November 12

π—£π—œπ—‘π—ž 𝗒π—₯ 𝗕π—₯𝗒π—ͺ𝗑, π——π—’π—Ÿπ—Ÿ?!

2-qism

Shoshqaloq qadamlar faqatgina bir xil yo'nalishda yerga bosilmoqda. Bir chiziqda takror yurayotgan Sewoo to'zigan uyda yagona toza bo'lgan divan ustida o'tirgan qarindoshiga ham e'tibor bermay qo'ygan. Asabiylik har bir nerv hujayrasida sezilgani kabi qonning haroratini ham qaynoqroq qiladi.

- Sewoo, asabiylashishni bas qil. - Jungwon qizni tinchlantirishni xohlagancha dedi. - Men o'zim u bilan gaplashaman.

- Nimani gaplashasan? - deyarli baqirdi qiz, - Uyimni ahvolini ko'ryapsanmi, buni u qildi! U shu yergacha bostirib keldi Jungwon.

- U yoqdan bu yoqqa yurib nimanidir hal qilmoqchimisan unda?

- Nima qil deysan? O'sha yigit bu masalada juda ham jiddiy edi. - qo'rquv va vahimadan asabiylashish Sewooning barmoqlarini titratarkan, Jungwon uni divanga o'tirishga ko'ndirdi.

- Jang istasa, u bo'ladi! - qat'iy bo'lgancha qaror chiqardi, - U xohlagan o'sha jang bo'ladi.

- Jungwon bu avvalgilariga o'xshamaydi. U uchta jang dedi va ularni bariga men tikilganman. - tashvish bilan dedi Sewoo. - G'alaba qozona olmasangchi?

- Bunday bo'lmaydi, men yutaman. Shu paytgacha senga pand berdimmi? - qizning kaftlarini uning ishonchiga erishmoqchidek yengil qisdi. - Men harakat qilaman, yutqazgan taqdirimda ham seni Jungkookka bunday shart bilan bermayman Sewoo.

- Nimani o'ylading? - sochlarini qulog'i ortiga o'tqazgancha amakivachchasiga diqqatini qaratdi.

*

1 kundan so'ng | 16:20

Seulning Guro tumanida joylashgan kichikroq mashg'ulot zali. Tashqaridan ichkariga kirganda terning hidi juda yaxshi seziladi. Bu vaqtda zalda tayinli odamlar bo'lmaydi, ko'pchilik shug'ullanishni istovchilar kunning oxirgi soatlari oralig'ida bu yerga tashrif buyurishadi. Biroq Jungkook hamon shu yerda ko'rinmoqda. Boks qopi uning barcha zarbalarini qabul qiluvchi vosita. O'ylovlar esa 11 kun avvalgi o'sha muvaffaqiyatsiz jang harakatlarida.

Xotirada saqlanib qolgan Jungwonning ringdagi uslubi haqida o'ylamoqda Jungkook, uning taktikasi va har bir oyoq harakatlari. Shu bilan bir qatorda, kecha oqshom undan qo'rqqan qizning quyoncha ko'rinishi. Boks uchun mashg'ulot xonasi eshigi yetarlicha baland ovozda yopilganini eshitgan Jungkook qo'lidagi qo'lqoplarni yechgancha o'zi bilan olib kelgan suvdan ichdi. Sochlar betartib va terga qorishgan holda nam. Orqasida biror so'z demay turgan yigitga o'girildiyu, cho'ntagidan telefonini oldi.

- 20 soat, 6 daqiqa, 39-soniyada vanihoyat yetib kelding. - deyarli bir kun avval yoqilgan sekundomerni o'chirdi Jungkook o'sha yerdagi kursiga o'tirayotib. - Ertaroq kelasan deb o'ylagandim.

- Sewooni aralashtirmaysan. - sportdan farqli o'laroq klassik usulda kiyingan Jungwon talab qildi. - Istalgan boshqa nimang bo'lsa, yutuqqa o'shani tikaman.

- Yutqazishdan qo'rqyapsanmi? - mazax bilan kuldi Jungkook.

- O'tgan gal ring maydonchasida o'zini ko'tarolmay yotgan sen eding, ko'rib turibman, - Jungkookni yuzida qolgan bir ikki qizarishlarga ishora qildi, - mushtlarim izi anchayin chuqur bo'libdi.

- Yaxshi, - boshini egib sarak qilgancha kuldi Jungkook. - Har holda men halol bo'lgandim. Nima istasam o'shani yutuqqa tikasanmi demak? - Jungwon yana nimadir demasidan oldin keyingi savolga o'tgancha oyoqlariga tik turdi.

- Nimani xohlasang ham, pul, mashina, uy? - kerilish bilan taklif qildi unga. - Nima xohlaysan?

- Mmm, o'ylab ko'raychi. - lablarini qisgancha shiftga qarab o'ychan insondek ko'rsatdi o'zini, - Yo'q ekan! Sen aytgan variantlar ichida menga yoqadigan yo'q ekan.

- Maynavozchilik qilma!

- Men qarorni berib bo'ldim, qo'g'irchoqni ham bu haqida xabari bor. G'alaba yutug'i u bo'ladi. - sport shimiga qo'lini tiqqancha jiddiy bo'ldi Jungkook. - Xohlasang g'alaba qozon, xohlasang yutqazib ber lekin, - Jungwonning qarshisiga eng yaqin masofa bilan yaqinlashdi. - yutuq birinchi jangimizdek bo'ladi.

- Yengilgan kurashga to'ymas deganlari shumi? - kuldi Jungwon.

- Men senga haqiqiy jang bo'lishini ko'rsatmoqchiman Janob Jungwon! - kesatdi Jungkook. - Qo'g'irchoq aytdimi, men uchta jang deb aytdim. Uchta jang kim g'olib yoki mag'lub ekanligini isbotlaydi.

- Unda yaxshilab tayyorlan Jeon Jungkook, chunki men Sewooni senga bermayman. - javob kutmasdan ketishgan chog'langan Jungwon Jungkookning eshitilgan ovozi bilan to'xtadi.

- Qo'g'irchoqni yoqtirasanmi, mehribon amakivachcha? - mazaxlamoqchi bo'ldi Jungkook. - Meni g'irrom yutgan o'sha jangingdan keyin u bilan yoqimli bir kecha bo'lgandir?

- Bo'lgan bo'lsa senga nima? - boshini yon tomonga burdi.

- Menga shunchaki qiziq, - boshini biroz eggancha jilmaydi Jungkook, - pushtimi yoki jigarrang? Sen ko'rgansanku!

Jungkook nazarda tutmoqchi bo'lgan ma'noni tushungancha kaftlarini musht qildi Jungwon. Keyingi galgi harakat esa uning yuziga osongina musht tushirish. Aslini olganda, Jungkook bu uchun qarshilik qilmadi ham.

- Hoy la'nati, tilingga erk berma!

- Yo'qsa yana musht tushurasanmi? - mazaxomuz ohangda dedi.

- Sewoo menga singlimdek va men uni senga hech qanday yutuq sifatida ham bermayman.

- Qaysi aka singlisini "bir kecha o'tqazishga yutuq" sifatida tikadi? Yaxshilab tayyorlan, men senga bir marta imkon berdim. Kelasi safar bunday bo'lmaydi. - o'z baquvvatligi bilan tahdid qilgan bo'ldi Jungkook. - U keladi va men uni shunchaki halol zarbalarim bilan yutib olaman.

- Hayol qil bolakay, hayol! - o'ziga ishonch bilan dedi Jungwon.

- Xo'p bo'ladi! - kaftlarini birlashtirgancha aqlli yigitlar singari biroz bosh egib qo'ydi Jungkook. - 2 kundan so'ng, ko'rishguncha! Tayyorlanish uchun 48 soat vaqt bor, qo'g'irchoqqa ham yetqazib qo'y.

- Sen mendan shunchaki nokaut bilan qutulmaysan Jungkook!

*

2 kundan so'ng | 23:30 atrofida

O'tqazilgan soatlar sarfi juda tez o'tib ketgandek. Kimlar raqib bo'lishi xabari 20 soat avval uning ishqibozlariga e'lon qilingan. Kassadagi yosh qiz esa allaqachon Jungkookka va Jungwonga tikilgan pullar miqdoridan adashib ulgurdi, so'nggi jang qanday yakunlanganini barcha biladi axir.

Ringga ertaroq chiqib ulgurgan Jungkook simli to'rlar orasiga barmoqlarini tiqqancha tomoshabinlar kursilaridan birida havotir bilan o'tirgan qizga qaradi. Aslida buni sezish qiyin, biroq Sewooning nigohlari Jungkookning ko'zlari bilan to'qnashganda ular bu ichki qo'rquvni sezdirib qo'ymoqda.

- Jin ursin seni! - o'rindiqqa kaftlarini bosgancha haqoratlagan bo'ldi Sewoo.

Labdan osongina sezilgan haqorat Jungkookni kulishga undadi. U hushtak chalish orqali qizning e'tiborini o'ziga qaytararkan, havodan bo'sa yo'llash orqali uni jig'iga tegishga urundi.

- Hoy Barbie! - shovqin ichida baqirdi Jungkook, - Tayyor tur qo'g'irchoq.

- Daf bo'l la'nati! - qo'llarini ko'ksida aylantirdi Sewoo.

Qizning haqoratlari yigit kayfiyatini ko'tararkan, tarafdorlar olqishlari bilan ringga kelayotgan Jungwonga e'tibor qaratdi Jungkook. Endi uning diqqat markazi qiz emas, qarshisida o'ziga ishonch bilan turgan kimsa.

- Qovog'ingni ochsangchi, Jungwoniee! - ismni erkalab aytish orqali uning jig'iga tegishga urundi. - Shunchaki qarama-qarshi bir nechta ring xolos va u meniki bo'ladi. - g'azab bilan yigit muvozanatini buzishga urundi Jungkook.

Bu ta'sir qiladi, uning nafas olishi Sewoo eslatilgan ondanoq o'zgarib ulgurdi. Jungkookning yuzi tabassumdan beri kelmayapti.

- "Psixikaga ta'sir o'tkazish bilan ustunlikka ega chiqish mumkin" - ustozi gaplarini eslagancha lablari orasida takrorlagan bo'ldi Jungkook.

Ringdagi qo'ng'iroq boshlanish uchun sado berganda, ular o'rtasidagi hakam chetroqqa o'tdi. Harkim o'ziga kerakli bo'lgan insonni qo'llab quvvatlamoqda. Birinchi round ustunligi achkolar hisobida Jungkookka tegishli, biroq ikkinchi round uning foydasiga emas. Kichik tanaffus oralig'ida ham ularning nigohi bir-birinikiga qadalgan.

- Boshlanishi yaxshi edi, lekin ikkinchi roundni boy berding Jungkook. Uchinchisi seniki bo'lsin.

- Nokaut fikriga nima deysan? - do'stiga bosh ko'tardi.

- Eplay olsang jon deyman, lekin buni ko'proq xohlayotgan sen emasmi?

Avvalgi jangdan farqli halol tashkil qilinayotgan kurashning so'nggi bahsi. Tanalar charchoqdan deyarli zirillaydigan holga kelgan. Jungkook boy berishni istamagani sari zarbalari kuchliroq bo'lib bormoqda. Yana bir og'riqli mushtni yuzida qabul qilgan Jungwon yo'qotishni sezgan zahoti Sewoo tomonga qararkan, kelishilgan ish bo'yicha unga qochish uchun ishora qildi. Jungkook allaqachon taslim bo'lib qochishga tushgan qiz soyasini ko'rgach mamnun jilmaydi.

- Qoch qizaloq, qochib qol! - ekrandagi hisob natijalariga qaragancha kengroq jilmaydi Jungkook.

*

Qorong'u stol tennis zali. Faqatgina ayrim tennis stollari yuqorisida chiroqlar bor. Ko'rinishidan anchayin eskiroq joy. Soat esa allaqachon tungi 12 dan o'tgan.

- Jin ursin, och eshikni! - sanog'i yo'q baqirishlar ortidan eshikni ham tepdi Sewoo.

40 daqiqa avval uning qochish rejasi amalga oshmadi. Hyonshik uni ushlagancha bu yerga tashlab ketganidan sabri to'lib ulgurdi uning. Eshik qulfining ochilishini eshitgan qiz o'zini ortga oldi, yashirinish uchun. Yoqimsiz ovoz bilan eshik harakatga kelarkan, nam sochlar va yuqori gavdasi yalang bo'lgan yigit sochlari orasida sochiqni o'ynatgancha xotirjam ichkariga kirdi.

- Meni o'g'irlab bu yerga olib kelding, bu javobsiz qoladi deb o'ylaysanmi? - ortidagi devorga suyangancha ovozidagi titroqni sezdirmaslikka urundi.

- O'g'irlab? - hayron qaradi Jungkook. - Sen qochding, men esa tutib oldim qo'g'irchoq! - qo'rquv sezsada, sezdirishga urunmayotgan qizga jilmaydi Jungkook.

- Men qochmadim, bunday qilganim yo'q!

- Ouv ajoyib! - ko'ksi yalang bo'lgan yigit qiz qarshisiga kelgancha iflos tabassum qildi. - Qo'g'irchoq, bizda kelishuv bor edi, shunday emasmi? Jangda amakivachchangni yutsam sen menga tanangni berasan.

- Men ertaroq ketdim, kim g'alaba qozonganligini bilmayman. - rad etishga shoshildi Sewoo.

- Unda yechin! Pushti yoki jigarrang ekanligini bilishdagi qiziqishim hali ham o'z kuchida. - qiz kiyimiga tegingancha mazax qildi. - Bo'laqol qo'g'irchoq, yechin! Birinchi shartimni bajar.

Jungkook yuzidagi behayo tabassum ayon. Sewoo ko'ksidagi vahmni bosishga urunarkan, qarshisidagi erkak ko'rinishi buni yanada qo'rqinchliroq qildi.

- Ishonmayman, yolg'on gapiryapsan? Jungwon o'tgan gal g'irromlik qilgani uchun sen ham shunday qilyapsan.

- Qo'g'irchoq, menga g'irromlik kerak bo'lganida uyingga bostirib kirgan kunimdayoq niyatimga erishgan bo'lardim, lekin - Sewooning sochiga tegingancha to'xtaldi biroz, - yangi jang orqali seni yutib oldim. Bu haqqoniy edi.

- Yolg'on gapiryapsan! Qo'yvor meni! - qochishga urunganida qornidan aylanib o'tgan qo'l qayta devorga mixladi uni.

- Ox, meni mensimagan qo'g'irchoq aslida qo'rqoq quyonmi? - yangi mazaxlash. - Men faqat yechin dedim xolos, Barbie! Jinsiy aloqa uchun oyoqlaringni kengroq och demadim, biroq buni ham aytish vaqti keladi hali. - ishonch bilan irjaydi.

- Qo'yvor, nima istasang ham qilaman Jungkook faqat bu emas. - yaltirash kasb etgan ko'z ichidagi yoshlar ko'rindi.

- Hoy yig'lash shart emas, shunchaki o'rtamizdagi kelishuvni bajarasan.

- Jin ursin, bas qil. Tegma menga! - Jungkookni ko'ksidan itardi Sewoo.

- Garovga o'zini bir kecha uchun tikkan qiz ham shunday deydimi, ochig'i bunaqasini birinchi bor ko'rishim.

- Jungkook, qo'yib yubor. - takrorladi Sewoo.

- Yaxshi, unda menga ayt! Pushtimi yoki jigarrang? - qizni ko'ksi orasiga barmog'ini niqtadi.

Nopok savol turi qizning hayajoni bilan birga nafas ritmini ham oshirgan. Qanday javob berishni bilmaydi u. Ko'zlarini yumgancha nima deyish haqida o'ylarkan lablari sezilarli titradi.

- Aytaqol Sewoo, men takrorlab charchadim. - quloqqa shivirlash uchun yaqinlashdi Jungkook. - Pink or brown, baby doll? - aksentga ega ovozda talaffuz qildi. - Men hali ham ketyapman.

- Jin ursin, pushti! - yigitning bosimi ta'sirida gapirgancha u bilan yuzlashishni istamay ko'zlarini ochmadi.

- Eshitish ajoyib, ammo ko'rish yanada yoqimliroq bo'lgan bo'lardi qo'g'irchoq. Ovozingni chiqarma, baqirganlarni xush ko'rmayman. - ogohlantirishni shivirlab aytgancha qizning labiga egalik qildi.

Devorga bosilgan tananing qochish va qutulish uchun imkoni yo'q, ayniqsa u erkak kishi tomonidan to'sib turilgan bir vaqtda. Och inson singari qizning labida ustunlik sezdirayotgan Jungkook uni majburlagancha qora charm kostyumni yechib oldi. Bo'sani uzish xohishi yo'q singari. Barcha nafaslar so'rib olinmoqda. Labidagi tortqilashni sezgan Sewoo xiyol ko'zini ochgancha buni qilgan yigit qiyofasiga qaradi. Ahamiyati yo'q. Jungkook chegarasiz imkoniyatlarga egadek har bir bo'sasini majburlik bilan takrorlamoqda.

- Men seni shunchaki yechintirsam bu zerikarli emasmi, Barbie? - go'yoki nafas rostlashga imkon bergan Jungkook gapirib bo'lgach, takror labarini uni xohlamayotgan qizniki bilan birlashtirdi. - Ayollarni zo'rlash odatda men uchun qiziq emas, lekin senga qiziqishim o'sha kunni o'zidayoq paydo bo'ldi. - oq rangdagi yengil kofta uning qo'llarida parchalandi.

- Jungwon seni o'ldiradi, bas qil! - ochiqlangan belidagi begona qo'llarni olmoqchi bo'ldi.

Endi ko'z yoshlar yo'q, faqat qarshilik hukmron. Jungkookka qonidagi barcha g'azabni ko'rsatishni istaydi.

- Qolaversa, men majburlamayapman shundaymi? - yuqori ichki kiyimda qolgan qizni o'z ko'ksiga tortdi, - Sen bu uchun o'zing rozi bo'lgansan.

- Sen shunday deb o'ylaysan xolos!

- Jim bo'l Sewoo, jim! - ovozidagi tahdidni sezdirdi Jungkook. - Shartni buzsang men nima qilishimni senga aytgandim. Amakivachchang qarshisida seni majburlaganimdan ko'ra buni yolg'iz shu yerda qilganimiz yaxshiroq shundaymi?

- Pastkash odam ekansan, Jungkook! Pastkash!

- Qochmaslik kerak edi Sewoo! Shunday qilmaganingda biroz avvalgi javobing uchun shunchaki qo'yib yuborgan bo'lardim seni! - qizni yelkasiga ko'targancha tanasini yaqinroqdagi tennis stoli ustiga tashladi. - Lekin endi kech! Men buni ko'rmoqchiman.

- Jungkook tegma! So'z beraman, qayta jang qila olmaydigan qilib qo'lingni sindiraman seni. - sonlari yigit kafti ichida bo'lgan qiz tahdid qildi.

- Intizor bo'lib kutaman. - qo'llarini ikki yonga bosgancha qiz yuziga egildi. - Juda ajoyib ko'rinyapsan, mening tanam ostida! Qasam ichaman, bu yoqimli bo'lishiga ishonmagandim.

- Qamataman seni la'nati!

- Qilaqol, qo'g'irchoq! - Sewooning iyagini qisgancha uni biroz yuqori ko'tardi.

Yetarli ochilgan bo'yin terisi yigit lablari ruxsatsiz tekkan ondayoq butun tanani titratdi, bu albatta hayajonli. Tomoq ostiyu, kekirdak suyagi ustida ham begona lablar sayri sezilarkan iyak chizig'idagi tishlash og'riqli ovoz chiqarishga majbur qildi. Bir qo'l ichki kiyim ortki tasmasini oson yechib yuborgach, mato tanadan sug'urilib olmasidan avval Sewoo qo'lini kuchliroq botirdi Jungkook ko'ksiga.

Iyakda qisilgan barmoqlar bo'yindagi nafas oqimini to'sish uchun quyiladi. Shundagina ichki kiyimni yechib olish oson. Oxirgi o'n kunlik kichik bir maqsadiga erishgan Jungkook qizning yalang qolgan ko'ksini shaxvatga qorishib ulgurgan nigohlarida kuzatarkan, bunga halaqit qilishga urunayotgan bilaklarni stol tennisi to'ri bir tomonini sug'urib olgancha birlashtirdi.

- Ta'rif berishda adashmabman deymi qo'g'irchoq? - qo'llari yuqori bog'langan qizni kuzatdi.

Ko'ksining har bir shoshqaloq nafas uchun ko'tarilib tushishi holatni yanada chigal qilmoqda.

- O'ylaganimdanda iflosroq odam ekansan! - taslim bo'lib ulgurgan qiz ta'rif berdi.

- Haqoratlaring bu go'zal tanani kuzatish uchun arziydi, - qizning sezilarli ko'ksi ustida barmoqlari uchini yurg'izdi, - pushti qizaloq!

- Ko'rib bo'lgan bo'lsang endi tugat! - qo'lini ozod qilishga urundi Sewoo.

- Erta! Tugatish uchun hali erta! - quloq oldida shivirlashdan so'ng uning suprasini og'zi ichiga olgan Jungkook nafas ritmini buzishga erishdi.

Har bir shovqinli nafas juda yaxshi eshitiladi. Jungkook lablarini quyilatgan singari poklik chegarasi buzilmoqda.

- Ular jigarrang bo'lganda bu tana yanada shaxvoniyroq ko'ringan bo'lardi, qo'g'irchoq! - nozik va sezgir nuqtani lablari orasiga solishdan avval dedi Jungkook.

Har bir so'rish va nam tilning erkalashga urinishi iflos hislarni yuzaga chiqarmoqda. Nafaslar buzilgan. Ko'krak uchida tishlarini botirishdan avval qizning reaksiyasi qanday bo'lishini ko'rish uchun uning yuzini topdi yigit. Ingranish. Tishlar sanchilishi bunga majbur qildi.

- Yetadi! - yuzini burishtirgancha norozi dedi Sewoo.

- Bo'lmadi, men hali jinsiy aloqa qilishim mumkin bo'lgan shaxsiy qismingni ko'rmadim, Barbie! - jinsi shimning tugmasini ochiqlashga shoshildi uning barmoqlari. - Ko'kraklaring juda chiroyli. - ularga labini bosishdan chekinmagancha davom etdi.

2-qism tugadi.