Tungi Moviy Osmon
Episode: 9
Author: AESTERA
----------------------------
Jimin General Min va uning jamoasini asir saqlayotgan edi.
Bu vaqtda unga Taehyung qo‘ng‘iroq qilib asosiy binoga kelishini aytdi. Jimin tezda uyiga qaytdim, qon va chang bo‘lib ketgan kiyimlarini almashtirib, qisqa dush qabul qildi. Va asosiy Bino tomon yo‘l oldi.
Yo‘lda tirbandlikda qolib ketdi. Zerikishdan o‘lay deb turganida, ko‘chada yig‘lab, yordam so‘rab yurgan qizni uchratdi.
- Iltimos to‘xtang! Qari amakiga yordam kerak.
Biroz vaqtdan so‘ng Jimin u tarafga yurdi, mashinasidan tushib Siraening yoniga bordi.
- Iltimos janob, menga yordam kerak. Amakim xushidan ketib qoldi. U qari... Ikki marta yurak huruji bo‘lgan.
Sirae Jiminning qo‘lidan ushlab, tinmay yig‘lab gapirardi. Jimin esa unga jiddiy ko‘zlari bilan qarab turardi. - Miss.. Amakingiz qayerda?
Dedi Jimin ayyorona ovozda.
Sirae yosh to‘la ko‘zlari bilan unga qarab, Wonbin amaki yotgan uy tomon yura boshladi.
Qadamlari pala-partish, yig‘idan zo‘rg‘a ko‘rardi yo‘ldi.
- Miss, o‘zingizni bosib oling, hali hammasi yaxshi bo‘ladi.
Sirae ko‘z yoshlarini artib, sekin bosh irg‘adi. Qadamini tezlatib, uyga yetib kelishdi. Wonbin amaki haliham polda yotardi. Sekin nafas olar, yuzilari oqarib, lablarining cheki ko‘kara boshlagandi.
- Janob, iltimos tez yordam chaqira olasizmi? Menda telefon yo‘q.
Jimin hayron bo‘ldi. 21 asrda ham telefon ishlatmaydigan inson bor ekanmi? deb o‘yladi va tezda javob berdi.
- Hozir yo‘llar juda tirband. Uni o‘zim olib boraman. Siz uning hujjatlarini olib chiqing. Men uni mashinamga olib ketaman.
Sirae bosh irg‘ab tezda o‘rnidan turdi va Wonbin amakining xonasiga kirib ketdi. Jimin esa o‘rta yoshlarda erkakni hech bir qiynalishsiz ko‘tarib, mashinasi tomon olib bordi. Mashinasi uzoqda bo‘lgani uchun, u qadam tashlagani sari bu odam og‘irlashib borgandek tuyulardi.
Sirae tezda Wonbin amaki hujjatlarini uning javonidan olib, xonadan chiqdi. Uyni qulflab, yugurib Jimin ortidan yetib oldi.
- Men hujjatlarni olib keldim. Keling, yordam beraman.
Jimin Wonbin amakini sekin yotqizdi va bir qo‘lini boshidan o‘kazib, amakini yelkasiga suyadi. Sirae esa Wonbin amakining ikkinchi tomonidan huddi shunday qildi. Ular tez-tez yurib Wonbin amakini, Jiminning mashinasiga yotqizishdi. Jimin tez old o‘rindiqqa o‘tirib, kamarini taqdi. Sirae ham avval Wonbin amakiga keyin o‘ziga kamar taqdi. So‘ng Jimin mashinani katta tezlikda haydob bir zumda shifoxonaga yetib kelishdi. Bu vaqtda uning telefoni Taehyung va Yoon do dan xabarlar bilan to‘lib ketgan edi.
Taehyung Siraeni deb aqldan ozardi. Hatto pashsha ham uchib chiqa olmaydigan bu qasridan, oddiy soddagina qizning qochib ketganiga aqliga sig‘masdi. Bu uni yanada g‘azablantirardi.
- Qani U?! Yoon Do! Qani u?!
Yoon Do qo‘rquvdan bir qadam ortga tashladi.
- Janob men uni Kun davomida kuzatdim. Barcha kameralar, telefon yozuvlari. Faqatgina bitta yo‘ldagi kameradan topdik uni.
Taehyung o‘rnidan turdi. Qo‘lidagi ichimlik idishini devorga otdi. Shisha maydalanib ketdi.
- Shuncha odam bo‘la turib bitta qizni topolmayapsanmi?!
Bor kuchi bilanga unga musht tushirdi. Yoon Do zarba kuchidan yiqilib tushdi.
- J-janob.. U ertaga kechqurun qo‘lingizda bo‘ladi. Aks holda o‘limga ham roziman.
Taehyung unga bir zum qarab turdi.
- Yaxshi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Va bu senga berilgan oxirgi vaqt.
Yoon Do yuzidagi qonni artib, zo‘rg‘a o‘rnidan, turdi va taʼzim qildi. Taehyung jahlini jilovlashga urinib, joyiga qaytib o‘tirdi. Yuzidagi g‘azab yaqqol ko‘rinar, agar temirga o‘sha ko‘zlari bilan qarasa erib ketishi aniq edi.
Sirae va Jimin Wonbin amakini doktorlarga topshirib, o‘zlari kutish yo‘lakchasida qolishdi. Sirae devorga suyanib, polga qarab, jim yig‘lab turardi. Unga yagona mehribonchilik qilayotgan odam ham bu yerdan qaytib chiqmasligiga ishona olmasdi. Buni qabul qila olmasdi. Jimin esa uning qarama-qarshi tomonidagi o‘rindiqlardan biriga o‘tirib, ko‘z ostidan uni kuzata boshladi. Juda chiroyli va yoqimtoy qiz. Juda sodda.
Jimin birdan o‘rnidan turdi. Siraening hayolari bo‘linib, unga qaradi.
- Ketmoqchimisiz? Yordamingiz uchun katta rahmat sizga, Janob!
Sirae chuqur taʼzim qildi.
Jimin uni shunchaki kuzatdi.
- Yo‘q. Ketmoqchi emasman. Kasalxona harajatlariga pulingiz bo‘lmasa kerak, men sizga yordam beraman.
- L.. Lekin javob.. Men sizga bu pullarni qaytara olmayman.
Jimin jilmaydi.
- Keling, unda buni boshqacha yo‘l bilan kelishamiz...
U Siraega bir qadam yaqinlashdi. To‘satdan reanimatsiya bo‘limi eshigi ochilib, doktor chiqib keldim.
- Chang Wonbinni yaqinlari kim?
Sirae tezda doktorni yoniga bordi.
- Men. Men uning yaqiniman.
Doktor unga qaradi.
- Siz Chang Wonbinni qizimisiz?
Sirae nima deyishni bilmay qoldi.
- Y-yo‘q.. Doctor... Men.. Men shunchaki ularning tanishiman... Uzoq qarindoshi...
Sirae zo‘rg‘a javob berdi. Uni kuzatib turgan Jiminning ko‘zlari ayyorlikdan chaqnadi. Doktor bosh irg‘ab, gap boshladi.
- Miss, meni diqqat bilan eshiting. Janob Changda yurak kasalligi bor. Agar buni vaqtida davolamasak, u ko‘p yashamaydi. Va bu operatsiya juda qimmat... Sizda yetarli pul bormi?
Sirae muzlab qoldi. Axir unda hatto uy uchun pul yo‘q. Ishi ham yo‘q. Bir nima deb javob berishdan oldin Jimin javob berdi.
- Xavotir olmang, doktor, o‘zim hamma kasalxona harajatlarini to‘layman.
Doktor hayron qoldi. Lekin o‘zini qo‘lga oldi.
- Yaxshi, janob. Lekin siz Janob Changga kim bo‘lasiz?
Jimin ayyorona jilmaydi.
- Hech kim. Lekin shu go‘zal qizini yigitiman.
Sirae ustidan muz ag‘darilgandek qotib qoldi. Ko‘zlari kattarib ketdi. Lekin Jimin unga eʼtibor bermay, bir qo‘lini qizning belidan o‘tkazib o‘ziga yaqinroq tordi. Sirae huddi karaxt bo‘lib qolgandek turardi. Avval Taehyung. Endi Jiminmi?
- Unday bo‘lsa bu yerga keling janob. Siz bilan baʼzi hujjarlarni imzolashimiz kerak. Ha.. Aytgancha sizlar Janob Changning hujjatlari bormi?
Sirae o‘ziga kelib, qo‘lidagi hujjatlarni tezda shifokor berdi.
- H-ha.. Mana.
Jimin unga ko‘z qisib qo‘gib, doktor ortidan ketdi. Sirae bo‘lgan holatni qayta o‘ylab o‘rindiqda o‘tirib qoldi.
Jimin va Doktor xonaga kirib, stullarga joylashishdi.
- Xo‘sh... Janob avval o‘zingizni tanishtiring.
- Park Jimin. KTH kompaniyasi bosh kotibi va bir necha filiallar direktori.
Doktor bosh irg‘ab, unga hujjatlarni uzatdi.
- Bu hujjatlar bilan tanishib chiqing va imzolang. Undan so‘ng to‘lovni o‘tkazasiz. Va biz amalyotni boshlaymiz. Marhamat, Janob Park.
Jimin hujjatlarni birma-bir ko‘zdan kechirib chiqdi. So‘ng imzoladi.
- Tayyor
dedi Jimin natural ovozda, doktorga ko‘z ostidan qarab qo‘yarkan.
- Yaxshi, janob. Hayriyangiz uchun rahmat. Pulni qachon o‘tkazasiz?
Savol bilan yuzlandi Doktor, bu savoldan o‘zi ham biroz asabiylashib.
- Hozir
Dedi Jimin jo‘ntaklaridan telefonini izlarkan.
- Ah! Telefonimni mashinada qolib ketibdi. Bir daqiqada qaytaman.
Jimin tezda o‘rnidan turib xonadan chiqib ketdi. U chiqqanida yo‘lak oxirgi, sovuqdan o‘zi quchib titrab o‘tirgan Siraega ko‘zi tushdi. Ikkilanmasdan uning oldiga borib, kostyumini yechib yelkasiga tashladi.
- Sovuqotibsan-ku, shirin qiz.
Sirae bu to‘satdan bo‘lgan, iliqlikdan cho‘chib ketdi. Nima deb javob qaytarishni bilmay qoldi.
- R-rahmat...
Jimin jilmaydi.
- Arzimaydi. Bo‘yagi gap uchun o‘zingni noqulay his qilma. Shunchaki doktor shubhalanmasligi uchun aytdim.
Sirae bosh irg‘ab taʼzim qildi. Jimin o‘grilib ketayotganida, to‘xtab, unga qaradi.
- Aytgancha, Isming nima?
- Ismim Min Sirae
Dedi Sirae titroq ovozda. Sovuqda uzoq qolgani uchun titrardi. Ammo havo juda sovuq emasdi.
- Min Sirae...
Ismni takrorlarkan beixtiyor ko‘z oldiga Min Yoon So keldi.
- Ko‘rishguncha
dedi va ketib qoldi.
Jimin mashinasiga chiqib, telefonini izladi. Telefoni ovozsiz rejimda, o‘rindiq yoniga tushib ketgan ekan. Taehyung va Yoon Dodan yuzga yaqin javobsiz qo‘ng‘iroqlar va xabarlar bor edi.
- Ah! Jin ursin! Taehyung meni o‘ldiradi!!
U tezda kasalxonaga qaytib, to‘lovni qilib, yugurib ketdi.
10 daqiqa ichida asosiy binoda paydo bo‘ldi. Chuqur nafas olib to‘g‘ridan to‘g‘ri Taehyungning xonasiga kirdi.
- 2 soat kech qolding, Jimin. 2 soat!
G‘azabdan qizarib Taehyung, eshik ochilishi bilan baqirdi.
- Hey! Bilaman, bilaman. Men hech qoldim. Menga baqirma. Sabablarim bor edi.
Taehyung jahl bilan o‘rnidan turdi. Jimin yaqin kelib, yoqasidan ushladi.
- Qanday sabab bilan meni ikki soat kuttirishing mumkin?
Jimin uning g‘azabiga parvo ham qilmadi.
- Avvaligiga o‘sha General Min va uning laychalari bilan vaqt o‘tkazdim. Keyin tirbandlik. O‘sha tirbandlikda yig‘lab yurgan bir qizchaga yordam berdim. Judda chiroyli qiz ekanda..
Jimin labini tishlab kuldi.
Taehyung uning gaplariga ishonmadi. Deyarli.
- General Min bizning qo‘limizda to‘g‘rimi?
- Ha. Huddi shunday.
- Ho‘p... Tirbandlikni tushunishim mumkinkuya... Lekin qiz degan joyingga ishonmayapman.
Jahlida biroz tushgan Taehyung uning yoqasini qo‘yib yubordi.
- Ishonmasang, mashinam kamerasini ko‘r. Balki keyin ishonarsan... Ahh.. Juda chiroyli va sodda qiz edida.. Ha mayli.. O‘zimni zaharli ilonim borda.
Jimin kulib, o‘zini qora charmli, yumshoq divanga tashladi.
Taehyung unga ahmoqqa qaragandek qarab turardi.
- Aqldan ozibsan. Mashinang kamerasi telefoningga ulanganmi?
Jimin cho‘ntagidan telefonini olib stolga tashladi.
- Sevib qolsang axvolingni ko‘raman hali.
Taehyung kuldi, egilib uning telefonini olib kamera yozuvlarini ko‘ra boshladi.
- Park Jimin sevgidan aqldan ozibdi. Ajoyib yangilik.
Taehyung ko‘zlari tanish yuzni ko‘rganida qotib qoldi.
- Sirae...
.
.
.
.
.
Ep 9 tugadi.
Yoqimli mutolaa.
Uzun fikringiz bilan meni xursand qilasiz deb o‘ylayman. Bu qism sizlarga yoqdimi?