. Doʻstligimizga tupirib mastligimda oʻzingni topshirganingda meni oldimda hurmating yoʻqolib boʻlgandi. Buni hazm qilishga uzoq urindim. Endi unitay deganimda tugʻilgan kuning munosabati bilan oʻtgan ziyofatdan soʻng ham biz birga uygʻondik ikki bor ham meni hislarim bilan qiziqib koʻrmading.
Inhe: oʻzing ham oʻsha tunlarda ishtiyoq bildirganding..
Jm: men mast edim Inhe men erkak kishiman oldimda har nozlangan ayolga befarq qarolmaydigan mavjudod turiman. U tunlar seni ilk tuning boʻlgada ham nomusing haqqi bariga koʻnardim seningcha men indamay koʻna olar ekanmanmi sen istagan insoning bilan istagan ishingni qilib ham oila qura olarkanmanmi? Sen har qarshimga kelganingda boshqalar qarshisida ham shunday turganing boshqalarni ham quchogʻiga kirganingni oʻylab yashay olarkanmanmi yoʻq men bunday qilolmayman. Bizni oramizda hech qanday oila rishtasi boʻlmaydi. Buni zinhor unitma!
Inhe yigʻlab -yigʻlab uxlab qoldi. Jimin qiz uyquga ketgancha xonada qoldi keyin qizni ustini oʻrab chiqib ketdi. Pastga tushganida Namjoon teliga tikilib turardi Jiminni koʻrishi bilan telni berkitdi.
Jm: doim oʻsha qizni berkitasan bu insofdan emas meni hamma sirimdan voqifsan.
Rm: hammasiga aybdor oʻzingiz sizdan sirlaringizni soʻragan emasman .
Jm: seningcha meni ogʻzim boʻsh !
Jm: ertaga qirollik sudi boʻladi bugun oʻzimizni bir siylaylik.
Namjoondan izhor eshitgan Hada bu kunni nishonlagani ikki qoʻriqchisi bilan yopiq tungi klubga borgandi bu klubga faqat nomdor odamlar borib hech qanday matbuot xavf solmasdi. Bu joyga kuponni otasi janob Chonni oʻng qoʻli boʻlgan erkakdan olgandi. Qizni bu yerda izgʻib yirganidan Namjoon xabarsiz qiz allaqachon uxlab yotibdi deb oʻylardi.
Jimin bilan Namjoon binoni ikkinchi qavatiga joylashishdi
Yuqoridan pastga raqisga tushayotgan odamlarni bemalol kuzatsa boʻlardi. Jiminni etiborini sahna qoq oʻrtasida qoʻlida ichkilik idishi tutib olib raqsga tushayotgan qiz tortdi qizga bomba oʻrnatilgandek ikki qoʻriqchi hech kimni yaqin kelgani qoʻyishmasdi. Qiz purjinkaga oʻxshab teppaga pastga borib kelib sakrashdan toʻxtamasdi. Jimin yaxshilab etibor bergandi Hada ekanini bilib oldi. Namjoonga shivirladi.
Jm: Bizni Chon xonim barni ijaraga olgan shekilli
Jm: pasdda echkiga oʻxshab sakrayotgan oʻsha shekilli.
Namjoon pasdda Hadani koʻrishi bilan koʻzlari xonasidan joyidan chiquvdek boʻldi..
Rm: bu yaramaslarga nega pul toʻlayapman oʻzi
dedi oʻzini koyib telini olib qoʻriqchi yigitlarga xabar yubordi.
Jimin qizni raqsini tomosha qilish bilan ovvora edi. Qiz dunyoni unitib raqsga tushishi Jiminni gʻashini keltirish oʻrniga yoqayotgandi. Birdan qoʻriqchilar Hadani ushlab olishga harakat boshlandi hamma tomosha keyin boshlandi. Ikki barzangi qizni quvishar ekan Hada avvaliga odamlar orasidan keyin stollar ustidan yugurib qochardi. Qizni bolacha qiligʻini kulgidan bir on oʻzini tiyolmay Jimin kuzatib oʻtirardi. Shahzodani zavqi kelgani Namjoonga yoqmay shahzodaga murojat qildi.
Rm: ruxsat bersangiz Chon xonimni borib ushlab kelsam..
u bilan doʻstmiz yarim tunda bunday yurishi yaxshi emas. Siz oʻtirib turing men uni uyiga tashlab qaytib kelaman.
Jm: mayli faqat men seni mashinada kutaman qizni birga tashlab keyin saroyga qaytamiz.
Namjoon qizni olib kelgani pastga tushdi. Shahzoda mashinaga yoʻl oldi.
Hada stollar ustida yugirib qochar ekan stolni nargi uchida gʻazab bilan tikilib turgan Namjoonga koʻzi tushdi. Yugirib bordida oʻzini Namjoonni quchogʻiga otdi.
Qovoqlari uyilib turgan yigit kulib yubordi.
~ nahotki men uchun vaqt topdingiz..
RM: sen bilan sarhushliging tarqagach gaplashamiz endi uyga
HADA ortiga turgan ikki qoʻriqchiga qichqirdi.
~ yigitlar quvlashmachoq tomom endi uyga ketamiz.
X: xayriyat tilim osilay degandi
Jimin mashinani old oʻrindigʻiga oʻtirar ekan koʻzi qizni quchogʻida parni koʻtargandek koʻtarib kelayotgan NamjOOnga tushdi. Qiz barda raqsga tushganiga ham Jiminni bunqadar jini qoʻzimagan edi. Lekin hozir doʻsti qizni avaylab koʻtarib kelar ekan jahli chiqandan qizardi. Namjoon qizni orqa oʻrindiqa joylashtirdi. Oldinda turgan Jiminni koʻrib tongdagi holni xotirlarkan Hadani hiqchoq tuta boshladi. Avvaliga Namjoon ortidan qoʻriqchilarni mashinasi ketdi.
Jimin jim jahlini ichiga yutib ketardi. Qiz tinmay hiqilashiga yoʻl yarmigacha chiqay oldi.
Jm: iltimos Namjoon shuni hiqchogʻini tinjit
dedi gʻazab va buyruq ohangida
Namjoon mashinani yoʻl chekasiga toʻxtatib mashinadan tushdi. Katta yoʻlni kesib oʻtib yoʻlni u tomonidagi doʻkonga suv olgani ketdi. Namjoon mashinadan tushishi bilan mast boʻlib qolgan Hada boshini Jiminni oldiga ketirib valdiray boshladi. Jimin qiz tomon burilar ekan ikkisini yuzi orasida bir qalamchalik masofa qolgandi.
dedi qiz ogʻzidan kelayotgan alkagol hidini yigitga namoyish qilib..
~ ertagdagi men oʻpishim bilan oʻzingga kelasanku sen qurbaqasan.
Qizni qirmizi lablari shundoqina roʻparsida turar ekan Jimin qizib keta boshladi. Oʻzini boshqarmoqchi boʻldiyu udalolmadi.
Jm: hozir ham odamgarchilikdan chiqib ketdim deb oʻylayapman dedida Namjoon kelmayotganligiga bir qarab qoʻyib qizni labidan oʻpdi.
Hiqilab turgan qizni hiqchogʻi toʻxtadi. Hada oʻzini mashina oraqasiga otdi labini ushlab turar ekan mastligi tarqab ketdi. Gapirgani soʻz topolmay koʻzlarini chirt yumib oʻzini uyquga soldi u uyatdan qizarayotgandi.
Jm: sen juda tez uxlab qolar ekansan hiqchoqdan halos qilganim uchun rahmat demaysanmi?
Eshik ochilib Namjoon kirib keldi. Jiminni boʻzargan yuzini tabassum egalagan qiz orqa oʻrindiqda uxlab yotardi.
Namjoon keltirgan suvini orqa oʻrindiq ostiga tashladi.
Hadani Namjoon eltib onasiga topshirdi. Saroyga qaytgach Namjoon bilan ikkisi ertaga sudda oʻzini qanday oqlashni oʻylab uxlamay chiqishdi.
Tong otdi Hada uzoq oʻyladi shahzodani kechagi ishidan soʻng oʻzini qanday tutishni bilmay hayron edi. Borib tortishay desa oʻzi yigitga juda yaqin kelgan indamay qoʻya qolay desa ham shahzoda oʻzidan ketib qolgandi. Axiyri mastlik natijasida barini unitgan boʻladigan boʻlib qoʻya qoldi.
Hada saroyga kelganida qirollik sudi allaqchon ikki yigitga ham hukm oʻqigan ular qirol avlodidan boʻlgan kishiga hujum qilishgani uchun bir haftalik koʻcha tozalash ishiga safarbar qilishgandi. Oʻgʻlidan gʻazablangan qirol atay shahzodani markaziy koʻchani tozalashga buyirgandi. Shahzoda va bosh qoʻmondon koʻcha tozalashga chiqishgan ekan ularni yoʻlni bir tomonida qirqa yaqin mohir askarlar qoʻriqlardi. Yoʻlni boshqa bir burchagida jurnalistlar toʻlib ketgandi. Jimin koʻcha supirar Namjoon axlatlarni chiqindi idishiga solib borardi. Ular ora sira oʻrin alishishardi. Namjoon tik oyogʻdagi askarlarga oʻzlarini erkin tutishga ruhsat bergach askarlar yoʻl chekkasidagi chim ustiga joylashib olishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda avvaliga negativlar koʻpaydi. Qariyalarga, bolalarga yoʻldan oʻtib olishga qarashganlari yuki ogʻirlarga koʻmaklashganliklari uchun ham xalq ularni ardoqlay boshladi. Charchab qolgan shahzoda va qoʻmondon
bir-biriga suyanib qolishlari qoʻmondon taʼtib koʻrgan suvdan shahzoda indamay ichishini Namjoon kun isigʻida ter toʻkanda Jimin soyabon tutib turishini buyuk doʻstlik ekanligini maqtab yozishdi. Hada ham shahzoda matbuot xizmati xodimi boʻlgani uchun ham har kuni ular bilan birga boʻldi. Jimin Hadaga ularga ovqat olib kelishini yoʻl yoʻlakay ta'tib koʻrishni buyirardi. Chunki hammani yonida Namjoon ovqatni ta'tib koʻrib shahzodaga tutsa Jiminni siri ochilishi mumkin edi. Jimin jazo mudatini oʻtar ekan Inhe ham uzoqdan mashinasidan oʻtirgancha tomosha qilardi. Bir soatga boʻlsada Hadani oʻrnida boʻlib qolgisi kelar Jimin ham unga mehirli koʻzlari bilan boqishini istardi.
Inhe rashk va ayriliq olovida kuyib borar ekan ortiq bardosh qilolmadi. Qoʻliga telni olib Yondoga qoʻngʻiroq qildi.
Yon: xoʻsh qanday qarorga kelding
Inhe: men roziman senga yordam beraman lekin avval Chon Hadani butunlay hayotimizdan yoʻqotasan dedi.