The One Last Time
Qora libosdagi sirli ayol, Taehyung va Minaning baxsini binafsha shar orqali tomosha qilib o‘tirardi.
- Iltimos meni qo‘yib yuboring. Men noqulay bo‘lyapman. dedi Mina injiqlik bilan.
Taehyung esa shunchaki kulib uni qo‘yib yubordi.
- Sen men tasavvur qilganimdan ham yoqimtoyroqsan.
Mina hayratda qoldi. Chunki Taehyung uni har bir so‘zi va harakati bilan hayratlantirardi.
- nima? Siz avval men haqimda tasavvur qilganmisiz? Nega?
Taehyung yana kuldi.
- Doim to‘xtamay savol berasan. Kel, avval ovqatlan men senga hammasini aytib beraman.
U Minani qo‘yib yuborgach, Mina yotoqdan tushdi. Atrofga qaradi, huddi o‘sha tushidagi joylar. Tushini eslaganda quloqlari isib ketganini his qildi.
- Bu tomon yur, kichkina qushcha. Men sen uchun odamlar ovqati olib keldi.
Mina u ko‘rsatgan tomonga yurdi. Boshqa xonaga chiqishdi. 19 asr jihozlari bilan to‘ldirilgan ovqatlanishxonasi.
Atrof juda chiroyli edi. Hamma joyda qonni eslatuvchi qizil rang, sham yorug‘ida yanada estetik ko‘rinardi. Mina o‘zini o‘tmishga tushib qolgandek his qildi.
- Uyingiz juda ham chiroyli ekan. Nega hamma narsa qadimiy?
Taehyungning ortidan yurarkan, ko‘zlari atrofni o‘rganardi.
- Chunki bu uy juda qadimiy. Aytgancha men 500 yoshdaman.
Mina joyida to‘xtab qoldi.
- Necha yoshdasiz?!
Uning ohangidan Taehyung kulib yubordi.
- Nima deb o‘ylaganding? Vampirlar abadiy yashaydi.
Mina unga katta ko‘zlar bilan qarab turardi. Taehyung uning nigohini sezib tursa-da, xotirjamlikni saqlab, divanga joylashdi.
- Men... Men sizni 25-30 yosh deb o‘ylagandim.
Taehyung miyg‘ida jilmaydi.
- To‘g‘ri. Chunki biz vampirlarning qarishi juda sekin. Odamlarga nisbatan albatta.
- Haa.. Men bu haqda kitoblarda o‘qigandim. Nega meni bu yerga olib keldingiz? Siz juda sirlisiz.
Taehyung unga tikilib qoldi.
- O‘tir. Va yaxshilab eshit.
Sen tug‘ilganingda men 482 yosh edim. O‘sha kuni vampirlar dunyosini himoya qiluvchi gumbaz parchalandi. Sababsiz emas albatta. Bunga sabab....
Dracula qattiq g‘azabga mindi. Chunki Selene va uning Ayoli qirollikni o‘zlariga bo‘ysundirgan edi. Selene qarib qolgan, yoshi 1000 dan oshgan edi.
Dracula uning kenja ukasi esa hali yosh va mansab, boylikka och edi.
- Toj va taxt meniki bo‘lishi kerak! Faqat meniki!
Dracula qora sehrgarlar oldiga bordi.
- Men Selene va uning oilasidan qutulmoqchiman. Ularni yo‘q qilishim uchun menga kuchli sehr beringlar! Juda kuchli bo‘lsin!
Dracula ham bilmasdi, bu sehr tufayli faqat Seleneʼlar oilasi emas, balki butun vampirlar dunyosini halok bo‘lishini. Chunki sehrgarlar unga yolg‘on gapirishgan edi.
- Biz sehrni tayyorladik. dedi sehrgarlar yetakchisi.
- Lekin buning evaziga siz bizga sehr qilishga erkinlik berishingiz kerak.
Dracula rozi bo‘ldi.
O‘sha kuni Selene va Dracula lashkarlari o‘rtasi qonli jang bo‘lib o‘tdi. Taehyung ham o‘sha yerda edi. Otasi yonida yelkama-yelka jang qilardi. Dracula lashkarlarini birin-ketib qirib borardi. Ammo...
Ammo Dracula tarafidagi sehrgarlar kuchli afsun bilan zulmatni chaqirishdi. Ulkan va shiddatli yashin sehr tasirida, vampirlar dunyosining himoya gumbazini buzib yubordi.
Odamlar dunyosida o‘sha kuni quyosh tutildi. Undan so‘ng qora bulutlari bilan qattiq yomg‘ir yog‘di, kuchli bo‘ron bo‘ldi. Ketma-ket tsunamilar bo‘ldi. Insonlar dunyosida ham, vampirlar dunyosida ham ketma-ket vayronagarchiliklar bo‘ldi.
O‘sha kuni tug‘ilgan 3 ta inson bolalari esa tanlangan edilar.
Va gumbaz yorilganida hamma vampirlar qanotidan ayrilishdi. Hammasi!
Taehyung unga hamma narsani aytib berarkan, Mina aynan his qilishni bilmasdi.
- Bu.. Bu juda yomon bo‘lgan ekan... Rostan ham men tug‘ilgan kunda shuncha narsa bo‘lganmi?
Taehyung unga qaradi. Ko‘zlarida zavq uchini ko‘rinib turardi.
- Shuncha gapni men kimga gapirdim? Savol berishini qara buni.. Hah!
Taehyung bir harakat bilan uning ustida paydo bo‘ldi. Divanda o‘tirgan Mina qotib qoldi. Orqasi divanga yopishib turardi.
- Tushunmagan bo‘lsang, boshqacha yo‘l bilan tushuntirishim mumkin.
Mina joyida toshdek qotib qolgandi. Ko‘zlari katta katta ochilib, yuzi qip-qizil bo‘lgandi.
- Y-yo‘q... Tushundim! Tushundim.
Taehyung kulib, ortiga qaytdi.
- Yaxshi. Endi ovqatingni ye.
Mina tezda o‘rnidan turib, ovqat turgan stolga o‘tirdi. Taehyungga qaramasdan tez-tez yeya boshladi.
- Hoy, sekinroq ye. Tiqilib qolasan.
Mina indamay bosh chayqadi.
- Aytgancha siz nega haliham menga ismingizni aytmadingiz?
Taehyung qaytib joyiga o‘tirarkan qo‘shini ko‘tardi.
- Aytmadimmi? Unda endi aytaman. Kim Taehyung.
Mina nihoyat unga qaradi.
- Oho, ismingiz ajoyib ekan. Teahyung..
Taehyung kuldi.
- Taehyung, axmoq. Teahyung emas.
Mina ovqatiga tiqilib qoldi.
- qhm.. Qhm! Nima? Men noto‘g‘ri aytimmi?
Taehyung qattiq kulib yubordi.
- Ha.
Bu qism qisqaroq bo‘ldi. O‘zim reja qilganlarimni ham yoza olmay qoldim.
Bu qism ham sizlarga yoqadi degan umiddaman. Keyingi qismlarda ko‘rishguncha xayr.
Reaksiya va fikr esdan chiqmasin.
Hurmat bilan #aestera