April 18

Tungi Moviy Osmon

Ep 6. (Tungi Moviy Osmon.

Episode 6.
Author: #aestera

Sirea shahar ko‘chalari bilan yurarkan, sovuq shamol uning sochlarini o‘ynardi. Har bir eʼlon sinchiklab o‘rganardi. Ijaraga uy topish uchun ko‘zlari har bir devordagi eʼlonlarni o‘rganardi.

Qo‘lidagi qutida mushukchasi titrab, tinmay miyovlar, qo‘rqayotganini bildirardi.
- Bilaman, kichkintoyim qo‘rqyapsan. Ammo nima qilay, endi uyimiz yo‘q. Yangi uy topgunimcha shunday yurishga majburmiz...

✦✦✦

- Odamlar majlisga yig‘ilishdi, Janob.
Yon Do, Taehyungga axborot berish uchun xonaga kirdi.

Taehyung indimadi. Shunchaki bosh irg‘ab qo‘ydi va sekin o‘rnidan turib kostyumini to‘g‘irladi. - Kettik.

Yon Do u uchun eshikni ochib, o‘zi chetroqqa o‘tdi. Taehyung chiqib ketgandan so‘ng, uning o‘rtidan ergashdi. Kompaniyaning eng pastki qismida, uning qora ishlariga guvoh bo‘lgan katta zal bor. U yerda u va uning sheriklari hamma biznes va mafia ishlarini olib borishadi. Eng nozik masalalar ham shu yerda Taehyung va Jimin boshchiligida qilinadi.

Taehyung va Yon Do liftga chiqdi. Taehyung eng pastki qavatni bosdi. Bu lifning yashirin tugmasi edi. Hatto lift ustidagi yozuvlarda ham bu joy ko‘rinmasdi.

- Jiminning axvolidan xabar olib tur. Iloji boricha tezroq uni kasalxonadan olib chiq, Tushunarlimi, Yon Do?

Kim Taehyung and Chang Yon Do

- Ha Janob, tushundim.
Liftda jimlik cho‘kdi, toki lift yetib kelganini bildiruvchi signal eshitilmaguncha.

Lift eshiklari ochilib, Taehyung va uning o‘ng qo‘li chiqib keldi. Yo‘lak oxiridagi xona tomon yurishdi. Bu yerda 4 ta xona bor edi. 3 ta arxiv xona va asosiy majlis xonasi. Ha aynan Taehyung ning qora ishlariga guvoh bo‘lgan o‘sha xona.

Taehyung o‘sha xonaga kirishi bilan, xonaga kuchli jimlik cho‘kdi, chivinning qanot qoqqani eshitilardi go‘yo. Huddi ular nafas olmayotgandi. Hamma saf tortdi.

Taehyung o‘z joyiga o‘tirganda, hamma unga taʼzim qilib, bir ovozda 'Boss!' deyishdi. U qo‘llarini mensimagandek qimirlatdi. Va gap boshladi.

- Hammangiz diqqat bilan eshiting. Ikkinchi marta takrorlamayman. Agar orangizdan kimdir bizni sotsa, qasam ichamanki uni va oilasi hayotini do‘zahga aylantiraman. Men bilan hazillashmang.

Hamma birdaniga "Yes Boss!" deyishdi. Bu haqda hatto o‘ylash qo‘rqinchli ekanini ular yaxshi bilishadi. Har holda U eng yosh va muvaffaqli, shu bilan birga shavqatsiz Mafia edi.

✦✦✦

Bu vaqtda Sireaning ko‘zlari yangi eʼlonga tushdi. Nihoyat soatlardan beri qidirayotgan narsasini topdi.

Sumkalarini avtobus bekatida qoldirib, o‘zi darxol yaqin atrofdagi telefon shaxobchasiga bordi. Raqamni terdi. - Alo... Alo...

Ikkinchi tarafdan bir erkak telefonni ko‘tardi. - Alo? Eshitaman.

Sirea tezda javob berdi. - S-salom, janob. Men ijara uyi eʼloni bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilayotgandim. Menga tezroq uy kerak. Manzilni ayta olasizmi?

Erkak biroz o‘ylanib turdi. - Ha.. Ha. Emaildan yuboraman.

- to‘xtang... Menda telefon yo‘q. Iltimos manzilni shu yerda ayting.

Erkak biroz sukut saqladi. - Ho‘p... Unda Eunpyeong ko‘chasi ga keling. 305 uy. Men o‘sha yerda sizni kutaman, Miss.

Qo‘ng‘iroq tugatilganidan so‘ng. Sirea narsalarini olib, Eunpyeong ko‘chasidan o‘tuvchi avtobusni kuta boshladi.

Eunpyeong ko‘chasi.(qarela qanaqa chiroyli joy🫠 Koreaga tezroq ketsam edi.)

Bu vaqtda Taehyung majlisni tugatgandi. Mutlaqo yangi reja bilan.
- Endi General Min shunchaki nafaqaga chiqishi mumkin. Yuzida ayyorona tabassum o‘ynadi Taehyungning.
Uning yonida turgan Yoon Do bu gapning asl manosini allaqachon tushinib yetgandi. Taehyung qora ishlari ochilmaydi. - Yoon Do, Jiminning yoniga bor. Bugungi reja va uning vazifasini yaxshilab tushuntir. Ko‘p dam olib yubordi.

Yoon Do kasalxonaga yetib keldi. Jiminning xonasiga kirib ortidan eshikni yopdi. - Janob Jimin, axvolingiz yaxshimi?

Jimin uning oyog‘ini qayta bog‘layotgan hamshiraga qaradi. - Bu ishni u davom ettiradi. Sen ketishing mumkin. Xonaga hech kim kirmasin.

Hamshira bosh irg‘ab chiqib ketdi. Yoon Do hamshiraning ishini davom ettirish uchun kursiga o‘tirdi.

- Xo‘sh, Yoon Do ishlar qalay? Yuzida yorqin tabassum bilan dedi Jimin.

Yoon Do qo‘lidagi sumkani stul yoniga qo‘yib, Jiminning oyog‘ini bog‘lashni boshladi. - Taehyung g‘azabda. U bugun majlis yig‘di. Yangi reja va bir necha tahdidlar. General Minning qilayotgan ishlari, uni urushga chaqirayotgandek bo‘lyapdi. Aynan shu uchun u meni bu yerga yubordi.

General Min haqida gap ketganda Jiminning yuzidagi tabassum o‘chdi. - Bu Min janoblari kim bilan o‘ynashayotganini bilmaydi shekilli. Men bu yerdan ikki kun ichida chiqaman.

Yoon Do bosh irg‘adi. - Taehyung sizga buni berishimni aytdi. Yangi reja va sizning vazifalaringiz shu qog‘ozda yozilgan. Bu yerda video xabar ham bor...

Jimin jiddiy bosh irg‘adi. - Men tayyor bo‘laman. Ketishing mumkin. Taehyungga xotirjam bo‘lishini ayt.

Yoon Do ishini tugatib o‘rnidan turdi. Jiminga taʼzim qilib, eshik tomon yurdi. Eshik oldida to‘xtab dedi. - Ha aytgancha janob.. Bu yerda ikki karra ehtiyot bo‘lishingizni so‘rayman.

Shu bilan u chiqib ketdi. Jimin hujjatlar bilan o‘ralashib qoldi. Har bir satrni diqqat bilan o‘qirdi.

Jimin and Yoon do. (Jimin uchun boshqa rasm topolmadim🙄)

✦✦✦
- Dada? Nega bu KIMS mafiasiga aralashib qoldingiz? Hayotingiz uchun xavfli ekanini bilasizku..
Min Yoon So otasidan xavotir olardi. Otasi general bo‘lsa-da, Taehyung mafia undan nima kutish mumkinligini hatto Taehyungning o‘zi ham bilmaydi. Har qanday daqiqa porlashi mumkin bo‘lgan bomvadek u.

- Qizim. Mendan xavotir olishing shart emas. Men General Minman. Qonun va davlatimni himoya qilish meni burchim.

O‘ziga ishonch bilan so‘zladi Yoon So'ning otasi.
- Lekin dada...

So‘zlari oxiriga yetmasdan dadasi uni to‘xtatdi.
- Bilasanmi? Qasamyodda nima deyilgan. U yerda xalqimga va vatanimga sodiq qolaman va jonimdan kechib bo‘lsa ham Vatanimni himoya qilaman deyilgan. Jonimdan kechib bo‘lsa ham.

Yoon So jim qoldi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi lekin yig‘lamadi. - Dada lekin men sizsiz qanday yashayman?

- Qizalog‘im, kimdir yashash albatta qiyin bo‘ladi, ammo vaqt o‘tishi bilan ko‘nikasan. Xuddi men onang yo‘qligiga ko‘nikkanimdek.

Yoon So ikkinlashsiz otasi bag‘riga o‘zini otdi. Uni to‘yib quchoqladi. Nihoyat ko‘z yoshlari oqishiga imkon berdi. General Min ham uni quchdi. Sochlarini silab, peshonasidan o‘pdi.

Shu payt eshik ochilib xonaga Donwoo kirib keldi. - Janob muhim xabar bor!

.
.
.
.
.
6-qism tugadi.
Eʼtiboringiz uchun rahmat.

To be continued...