For you
To‘y tugadi. Hamma uyiga tarqaldi. Kimlar oilasi ko‘zida yosh bilan qizini o‘zga uyga kuzatishdi. Yuraning ham ko‘zida yosh bir edi. Lekin aniq nima uchun yig‘layotganini anglay olmasdi. Chunki yuragida dardlari ko‘p edi.
Jungkook mashinada jim o‘tirar, oynadan tashqaridagi tungi ko‘chalarni tomosha qilib ketardi. Qo‘lini iyagi yoniga qo‘ygan. O‘y-hayollari ichida adashib qolgan edi.
Mashinada mayin musiqadan tashqari hech qanday tovush yo‘q edi. Haydovchi ham jim va normal tezlikda haydab ketardi.
✧ ✧ ✧
Kaliforniyada tong otyapdi. Soat 5:30
Yoongi erta uyg‘ongan, derazani ochib, devorga suyanib, shunchaki tashqariga qarab turardi. Nimani his qilayotganini ham, nimani his qilish kerakligini bilmasdi. Huddi ichi bo‘m-bo‘shdek tuyulardi.
To‘satdan eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Yoongining hayollari bo‘linib ketdi. Suyanib turgan devoridan itarilib, eshik tomon yura boshladi. Odatda uni o‘zi taklif qilgan odamlardan boshqa hech kim bezovta qilmasdi. Bu unga shubhali va biroz qiziqarli tuyulardi. - U yerda kim bor? Yoongi eshikga yaqinlashib, baland ovozda gapirdi. Ammo eshik ortidan hech qanday ovoz kelmadi. Yoongi eshikning ko‘rish teshigidan qaradi, hech kim yo‘q. So‘ng biroz o‘ylanib turdida, eshikni ochishga qaror qildi.
Eshikni ochib atrofga qaradi, hech kim yo‘q. Uzoqdan qora kiyimli yigit mototsiklga o‘tirib ketib qoldi. Ammo bosh kiyimi sabab uni ko‘rib bo‘lmadi. Yoongi endigina eshikni yopmoqchi bo‘lganida ko‘zlari yerda yotgan konvertga tushdi. Ikkilanmasdan uni olib eshikni yopib qo‘ydi.
Xonaga qaytib, divanga o‘zini tashladi va konvertni shisha stol ustiga otib yubordi. Boshini divanga suyab, ko‘zlarini yumdi. Konvert ichidagi narsaga zarracha qiziqish yo‘q edi unda.
- Suratlar yetib bordi janob. O‘sha qora kiyimli yigit mototsiklni haydob ketarkan, boshlig‘iga rejasi amalga oshganini yetkazdi.
✧ ✧ ✧
Bu vaqtda Janubiy Koreada soat 21:30 dan oshgandi. Jungkookning mashinasi JEONlar qorg‘oniga yetib keldi. Haydovchi mashinani eshik oldida to‘xtatdi. Mashina to‘xtashi bilan Jungkook tushib, Yura o‘tirgan taraf eshigini ochish uchun mashinani aylanib o‘tdi.
Yura mashina to‘xtaganda, yuzidan oqgan bir necha ko‘z yoshlarini artib, eshikni ochib qo‘lini uzatgan Jungkookga qaradi.
- Kel yordam beraman. dedi Jungkook sokin ovozda, biroz egilib. Yura jimgina uning qo‘liga qo‘lini qo‘ydi. Ikkinchi qo‘li bilan kelin ko‘ylagining etagini ushladi.
Jungkook uning qo‘lidan ushlab, mashinadan chiqishga yordam berdi. Bu jimgina muloqot bir vaqtning o‘zida qulay va noqulay atmosfera yaratardi.
Jungkook uning ko‘ylagidan ushlab zinadan tepaga chiqishga yordam berdi.
Xonaga kirishganida Jungkook kostyumini yechib, divanga tashladi.
Yura og‘ir ko‘ylagining etaklari yotoq ustiga yoydi keyin o‘zi ham o‘tirdi. - Eh.. Juda charchadim. Bu ko‘ylak juda og‘ir ekan. Uufff...
Jungkook keng jilmaydi. - Kelin bo‘lish ham oson emas ekanmi?
- hmm...Juda.
Yura ko‘zlari to‘satdan deraza tokchasidagi konvertga ko‘zi tushdi. - Jungkook? Bu nima? Senikimi?
Jungkook boshini ko‘tarib unga qaradi. Ko‘zlari Yuraning qo‘lidagi oq konvertga ko‘zi tushdi. - Yo‘q meniki emas. Bu meni xonamda yo‘q edi.. Ketishimdan avval.
Jungkook o‘rnidan turib Yura tomonga yurdi. Yura allaqachon konvertni o‘chayotgan edi.
- Shoshma.. dedi Jungkook, Yuraning qo‘lidan konvertni olib. - Balki.. Onam bilar buni bu yerda kim qoldirganini.
Yura sabrsizlanib ketdi. - Kel, shunchaki ochamiz. Juda qiziq.
Jungkook gapirishga ulgurmasdan, Yura uning qo‘lidan konvertni olib ochdi. Rasmlar pastga to‘kilib ketdi. - Eh! Yura!
Jungkook egilib suratlarni olayotganda, unga dakki bergandek ohangda dedi.
Suratlarni olib qaradi. - Bu nima o‘zi?
Ko‘zlari Yoongi va Marianing qahvaxonada kulishib o‘tirgan suratiga tushgach qotib qoldi. Yura darrov egilib qolgan suratlarni oldi. U yerda 10 ga yaqin suratlar bor edi.
Yura suratdagi manzarani ko‘rib, yig‘lab yubordi.
- Y-yoongi..? U boshqasini topganmi? Meni sevmaganmiding? Lekin 2 yil.. Men bilan...
So‘zlarini davom ettira olmay, yotoq yoniga tiz cho‘kdi. Qattiq yig‘lay boshladi. - Bo‘lishi mumkin emas... Yo‘q... Bu emas... U.. U meni oqqushim derdi... Yoki hammasi YOLG‘ONMIDI?
Baqirib yig‘lashga tushdi.
Shu payt Jungkook o‘ziga kelib, yugurib xonani qulfladi. Va Yuraning oldiga kelib, yuzini ikki qo‘li bilan ushlab, ko‘zlariga qarashga majbur qildi. - Yura.. Menga qara. Yura iltimos!
Nihoyat Yura ko‘z yoshlari to‘la, qizargan ko‘zlari bilan unga qaradi. Jungkook og‘ir nafas olib, uning ko‘zlariga tikildi. - Yura... Bilaman, bu juda og‘ir. Sevgan insoningni o‘zgasi bilan ko‘rish, juda og‘ir. Lekin bu yolg‘on bo‘lishi mumkin. Bu kimningdir qo‘pol hazili. O‘zingga kel iltimos. Men buni aniqlayman. Katta odamlardek bu ishni hal qilaylik.
Yura bir zum jim qoldi. Chunki bugun to‘yda Janob Minning bo‘lishi, uning gaplari... Yuraga bir narsa aniqlashtirgandi. - Yoongining otasi...
dedi beixtiyor o‘ylarini bir joyga yig‘ib.
- Boshidan beri hammasiga u aybdor. Yoongini ketishga ham u majburlagan...
✧ ✧ ✧
Kaliforniyada soat tongi 6:00. Yoongi allaqachon universitet uchun tayyorlanayotgandi.
Stolga tashlagan konvert haliham joyidan siljimagan. Yoongi qo‘lidagi qahvasi bilan stol yonidan o‘tib, kalit va hamyonini oldi.
Eshikdan chiqishdan oldin oxirgi marta o‘sha stolga qaradi va eshikni qulflab chiqib ketdi.
Yo‘lda hech narsani o‘ylamasdi. Uning axvoli hozir og‘ir edi. Albatta sog‘inchdan.
Universitetga yetib kelishi bilan u Mariani uchratdi. Uni tushuna oladigan kimdir. Lekin Yoongi unga ham to‘liq ishonmasdi. Maria kitob bilan o‘rindiqda o‘tirardi. Ko‘rinishidan o‘sha kitob bilan yashayotgandek. Yoongi u tomonga sekin yura boshladi. Maria haliham sezmasdi. Yoongi o‘rindiqqa sekin joylashdi, Mariaga qaradi. Kalta sariq sochlari qulog‘i ortiga o‘rnatilgan, ryuzakini quchoqlab olgan edi. Yuzida esa qiziqishning eng yuqori darajasi aks etardi.
Yoongi shunchaki unga qarab o‘tirdi. Uni ko‘zlari ko‘rsa-da, qalb ko‘zida Yurqning aks turgan edi. Huddi shu holat, Yura ham romantik janrdagi kitoblarni o‘qiganida shunday bo‘lardi. Hatto oddiy kitob uchun yig‘lardi ham. - Hamma qizlar bir xilmi? dedi Yoongi unga qarab o‘tirarkan. Maria uni eshitmadi yoki eshitganini anglamadi.
Yoongi jilmayib, telefoniga qaradi. Uni chalg‘itishni istamadi. Keyingi 10 daqiqa shunday sukunatda o‘tdi, albatta tashqi tomondan. Lekin ichkarida Maria kitob ichida yashasa, Yoongi musiqa bilan Yurani ko‘rardi.
10 daqiqadan keyin, yuzida achinish hissi bilan Maria kitobni yopdi. Yonida Yoongini ko‘rib cho‘chib ketdi. - OMG! Sen qachon bu yerga kelding?!
Yoongining yelkasiga yengil shapati tushirdi. Yoongi unga qaradi. Qulog‘idan quloqchinini yechdi. - Nima? Nega uryapsan? Yoongi hayron bo‘ldi.
Maria unga yuzida g‘alati ifoda bilan qaradi. - Qachon kelding dedim. Meni qo‘rqitding.
Yoongi kuldi. - Nega? Axir kelganimga 10 daqiqadan oshdi. Sen o‘sha kitob ichiga kirib ketgan eding. Seni chalg‘itgim kelmadi.
Maria boshqa tomonga qaradi. - Menga bu kitob yoqdi... Aslida birinchisi.
Yoongi yana hayron bo‘ldi. - Nima birinchisi? Shoshma... Sen birinchi marta darslikdan tashqari kitob o‘qiyapsanmi?
Maria yuzi qizarganini sezdi. - Hey! Men shunchaki buni zerikarli deb o‘ylardim. Endi tushunyapman, kitobxonlar nega bunchalik kitoblarga berilib ketganini.
- Haaa.. Yura ham o‘sha kitobxonlardek edi. Men hatto uni bir kunda bitta kitobni tugatgani va u haqida soatlab gapirib berganini eshitgandim. Soatlab...
Maria ko‘zini aylantirdi. - Nega doim o‘sha qiz do‘sting haqida gapirasan. Bilasanmi nima? Sen bitta qiz bilan bo‘lganingda boshqa qiz haqida gapirsang, bu qizlarga yoqmaydi.
Yoongi kuldi. - U ham xuddi shunday degandi.
Maria chuqur uf tortib o‘rnidan turdi. - Tur. Buyuk olim sinfga boramiz. Yo‘qsa sen o‘sha "korealik go‘zal farishta" haqida gapirishdan to‘xtamaysan. Maria yurib ketdi. Yoongi ham narsalarini olib uning ortidan ketdi.
✧ ✧ ✧
Korea da tungi soat 11:20
Yura haliham kelin ko‘ylak, o‘sha suratlarga qarab, siqilib o‘tirardi.
Jungkook yuvinish xonasiga kirib ketgan, issiq dush ostida biroz axvoli yaxshilanishiga umid qilardi. - Endi hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylagandim. Aishh! Men o‘sha qari cholni o‘ldiraman.
Dushda o‘ziga o‘zi gapirib jahli chiqayotgan Jungkook, ovozini pasaytirishga urinardi. Uni Yura eshitib qolmasligi uchun.
Yura esa hech narsani eshitmasdi. Chunki u hozir shu 2 yarim yil ichida bo‘lgan hamma narsani o‘ylardi. - Aslida bu qanday boshlangandi o‘zi...
Yura maktabdan chiqib, o‘zi yaxshi ko‘rgan bino tomon yurishni boshladi. U har kuni shu yerda, tepadan shahar manzarasini tomosha qilib, o‘zi yoqtirgan sneyklarni yeb o‘tirardi.
Bugun ham avval do‘konga kirdi, keyin o‘sha bino tomonga bordi. Egnida maktab formasi. O‘sha paytda u 19 yoshli bitiruvchi qiz edi.
Binoga kirib, hech kimga sezdirmay, liftga chiqdi. Eng yuqori qavat tugmasini bosdi. Liftda o‘zidan boshqa hech kim yo‘q.
Sabrsizlik bilan kutar ekan, lift eshiklari 80- qavatda ochildi. Juda baland. Ko‘pchilik qo‘rqardi, ammo Yurq zavqlanardi.
U o‘zi yoqtirgan joyga bordi. Sumkasini ochib sneyklarni chiqardi. Atrofni tomosha qildi. Biroz videoga ham oldi. - Xotira-16. Men bugun yana shu yerdaman. O‘zim yoqtirgan sneyklar bilan. Hehe.. Bu juda yoqimli.
Kameradan qanchalik baland ekanini ko‘rsatish uchun, chekkaga yaqinlashdi. - Qarang qanday baland.
Shu payt shamol bo‘lgani uchun uning sneyklaridan bittasi pastga tushib ketdi. Yura yugurib borib olmoqchi edi, ammo ulgurmadi. - Jin ursin!
Ortidan kimningdir baqirgan ovozi kelib, uni cho‘chitib yubordi.
- Hoy qiz! U yerdan uzoq tur. Bu hayotda nima bo‘lsa ham o‘z joningga qasd qilishga sabab bo‘lolmaydi. Hayot qadrli buni bilasanmi? U yerdan qoch deyapman!
Yura hayron qoldi. Bir qadam ortga tashlab o‘sha yigitga qaradi. U yigit juda kelishgan, egnida Koreaning nufuzli universiteti formasi bor edi. Bu bir qarash unga juda qattiq taʼsir qildi. Yuragi ko‘ksida qattiq urardi. - Men... Sevib qoldimmi?
O‘ziga past ovozda savol berdi. Yigit unga asta yaqinlashdi. Qo‘lidagi telefon haliham hamma narsani yozib olardi.
- H-hoy.. J-janob.. Men jonimga qasd qilmoqchi emasman.. Men shunchaki kelajakdagi farzandlarim uchun xotura yig‘yapman. dedi Yura uyatchang ovozda. Uning yuzi pomidordek qizarib ketgan edi.
- Ni-nima?!
Yigit qotib qoldi. Keyin kulib yubordi. Yura eshitgan eng yoqimli ovoz edi. Uning yuziga beixtiyor tabassum yugurdi.
- Bu kulgilimi? dedi Yura uyalganini yashirishga harakat qilib. - Men sizni o‘z joniga qasd qilmoqchi deb o‘ylabman. Lekin siz ajoyib ishlar bilan band ekansiz.
Yura uyatchanlik bilan boshini qashlab qo‘ydi. - H-ha.. O‘zingiz bu yerda nima qilyapsiz?
Yigit jim bo‘lib qoldi. Aslida uning o‘zi bu baland binodan o‘zini tashlamoqchi edi.
- Men shunchaki yolg‘iz qolmoqchi edim. Lekin tasodifni qarang, chiroyli qizni uchratib qoldim.
Yura yana yuragi qattiq urayotganini his qildi.
- Chiroyli?... Ha aytgancha meni ismim Kim Yura. Bitiruvchiman.
Yigitga qo‘lini uzatdi.
- Tanishganimdan xursandman, kichkina. Men Min Yoongiman.
Yura bu xotirani eslarkan, ko‘zlari yana yoshlandi. Axir bu boshlanish edi.
Jungkook dushdan chiqdi. Egnida qora keng ko‘ylak va sport shimi. Yurani ko‘rib yana ezildi. U haliham kelin ko‘ylagida o‘tirardi. Qo‘lida o‘sha suratlar. Yuzidagi make-up ko‘z yoshlari tufayli qorishib ketgan edi.
- Yura... Sen yuvinib olishing kerak. Bu holatda o‘tirsang o‘zingga jabr qilasan. Hammasini oydinlashtirgunimcha o‘zingni siqishni bas qil, iltimos. U senga xiyonat qilmaydi. Bu anglashilmovchilik bo‘lishi mumkin.
Yura sekin o‘rnidan turdi. Suratlar polda qoldi. - Balki... Bu to‘g‘ridir. Mayli sen aytgancha bo‘la qolsin. Jungkook, iltimos shu kiyimni yechishga yordam ber. Ortidagi bog‘ichni yechsang bo‘ldi. Qolganini o‘zim eplayman.
Chiroyli yolg‘onlar ortiga yashirilgan bu oddiy so‘zlar, Jungkookni ishonishga majbur qildi. Aslida Yuraning yuragiga hozir qayta va qayta pichoq sanchilayotgan edi.
- Ho‘p. dedi Jungkook, yuragi qattiq urayotganini sezdirmaslikka urinib. Qo‘lidagi sochiqni divan yoniga tashlab, Yuraning orqasidan yaqinlashdi. Titrayotgan qo‘llarini ko‘tarib, ko‘ylak bog‘ichini yecha boshladi. Barmoqlari beixtiyor, Yuraning, oppoq, yumshoq va ochiq tanasiga tegib ketdi. Bu uning tanasiga elektr toki yuborgandek bo‘ldi. - Bo‘ldi. dedi Jungkook, ovozidagi titrashni yashirib. Tezda o‘rtiga o‘grilib yotoq yoniga bordi. Egilib suratlarni oldi. O‘zini nimadir bilan band qilishga urinardi.
Yura hech narsa bo‘lmagandek - rahmat. dedi va hammomga kirib ketdi.
U yerda kiyimini kechib, vannaga suv to‘ldira boshladi. Kiyimni kiyim ilgichga osib qo‘ydi. Hammom katta edi. Shisha devorli yuvinish joyi, kir mashina va kirlar uchun javonlar, hojatxona va buyumlar. Kattaligi alohida bur xonadek edi.
Yura vannaga sekin tushdi. Ichki kiyimlarini yechib, ularni kir savatiga otib yubordi. Keyin vannani ko‘pik bilan to‘ldirib, suv ichiga yotdi.
✧ ✧ ✧
Yoongi darsda o‘tirar ekan. Hayoli negadir o‘sha konvertga ketaverdi. Konvert qo‘lida paytida unda hech qanday qiziqish yo‘q edi. Endi nima o‘zgardi?
Dars paytida ham o‘zini hayollari orasida yo‘qolganini topdi. Maria uning ortidagi partada o‘tirardi. Ora-orada Yoongi qarab qo‘yardi, ammo diqqatining ko‘p qismi darsda edi.
Darslardan so‘ng, Yoongi Maria bilan xayrlashmadan ketib qoldi. Uyiga borib o‘sha konvert ichida nima borligini tezroq ko‘rgisi kelardi.
Ammo Maria uni izlab butun universitetni aylanib chiqdi.
Nihoyat Yoongi uyga yetib keldi. Sabrsizlik bilan eshikni ochdi, ichkariga kirib ortidan qulfladi. Poyabzalini yechmasdan ham kirib ketdi. Ryukzakni divan ustiga tashlab, o‘sha konvertni shisha stol ustidan oldi. Kreloga borib o‘tirdi.
Qog‘ozni yirtib ochdi. Bir necha rasm pastga tushib ketdi.
Yoongi bu rasmlarni ko‘rib, ichida bir narsa qulab tushgandek bo‘ldi.
- Yura... M-men-chi? Meni kuta olmadingmi? Sevmaganmiding?
Bu qism zerikarli bo‘lib qolmadimi? Keyingi qism uchun ko‘proq eʼtiboringizni so‘rayman. 🥺