ππ’π₯πππππ‘ππππ
Qalam tutgan barmoqlar oq qog'ozni xira tasvirlar bilan boyitmoqda. Faqatgina yaralayotgan asarga qaratilgan diqqat hukmron. Estetikani eslatuvchi oq idishga solingan qahva yuzasi yurak shaklini ifodalagan singari sut bilan bezatilgan, biroq u qaynoqligini yo'qotib bo'lganiga deyarli yarim soat bo'ldi. Uch kundan buyon chizilishi davom ettirilayotgan bu ko'zlar tasviriga oxirgi chiziqlar tortilib, qog'oz quyi qismiga o'z ismini yozdi qiz: "Jiwon"
Qog'ozdagi ko'zlar su'rati bu gal quvonchni ifodalaydi, tabassumdan hosil bo'ladigan kichik ajinlar esa buning isbotidir. Sovib qolgan qahva idishini barmoqlari orasiga tortgan Jiwon qahvaxona oynali devorlaridan tashqariga qaradi. O'zi chizgan su'ratdagi kabi uning lablari qishning yaltiroq ziynatini tomosha qilgancha jilmaydi. Shovqinli ko'chalar, mashinalar qatnovi, qahraton sovuqning sezilarli shamoli. Ular birgalikda juda ajoyib ovozlarni kasb etgan bo'lardi, biroq Jiwon bularni eshitishga qodir emas.
- Hayrli kun! - Jiwon qarshisidagi bo'sh o'rindiq begona inson tomonidan ruxsatsiz egallangan zahoti uning ko'zlari hayrat va kichik qo'rquvni ifodaladi. - Chiroyli qiz, yigitlar bilan tanishasizmi? Ismim Jungkook! - qo'l uzatgancha jilmaydi.
Jiwon uning hech bir so'zini eshitmayapti, faqatgina yigitning allanimalarnidir gapirayotgan tasviri bor xolos. Yigit qo'liga o'zinikini uzatarkan, jilmayishni yuzidan qo'ymagancha yana gapirayotgan yigit tashqi ko'rinishiga tikildi.
- Ox, shu nozik qo'llar bunchalik ajoyib go'zallikni yaratdimi? - rasmni olgancha unga yaxshiroq qaradi Jungkook. - Ismingiz Jiwonmi?
Jungkook qiziqish bilan boshini egarkan, Jiwon hanuz doimgi holatini o'zgartirganicha yo'q.
- Yuzsizlik qilib bu yerga o'tirib olganim uchun kechiring, Jiwon. Anchadan buyon sizni anavi stolda kuzatib turgandim. - o'zining o'rindig'i tomon ishora qildi. - E'tiborimni tortdingiz. - qo'shimcha qildi Jungkook.
Chizgan rasmini olish uchun qo'l uzatgan Jiwon yigitni uni barmoqlari orasidan olgach, jilmaygancha quloqlari eshitmasligiga ishora qildi. Takrorlanmas chehra va inson tabiatini ilk bor uchratgan yigit tabassumi singancha hayratini yashirmadi.
- Hazillashyapsizmi? - ishonmaslikni xohlab jilmaydi, - Men sizga yoqmagan bo'lsam bunday deyish shart emas.
Jiwon uning nima deganini yana tushunmadi, hech qanday ovoz yo'q.
- "Men eshitmayman, nima deganingizni tushunmadim." - sharfini bo'yniga ilishidan avval telefonida yozib ko'rsatdi Jiwon.
Topilgandayoq yo'qotish. Jungkook yuzidagi tashvish sezilarli bo'lib qoldi. U Jiwonning har bir harakatini kuzatdi, garchi qizga bu masalada noqulaylik tug'dirsa ham. Qishki kurtkasini egniga kiygan Jiwon ko'cha sovug'idan tanasini asrashga urungandek sharfni bo'yniga yaxshiroq o'rab ketish oldi Jungkookka bosh egib qo'ydi. Beixtiyor harakat. Jungkook kaftini qizning yetarlicha nozik bilagiga o'radi.
- Kechirasiz! - qiz eshitmasligini bilsa-da kalovlangancha dedi.
Jiwonning hayratli nigohlari ma'lum. O'rindiqdagi begona yigit nima demoqchiligiga qiziqqancha qovoqlarini pirpiratdi bir necha bor.
- "Telefin raqamingizni olsam bo'kadimi?" - shoshgancha telefonida yozib ko'rsatdi Jungkook, hayajonli barmoqlari ta'sirida bir necha xatolar ham yaqqol ko'rinadi. - "Yomon niyatim yo'q, menga yoqib qoldingiz!" - ko'ksida g'alati qo'rquv sezgancha iyagiga qadar sharfiga o'ranib olgan qizga qaradi.
Keyingi yozuvli xabarni o'qish Jiwonni tabassum qilishga undarkan, sumkasini yelkasiga yaxshiroq ilgancha buni rad etdi. Imkoniyatlari ko'proq bo'lgan insonlarga o'zini munosib ko'rmaslik o'ylovini go'yo aqliga singdirib olgandek. U takror Jungkookka bosh egish orqali xayrlashishini sezdirgach, shunchaki ortidagi yigitni e'tiborsiz qoldirdi.
- "Bu hayotda men xohlaganlarning bari kutishga arziydi." - sumkasiga joylanmagan bloknotining ilk varog'idagi o'zi yozib qo'ygan jumlani o'qidi Jiwon.
U qachonki o'zini imkonsiz sezganda bu jumlalarni takror va takror o'qiydi, garchi ular xotira chiziqlarida saqlanib qolgan bo'lsa-da. Uning ketishini kuzatib turgan Jungkook siniq kayfiyat bilan o'rindiqqa qayta joylashdi. Ko'zlari qiz atigi bir necha qultum xo'plagan qahva idishidagi lab bo'yog'i tasvirida, hattoki bu ham nozik yaratilgan bir asar singari. Idishni o'ziga tortib qisqa vaqt tikilib turishdan so'ng uni yerga tashlab yubordi.
- Uzr so'rayman, ataylab qilmadim. - qahvaxona xodimlariga qaragancha siniqlarni olishga shoshilarkan, tozalash uchun kelgan xodim buni o'zi qilishini aytgach u shunchaki lab bo'yog'i qolib ketgan qism sinig'ini cho'ntagiga soldi.
- Lab bo'yog'i rangi yoqib qoldimi? - kamerasi fokusini to'g'irlayotib dedi Donwuk. - Istasang sotib olib beraman, bunchalik havas bilan qarashing shart emas.
- Ovozingni o'chir! - siniqni barmoqlari orasiga oldi Jungkook. - Bu sen o'ylagan narsa emas.
- Ko'rinib turibdi, biror qizni lab bo'yog'idan qolgan iz. Ahmoq emasman. - e'tiroz bildirdi yigit.
- Men birinchi bor bunday narsaga duch keldim. - Jiwonning jilmaygan ko'rinishini esladi, - U qizda boshqacha go'zallik bor edi.
- Raqamini ol edi unda, bu yerda Romeo kabi o'tirishdan ko'ra!
- Qilmadim deb o'ylaysanmi? - yuzini bujmaytirgancha divanga gavdasini xafsalasiz suyadi. - U meni rad etdi, shunchaki men unga yoqmaganligim uchun emas.
- Unda nega? - Instagram tarmog'iga joylash uchun yangi estetik su'ratni oldi.
- Shunchaki quloqlari eshitmagani uchun. - quyi ovozda gapirgach, xo'rsinarkan do'stining qosh chimirib turgan qiyofasiga duch keldi. - Nima?
- Ming'irlamay gapirsangchi! Tomog'i bo'g'ilib qolib sayrashga qiynalayotgan xo'rozga o'xshayapsan.
- Xo'roz? - qoshini yuqori cho'zgancha norozi ekanligini sezdirdi.
- Sen la'nati eshshak! - tishlari orasidan asabiylikni sezdirib dedi Jungkook.
- Hoy, hoy, qara bu tovuqdan ko'ra qo'polroq eshitiladi. - ogohlantirgan bo'ldi.
- To'g'ri aytasan! - lunjida tilini sezilarli o'ynatib davom etdi, - Unda Gollandiya sigirisan. Ho'kiz emas, sigir!
O'tmishga aylanib ulgurgan besh kun. Kichik yo'laklar, daraxtlar shoxalari, uylarning tom qismi, hatto derazalarning tashqi kichik tokchalarida qor qatlami bor. Tunning anchayin soatlari yerni bezashni xohlagan qorning tinimsizligi bilan o'tdi. Kunduzgi shahar ko'rinishi esa filmlarda olinadigan ajib kadrlarning real holati. Jiwon bugun yangi chizmasida kichik qizaloq tasvirini chizishni maqsad qilgan.
- O'tirsam maylimi? - kuzatishdan zerikkan Jungkook kichik qog'oz parchasini Jiwon tomonga barmoq uchida surdi.
Qizning ajablanayotgan nigohlari yigitni kuzatarkan, ruxsat uchun boshini tasdiq ma'nosida qimirlatdi. Jungkook qon tomirlaridagi pulsi kichik quvonch hissidan sezilarli o'zgarganini sezib qattiq yutundi. O'tgan besh kun Jiwonni kuzatish bilan o'tdi, bugungi jasurlik ham tavakkal qilib ko'rishga urinish edi xolos. U bu gal Jiwonni qarshisidan kuzatmoqda, rasmni qanday ishtiyoq bilan chizilishi, o'xshamay qolganda qoshlarini ajib holatda chimirishi. Sezilishi mumkin bo'lgan barcha kichik dalillar.
- Ismim Jungkook. - o'zi uchun tanaffus e'lon qilgan qizga navbatdagi qog'ozni uzatdi.
- Jiwon, - qog'oz bo'sh qismiga yozdi. - Ko'z uzmay qarashingiz meni bezovta qilyapti, Jungkook. Buni o'xshatolmayapman. - noroziligini ifodalagancha telefonida yozdi Jiwon.
- Kechirasiz, - Jungkook shoshib gapirgach qoshi chetini ishqaladi-yu avvaldan tayyorlab qo'ygan qog'ozga chiqarilgan emojini ko'rsatdi.
Uning ko'zlarida havotir o'ynarkan, emojiga jilmayish bilan javob qaytargan Jiwonni ko'rgan zahoti ahmoqona hijolat bilan boshini stol yuzasiga eggancha kuldi.
- Raqamingizni olish uchun qattiq harakat qildim. - faqatgina yozishmalar bilan davom etayotgan suhbatni davom ettirdi Jungkook. - Raqamingizni berasizmi, Jiwon? - takror rad etilishdan qo'rqqancha labi ichki qismini tishlab turdi.
- Quloqlarim eshitmasa hammi? - ikkilandi Jiwon.
- Ahamiyatsiz, - shoshqaloqlik bilan yozdi.
- Tovushlarni eshitmaganim uchun nutqimda ham muammo bor. - o'z nuqsoni sabab lablarini qisgancha hijolatli qaradi Jiwon.
- Bu ham ahamiyatsiz. - gapirib yuborgan Jungkook ayni shu so'zlarni yozgancha ko'rsatdi Jiwonga.
Biroq Jiwon javob berishni afzal ko'rmadi. Uning barmoqlari o'zi mashg'ul bo'layotgan su'ratni qayta ishlash bilan ovora. Hayollar va o'ylovlar buzilib ulgurgan. Jungkook yana bir bor rad etilgani haqida o'ylab xo'rsindi.
- Balki yoqtirib qolayotganimga uni ishontira olmayotgandirman, jin ursin! - boshini stol yuzasiga qo'ygancha egarkan, Jiwon o'g'ri nigohlari bilan qarab qo'ydi. - Men bu uchun qattiq harakat qilmayapman. - aybni o'zidan axtargan singari hafsala bilan ko'zlarini yumdi.
Jiwonning barmoqlaridagi qalam harakati stolni yengil qimirlatmoqda.
- Hech bo'lmaganda barmoqlar harakatini ham sezish yoqimli. - yaxshiroq joylashtirdi boshini stol yuzasiga. - U yaqinimda.
O'ziga taskin berayotgan yigit qalam sezilish kuchiga diqqatini qaratgan. Xotira esa Jiwonning biroz avvalgi tabassumini eslash bilan band. Oraga hukmron bo'lgan qolgan daqiqalar ular suhbatlashmadi, Jungkook takror bezovta qilish uchun jasorat topa olmadi o'zida. Yuzi yoniga joylashtirilgan qog'ozni sezgach uni barmoqlari orasiga olarkan, qizning allaqachon qahvaxonadan chiqayotganini ko'rdi.
- Bu nima? - buklangan qog'ozni ochayotib bu Jiwon chizgan ko'zlar su'ratlaridan biri ekanini sezib jilmaydi.
Eng pastki qismda esa raqamlar ketma-ketligi va undov belgisi bilan tugatilgan kichik ogohlantirish bor.
- 23:00 dan keyin bezovta qilmang!
- Jin ursin, ha! - mamnun bo'lgancha ishonmaslik hissi bilan yuzini ishqaladi. - Men uddaladim! - o'z stolida qolib ketgan kruassanni og'ziga to'ldirib chiqqancha shishib qolgan yuzlarida jilmayib ham qo'ydi.
20 kunlik tanishuv. Jiwonning telefoni doimiy xabarlarga to'la, ba'zida u Jungkookdan qizg'anchiqlikka bog'liq xabarlarni ham oladi.
- Qayerdasan, qahvaxonadami? - Jiwon yigitning yana bir xabari bilan qoshlarini chimirdi.
- Ha shu yerda. - ertalabdan buyon davom etayotgan tergovdan bezor bo'lgancha sevimli mashg'ulotiga qaytgach telefon yangi xabar bilan ovoz chiqardi.
- Senga hech kim qaramayaptimi?
- Yo'q! - atrofdagi odamlarga birma bir qarab chiqdi. - Kimdir kuzatishi kerakmidi meni? - keyingi xabarni jo'natdi.
- Yo'q, men havotir oldim. 10 daqiqada yetib boraman, ketib qolma. - ogohlantirgan bo'ldi Jungkook.
Jiwon vanihoyat yigitdan kelmay qo'ygan xabarlardan yengil tortgancha diqqatini jamlashga urundi. Bugungi ilhomi uni tark etgandek tuyulardi. Ko'cha shu qadar sovuqki, qo'l barmoqlari-yu yuz terisini juda oson qiziartirib yuboradi. Jiwonning ham burni va quloqlari sezilarli qizargan. Nam havo uning kipriklarini bir-biriga tutashtirib qo'ygan, lekin bu o'zgacha go'zallik kasb etadi. Qalamni bir chetga qo'ygancha tashqaridagi izg'irinning ovozsiz holatini kuzatdi. Bu tinchlantiradi. Zamonaviy binolar orasidagi birgina qurigan daraxt uning ishtiyoqini oshirgandek bo'ldi, o'rmoni bo'lmasa-da o'z tuprog'iga ildiz otgan go'zallik. Qor parchalari ob-havo ma'lumotlarida ko'rsatilgan kabi yog'ishni boshlarkan, tabassumning o'ziga xos chuqurlari Jiwonning yuzida paydo bo'ldi.
- "Qor" - hayollarida pichirlagandek bo'ldi.
U yerga yengil pat singari qo'nishni boshlagan parchalarni har birini nigohi bilan taqib qilishga urinarkan, yo'lning narigi betidagi sovuqdan yetarlicha qizargan va hovliqib nafas olayotgan yigitni ko'rdi. Uning qo'lida oq qandaydir qog'oz paket bor. Jiwonni payqagan Jungkook jilmaygancha uning yoniga shoshilarkan, hansirab nafas olsa-da o'rindiqqa o'tirmay Jiwon qiziqqan paketni stol yuzasiga qo'ydi.
- Sharfing uyda qolib ketganini aytganding. - qiziqqonlik qilayotgan qizga xabar yubordi.
- Yangi sharf sotib oldingmi? - hayratlangancha javob yozdi Jiwon o'ram ichidagi qizil rangli sharfni olayotib.
- Sotib oldim. - tasdiqladi Jungkook. - Endi tezroq buni bo'yningga o'rab ol. Bir yerga boramiz. - navbatdagi xabar.
- Qayerga? - Jiwon yigitga sms xabar orqali javob bergancha unga tikildi.
Jungkookning xursandchiligi ichiga sig'mayotgan singari. Qonidagi dofamin miqdorini endi boshqarish qiyin. Sabrsiz bo'lgancha Jiwonning bo'yniga sharfni majburlab o'rarkan, uning barmoqlarini o'zining kurtkasini cho'ntagiga solgancha tortqiladi.
Shaharda mashinalar qor sabab sekinroq harakatlanishni boshlagan. Taksi mashinasida Gangnamning tinch ko'chasiga yeta olmayotgan Jungkook og'ir xo'rsindi. Jiwon hamon u nima qilmoqchi ekanligini bilmaydi, javob tariqasida esa "syurpriz" degan so'zni oldi xolos.
- Vanihoyat, bizni shu yerda qoldira olasizmi? - haydovchiga murojaat qildi Jungkook.
Mashinalar qatnovi kam. Shaharning bu qismida shovqin u qadar baland emas. Qor yerni qoplab ulgurgan. Jungkook toqatsiz bo'layotgan urinishlari bilan Jiwonni ko'cha o'rtasida qoldirarkan, ko'zlarini yumishni buyurdi.
- Nimaga? - xabar yubordi Jiwon.
- Qaysar, yuma qolsangchi endi! - ovozida nolidi Jungkook.
- Men eshitmayman axir, xabar yubor! - tartibi buzilgan qoshlar bilan yozayotgan Jiwonning telefoni tortib olindi.
Sovuq barmoqlar yuzidan tutganda ta'sirli titroqni sezdi qiz. U takror ko'zlarini yumish buyrug'ini olarkan, buni qilgisi kelmasdi. Jungkook uning qovoqlarini majburlab yopgach, Jiwonning poylayotgan o'ng ko'zini ko'rib tahdidli qaradi unga. Qayta birlashgan ko'z qovoqlari qizni butunlay mavhumlikka chorlarkan, qulog'iga teqqizilayotgan barmoqlar va qandaydir sovuq jism uni seskantirdi. Ikkala quloq suprasiga ham taqilgan moslamalar. Jungkookning bir qadam ortga chekinishi ta'siri qor qatlamini oyoq kiyimlarda ezilgani eshitildi.
- Jiwon? - hamon ko'zlari yumuq bo'lgan qizga murojaat qildi.
Hayajon qonni tomirlarga shu qadar tez haydamoqdaki, minus darajadagi sovuqqa qaramay tana kuchli qizishni boshdan kechirgandek bo'ldi. Jiwon bir hafta avval Jungkook uni oddiy tibbiy ko'rikka deb shifokorga olib borganini esladi.
- Jiwon? - takrorladi ko'ksini vayron qilayotgan umid bilan. - Meni eshityapsanmi?
Jiwonning kipriklari ustidan joy olayotgan qor parchalari uning ko'zidagi yosh bilan birga yuzning nozik terisida sezilarli yo'l qoldirdi. Mablag' jihatdan cheklangan oila qiz uchun buni uddalay olmagan, biroq bugun aynan hozir uning quloqlari u tinglashni orzu qilgan turli xil ovozlarni eshitmoqda.
- Jiwon, meni qo'rqitma. Eshityapsan-a?
Ko'zlarini ochiqlagan qiz to'xtovsiz davom etayotgan ko'z yoshlar bilan atrofga qaradi. U tasavvur qilgan barcha ovozlar butunlay o'zgacha. Ilk bor eshitib ko'rish hissi uni zavqqa ko'mgan sari Jungkookni quchog'iga otilish orqali "rahmat"ni aytgandek bo'ldi.
- Eshityapsan, - quchog'idagi qizni qattiqroq quchgancha ko'zida yosh paydo bo'lganini sezdi Jungkook. - Eshityapsan, eshityapsan! Yo Xudo, odamlar u eshityapti!!!
Quvonchidan baqirib yuborarkan Jiwon og'riq bilan qulog'idagilarni qisdi.
- Kechir, kechir Jiwon. Shifokor menga aytgandi, birdaniga baland shovqin bo'lmasin degandi. Men xursandchilikdan, - uning og'riqdan burishgan yuzini ko'rib tashvishlandi.
Sukut. Yigitning sovuq barmoqlari qizning kaftlari ustidan tutgan. Jiwon hali ham quloqlarini bo'shatgani yo'q, ko'zlari esa qattiq jipslashgan.
- Jiwon, - uning quloqlari yonida shivirladi Jungkook. - Hammasi joyida, faqatgina quloqlaring emas, tanangni ham bunga unda.
Issiq shivirlash quloqlarga tebranishni sezdirarkan, qizning kichik jilmayishi akslandi. Barmoqlarini quloqlaridan bo'shatgan qiz yigit yuzidan tutdi. Endi ishqni isbotlovchi qarashlar bor xolos, chunki so'zlar muhimligi qolmadi. Jiwonning minnatdorchiligi sovuqlik haroratini o'ziga yetarlicha o'zlashtirgan yigit labi ustida o'zinikini birlashtirish bilan bo'ldi, garchi bu unda birinchi bor bo'lsa-da.
- Chiroyli qiz, bo'sa bunday olinmaydi. - jilmaygancha Jiwonning iyaklaridan yaxshiroq tutish orqali lab bo'yog'i bilan sayqallangan lablar ustida egalik qildi.
Lablardagi shirin rohatni qabul qilish. Jungkook ikkisining ham tanasidagi hayajon hissini kuchaytira oldi. Xuddi har bir talabchan o'pich yangi bosqichga imkon yaratayotgan singari. Qorning zarralari esa sochlar va kipriklar ustida o'z izini qoldirish bilan ovora.
- Yoon xonim, mening oshiqligimni qabul qilasizmi? - hansiroq ovozda mulozamat ila so'ragan Jungkook hayajonli qizargan Jiwonning yuzlarida tabassumga guvoh bo'ldi.