The One Last Time
Menimcha hamma o‘ziga bu savolni bergan. Kimlardir shunchaki qiziqgan bo‘lsa, kimlardir bu savol ortidan borishgan.
- bu dunyoda bizdan (odamlardan) boshqa yana kimdirlar yashaydimi?! O‘zga sayyoraliklarmi? Yoki boshqa mavjudotlar...
Menimcha ha... Yana kimdir bor!
O‘sha kuni...
Mina buvisining uyidan qaytayotgan edi. Atrof qorong‘u, soat tungi 20:25 lar atrofi edi. Mina sekin odimlar bilan uyi tomon yurar edi. Ichida qandaydir g‘ashlik bor edi. Chunki atrof haddan tashqari jim. Hatto shamol tovushi eshitilmas edi. Muyulishga yetganda u kimgadir urilib ketdi. Uzun bo‘yli, haddan tashqari oq yuzli odam. U odamga o‘xshamasdi. Qizil ko‘zlari bor edi. Lekin Minani ko‘rishi bilan uning ko‘zlari g‘alati daraja qorayib ketdi. Mina buni sezmadi.
-Kechirasiz, janob. Men bexosdan...
Gapini oxirigacha yetkazmasdan yigit gapini bo‘ldi.
-Shh, hammasi joyida. Ataylab qilmaganingni ikkimiz ham bilamiz. Bu tasodif. Ajoyib tasodif!
ko‘z qisib qo‘ydi yigit.
Mina bir zum muzlab qoldi. Biroz qo‘rquv va hayajon aks etdi ichida. Haddan tashqari kelishgan yigit, u bilan yashirincha noz-karashma qilardi.
-H-ha.. Tasodif.. Men ketishim kerak. Yana bir bor uzr..
Mina tezda ketib qoldi. Yigitning g‘alati aurasiga judayam qiziqardi. Oddiy insonlar bunday bo‘lmasligini bilardi. U yugurib uyiga bordi. Xonasiga shoshilardi. Chunki u bilardiki o‘zi o‘qiyotgan kitoblarida shunday g‘alati jozibali odamlar haqida yozilgan edi. Aslida odamlar orasida yashavchi g‘ayrioddiy jonzotlar edi ular. Mina xonasiga kirdi va kitoblarini, qo‘lyozmalarini varaqlar boshladi. Kitobida oppoq, haddan tashqari kelishgan va sovuq aurali odamni topdi. Vampirlar! Ha, ha vampirlar. O‘ta go‘zal ammo sovuq va beshavqat mavjudotlar. Lekin ularning sevgisi abadiy va mutloq sodiqlik ramzi edi. Aynan Mina qidirayotgan savollarga javob. Endi u tinch yasholmasdi. O‘sha yigit qayta uchratish haqida o‘ylardi.
Ayni paytda yigit qon hididan uzoqlashish yana kimgadir ziyon yetkazmaslik uchun kurashardi. Qoni qaynar, jahli chiqardi. U ov qilishi kerak. Lekin u inson yeyolmaydi. Bu hozirgi kunda vampirlar uchun yangi qoida.
Bundan 18 yil avval. Aynan Kang Mina tug‘ilgan kuni ikki olam o‘rtasidagi to‘siq mutloq buzildi. Vampirlar va insonlar o‘rtasidagi to‘siq yo‘q bo‘ldi. Vampirlar dunyosi halokatga uchradi. Shuning uchun vampirlar insonlar orasida sezdirmasdan yashash uchun xavfsizlik choralarini ko‘rishdi. Tashqi ko‘rinishini biroz o‘zgartirishdi. Yangi qoidalar va yangi hayot paydo qilishdi. Ular abadiy yashaydi. Shuning bir joyda uzoq qolisholmasdi. Kimdir ulardan shubhalanishi mumkin. Ular boy va ko‘rkam. Dunyodagi eng boy kompaniyalar aynan ular- Vampirlar tomonidan boshqariladi. Har birining o‘zgacha 3 tadan qobilyati bor edi.
Yigit o‘rmonga telepartatsiya qildi. Kiyik ovladi. Biroz tinchlandi. 3 kun o‘sha o‘rmonda yashadi. Insonlardan, inson qonidan vaqtincha uzoqlashgan edi u.
Bazan shunday kunlar keladiki, hayotingni bir soniyada o‘zgartira oladi. Insonlar esa aynan o‘sha soniyadagi qarori uchun yoki afsuslanishadi yoki quvonishadi. Minaning hayotida ham aynan shunday kunlar yaqinlashayotgandi. U yana o‘z ko‘chasi bo‘ylab borarkan ortidan qadam tovushlari eshitildi. Avvaliga eʼtibor bermadi lekin aynan o‘sha burilishga yetganda uni ortidan kimdir ushladi...
-kechirasiz, yosh xonim. Mina biroz sakrab tushdi.
-ha? Yordam kerakmi?
-Ismingiz kerak?
-nima?
-meni eshitdingiz. Ismingizni so‘rayapman.
-Meni.. Meni ismim Mina. Choi Mina!
-chiroyli qiz uchun chiroyli ism, go‘zalim.
-go‘zalim?!
-albatta! Chunki seni hiding meni aqldan ozdiryapdi. Yigit oldinga qadam tashladi.
Mina ortga qadam tashladi. - N-nima qilyapsiz?
Taehyungning tabassumi kengaydi. Chunki qizning chiroyli duduqlanishi, yuzining qizargani va qonining tanasi bo‘ylab tez oqishidan zavqlanardi.
- Menga yoqqan ish bilan shug‘ullanyapman.
Mina uning gapiga tushunmadi. Chunki juda qo‘rqib ketgandi. Tanasi titrar, yuragi tez urardi.
Taehyung unga judayam yaqin keldi. Yuziga to‘g‘ri qarash uchun, ko‘z darajasiga egildi. - Meni tushunmayapsan, to‘g‘rimi?
Mina sekin bosh irg‘adi. Taehyung kuldi. Uning nafasi Minaning lablariga tegib, terisini qitiqladi. - Senga qiziqib qoldim. Qoningni hidi, meni aqldan ozdiryapdi. Aynan shu hid sababli 3 kun o‘sha lanati o‘rmonda, yashadim. Men bilan ketasanmi? Yoki o‘g‘irlab ketaymi?
Qiz karaxt bo‘ldi bo‘ldi. Terisida tuklar ham tikka turgani yaqqol bilinardi, huddi qo‘rqib ketgan mushukchadek.
- S-siz.. V-vampirmisiz?