"The One Last Time"
Bundan 500 yil oldin, tong otsada quyosh chiqmayotgan edi. Qasrning ulkan devorlari orasida bir ayolning to‘lg‘oq azobidan baqirgan ovozlari eshitilardi.
Uning ovozi devorlarga urilib aks sado qaytarar, ovozini yanada azobli, yanada qo‘rqinchli qilardi.
Qirol o‘z taxtida xotirjam o‘tirib, xizmatkorlarning xotini atrofida parvonadek aylanishini kuzatardi.
Ha, bu aynan o‘sha kun.
- Zoti oliylari, og‘lingiz tug‘ildi. Kutilganidan ham yaxshiroq.
Qirol taxtidan turib, ayoli yotgan xona tomon yurdi. U eshikga yaqinlashishi bilan o‘g‘ir yog‘och eshiklar sekinlik bilan ochildi.
Ichkariga kirib, onasi qo‘ynida yotgan jajji vampirchaga qaradi. Huddi o‘zidek, o‘tkir va qizil ko‘zli, tim qora sochli edi.
- Og‘limiz senga o‘xshabdi, Selene.
Qirolicha yarim ochilgan ko‘zlari bilan eriga qaradi.
- Huddi o‘zim!
Egilib o‘g‘lini qo‘liga oldi.
- unga Taehyung deb ism qo‘yaman.
Ko‘zlarida faxr bilan o‘g‘liga qararkan dedi Qirol Kim Selene.
- "Buyuk mukammallik" dedi Qirolicha o‘g‘lining ismi maʼnosini aytib.
- Ha... Buyuk va mukammal.
Hozirgi vaqt.
- Siz... V-vampirmisiz?!
- Ha, vampirman.
Xo‘sh.. Savolimga javob bermading. Jim turibsan. Jimlik rizo alomati. Demak men buni ha deb qabul qilaman.
Shu gaplarni aytib, Mina kiprik qoqishga urinmasidan uni ko‘tarib o‘ldi, va tezlik qobiliyatidan foydalanib, uni o‘z yashirin makoniga olib ketdi.
Katta tezlikdan Mina hushini yo‘qotdi. Taehyungning quchog‘ida, yelkasiga bosh qo‘yib, beg‘uborlik bilan uxlardi.
Taehyung uni par to‘shak va yostiqlar orasiga ohista yotqizdi. O‘zi esa Mina uchun ovqat olib kelishga ketdi.
Birozdan so‘ng Mina ko‘zlarini ochdi.
Ko‘zini ochib, o‘zini begona uyda, par yostiqlar orasida ko‘rdi. Atrof o‘ta nozik did bilan bezatilgan edi. O‘rta asrlarga oid mebellar, chiroqlar, hatto kitoblar ham bor edi.
Mina sekin o‘rnidan turib, narsalarni yaqindan tomosha qila boshladi.
To‘satdan ortidan kimdir kelganini sezdi. Tezda ortiga o‘grildi.
Qarshisida ko‘zlari qizarib ketgan, sochlari to‘zg‘igan Taehyung turardi. Bir vaqtda o‘zida juda jozibali va juda qo‘rqinchli ko‘rinardi.
- N-nima qilyapsiz?
Mina qo‘rquvdan titrab orqaga qadam bosdi. Taehyung uning qadamlarini kuzatib bordi, toki Minaning orqasi kitob javoniga tegguncha.
-Juda yoqimli ko‘rinyapsan.
Taehyung unga juda yaqin keldi. Ikkala qo‘lini uning ikki tomoniga qo‘ydi.
Nafasi qizning bo‘yniga tegib ketguncha egildi.
Qiz ko‘zlarini qattiq yumib oldi.
- Iltimos yo‘q... Kerak emas.
Taehyung unga qizil ko‘zlari bilan qarab turardi. U bir vaqtning o‘zida juda jozibali va juda qo‘rqinchli ko‘rinardi.
- juda kerak!
Taehyung qizning bo‘yniga tishlarini sanchdi. Qiz og‘riqdan baqirib yig‘lab yubordi.
- Ahh.. Juda shirin.
- Hoy... Hoy! Uyg‘on!
Taehyung qizning yelkalaridan ushlab silkitdi. Qiz qo‘rqib uyg‘onib ketdi. Ko‘zlari unikiga tushishi bilan qotib qoldi.
- Hoy nima bo‘ldi? Nega bunday qarayapsan?
Qiz haliham unga qarab turardi. ko‘z qorachiqlari kengayib ketgandi.
- Aha! Demak gapirmaysan. Sen doim shundaymisan? Senga gapirganlarga javob bermaysanmi?
Taehyung uning qo‘lidan ushlab, fikrlarini o‘qiy boshladi. U ko‘rgan tushni ko‘rib, qattiq kulib yubordi.
- Bu haqiqatmi? Sen hozirgina shu tushni ko‘rdingmi?
Qiz uning kulgisiga hayratda qoldi. - Gapirishni unutdingmi, kichkina?
U yana Minani yelkasidan ushlab silkitdi.
Mina o‘ziga kelib, uni itarishga harakat qildi. Lekin befoyda. Taehyung uni quchog‘iga tortdi.
- H-hoy..
Taehyung uni qattiqroq quchoqladi.
- Nima? Qanday gapirishni esladingmi?
Mina uning yelkalariga qo‘lini qo‘yib undan uzoqlashishga harakat qildi.
- Qo‘yib yuboring. Bu to‘g‘ri emas. Siz meni yigitim ham emassiz.
- wah-wah... Qizcha uyalyapdi. Agar qilmasamchi? Hm?
Mina qattiq qizarib ketdi. Taehyung esa bu o‘yindan juda zavqlanardi.
Bu vaqtda Minaning onasi uni kutib xavotirlanardi.
- Eh, bu qiz qayerda yuribdi shu mahalda.
Onasi telefonni olib, Minaning buvisiga qo‘ng‘iroq qildi.
Bir necha gudok ovozidan so‘ng, qari ayolning ovozi eshitildi.
- Alo.. Eshitaman.
- Alo! oyi? Mina ketdimi? Haliham uyga kelmadi.
Xavotir bilan so‘radi Minaning onasi, yana o‘sha eski odati bo‘lmish- tirnog‘ini og‘ziga solardi.
- U ketganiga ancha bo‘ldi. Nima haliham uyga bormadimi?
- yo‘q. Kelmadi. Juda xavotir olyapman.
Buvisi miyg‘ida kulib qo‘ydi.
- Xavotirlanishga xojat yo‘q. U juda qiziqqon. Shu sabab, yurgandirda, nimadirga o‘ralashib.
Minaning buvisi uning qayerda ekanini yaxshi bilardi. Chunki u ham vampirlar haqida ko‘p narsa biladi. Ayniqsa bu ikki tanlangan yoshlar haqida.
Qo‘ng‘iroq tugatildi. Onasi kechki ovqatdan so‘ng, idishlarni yuvib, uxlashga yotdi. Ammo umuman uxlay olmasdi. Chunki fikr-u hayoli qizida edi.
- Haaa... Uzoq kutilgan taqdirlar uchrashdi. Buni butun dunyo o‘rziqib kutgan edi.
Qora libosdagi sirli ayol, Taehyung va Minaning baxsini binafsha shar orqali tomosha qilib o‘tirardi.
.
.
.
.
.
2-qism tugadi.
Qiziqarli bo‘ldimi?
Reaksiya va fikringizni kutaman.