Tungi Moviy Osmon
Ep: 10
Author: AESTERA
-------------------------
Taehyungning ko‘zlari tanish yuzni ko‘rganida qotib qoldi.
- Sirae?
Jimin ko‘zlarini ochib unga qaradi.
- Uni taniysanmi?
dedi hayron ovozda.
- Sen-chi? Uni qachondan beri taniysan?!
Jahl bilan so‘radi, Taehyung.
- Qizishma. Men uni bugun tasodifan uchratib qoldim.
Jimin qaddini rostlab divanda o‘tirdi.
- U qayerda?! Gapir!
Taehyung hovliqib ketardi. Ish stolini aylanib o‘tib tezda kalitlarini oldi.
- Hey! Avval menga tushuntirib ber. Keyin men senga uning uyi qayerdaligini aytaman.
Bu vaqtda Sirae shifoxonaning sovuq devorlari orasida, Jiminning kostyumiga o‘ralib o‘tirardi. Ko‘zlari polda, hayollar og‘ushida edi u.
"Nahotki men uni sevib qolgan bo‘lsam? Uning hidi menga yoqyapdi. U menga teginganida... Butun tanamga issiqlik tarqaldi. Men hech qachon his qilmagan issiqlik. Uning o‘sha ko‘zlari bilan qaragani... Awww... U juda kelishgan va yoqimli... L-lekin uning sevgilisi bormikan? U o‘zi meni yigitim deb tanishtirganida yuragim qinidan chiqqudek bo‘lib ketdi."
Birdan eshik ochilib doktor, chiqib keldi.
- Miss?.. Miss? Eshityapsizmi?
U Siraening yelkasiga qo‘lini tekkizdi. Sirae cho‘chib ketdi.
- N-nima?
Doktor unga xavotir bilan qaradi.
- Axvolingiz yaxshimi, miss?
Sirae Jiminning kostyumini mahkamroq ushladi.
- H-ha.. Yaxshiman. Faqat biroz sovuq..
Doktor bosh irg‘adi.
- Biz operatsiyani bemor o‘ziga kelgandan so‘ng boshlaymiz. Unga tinchlantiruvchi ukol qildik. Qon tomirlarida uvishgan qon to‘planib qolgan ekan. Biz kerak har bir chorani qildik. Siz dam olishingiz mumkin. Amakingiz ishonchli qo‘llarda. Yigitingiz hamma to‘lovni qildi. Lekin o‘zi qayerda nega yolg‘izsiz?
Sirae gap topolmay qoldi.
- U-uni.. Uni chaqirib qolishdi. Shoshilinch ishiga ketdi.
Hayoliga kelgan birinchi gapni aytarkan, "yigitingiz" so‘zi unga boshqacha taʼsir qilgan edi.
- Unda siz ham ketishingiz mumkin. Bir necha soatdan keyin o‘zimiz sizga qo‘ng‘iroq qilamiz.
Jimin va Taehyung mashinaga o‘tirib ketishdi. Yo‘lda Taehyung o‘z sevgi hikoyasi aytib berdi.
- oh oh oh.. Meni sevgi kasali deysan. Lekin o‘zing bir kichkina qizga oshiq bo‘lgansan. Qara hatto nafas ololmayapsan.
Jimin Taehyungning ustidan rosa kuldi. Taehyung mashina oynasidan tashqariga qarab, uni urib yubormaslik uchun turli baxonalarni o‘ylardi.
- Kelib, kelib senga aytamanmi dardimni. Axmoq. Ovovingni o‘chir, aks holda o‘ldiraman.
Jimin kulgisini yashirish uchun og‘zini kiyimini bilan yopdi, ikkinchi qo‘li rulni mahkam ushlardi. Kulgidan mashinani ag‘darib yubormaslik uchun.
- Mayli mayli. Jim bo‘ldim.
Qolgan vaqt jimlikda ketdi. Har ikkisining hayolida o‘zlarining go‘zallari bir edi.
Ular shifoxonaga yetib kelishdi.
- Ha, men uni shu yerda qoldirgandim.
Dedi Jimin atrofga qarab, lekin hech kim yo‘q edi.
- Xo‘sh, unda u qani?
Taehyung ham atrofga tarab, qo‘llarini ko‘ksiga bog‘ladi.
- U shu yerda bo‘lishi kerak edi...
Ular har bir yo‘lakni bo‘linib qidirib chiqishdi. Oradan 10 daqiqacha vaqt o‘tdi. Taehyung yana g‘azablana boshladi. Yo‘lakda shishali ramkaga ilingan, bino xaritasini ko‘rib to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv xonasiga yo‘l oldi. Jimin uni yuqori qavatga ketayotganini ko‘rib, ortidan ergashdi.
- Hoy, qayerga?!
Baqirdi Jimin, Taehyungning ortidan. Taehyung indamadi. Chunki u hozir g‘azabda edi.
Biroz vaqtdan so‘ng ular xavfsizlik xonasiga yetib kelishdi. Taehyung eshikni tepib ochdi. Ichkaridagi kuzatuvchilar to‘satdan bo‘lgan xolatdan cho‘chib ketishdi.
- Hoy, siz! Nima qilyapsiz?!
Ulardan biri o‘shqirdi. Jimin oldinga chiqib ularga o‘tirishini qo‘llari bilan ko‘rsatdi.
- Jim turganingiz o‘zingiz uchun yaxshi, janoblar. U hozir juda g‘azablanyapdi.
Kuzatuv xonasidagi odamlar nima bo‘layotganiga tushinishmadi. Lekin Taehyungning yuzidagi vajohatdan biroz qo‘rqib chetga chiqishdi.
- Barcha yo‘laklardagi kameralarni tekshiring. Asosiy kirish eshigi va birinchi qavatdagi barcha kameralarni alohida eʼtibor bilan tekshiring.
Taehyung ularga buyruq berib o‘zi soatiga qaradi.
- Jimin? Sizlar shifoxonaga kelgan vaqt qachon edi.
Jimin eslashga urinib telefon ekraniga qaradi.
- Taxminan... 20:30 lar atrofi edi.. Bu aniq emas. Chunki o‘sha vaqtda soatga qaramadim.
Taehyung bosh irg‘adi. Va o‘ylanib qoldi.
- Menga telefoningni ber, Jimin.
Taehyung qo‘lini uzatib, Jiminga qaradi. Jimin telefonini qulfdan chiqarib, unga uzatdi.
- Nima qilmoqchisan?
Taehyung indamadi. U yana Jiminning mashinasidagi kamerani tekshirdi.
- Sizlar mashinaga Eunpyeongdan 20:22 da yo‘lga chiqqansiz. Yo‘l biroz tirband bo‘lganini hisobga olsak, shifoxonaga 20 daqiqa yetib kelgan bo‘lishingiz kerak.
Taehyung Jiminga telefonini qaytarib berib, xavfsizlik xodimlariga yuzlandi.
- Asosiy eshikdagi kameralar tekshiring. 20:40 lar atrofidan boshlab.
Xodimlar biroz noqulay siljishdi.
- Lekin, janob.. Biz ruxsatnomasiz sizga kameralarni ko‘rsata olmaymiz.
Taehyungning jahli chiqib ketdi.
- Aytganimni qil! Yoki suyaklaring sinishini xohlaysanmi?!
Jimin uning yelkasidan ushlab tinchlantirishga urindi. Lekin Taehyung baqirishda davom etdi. Jimin amallab uni stulga o‘tirg‘izdi va vaziyatni o‘z qo‘liga oldi.
- Janoblar yaxshilikcha aytilgan ishni qiling yo‘qsa u sizlarni burdalab tashlaydi. Kim Taehyung uchun bu ish qiyin emas.
Xodimlar bu ismni eshitib, vaziyat qanday ekanini yaxshigina tushunib, bosh irg‘ashdi va jimgina kerakli ishni qilishdi.
Sirae doktir bilan gaplashib bo‘lgandan so‘ng. Uyiga qaytdi. Shifoxonadan uyiga qarab piyoda keta boshladi.
Yo‘lda faqat Jimin bilan bo‘lgan hodisa haqida o‘ylab ketardi. Uning iliq qo‘llari beliga o‘ralgani, juda yaqin kelganida nafasining bo‘yniga tegishi. Yuzi qizarganini his qilgan qiz, uning kiyimini qattiqroq siqimladi. Shunday yurishda davom etarkan, ko‘cha yanada sovuqlashgandek bo‘ldi.
To‘satdan bir qo‘l uning yelkasiga tegdi. Qiz cho‘chib ketdi. Nimadir deyishga ulgurmasdan, yelkasidagi qo‘l uni kuch bilan o‘ziga tortdi. Lekin yiqilishidan oldin uni ushlab qoldi. Qiz qattiq qo‘rqib ketgani uchun ko‘zlarini qattiq yumib oldi. Baqirishga harakat qildi, lekin o‘g‘ziga bosilgan katta qo‘l tufayli ovozi chiqmasdi.
Ko‘zlarini ochganida o‘zini erkak kishining bag‘rida ko‘rdi.
- A.. Aka?
Yigit jilmaydi. Bu uning xolasini o‘g‘li edi. Yuzida maska va kapishon kiyib olgan edi.
- B-bu yerda nima qilyapsiz?
Sirae biroz qo‘rqib so‘radi. Yigit unga yaqinlashdi.
- Oyim aytgani to‘g‘ri ekan. Yigitlar bilan hohlaganingni qilib yuribsan a? Bugun meni ham xursand qilasan! Qani yur, singiljon!
Jungwoning niyati yaxshimas edi.
Siraeni qo‘lidan tortqilab olib keta boshladi. Uning egnidagi Jiminning kostyumi tushib qoldi. Qiz qancha harakat qilmasin, unga bas kelolmasdi.
- qo‘yib yuboring! Aka nima qilyapsiz! Borishni xohlamayman!!
Qiz uni siltalab qochib ketdi, lekin ikki qadam tashlamasidan oldin. Jungwo uni ushlab oldi.
- Qayerga ketyapman deb o‘ylaysan?! Begonalar quchog‘iga o‘zingni topshirasan-ku. Nega menga mumkin emasmi?
Shu gap bilan Jungwo uni bir urinishda yelkasiga tashlab ko‘tarib olib ketdi.
Qorong‘u ko‘chada hech kim yo‘q edi. Chiroqlari ham xira bo‘lgan bu ko‘chada qizning chinqiriqlari to‘lib ketgan edi.
- Yordam beringlar! Yordam! Iltimos!
Taehyung va Jimin kameradan Siraeni yo‘lakda o‘tirganini, keyin doktor bilan gaplashib bo‘lgach ketganini ko‘rishdi.
- Sen nega uning yigitiman deding? Mm?
Taehyung Jiminga yuzlandi. Jimin boshini qashlab, o‘zini beayb ko‘rsatishga urindi.
- Shunchaki doktor shubhalanmasligi uchun...
- Haaa.. Doktor shubhalanmasligi uchun uning belidan ushlagansan. Bu yoqqa kel o‘ldiraman seni!
Jimin xonadan chiqib qochib ketdi. Taehyung uning ortidan quvishni boshladi. Ikkisi huddi yosh boladek shifoxona yo‘laklarida bir-birini quvib yurishardi.
- Men uni seniki ekanligini bilmagandim! O‘zing menga aytmagansan!!!
Jimin qocharkan, ortiga qarab baqirdi.
- Demak men aybdormanmi?! Sening o‘zing xotinbozsan! To‘xta, yaramas!
Taehyung jahl bilan quvardi, ammo Jimin shunchaki boladek bu o‘yindan zavqlanardi. To‘satdan u bir hamshira qizga urilib ketdi.
- Xonim.. Xonim! Kechiring! Kechiring!
Jimin o‘sha qizning ortiga yashirinib oldi. Qiz bu vaziyatdan mutlaqo hayratda edi.
- J..Janob..
Jimin o‘zidan ikki barobar kichik qizning ortiga yashirinishi g‘alati tuyulardi. Chunki qiz ozg‘in va past bo‘yli edi. Jiminning zo‘rg‘a yelkasiga kelardi.
Taehyung ularni ko‘rib to‘xtadi.
- Bu yoqqa kel, axmoq. Qo‘rqoqdek qizlar ortiga yashirinma!
- Lekin u juda chiroyli.
Hamshira qiz qotib qoldi. Jimin esa Taehyungga ko‘z qisib qo‘ydi. Taehyung ko‘zlarini aylantirdi.
- Janoblar, iltimos shovqin qilmang. Bu yer shifoxona. Bemorlarni bezovta qilasiz.
Hamshira qiz o‘ziga kelib, ulardan tinchlanishi so‘radi. Jimin undan uzoqlashdi.
- Yana bir bor kechirim so‘raymiz, Miss!
Jimin yana yugurib ketdi. Taehyung ham uning ortidan ketdi.
Ular mashinaga minishdi.
- Sen bilan keyinroq gaplashaman, Park Jimin!
Taehyung telefonini chiqarib Yon Do ga qo‘ng‘iroq qildi. Bir necha soniyadan so‘ng, ikkinchi tomondan ovoz eshitildi.
- Eshitaman, boss?
Taehyung telefonni karnayga qo‘ydi.
- Senga bir necha fayl yubirdim. O‘sha videodagi qizni qayerga ketganini aniqla. Keyin menga xabar ber. Hoziroq.
- Ho‘p bo‘ladi, boss.
Qo‘ng‘iroq tugatildi.
Bu paytda Jungwo Siraeni o‘zi bilan o‘zining do‘stlari bilan yig‘iladigan kichik uyiga olib ketayotgandi.
Sirae baqirib yig‘layverib, ovozi chiqmay qolgandi. Kuchi ham tugagan. Lekin haliham uning qo‘llaridan chiqishga harakat qilardi.
- A-aka.. I-iltimos.. M-meni qo‘yib... Y-yuboring...
Jungwo unga eʼtibor bermay, uni ichkariga olib kirdi. O‘sha yerga divanga qo‘pollik bilan tashlab, eshikni qulflash uchun ortiga qaytdi.
Sirae stol ushtida turgan pichoqqa ko‘zlari tushib tezlik bilan uni oldi. Ikki qo‘li bilan, mahkam ushlab, unga oqtaldi.
- Menga yaqinlashmang! Men nomussiz emasman!
O‘zida zo‘rg‘a kuch topib o‘rnidan turdi. Jungwo uning qo‘lidagi pichoqni ko‘rib kulib yubordi.
- Olma tozlaydigan pichoq bilan meni o‘ldirmoqchimisan?
Shu payt eshik qattiq taqqillashni boshladi.
.
.
.
.
.
10-qism tugadi.
Bu qismdagi taassurotlaringizni bo‘lishishni unutmang🙃