ππππππππ ππππππππ πππππππ
β Hayotimni bor mazmunini, maqsadini yo'qotgan inson kabi yashay boshladim. Hech nima, hech kim ko'zimga ko'rinmayapti. Quloqlarim kar, harakatsiz nogiron inson kabi his qildim. Oppoq yuz terim allaqachon xirlashib xarob ahvolga kelib qolgandek. Oynaga qarashni istamaydigan darajadaman. 13 kun. Erim menga achinmagan holda meni tashlab ketganiga shuncha vaqt bo'ldi. Psixologiyamdagi o'zgarishlardan telba kabi jilmayaman ba'zida. Alamli jilmayish aslida. Nega kerak bo'lgan vaqtda, men aynan zor bo'lganda yonimda emas. Shu qadar xudbinmidi? Kiprik qoqmasdan tashlab ketish darajasida xudbin va befarqmidi? Doim meni yolg'izlikda qoldirgansiz. Hozir ham. Har kuni asabiy charchoqdan barmoqlarim titraydi. Yonimda bo'lib, shunchaki hammasi yaxshi tomonga o'zgarishini aytish qiyinmidi? Men hech nima talab qilmadim axir. Jarohat o'rni har kuni kuchli og'riq bilan bezovta qiladi. Mustaqil ravishda yerga oyoq bosa olmaydigan darajada og'rinaman har kun. Uchi? Juda kichik miqdorda bo'lsa-da meni his qila olyaptimi?
- Qizim, - sokinlik bilan kirdi oyim xonamga. Uni ko'zlarida chuqur afsuslanishni va menga achinishni ko'raman. - Suddan senga ma'lumotnoma kelibdi.
- Qanaqa sud? - hayron bo'ldim. Yotgan yotog'imdan arang gavdamni ko'tarib suyandim va qo'limga tutqazilgan list kattaligidagi konvertni ochib ichidagi qog'ozni boshlanish satrlarini tashqariga chiqardim. Bir onda ichimda yong'in boshlandi, eng qizig'i bu yong'inni bostirish uchun ko'z yoshlarim yo'q. Men haqiqiy jinni kabi kulyapman. Qog'ozga tikilgancha qayta-qayta kulyapman. Ha, bu inson meni rostakamiga telbaga aylantirdi.
- Aran
- Oyi, buni ko'ryapsizmi? - qog'ozni jildidan betartib harakatlarim bilan chiqargancha oyimga ko'rsatdim. - Ko'ryapsizmi? U imzolagan ajrim shartnomasini ko'ryapsizmi? - baqirdim. Bu ortiqcha edi. Endi nazoratdan tashqaridaman. Hech nimani, hech bir hisimni boshqara olmay qoldim.
- Aran tinchlan, tinchlan qizim. - oyimni sochlarimga teginib tinchlantirishga urinayotgan qo'llarini nazoratsizligim bilan itardim.
- Nega o'shanda ajrashmasdan nega endi? Nega hamma narsamni yo'qotganimda, oyi?
- O'zing aybdorsan! - baqiriq ovozi, ayblovdan hushimdan ayrilgandek his qildim go'yoki. - O'sha ajriming mashmashasida senga qaytib borma deb aytdim. Sen nima qilding? O'zingga o'zing qilding hammasini! Mana endi ahvolingni ko'r. Hademay tug'ilishi kerak bo'lgan bolangdan ham ayrilding. Senga qayta-qayta aytdim. Qo'y Aran, qaytib borma, ajrash, ajrash, ajrash dedim. Sen bo'lsa, uni birgina avtohalokatga uchraganini eshitib yoniga uchib bording. Sevaman deding, endi qanday xor bo'layotganingni ko'ryapsanmi? Bolang yo'q endi, seni ering bilan ushlab turadigan hech nima qolmagan. Keraging yo'q unga.
Yuzimga solingan haqiqatlar. Tosh kabi harakatdan qoldim. Ko'z qovoqlarim hattoki deyarli pirpiramadi. Sevganim uchun qaytganim aybimmidi? Bolamni otasidan ayrishni istamasdan uni kechirib unga qaytganim aybimmidi?
- Buni imzola Aran, ajrashasan. Men seni qiynalib yashashing uchun asrab-avaylab katta qilmaganman.
- y.yo'q oyi. - yig'lagancha rad qildim. Men hozir buni qila oladigan darajada emasman. - yo'q
- Imzolaysan va ajrashasan. Biz bir marta xato qildik. Seni o'sha iflosga turmushga berib xato qildik, men qayta seni bu jahannamga itarmayman qizim.
- Xohlamayman, qilmayman, men qilmayman, imzolamayman. Ajrashmayman, erim bilan ajrashmayman. - qaysarlik qildim. Men Jimin bilan ajrimni xohlamayman.
- Nega yana obro'yingni yer bilan bitta qilyapsan?
- Chunki meni shunday tarbiyalagansizlar, chunki mening tabiatim shunaqa edi. - Yana ovozimni boricha ko'tardim. Oyim esa shunchaki xafsala bilan mendan uzoqlashdi.
- Aran meni charchatyapsan qizim, tinchgina men hamma gapni Yondoga aytaman. Hamma gapingni unga aytasan.
- Yo'q oyi, Yondoga emas. Oyi bunday qilmang, Yondo Jiminni o'ldiradi. - titrab ketdim. Oyimga yalinishdan boshqa hech nima qila olmayapman. Nega meni tushunishni istamaydilar? - Oyi, oyijon iltimos, Yondoga aytmang, oyi. - yuzim jiqqa nam. Takror va takror oyimdan iltimos qildim, lekin o'zgarish yo'q.
Meni qo'llab-quvvatlaydigan onamni ko'rmayapman.
- Ajrimni imzola, shundagina aytmaslik haqida o'ylab ko'raman.
- Qilolmayman oyi, - juda past shivirladim. Kurashish, tortishish uchun kuchim qolmayapti.
- Yotib damingni ol, tikilish o'rni ochilib ketmasin, hali sendagi iplarni olishgani yo'q. - yelkamdan bosib yotishga undadi.
- Oyi, aytmaysiz-a? - umid bilan tikildim, go'yo daxshatli tushdan uyg'ongandekman. - oyi?
- Aytmayman, faqat tinchlan, o'ylab ko'r. Ajrashish haqida chuqurroq o'ylab ko'r qizim. Endi bo'lsa yot, ko'p zo'riqmasliging kerak. Men yoningda o'tiraman.
- Sizni yaxshi ko'raman, - quchoqlab oldim. Hozircha yagona panohim bo'lgan oyimni quchog'i ichiga yoshlik paytimdagidek kirib ketdim. Sochim ustida harakatlanayotgan barmoqlar tinchlantirdi, ko'p emas, ammo biroz sokinlanish hozir hamma narsaga teng menimcha.
Jimin: Vanihoyat, - o'zidan bir qancha uzoq masofada qad ko'targan uyga qarab yengil nafas chiqardi.
Taehyung: Aniq emas, - mashinaga suyanib turgan Jiminni yoniga kelib turdi, u ham o'sha uyga qaradi. - lekin tavakkal qilib ko'rishga arziydi. Uni topib nima qilmoqchisan?
Jimin: Hech nima, menga kerak xolos.
Taehyung: O'zing bilasan, men ketishim kerak. Mahkamada ishlarim ko'p, bir dunyo qog'ozlar intizor bo'lib kutyapti.
Jimin: Ayollar intizor bo'lib kutmayotgani alam qilyaptimi? - kekkaygan holda qosh ko'tardi.
Taehyung: Hmm, topding - jilmayib qaragach, mashinaga qayta o'tirdi. Ammo Jimindan hech qanaqa harakat yo'q. - Hey ketamizmi yoki shunday uyga qarab qaqqayib turaverasanmi? - mashina eshigi oynasidan boshini chiqarib baqirdi.
Jimin: Ketaver, - e'tiborsiz javob berdi.
Taehyung: Mashinani kalitini ber unda
Jimin: Jin ursin, tinchgina o'ylashga qo'yasanmi?
Taehyung: Ishimdan meni majburlab olib chiqmasdan o'zing yolg'iz kel edi shuncha o'ylashni istasang.
Jimin: Ha, bir marta xato qildim - hafsala bilan mashinaga joylashdi. - qaytib buni takrorlamaslikka so'z beraman.
Taehyung: Hayda, - buyruq berdi.
Jimin: O'zimni mashinamda menga buyruq beryapsanmi?
Taehyung: Aran seni maydakash gapligingga qanday chidagan?
Jimin: U juda ko'p narsaga chidagan - mashinani harakatga keltirayotib dedi - va men u bilan ajrashib yana uni nimadirga chidashiga majbur qilyapman.
Taehyung: Ajrashyapsanmi? - hayron so'radi va jimlikdan buni shunchaki ha javob deb qabul qildi. - Aqldan ozibsan, qanday ko'zing qiyyapti uni tashlab ketishga? Yetmaganiga yaqinda bolasidan ayrildi.
Yana jimlik. Jimin hech nima demasdan faqat yo'lga qaraydi. Javob berishni, vijdonini qiynaydigan savollarni eshitishni istamaydi hozir.
Jimin: Manzilingga kelding, endi tush. - sovuqqonlik.
Taehyung: Nima qilmoqchisan?
Jimin: Qilganimda ko'rasan! - ko'zlardagi chuqur qarash. Uning hozirgi fe'lidan nimanidir bilish va o'rganish qiyin.
Kech mahal. Jimin o'ziga kerakli odamlarni atrofiga to'plab ulgurgan. Sovuq muhitga sovuq ko'rinishdagi odamlar o'z hissasini qo'shib, tund, mushkulli vaziyatni yaratmoqda. Bostirib kirish kerak bo'lsa, uni vaxshiyona tarzda bo'lsa-da amalga oshirishga tayyor.
Jimin: Men hech qanday vaqtni kutib o'tirmayman. Tavakkal bo'lsa, tavakkal. Kimdakim uyni ichida men sizlarga ko'rsatgan qizni topsa, uni meni yonimga olib keling.
Buyruq berish mobaynida butunlay qora rangdagi kiyimiga mos ravishda charm qo'lqopni kiydi. Balki qulaylik, balki bino ichida barmoq izlarini qoldirmaslik uchun. Kulrang metal bilan ishlangan quroliga qarab turib, uni anchadan buyon qo'liga olmagani yodiga tushib xo'rsindi. Qotillik qilish. U bunga tayyor. U maxsus xodim bo'lsa, nega jinoyatchilardan o'ldirishdan ortga chekinishi kerak? Axir uning orqasida uni ayblovlarini yopuvchi butun boshli hukumat bor. Aslida yillar davomida bu kabi ishlarga o'rgatilmadi u? Yana bir nafas chiqarish bilan og'irlikni his qildi Jimin. Hozirgi yagona maqsad shu qarshisidagi uyga bostirib kirish. Yarim oycha vaqt ketdi axir bunga.
Jimin: Qani ketdik, yigitlar. Donjuga yo'l berishni unutmang. U darvozani buzib kiradi. - buyruqni kichik qismini takrorlagan bo'lib mashinasiga joylashdi. Ichki asabiylikdan ro'lni 2-3 marotaba qattiq siqdi, bu birozga chalg'ishga yordam bergandek. - Yur Donju. - qo'ng'iroq qilib harakatni tasdiqladi.
Dastlabki mashina qolganlariga qaraganda yirikroq. Old qismida maxsus tishli temir o'rnatilgan, ayni shuning uchun kirishdagi qiyinchilikni yo'q qilish shu mashina va uni boshqarayotgan odamlarga bog'liq. Ketma-ketlikda esa yana beshta turli xil rusumdagi mashinalar. Uy manziliga yaqinlashganda uyni qo'riqlab turgan ikkita hali yosh va kutilganidek gavdali bo'lmagan va ko'rinishidan kuchsiz yigitlar bor. Uyga tomon katta tezlikda kelayotgan mashina payqagan yigitlar o'z joni shirinligida o'zlarini ikki chetga otishdi. Mashina esa darvoza tabaqalarini osongina buzib o'ta oldi. Hovlining ichki qismi allaqachon ko'pchilikning, mashinalarning va odamlar va ularning qurollarining ovozlari bilan egallandi. Xonani hech qanday derazasi bo'lmagan qiz tashqi shovqindan qo'rqqancha tokcha ustidagi chinni ko'zani qo'liga mahkam ushladi, bu yerga kelishi mumkin bo'lgan odamlar hisobida albatta.
Jimin: Shunchalik ham ahmoq bo'lasizmi raisim? Qanday qilib qizingiz uchun oddiy va uquvsiz yigitchalarni qoldirdingiz? - atrofga qarab turib xulosa chiqargan bo'ldi. Aslida bu yigitlar zaif emas, shunchaki Jimin tanlagan yigitlar ulardan kuchliroqdir. Majburan ushlab turilgan yigitlarga qarab mensimay kuldi Jimin. Xursandlik u uchun haqiqiy zavqdek hozir. Bir necha kishi bo'lib uyni ichki qismiga ehtiyotkorona kirishayotganda ular tomon uloqtirilgan chinni idishga chap berdi Jimin va xizmatchi ayolni ko'rdi. - Buni davom ettirishingizni maslahat bermayman xonim. Uyni qaysi burchagida kim bor? - Ayolga yaqinlashgancha qurolini uni bo'g'ziga ashaddiy qotil kabi bosdi. - Titramang, savolimga javobni xohlayman xolos.
- Zina - qo'rquvdan titradi ayol.
Jimin: Nima zina? - ohista savol berishi bilan ayolni bemalol manipulatsiya qila oldi. Qurolni sovuq metal uchini qattiqroq botirishni ham unutmadi albatta. Qo'rqituvchi bosim nafaqat barmoqlaridagi metalda, ko'zlaridan ham o'rin egallagan.
- Uyni ichida qolgan qo'riqchilar zinaning yuqori qismida, - titradi ayol. Jiminning esa kulgisini ko'rdi va shu zahoti tomoq ostiga yanada qattiqroq botgan qattiq temirni his qildi.
Jimin: Ko'zingga ahmoq bo'lib ko'rinyapmanmi? - hurmat chegarasini chetga surdi. - Zina yuqorisida turishgan bo'lganida bizga anavi buyumni otmagan bo'larding. Qayerda ular? - ovozida ham bosimni his qildirdi.
- Yerto'ladagi maxfiy eshikdan chiqib ketishdi. - yig'lab yubordi ayol ma'lum qilgach.
Jimin: Jin ursin, - ayolni itardi, - Siz ikkalangiz tepadagi hamma burchakni qarab chiqing. - qo'ng'iroq qilgancha o'zini tashqariga otdi. - Qayerdasan?
Taehyung: Aytgan joyingda kutib turibman palakat. - xohishsiz va uni haqorat bilan gapirdi.
Jimin: Nechta politsiya mashinasi bor? - hovliqib o'zining mashinasini harakatga keltirdi.
Taehyung: Butun bo'linmam shu yerda - kesatdi.
Jimin: Orqa eshikdan qochib ketishgan, katta yo'ldan o'tishlari aniq. Ularni to'xtat.
Taehyung: Qanaqa mashi... - gapi tugamasdan qo'ng'iroq o'chib qolganini sezib so'kindi. - yaramas, qo'l ostingdagi ishchi deb bilyapsanmi meni? - telefonga qarab baqirdi.
Taehyung uchun qiyin vaziyat. Qisqa vaqt ichida ko'pgina mashinalarni ko'zdan kechirdi, lekin hech birida u tanigan qiz yo'q.
- Jin ursin, oldinda politsiya bor.
- Bu yerda yo'l patrul xodimlari bo'lmasdi-ku hech?!
- Bilmayman.
- Jin ursin, qayerga ketyapmiz o'zi? - baqirdi orqa o'rindiqdagi qiz.
- Jim keting, biz sizni qutqaryapmiz xolos. Politsiyani yonidan o'tayotganimizda umuman ovozingizni chiqarmang, o'lishni istamasangiz agar.
Tahdiddan so'ng qiz shunchaki jim qoldi. 2 haftalik tutqundan so'ng u bugun tashqi muhitni ko'ryapti. Taehyung har bir mashinani sinchkovlik bilan kuzatarkan, butunlay qoraytirilgan mashina albatta uning e'tiborini tortdi.
Taehyung: Anavini to'xtat - ishora qildi va tezda mashina raqamlarini yozib oldi.
Xodimlar mashina yoniga borganda birinchi navbatda mashina ichiga sinchiklab nazar tashladi.
- Qayerga ketyapsiz, janoblar
- Inchonga komandirim.
- Hujjatlarni ko'rsam bo'ladimi?
- Albatta - bir necha shaxsiy hujjatlarini berdi.
- Mashina to'liq qoraytirilgan ekan, buni hujjatlari bormi? To'liq qoraytirish uchun qilingan to'lov?
- Ha, bor - yigit qidirish chog'ida ayni shu ruxsat qog'ozini uyda qoldirganini esladi. - Komandir, qog'oz bor faqat uni uyda unutib qoldiribman.
- Tushunarli, meni uyimda ham juda ko'p narsalar bor. Mashinadan tushing janoblar.
- Komandir
- Tushing, tushing.
Yigit ichki ovozida xunuk so'zlagancha, mashina kamarini bo'shatdi.
- Joyingizdan qimirlamang, 5 daqiqada qaytamiz.
- Qo'l va oyog'im bog'langanini hisobga olsak hech qayerga keta olmasligim aniq. - nolidi Hanna.
Yigitlar mashinadan tushganidan atigi bir necha soniya o'tib mashina orqa eshigi to'satdan ochildi. Birdan bo'lgan ishdan Hanna baqirishga ulgurmasidan uning ovozi to'sib qo'yildi.
- Shshsh, tinchlan, bu menman. - qizni labini to'sgan qo'llarini chetga surdi Jimin.
- Jimin, Jimin - qiz hech nimaga qaramasdan quchoqladi. Hattoki ko'zida o'ynoqlagan yoshlar ham bor.
- Hammasi yaxshi bo'ladi degandimku, yoningdaman. - qizning sochlaridan siladi. - Yoningdaman. Qo'lingni ber - shoshilgancha cho'ntagidan chiqargan pichoq bilan Hannaning qo'li va oyog'idagi ingichka tasmani uzdi.
- Jimin men qo'rqdim - hansiradi qiz.
- Bilaman, ular kelib qolmasidan ketishimiz kerak. Shundoq ham hozir mashinadan tushganimizda bizni ko'rishadi. Tezroq yugurishga harakat qil, maylimi? - Jiminni yumshoq qarashli ko'zlariga qarab rozilik bildirdi. - Qani ketdik.
Katta tezlikda qizni mashinadan tushirgan Jimin uni qo'lidan qattiq ushlagan holda o'zining mashinasi tomon yugurdi. Taehyung buni payqagan zahoti ikki yigitni ushlab qolishga harakat qildi. Jimin esa Hannani o'zini mashinasi old o'rindig'iga joylashtirgancha mashinani tezlikda haydadi.
Jimin: Ahvoling yaxshimi? - gap ochdi.
Hanna: Ha
Jimin: Ular senga hech nima qilishmadimi?
Hanna: Yo'q, meni faqat bir uyga qamab qo'yishdi.
Jimin: Shuncha vaqt kechikkanim uchun kechir. - qizning qo'lini ushlagancha barmoqlari ustidan siladi.
Hanna: Kelganing uchun rahmat, ular meni o'ldirib yuboradi deb qo'rqdim.
Jimin: Havotir olma, bundan keyin yoningda bo'laman.
Hanna: U odamlar kim edi?
Jimin: Bu haqida boshqa payt aytib beraman. Hozir bu haqida gaplashmaylik, seni sog'-omon ko'rganimdan xursandman.
Hanna: Aran va bolangchi? Hozir u yerga ketasanmi? - ikkilangancha so'radi. Jimin esa gapining boshini siniq jilmayish bilan boshladi.
Jimin: Endi Aran hayotimda yo'q.
Hanna: Nima? Nima degani bu? - qo'rqib ketdi u.
Jimin: Yomon narsa emas, u bilan ajrashyapman. Uni unutmoqchiman, Aranni, menga endi u kerak emas.
Hanna: Bolangchi?
Jimin: Seni o'g'irlab ketishgan kuni Aranni pichoqlab ketishdi, - mashina rolini asabiy qisib qo'ydi. - va men bolamdan ham ayrildim. Bor gap shu. - sovuqqon ovozda tugatdi suhbatni.
Hanna: Men - to'xtaldi biroz - nima deyishni bilmayman.
Jimin: Bor gap shu, bu haqida gaplashishni xohlamayman. Istasang yelkamga suyanib dam ol, boradigan joyimiz uzoqroq. Seni xavfsiz joyga olib ketishim kerak. - jilmaydi gapi so'nggida.
Soatlar farqi allaqachon o'zgargan. Hattoki hayot tashvishlari ham o'zgarib bormoqda. Rais bugungi kunda Jiminga qarshi bo'lishi uchun odamlarni bir yerga to'plash uchun ovora, negaki u qizi endi uning qo'lida emasligini biladi. Boshlash uchun og'iz ochgan zahoti xonaga kirish eshigi qayta ochildi. Kaltaroq qora ko'ylak, baland oyoq kiyimlar va barchaning hayrati. Ayniqsa o'sha katta yoshdagi boshliq erkak bunga haqiqiy hayrat bilan qaradi.
Misun: Nima bo'ldi qadrli raisim? Arvohni ko'rgandek oqarib ketdingiz? Tashqi ko'rinishim uchun qilgan protseduralarim meni siz qo'rqadigan darajada oqartiradi deb o'ylamagandim. - jilmaydi. Rais endi Jimin uni o'ldirmaganligini yaxshi biladi. - O'tirishim mumkinmi? - ayyorona jilmayish va hech kimga e'tibor qilmasdan bo'sh stulga oyoqlarini chalishtirish bilan o'tirdi.
Yuzdagi tabassum esa zarracha so'nmagan.
Jimin shahar markazidan ancha chetroqda joylashgan binoda. Kechasi Hanna bilan birga uyga joylashdi. Unga qilayotgan tabassumining oxiri yo'q. Bugun esa tush vaqti uchun oshxonada birgalikda ovqatlanishmoqda. Jiminning juda tez o'zgarib qolayotgan fe'lidan qiz ba'zan hayron qoladi, lekin buning sababini bilgani uchun shunchaki jim qoladi.
- Jimin? - sokin ovozda so'radi.
- Hmm?
- Aranni sevasanmi? - nogoh savol Jiminni biroz bezovta qildi va albatta u yolg'on gapiradi.
- Sevganimda hozir uni yonida bo'lmasmidim?
- Nega unaqa? U mendanda chiroyli, sodda va doim odob saqlagan holda xushmuomalalik bilan munosabat o'rnatadi odamlar bilan. Doim senga yaxshilikni tilagan, sen hatto qo'pollik qilganingda ham, xiyonat qilganingda ham.
- Lekin men unga loyiq bo'lmadimmi? Shundaymi? - jilmayib qaradi Hannaga. - Rostini aytaymi? - Jimin bu safar o'tirgan stulidan gavdasini ko'targancha qizning qarshisiga kelib cho'kkaladi. Qorachiqlarini qizning butun yuzida kezdirdi va oxirgi nuqtada ko'zlarida to'xtadi. Jiddiylik, hissizlikdan boshqa narsa yo'q. - Savolingga rost javobni aytaymi? - savolni takrorladi u yana.
- Menga buni eshitish qiziq.
- Men uni sevaman, - Jimin juda tezlikda va oddiylikda gapirib yuborar ekan, Hanna uning sovuq ko'rinishiga qaragancha uzuq nafaslar bilan o'pkasini to'ldirdi. - Men uni boshqalar aqliga sig'maydigan darajada sevaman. Men uni bir paytlar senga oshiq bo'ganimdanda ko'proq sevaman, lekin meni pastkashlik nuqtamni bilasanmi? Men uni yoqtirishimga qaramay azoblab kelganman. U mendan sovishi uchun hamma narsani qildim. - tishlari orasida g'azab bilan gapirishni boshladi. - Unga barcha zo'ravonliklarni qildim, payti kelganda yotoqda ham majburladim uni. Oilasiga aytishini, men bilan ajrashishga ariza berishini istardim, lekin bir og'iz hech nima demasdi. Hech kimga unga qilgan qo'polliklarim haqida aytmasdi.
Qizning ko'zida darhol yosh aylanishni boshlaganida Jiminning tashqi ko'rinishi g'azabdan haqiqiy qizarishda edi. Ammo oxiriga kelganda u juda sokin tortdi, shunchaki qizning sochlarini silagan holda turdi.
- U bilan ko'rishgansan, shundaymi? - Jimin ko'zlarini yumgan holda yig'layotgan qizning yuziga qarab turdi. - U senga allaqachon barcha haqiqatni aytgan. Endi kimning qonidan bo'lganingni bilasan, shundaymi?
- Uning qizi ekanligim meni aybim emas - shivirladi, biroq Jiminning uyg'ongan kulgisi butun uyda jarang sochdi. U qaddini ko'targan holda shiftga qaragancha kulishni davom ettirdi. - Jimin? - hech qachon uni bu holatda ko'rmagan Hanna yigitning harakatlaridan havotirlandi. Aslida bu havotir o'rinli.
Jimin quturgan fe'li bilan qizni sochidan changallaganida Hanna baqiriq ovozi bilan uni qo'liga yopishdi.
- Meni tug'ilmagan bolamni aybi nima edi? - juda yaqin masofa va quturgan g'azab bilan vishillash. - O'zing aytganingdek, hech kimga ziyoni tegmagan ayolimni joniga berilgan azob nima uchun edi? Uning qaysi aybi uchun? Uning qaysi aybi uchun men hozir uni barcha dardlariga qorishtirgan holda tashlab ketdim? - so'nggi savolda juda qattiq baqirdi. Sochlardagi qattiq bosim ham ovoz toni bilan birga o'zgarib bordi.
- Men bilmayman, - Jiminning qo'lidan qutulish uchun barmoqlari bilan uning qo'lini tirnadi, biroq kichik bo'lsa-da o'zgarish yo'q.
- O'sha iflos uni hamma buyruqlarini so'zsiz, muammosiz bajarganimga qaramay, uning eng ishongan odami bo'lishimga qaramay menga shu ishni qildi. Nega endi men uning jonini bir parchasini azoblamasligim kerak. U ham yonadi, eshityapsanmi Hanna? Men his qilgan barcha og'riqni u ham his qiladi. - mana endi Hanna haqiqiy qo'rquv bilan tikildi uni ko'zlariga.
- Men hech nima qilmadim. - aybsizligini takrorladi.
- Qizig'i bor deb o'ylayapsanmi?
- Sen men tanigan Jimin emassan.
- Sen tanigan Jimin 18 yashar vaqtida seni sevgan paytlarida qolib ketib bo'lgan. - yanada qo'zg'algan g'azab.
U hozirni o'zida barcha alamlarini olishni xohlaydi. Qo'pollik, o'zining kuchli bosimi bilan kutilmagan holda Hannani bo'g'di. Endigi galda ham qizning qo'llari uning bilaklari ustida. Yuzlari esa siqilgan bosim ta'siridan qizg'ish qon ranggida.
- Men Aranni qay tarzda kaltaklaganimni aytib berishimni xohlaysanmi?
- Jim..in - gapirishda qiynaldi.
- Shu uydagi devorlar burchaklarini ko'ryapsanmi? Men uni mana shunaqa burchaklarga tirab urganman. Balki unga qilganlarim bir necha tarsakilar bo'lgandur, lekin senga bunday qilmoqchi emasman. Otang ahvolingni ko'rganida joyida o'tira olmaydigan ahvolga kelishini istayman. - qahr bilan aytilgan gaplari tugaganda u qizning bo'ynidagi bosimni yana biroz saqlab turdi. Qo'yib yuborganda esa Hanna kuchli xirillash bilan stuldan yerga yiqildi. Havo yetishmovchiligi. Uning bo'g'zi hali ham xuddi bo'g'ma ilon o'rab olgani kabi. Havoni simirish hali ham qiyin. Tepasida esa Jimin uni befarq inson kabi kuzatib turibdi xolos.
Taehyung: Mmmm, ko'rinishing chiroyli. - lift devoriga suyangan holda qarshisida xuddi u kabi boshqa tomonga suyanib turgan qizga ta'rif berdi. - Anchadan buyon ilk marta men mahkamada tanishgan o'sha qat'iyatli qizni ko'ryapman.
Misun: Yanada go'zallashibmanmi? - yumaloq lablarini yoqimli harakatga keltirdi.
Taehyung: Menimcha, - jumla oxirini cho'zib ayyorona qarab turdi. - Ha. Endi hayotimizda yana Changho degan muammo paydo bo'ladi. Seni to'xtovsiz qidirayotgandi axir.
Misun: Menga u qiziq emas. Bir jumlang yoqib qoldi.
Taehyung: Qaysi biri?
Misun: Hayotimizda! - o'ynoqilik bilan barmog'ini tishladi.
Taehyung: Hayotimizda, - takrorladi va unga yaqinlashishni boshladi.
Misun: Hayotimizdami? - Yana o'ynoqilik. Misun unga yaqinlashayotgan yigitni bo'yinbog'idan ushlagancha tortdi.
Taehyungda keng jilmayish bor. U yana bu so'zni takrorlashni istamay shu jilmayish bilan Misunni o'pishgacha bordi, ammo uning ko'rsatkich barmog'i bo'lishi kerak bo'lgan yoqimli teginishni to'xtatib qo'ydi.
Misun: Mayor Kim, savolimga javob bermadingiz. - lablarini chiroyli shaklda xafa bola kabi quyi egiltirdi. Taehyung esa ayni shu harakatga ham keng jilmaygancha, lablari ustida turgan barmoqni chetga surib qilishni xohlagan ishini qildi. Sevgilisini belini sovuq lift devoriga qattiq itargancha zavq bilan o'pishda davom etdi. Misun uning shoshgan nafaslarini ikkala yanoqlarida ham his qilmoqda. Harakat shu qadar jo'shqinki, tanaffussiz o'pishish dominantligi Taehyungni qo'lida. U hatto Misun javob qaytarishga ulgurmasdan o'paverdi. Liftning qavatda to'xtashi esa bu shirin yaqinlikning tugashiga yoqimsiz sababchisi go'yo.
Taehyung: Uyimiz, - alohida urg'u bilan aytdi. - bizni kutyapti.
Misun: Bajonidil! Uy ichiga joylashib olishga tayyorman.
Javobdan qoniqqan yigit uni o'zining uyiga tortqilagancha yetaklab ketdi. Harakati va hayajoni shu qadar kuchliki, uyning kirish parolini hatto xato terib yubordi. Misun uning ustidan kulish bilan unga qaraganida Taehyungni o'zi ham jilmaydi. Bu albatta kulgili. Ikkinchi urinishdan so'ng uy ichiga otilib kirgan yigit qizini kirish qismdagi devorlarga, ba'zan jismlarga tiragan holda hovliqqancha o'pib bordi. Labni tishlash dominantlik hissidan yoki ehtiros zavqidan, qiziq emas. Yagona maqsad, hozir zavq olish. Taehyung to'xtovsiz o'pgan sayin Misun unga mos holatda javob qaytarmoqda. U to'satdan ortga o'girilganida sochlari ustida Taehyungning yengil o'pichlarini his qildi. Bilaklariga sovuq metal tekkanda esa norozilik bilan qo'zg'aldi.
Misun: Nima qilyapsan? - devorga bosilgan qiz qo'llari kishanlanayotganini sezdi.
Taehyung: Qo'llaringni kishanlagan holda sen bilan aloqa qilmoqchiman. Anavi yerda turgan ish stoliga egiltirgan holda, albatta! - shaxvoniy ovoz. - Seni sog'indim.
Misun: Doim shunday qilasan, - norozi ovoz.
Taehyung: Nima qilaman doim? - qizning quloqlari yonida pichirlash bilan uni stol yonigacha yurg'izib borgach, gavdasini stol yuzasiga majburan egdi.
Misun: Doim qo'llarimni kishanlab qo'yasan, - qiz yuzi stolning silliq yuzasiga bosilgan holda norozi ohangni davom ettirdi.
Taehyung: Men botanik emasman deb aytganman senga. - biroz qattiq ohangda gapirdi.
Misun: Senda meni his qilish uchun imkon bor, lekin sen buni men uchun cheklab qo'yyapsan. - injiqlanib gapirishdan Taehyung kulib yubordi. U gapirish o'rniga tarbiyasiz qo'llari bilan ko'ylakni qizning bel qismigacha ko'tardi. O'zida uyg'ona boshlagan hirs bilan faqatgina ichki kiyim ko'rinib turgan uzun oyoqlardan siladi. Boshqa bir yirik kafti esa qizni kishan bilan biriktirilgan bilaklarini ushlab olgan.
Misun: Poshnali oyoq kiyimlarda men uchun qiyin, - oyoqlaridagi behayo teginishlardan bezovta bo'lib yer tepindi. - Taehyung! - hech qanday javob bermayotgan yigitni jahl bilan chaqirdi.
Taehyung: Bu qiziqarli emasmi? Esda qolarli bo'ladi. - gavdasini qizning ustiga eggan holatda qulog'iga shivirladi.
Qiz qulog'i ostidagi hirsli ovozdan kattaroq luqmadagi ovqatni yutgandek yutundi. Taehyungni keyingi ishi ichki kiyimni qizni tanasidan osongina tushurish. Qizning ochiq qolgan shaxsiy qismlariga tikilib turib, pastki labini tishladi. Kishanlangan barmoqlarni qizni beli ustida qattiqroq ushlab, narigi barmoqlarini qizning asosiy shaxsiy nuqtasiga olib bordi. U yerdagi yoqimli teginish, silash qizni oyoqlarini bezovta qilishni boshlaganda, tanasida tarqalayotgan hisdan u ham biroz avvalgi Taehyung kabi labini tishladi. Bundan qochishni xohlab belini qimirlatganda Taehyungdan kelgan tanbeh uni to'xtatdi.
Taehyung: Orqangni qimirlatma! - buyruqning jazosi sifatida bir barmog'ini itarib kirg'azdi.
Misun: Jin ursin, seni Taehyung! - og'zidan chiqqan nola bilan norozi ingrandi, biroq yoqimli.
Taehyung: Lablaringni* ho'l qilishimni istaysanmi? - stoldan qizni gavdasini ko'tarib Misunning qulog'i yonida shivirladi. Barmoqlar quyi qismda hamon o'zining ishini bajarmoqda. Yoqimli silash qizga rohatbaxsh hislarni berib ulgurgan. - Xohlaysanmi? - ortga berilgan tarsaki bilan qayta so'radi.
Misun: Ha, - ortiqcha vajlarsiz qabul qildi.
Taehyung: Seni to'ldirishimnichi? - yana bir behayo shivirlash. Misun jahl bilan bilaklarida turgan kishanni siqdi.
Misun: La'nat bo'lsin senga mayor Kim! Xohlayman, aynan hozir sen bilan hammasini xohlayman. - tan olish va qabul qilish yigitni kuldirdi. U bugun barcha to'siqni olib tashlamoqchi.
Taehyung: Men qilaman, - hirsiga berilib gapirgan yigit qizni yana stol yuzasiga egiltirdi. O'zi yerga tizzalari bilan cho'kkalagan holda qarshisidagi oyoqlar orasini biroz ochdi. Misun hansirash bilan yigit nima qilmoqchiligini fahmlab ingrab yubordi. Ko'p vaqt emas. Taehyung ikkilanmasdan yuzini o'ziga namoyon bo'lib turgan ayollik qismiga bosdi. Bu haddan tashqari buzuqlikdek, lekin aynan hozir bu ahamiyatga ega emas. Begona tilni qizligi ustida his qilgan qiz oyoqlari birdan kuchli titraganini sezdi. Taehyung bergan savoliga javobni juda yaxshi tarzda amalga oshirmoqda. Yetarli, hattoki keragidan ortiq namlanishgacha Taehyungning yoqimli til harakati davom etdi. Qin yo'lini o'ziga moslash uchun esa ikki barmoqlar ham tinch turgani yo'q. Yalanish hissi bilan birga ular qizning tinch holatini buzib kirib chiqdi. Yuqoridagi ingroqlar yigitni taranglashtirib ulgurgan. Kutish chizig'i yakuni. U endi gavdasini ko'tarib beliga bog'langan kamarni bo'shatish orqasidan shimning keraksiz ashqal-dashqallarini bo'shatdi. Faqatgina yuqori gavdasida tugmalari ochiq qolgan ko'ylak qoldi xolos. Biroz shoshilish va o'zining erkaklik organini hamon unga qulay burchakda egilib turgan qizga to'g'irlagancha itardi. To'liq kirish. Taehyung kichik yengillik his qilib boshini yuqoriga ko'tardi. Misunda esa kuchli ingranish. Bel va bilaklardan ushlagan yigit hech qanday kichik tanaffussiz harakatini boshladi. Uning uzunligi osongina sirg'alib kirmoqda, ammo ichkaridagi muskullarning siqishi uni aqlini shoshirmoqda. Ingroqlar ovozi tanalar bir-biriga qo'shilganda yangragan ovozlar bilan bezaldi. Yetmaganiga Taehyung orada qizartiruvchi tarsakilar bilan siylaydi. Qizning butun tanasi o'zidagi hisdan yonmoqda.
Rohatlanish hissi Taehyungni yuzida tabassum paydo qilganda u har qachongidan behayoroq ko'rinadi. Aloqaning davomida qiz aytganidek poshnali oyoq kiyimlardan qiynaldi. Buni sezgan yigit qizning bir oyog'ini stol ustiga chiqarib yengillik yaratdi, ammo harakatlarini chuqurlashtirib yubordi. Juda ko'p bo'lmagan vaqtda shu tarzda yaqinlikdan so'ng yigit qizni gavdasini ko'tarib betartiblangan sochlarni biroz to'g'irlab taklif berdi.
Taehyung: Yotoq ustida davom etishga nima deysan?
Misun: Bu yerdan ko'ra ancha qulayroq, - hansiragan holda javob berdi.
Taehyung: U yerda menga tizzalaring yordami kerak.
Misun: Jin ursin seni, - yigitning maqsadini tushunib aybladi uni. - Bu kabi usullar menda birinchi marta, ko'p chidab berolmayman.
Taehyung: Havotir olma, yotoqda hammasi ancha qulay bo'ladi. Bizda sinab ko'rilmagan usullar ko'p, shunday emasmi? - qizning qulog'ini tishlagancha jilmaydi va yotoq xonasiga boshlab ketdi.
Oradan o'tgan yana 3 kuncha vaqt. Hamma o'z dunyosida yashamoqda. Aran hamon ajrim shartnomasini imzolashdan bosh tortadi. Buning xabari Jiminga ham yetib ulgurgan. Bugun Aran butun uyda sekinlik bilan yurishni boshladi. Avvaliga ko'p harakat ta'qiqlangandi, hozir esa holat ancha barqaror.
- Og'riq yo'qmi? - uning oyisi qizning bilaklaridan tutib ko'maklashish barobarida so'radi.
- Biroz, lekin avvalgidek sezilmayapti. - Aranning yuzida shodonlikdan asar qolmagan. Teri rangi allaqachon ko'rimsiz holatda, balki kasallik belgisidir. Uyning zalidagi divanga o'tirgan qiz yengil nafas chiqardi. Ona-bolaning tinchligini eshik qo'ng'irog'i buza oldi.
- Kimdir kelishi kerakmidi, oyi? - hayollarida bu Jimin degan his uyg'onib yuragi hapqirib ketdi.
- Men qarab kelaman, shu yerda o'tira tur.
Ayol uzoqlashgach, eshikning ovozi yaqqol eshitildi. Dastlab Aran bunga e'tibor bermaslikka urindi, ammo tanish ovoz uni ichki dunyosini ostin-ustun qilgandek. Ohista tashlanayotgan qadamlari bilan kirish qismiga yurib borib, tosh qotdi. Kiprik qoqish ham yo'q hatto. Qo'rquv hissi o'rab olgan, u qarshisida turgan anchadan buyon ko'rmagan akasi uchun xursand bo'lsinmi yoki keyingi bo'ladigan ishlardan qo'rquv.
- Meni oppog'oyim bu ko'rinishda ko'zimga yalmog'iz kampirdek ko'rinyapti. - quchoq ochib yurib kelgan holda avvaliga Aranning peshonasida o'pich qoldirgach yengil quchoqladi.
- Yondo, - arang eshitilgan ovoz.
- Hech qayering og'rimayaptimi?