April 18

Tungi Moviy Osmon

Ep 7.

Episode 7
: Author #aestera

☆ ☆ ☆

Sirae Eunpyeong ko‘chasiga yetib keldi. Binolar oralab yurarkan, ko‘zlari 305-chi uyni qidirardi.

- H-ha.. Ha.. Aynan shu bino..
Ko‘zlari to‘satdan 305 uyni topganida yuragi dukillab ketdi. Tezda o‘sha uy tomon yurdi. Jamadonini o‘zidan bir qadam uzoqda qo‘yib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi.

Oradan bir daqiqa o‘tmasdan eshik ochildi. Sirae taʼzim qilib salomlashdi. - Men bo‘ya sizga qo‘ng‘iroq qilgandim.

- Ha.. Ha esladim.. dedi keksa odam. - Qani kiraqol. Bu uydan mendan boshqa hech kim yo‘q. Yaqinda shifoxonaga ketyapman. Shuning uchun uyga kimdir qarab turishi uchun ijaraga berayotgandim.
Kichik ammo tez qadamlar bilan ichkarilab borarkan, ham uyni tanishtirar, ham tinmay gapirardi keksa chol.

- Amaki, nega kasalxonaga ketyapsiz? Kasalmisiz? Yordam kerak emasmi?
Qiziqib, biroz xavotir bilan so‘radi Sirae.

- Ehh.. Qizim, mening farzandlarim yo‘q. Ayolim vafot etdi. U bilan butun umr farzand kutdik, lekin taqdirimizda farzandli bo‘lish neʼmati yo‘q ekan.

Siraening yuragi titrab ketdi. Chunki u bu bo‘shliqni biladi. - Men.. Men ham ota-onamni ko‘rmaganman. dedi sokin ovozda.

Chol sekin ortiga qaradi. - Nega? Ular erta o‘lishganmi?
- Ha janob. Men tug‘ilganimdan keyin, o‘lishgan ekan. Men Xolam va Amakim bilan yashardim. Ular Koreadan ketishdi. Men ketishni istamadim. Uyni sotishdi. Shuning uchun menga uy kerak edi.

Yolg‘on gapirgani uchun vijdoni qiynalsada, haqiqatni ayta olmasdi. Hayotidagi alg‘ov- dalg‘ovliklarni qanday ham ayta olsin.

- eh bechora qizim.. Bu shavqatsiz hayotdan yolg‘iz bo‘lish qiyin. Juda qiyin. Tezroq seni sevib, qadrlaydigan odam top.

Sirae jim qoldi. Keksa odam uni tushundi. - Men bir haftadan keyin shifoxonaga ketaman. Qaytib kelishim noʼmalum. Shuning uchun bu uyni senga qoldiraman. Baribir endi ko‘p vaqtim qolmadi.

Sirae qotib qoldi. - N-nima? Hozirgina tanishgan odamingizga uy qoldirasizmi? Nega ko‘p yashamayman deyapsiz? Og‘ir kasalmisiz?

Keksa odam kuldi. - Ikki marta yurak huruji o‘tkazdim. Har oy shifoxonaga boraman. Yuragim notinch. Har kuni ayolim tushumga kiradi. Shu uchun ham ketish vaqtim tezroq deb o‘ylab qoldim.

Sirae yana so‘zsiz qoldi. - Amaki... Agar... Bu uyni menga qoldirmoqchi bo‘lsangiz... Siz.. Siz hozir qayerda yashaysiz? Iltimos men bilan yashang... Meni mushugim ham bor. U juda kichkina...

♡ ♡ ♡

Shu payt eshik ochilib xonaga Donwoo kirib keldi. - Janob muhim xabar bor!

General Min tezda o‘zini yig‘ib oldi. - Nima gap? Qanday xabar bor? KIMS haqida qandaydir maʼlumot topdingmi?

Donwoo qo‘lidagi hujjatlarni tezda stolga tashladi. - Kamera yozuvlari. Bu ularning omboriga yo‘l bo‘lishi mumkin.

General Min tezlikda hujjatlarni varaqlab chiqdi. Kompyuterga maʼlumotlarni kirgizib yo‘ldagi kameralar yozuvini topdi. Kim Taehyung ning mashinalari. Va bitta yuk mashinasi, tungi yo‘lda o‘rtacha tezlikda yurib borishardi.

Lekin ular burilishda yetkanda kamera ochib qoldi. - Jin ursin!

- Tezda! Tezda o‘sha ko‘chaga odamlarni yubor. Ombor topmaguncha qaytishmasin!

Donwoo yugurib chiqib ketdi. Yoon So esa o‘sha kungi voqeani eslab, ko‘zlarini kompyuter ekranidan olmasdi.

Taehyung bir necha soatlik ishdan so‘ng, uyga qaytdi. Uyda sevgilisini ko‘rishni umid qilardi.

- Xush kelibsiz, Janob. Bosh xizmatchi uni kutib oldi. Taehyung unga eʼtibor bermay, yuqori qavatdagi xonasiga chiqib ketdi.
- Sirae?

U yo‘q edi. Taehyung uni hammomda deb o‘ylab, yuvinishxonasi tomon yurdi. Eshikni ochdi. Yana u yo‘q. G‘azablana boshladi.

-Sirae?! Qayerdasan?!

Balqonga chiqib bog‘ni qaradi. Yana yo‘q.

- CHOI XONIM! U QANI!
g‘azabdan qizarib ketdi. Deyarli o‘zini yoqotayotgan edi.
Choi xonim yugurib keldi. U uy bosh xizmatchisi edi. Taehyungning uydagi o‘ng qo‘li. - Kimni so‘rayapsiz janob? Past ovozda, zo‘rg‘a so‘radi Choi Han xonim. Qo‘rquvi ovozining titrashidan bilinardi.

- O‘zingizni go‘llikka solmang, Choi Hanna xonim! Men kecha bu yerga olib kelgan qiz qayerda?

Taehyungning g‘azabi soniya sayin toshardi.
- J-janob.. U.. U biroz oldin xonada edi..

Taehyung stol ustidagi guldonni olib uloqtirdi. Shisha guldon yerga tushib mayda-mayda bo‘laklarga bo‘lindi.
- O‘ldiraman! Eshityapsizmi? Agar uning bir tola sochiga ham ziyon yetsa Hammangiz o‘lasiz!
TOPING UNI!

Ovoz butun uy bo‘ylab tarqaldi. Yoon Do Jiminning yonidan qaytib, endigina Taehyungning uyiga kirgandi. Zudlik bilan ikkinchi qavatga yugurdi. Zinalardan qanday chiqqanini o‘zi ham sezmaydi. Taehyung g‘azabdan xonadagi bor narsalarni mayda-mayda qilib sindirib tashladi.

Yoon Do xonaga kirdi. Taehyungni bu axvolda ko‘rib, qattiq qo‘qrdi. - Janob.. J-janob.. Iltimos tinchlaning. Men uni topaman.. F-faqat bitta rasm kifoya. Men uni bugunoq topib kelaman.

Taehyung uning ovozini eshitib to‘xtadi. Qo‘llari qonga botgan. Usti boshi alg‘ov-dalg‘ov bo‘lgan edi.
- Top. Hoziroq top. U menga kerak. Yer ostiga kirgan bo‘lsa ham top. Osmonga uchgan bo‘lsa ham top.
Taehyung chuqur va og‘ir nafasidan ko‘kragi og‘ir ko‘tarilib tushardi. Qo‘lidagi kesikdan qon to‘xtamasdi. Yoon Do astalik bilan unga yaqinlashdi. - Janob.. Menga uning suratini bera olasizmi? .. Va.. Qo‘lingiz qonayapdi. Keling avval tinchlanib olasizmiz.

Taehyung unga qattiq tikildi. Ko‘zlari g‘azabdan qizarib ketgan, juda qo‘rqinchli ko‘rinardi. - Yoon Do.. Uni topa olasanmi?

- U bu ishi uchun qattiq afsuslanadi...
Taehyung shu gaplardi aytib, o‘zini xonadagi katta yotoqqa tashladi. Jarohatiga ham eʼtibor bermadi. Shiftga qarab yotardi. Jim, hatto kiprik qoqmasdi. Ko‘z oldida esa shiftni emas, Siraeni ko‘rardi.

Bu paytda Sirae, o‘sha keksa qariya bilan ajoyib suhbat qurardi. Mushukcha esa ular atrofida shodon o‘ynab yurardi. Ular yaqindan tanishib olishdi. Keksa odam unga o‘z tarixini so‘zlab berdi. Sirae jim tingladi. Orada keksa qariyani so‘roqqa tutardi.
- Ooo.. Sizlarning sevgi tarixingiz juda ajoyib bo‘lgan ekan.. Xonim ham judayam chiroyli qiz bo‘lgan ekanlar.. Uni sog‘insangiz kerak a?
Dedi Sirae stol ustidagi suratlarni tomosha qilarkan.

- Ha, judayam sog‘inyapman. U ketganiga 5 yildan oshdi.. Lekin hanuz ko‘nika olmadim. Har kuni uning qabri oldiga boraman. U bilan har doimgidek gaplashaman.

Sirae boshini ko‘tarib, qariyaga qaradi. - Bugun ham bordingizmi?

- Ha, bordim. Sen qo‘ng‘iroq qilganingda o‘sha yerda edim. Sen kelganing uchun u yerdan ertaroq qaytdim, qizim.

- Bu uchun uzr so‘rayman. U bilan to‘liq gaplasha olmagandirsiz...
O‘zini aybdor his qildi Sirae.

Qariya stolni taqillatib uning eʼtiborini tortdi. - Bu uzr so‘raydigan ish emas, qizim. Ertaga u uchun aytib beradi gaplar paydo bo‘ldi. Ertaga uning yoniga borsam, albatta sen haqingda unga aytaman. Taqdir meni, chiroyli va aqlli bir qiz bilan uchrashtirdi deyman. Butum umr sendek qizim bo‘lishini orzu qilgandim, Sirae.

General Min va Donwoo ning jamoasi, kamerada ko‘rgan yo‘l qatnoviga yo‘l olishdi. U yerdagi har bir qadamni sinchiklab tekshirishdi.

Hatto iskovuch itlar ham yo‘llangan edi bu topshiriqqa.

Donwoo kamerada ko‘rgan, muyulishga qarab yurdi. Ko‘zlari har qanday belgi topishga urinib atrofga diqqat bilan qarardi.

Yuk mashinasi o‘tib ketdi. Kamerada ko‘ringan yuk mashinasidan farq qilsa-da, Negadir Donwooning eʼtiborini tortgandi. O‘sha muyulish oldida to‘xtadi. Atrofga ko‘z yugurtirarkan, bir narsani sezmay qolmasdi.
Yashirin yo‘lak.

- General Min! Bu yerga qarang!

.
.
.
.
.

7-QISM tugadi. Eʼtiboringiz uchun rahmat.
Xato va kamchiliklar uchun uzr.
Reaksiya va fikrlaringizni kutaman.
Keyingi qismlarda uchrashguncha xayr.