April 25

Tungi Moviy Osmon

Tungi Moviy Osmon. Ep 8.

Episode: 8
Author: AESTERA

---------------------------
Uni topgan kunim, yo‘qotgan hamma narsam o‘rni to‘ldi.
Uni yo‘qotgan kunim, erishgan hamma narsamning maʼnosi qolmadi.
- MUALLIFDAN.

-Bu nima? So‘radi General Min, Donwoo dan.
- Yashirin yo‘lak. dedi Donwoo sovuqqonlik bilan. U ishiga juda berilgan edi. - Bu yo‘lak ko‘p narsalarni ochiqlaydi.
General Min boshini qimirlatdi va jamoaning qolgan aʼzolarini chaqirdi.
Hamma o‘sha yashirin yo‘lak bo‘ylab sekin yura boshlashdi. Ammo bilishmasdiki har bir daraxt ortida kuchli ovoz yozg‘ich va kameralar bor edi.

Donwoo va General Min oldinda yurishardi. Barcha narsaga shubha bilan qarashar, oyoqlari ostigacha ehtiyot bo‘lishardi.

To‘satdan orqada yurgan yosh yigit oyog‘i ostidagi nimagadir qoqilib yiqildi. Shu payt daraxtlar orasidan oq ovozlari eshitila boshladi.
- Pistirma!!! Hamma yotsin!!
General Min baqirdi. Barcha yotib olishdi. Lekin bu foydasiz edi. O‘rtaga kimdir gazli bomba tashladi. Havoni tutun va gaz hidi qoplab oldi. General Min va uning jamoasi hushidan ketdi. Bir odamdan tashqari.

Sirae va Wonbin amaki uyni birga tozalashar edi.
- Eh, uy tozaligi baribir odamga o‘zgacha kayfiyat bashlaydi-da, qizim.
Kuldi Wonbin amaki.
- Haa.. To‘g‘ri aytasiz, amaki. Men bu xonani tugatdim. Sizga yordam beraymi?
Sirae muloyim va yoqimli ovozda dedi.
- Yo‘q. Rahmat. O‘zim uddalay olaman. Endi dam olaver.
Bilasanmi, qizim? Xolang bilan bo‘lganimizda u uyni har kuni tozalardi. Hammasini birga qilardik. Bazan shu uy ishlarini deb urushib qolardik. Keyin men unga uch kun sovg‘a qatnardim. Juda qaysar edi o‘zi ham. Hehe... Undan keyin o‘zimni juda yolg‘iz his qilyapman.
Kulgi va sog‘inch aralash gapirarkan, Janob Wonbin ko‘zlaridagi ko‘zni to‘xtata olmadi.
Sirae esa yerga qarab o‘tirib, uni tinglardi.
- Men... Haligi... Siz doim xolamsiz yolg‘iz qolganingizni aytasiz. Lekin men doim buni tushunmayman. Negaki... Menimcha men tug‘ilganimdan beri yolg‘iz bo‘lganim uchundir. Odamlar yolg‘izlik haqida, u qanchalik og‘irligi haqida gapirishadi. Lekin men hech narsani tushunmayman. Menda birga bo‘lish, kimgadir ishonish va suyanish haqida hech qanday tasavvur yo‘q.

- Oh.. Qizim senga qanday taʼsir qilishini o‘ylamapman. Men qari amakingnj kechir qizim.
Sirae Wonbin amakiga boshini ko‘tarib qaradi. Zo‘rg‘a sizib chiqqan, bitta ko‘z yoshini artib tashladi.
- Yo‘q yo‘q, amaki, siz abdir emassiz. Kechirim so‘ramang. Men shunchaki yolg‘izlikdan insonlar nega qo‘rqishini tushunmasligimni aytdim.
Wonbin amaki bosh irg‘adi.
- Yolg‘izlik juda katta narsa, qizim. Buni ko‘pchilik tushunmaydi.

Yolg‘iz o‘sganlar esa oilaviy munosabatlarni tushunmaydi. Ular muzga o‘ralgan issiq yurakdek bo‘lishadi.
Sirae bosh irg‘ab o‘rnidan turdi.
- Balki
Dedi Sirae sokin, biroz g‘amgin ovozda.
- Men suv olib kelaman.
Sirae oshxona tomon ketdi. Oshxonaga kirib, javondan ikkita stakan oldi. Jo‘mrakni ochib, stakanlarga suv to‘ldirayotgan edi. To‘satdan shovqin eshitildi. Yugurib borib, Wonbin amakini qidirdi.
- Wonbin amaki? Amaki?
Sal nariroqda, stol yonida Wonbin amaki hushsiz yotardi. Sirae qattiq qo‘rqib ketdi. Yig‘lab yubordi. - Amaki! Amaki! Iltimos oching ko‘zingizni! Oching! Meni qo‘rqityapsiz!
Bu holdan foyda yo‘qligini bilgan Sirae, Wonbin amakining boshi ostiga yostiq qo‘ydi va nafas olayotganini, yuragi urayotganini tekshirdi.
Zaif yurak urishi va qisqa nafaslar bor edi.
Demak umid bor.

Sirae ko‘cha yugurib chiqdi. Katta yo‘lga chiqib, yig‘lab mashinalar to‘xtatishiga bor kuchi bilan harakat qilardi.
- Iltimos to‘xtang! Qari amakiga yordam kerak.
Biroz vaqtdan so‘ng bir qora mashina to‘xtadi.
- Iltimos janob, menga yordam kerak. Amakim xushidan ketib qoldi. U qari... Ikki marta yurak huruji bo‘lgan.
Sirae erkakning qo‘lidan ushlab, tinmay yig‘lab gapirardi. Jimin esa unga jiddiy ko‘zlari bilan qarab turardi. - Miss.. Amakingiz qayerda?

Jimin and Sirae

General Min jamoasi hushini yo‘qotgach, Taehyungning odamlari ularni maxfiy omborga olib borishdi.

Hammalarini alohida xonalarda, kursiga bog‘lab qo‘yishdi. Kim birinchi xushiga kelsa, Jimin o‘sha odamni jazolashni boshladi. General Min jamoasidʼn faqat bir odam ozodlikda.
Bu Yaponyalik qochoq bola. U o‘z davlatidan qochqin sifatida kelgan. Hali 20 yoshga ham yetmasdan, bu yerdagi qorong‘u dunyoga tushib qoldi. Jimin undan doim ayg‘oqchi sifatida foydalanadi. Jamoalarni ichkaridan sindirish uchun. Bugun General Minning jamosini ham shu yerga boshlab kelgan u edi. Kaito Kurosawa.

Kaito Janubiy Koreaga 15 yoshida kelgan. U bu yerlarga kelganida juda yosh edi va aynan qayerga kelib qolganini hatto anglamasdi ham.

FLASHBACK.

U ko‘chalar yashab yurdi. Qattiq sovuqlar ham, qor yog‘ganida ham avtobus bekatlarida yashadi.
Bir kuni u juda och qolib ketgani uchun, bir ochiq qolgan mashinani o‘marishni reja qildi. Mashina egasi juda shoshilib ketganida uchun, eshikni ham to‘liq yopmagan edi.
Agar eshik to‘liq ochiq qolganida ham, korae o‘g‘irlik qilishmas edi. Mayda jinoyatlar soni juda past. Chunki har tarafda kameralar bo‘lgani uchun, og‘rilarni topish juda oson.

Kaito o‘sha mashina tomon juda sekin yurib bordi. Eshik ochiq qolganini anglaganida ich-ichidan xursand bo‘lib ketdi. Chunki bugun nihoyat qorni to‘yib ovqat yeyman deb o‘ylagandi.
Mashinaga o‘tirib ichini titkilay boshladi. Nimadir topishga umid qilardi. Va nihoyat topdi ham. Katta hamyon.

Lekin baxt qarshi, mashina egasi allaqachon qaytib kelgan, uni shunchaki kuzatib turardi.
- Haaa.. Bugun oving baroridan keldi, yigitcha.
Kaito to‘satdan kelgan ovozdan sakrab tushdi. Va yig‘lab yubordi. Olgan narsani tezda joyiga qo‘yib, mashinadan otilib chiqdi. Qochib ketish o‘rniga, o‘sha odamning oyoqlariga yotib yapon tilida kechirim so‘ray boshladi.
- おじさん!お願い!ごめんなさい!わざとじゃないんです!お腹が空いたんです!ごめんなさい!お願い!盗んだことなんて一度もないんです!お腹が空いたんです!お願い!!!
(Amaki! Iltimos! Kechiring! Men bunday qilmoqchi emasdi! Juda ochman! Kechiring! Iltimos! Men hech qachon o‘g‘irlik qilmaganman! Juda ham och qolib ketdim! Iltimos!!!)

Jimin shunchaki kulib yubordi.
- 起きろ、坊主。腹ペコか? なら、取引しようじゃないか。お前は俺のために働け。俺が食わせてやる。どうだ?
(O‘rningdan tur bolakay. Juda ochmisan? Unda kel shartnoma tuzamiz. Sen menga ishlaysan. Men senga ovqat beraman. Xo‘sh, nima deysan?)

Kaito Jiminning toza yaponcha aksentidan qotib qoldi. Bu yerda uni tushuna oladigan odam borligidan ich-ichidan xursand bo‘lib ketdi.

- 賛成です、閣下!そうしましょう。閣下のお言葉は、一切の疑問を抱かずに必ず実行いたします。
(Men roziman, janob! Keling, shunday qilamiz. Men hamma aytganingizni so‘zsiz bajarishga vada beraman.)

Jimin keng jilmaydi. O‘ziga yangi o‘yinchoq topganidan juda "baxtli" edi.
- 賛成です!手を貸してください。ところで、お名前は?
(Kelishdik! Qo‘l tashla. Aytgancha isming nima?)
Yigitcha juda xursand edi. Jiminning asl maqsadini tushunmasdi.

- 私の名前は快斗です。黒沢快斗です。
(Ismim Kaito, Janob. Kaito Kurosawa.)
- Kaito Kurosawa... パク・ジミンです。ボス、先生、カイトと呼んでください。
(Men Park Jimin man. Meni boshliq yoki ustoz deb chaqirishing mumkin, Kaito.)
- Ha, Sensei.

Jimin and Kaito

FLASHBACK TUGADI.

- Bu safar ham juda aniq ishladi, Kai. Sen mukofotga arziysan.
Jimin unga bir dasta bog‘langan pul otdi. Kaito abjirlik bilan ushlab oldi. Yuzida ayyorona tabassum bor edi. U davlatiga va ko‘p odamlarga xiyonat qilgan bo‘lsa-da, Jimin o‘ta sodiq edi. U huddi Jimindek ayyor va qo‘lga tushmas, manipulyator bo‘lib yetishgandi. Xavfli qurol.
General Min uyg‘ondi. O‘zining bog‘lab qo‘yilganini anglagach, jahli chiqib ketdi.
- ITVACHCHALAR! KIMNI HADDI SIG‘DI, MENI BOG‘LAB QO‘YISHGA!!!!
Kichik xonada uning ovozi aks sado bo‘lib, yanada baland eshitildi.

Shu payt, o‘sha xona eshigi ochilib, o‘ziga ishongan va sekin qadamlar bilan Jiminning o‘zi kirib keldi.
- Meni haddim sig‘di. Chunki siz o‘z haddingizdan oshib KTH imperiyasi bilan o‘ynashyapsiz, General Min!

General Min, Jiminni ko‘rib kulib yubordi.
- Nima?! Qo‘rqishim kerakmi? Hech qachon! Eshityapsanmi, hech qachon!
Jimin uning kursisiga qattiq tepdi. General Min bog‘langan kursi bilan birga yon tomonga yiqildi. Beton polga qattiq yiqilganidan kuchli jaranglash ovozi eshitildi, chang ko‘tarilib ketdi. Boshi bilan qattiq tushgani uchun boshi yorilib, qonay boshladi.
- Hali buni ko‘ramiz, General Min.
Jimin uni qattiq do‘pposlay boshladi. General Minning og‘riqli ovozi kichik kamerada o‘ta daxshatli eshitilardi. 10 daqiqa davomida tinmasdan kaltak yeganidan sillasi qurigan keksa odam, og‘zidan qon tupurdi.
- Haliham shunday fikrdamisiz, General Min?
Tinmay kaltaklaganidan chuqur nafas olardi, ko‘kragi og‘ir ko‘tarilib tushardi Jiminni.
- A-ablax! I-itdek o‘lib ket!
Jimin kuldi. Qattiq kuldi. Keyin sekin tizzalarini bukib o‘tirib, General Minning sochidan ushlab, ko‘zlariga qaratdi.
- Hali bu gaplaringizga pushaymon bo‘lasiz, aziz Qaynotajon. Qizingiz haqida ham bir o‘ylang.

Jiminning bu gapi general Minga har qanday mushtdan ham qattiqroq tegdi. Yuragi to‘xtab, qayta urgandek bo‘ldi.
- Qizimga yaqinlashma, ablax! O‘ldiraman! Eshityapsanmi o‘ldiraman seni!
Jimin huddi psixopatlardek kulib, unga hiyla-nayrang to‘la ko‘zlari bilan qaradi.
- Juda kech, qaynotajon! Juda kech!
General Min muzlab qoldi.
- Unga tegma! Iltimos! Nima hohlaysan! Gapir! Gapir! Ablah!!!
Shuncha kaltak bilan yig‘lamagan General Min. Qizi bu psixopatning qo‘lida azoblanishini o‘ylab yig‘lab yubordi. Jimin esa bu o‘yindan juda zavqlanardi.
- KTH imperiyasini tinch qo‘ying. Va boshqarmangizni bizga topshiring.
.
.
.
.
.
To be continued...

Hammaga yoqimli mutolaa. Ko‘rib turganingizdek bu qism juda uzun bo‘ldi. Fikrlaringiz ham shunga yarasha bo‘ladi degan umiddaman. Sizlar bilan #aestera bo‘ldi. Hamma rahmat.