π£ππ‘π π’π₯ ππ₯π’πͺπ‘, ππ’ππ?!
Baland shovqin, tartibsizlikni eslatuvchi qorong'u muhitni keragidan ortiq to'ldirmoqda. Xira yorug'lik atrofda hukmron, faqatgina to'rli simlar bilan o'ralgan jang maydoni yorqinlikka ega. Kunduz kuni oddiy mashg'ulotlar olib borilgan bu markazda tunga yaqin haqiqiy kurash boshlanadi. Qanchalik ko'p qon yo'qotish yoki og'riqlar muhim emas, g'alabaning ishtiyoqi buni qilishga takror va takror chorlayveradi odamni. Qora soch, yetarlicha baquvvat tana va qat'iy nigohlarga ega bo'lgan yigit bugun tomoshabinlarning maxsus vip qatoridan o'rin olgan. Uni merosi tuganmas bitmas boyvachcha deb ta'riflash qiyin, lekin undagi jang mahorati bu qimmat o'rinlarni unga tekinga hadya qila oladigan yagona kuch.
Qonunga zid ravishda olib borilayotgan yana bir bahs. Jungkook bugun atrofi temir zanjirlar bilan o'ralgan maxsus boks maydonchasiga tushmoqchi emas, biroq atrofga to'plangan olomon allaqachon undan yana bir jangni talab qilishmoqda. Uning ismi juda baralla eshitiladi, bu maydonning mashhurlik o'rindig'ini allaqachon egallab ulgurgan yigitning qonga tashna bo'lgan jangini ko'rish barchani birdek qiziqtiradi. Aslini olganda, bu uni yutqazishini ko'rishni istash uchun qilinayotgan undash va soxta qarsaklar xolos. Dushmanlar, raqiblar va ko'ra olmaydiganlar soni ham yetarlicha axir.
Qo'llarini boshi ortiga tiragan Jungkook uni bahsga chorlayotgan yigitga o'tkir ravishda qarab o'tdi va shu zahoti biroz avval qulog'iga chalingan iflos niyatni tiliga ko'chirdi.
- Anavi sariq soch qizaloq, - qarshi tomonning tarafkashlari orasida turgan qizga ishora qildi, - o'sha qiz bu bahsning yutug'imi? - sherigidan so'radi Jungkook.
- Ha, ismini Sewoo deb aytishdi. G'alaba qozongan uni oladi, lekin anavi yigitcha baribir qizga teginmaydi. - Jungkook jang qilishi kerak bo'lgan yigitni ko'rsatdi. - Ular amakivachchalar ekan, nazarimda yigitcha kuchiga ishonib sen bilan bahsda sinashib ko'rmoqchi Jungkook. Nima deysan?
Kursida o'tirgancha bosh barmog'i bilan labini ishqalagan Jungkook qizni boshdan oyoq kuzatib, undan foydalanmoqchi bo'lgan kechasida uning nozik va shakldor belini qanday tutib turishni ham tasavvur qildi.
- Men qizni olaman, - egnidagi tor futbolkani yechish zahoti gapirib o'tdi Jungkook. - Qizaloq meni yutug'im bo'ladi.
Do'stining qat'iyatiga ishongan yigit qo'lga maxsus qo'lqop kiyishga yordamlashdi va bu oddiy boks qo'lqopi emas. UFC jangchilari foydalanadigan qo'lqoplardan biri. Uning usti esa 97 raqami bilan bezatilgan.
- Qizcha yoqib qolgan ko'rinadi. - kesatib o'tdi Hyonshik. - Sen qizlar uchun jang qilmasding.
- Oppoq tanasidagi behayo nuqtalari rangi qanaqa ekanligiga qiziqyapman, - ochiqdan ochiq buzuqlik bilan irshaydi Jungkook, - pushti yoki jigarrang? Ularga ayt, tezroq boshlaylik.
- Hoy, hoy, o'zingni bos. Jang vaqti oyoqlaring orasidagi uyg'onib qolmasin.
- Agar tezroq boshlamasak, rostan shunday bo'lishi mumkin. - ko'ksiga urib qo'ygan Jungkook mag'rur iljaydi.
Jungkook do'sti kerakli odamlar bilan gaplashishga ketishini kuzatib turarkan, o'g'ri ko'zlari kalta jinsi shortiklardagi qizga qadaldi. Nuqsonsiz uzun oyoqlar. U ikkilanmay qizni yaqiniga borarkan, uning bo'yiga mos bo'lish uchun egildi.
- Isming Sewoomidi? - bepisandlik bilan so'radi Jungkook. - Hozirgi jang yutug'isan? Men uchun atalgan sovg'a bo'lasanmi?
- Hoy yigitcha, u professional boksda jahon chempionati ekanligidan xabaring bormi? - Jungkookni boshdan oyoq kuzatgan Sewoo mensimaslik bilan jilmaydi.
- Muammo ham shunda, u professional boksda! Men esa noqonuniy jangchiman va biz hozir ham xuddi shunday kurash olib boramiz. - dangal bo'lgan qiz labiga tegingan Jungkook o'ylab o'tirmay ularni ezdi. - Sewoo, pushtimi yoki jigarrang?
- Nima? - savol ma'nosini tushunmagan qiz qoshlarini chimirdi.
- Mayli, jangdan keyin bilib olamiz. Seni yutib olganimda! - o'ziga ishongan tabassumi bilan qizni burniga chertgancha ringga odimladi Jungkook.
- Miyasi bilan urushib qolganmi bu? - o'ziga gapirgan qiz yigitni fe'lini yoqtirmaslik sabab qoshlarini chimirdi.
- Sewoo, - qizni yoniga kelgan amakivachchasi tashvishli qaradi unga, - u senga nima dedi?
- Qo'yaver, arzirli narsa emas.
- Havotir olma, men albatta g'alaba qozonaman. - qizni yelkasiga ishonch bilan qoqib qo'ygan Jungwon unga jilmaydi ham.
Sewoo amakivachchasiga ishonadi, u birgina emas juda ko'p janglarda bu yigitni g'alabasini, uning harakatlarini kuzatgan. Oddiy noqonuniy jangchi uning uchun muammo emas deb o'ylardi u.
- Omad tilayman, Jungwon! Men senga ishonaman. - yoqimli jilmaydi Sewoo.
Har 3 daqiqalik ikkinchi round. Jeon Jungkook ismi uning muxlislari tomonidan baland aytilishi ba'zi odamlarning hasadini keltirmoqda. Kuchlar deyarli teng, ammo hisoblar va bir necha zarblardagi ballar ustun tomonni yuqori ekranda namoyish etib turibdi. Ikkinchi raund yakunlanishi ham Jungkookning hisobiga. Atigi 2 ball bilan oldinda u. Tanaffus vaqtida u xotirjamligini yo'qotgancha havotir bilan o'tirgan qizga g'olib bo'lishini aniqlashtirgan kabi irshaydi.
- Diqqatingni bahsga jamla, Jungkook! - maydondan tashqarida turib gapirgan do'stiga qaradi yigit. - Yutuqqa emas.
- O'sha yutuq meni motivatsiyamni oshiryapti Hyonshik.
- Chalg'ima, oldindasan va shunday davom et! - do'sti gapiga ko'z qisib qo'ygan Jungkook unga berilgan suvni ichgancha raqibi tana tuzilishiga qaradi.
O'tgan ikki raundda uning jang mexanizmini tushunib bo'ldi u, allaqachon. Qo'ng'iroq ovozi bilan boshlangan uchinchi raund. Jungwon bu gal yutqazishni xohlamaydi. Ustunlikka ega chiqishni istagan yigit unga musht tushirayotgan Jungkookni ko'ksini kichik tig' bilan tilib yuborar ekan, qonga e'tibor qilgan Jungkook tushunmaslik bilan raqibiga qaradi. Uning yuzida shum tabassum bor. G'irromlik bilan boshlangan bu raund odamlar noroziligini yuzaga chiqargan, biroq raund vaqti tugamagunga qadar to'xtatish mumkin emas.
- Hoy bola, o'zingga qabr qaziyapsan. - g'azabi orasida ogohlantirib o'tdi Jungkook.
- Havotirlanyapsanmi? Bu noqonuniy va qoidalarga ega bo'lmagan kurash emasmidi? - qo'lidagi metall tig'ni mahkamroq ushladi Jungwon.
Hozir so'z o'yini vaqti emasligini hisobga olgan Jungkook kelasi zarblar bilan Jungwonni yengishga urunmoqda. Ikkisining ham tanasi allaqachon terga botib ulgurgan. Yalang'och gavdalar chiroq yorug'ida sezilarli yaltiraydi. Yelkadan oqib tushayotgan ter tomchilari esa Jungkookning tanasidagi kesilgan qismlarni achishtirib o'tmoqda.
Bir soniyaga jarohatiga chalg'ib qolgan Jungkook o'ng tomon yuzidan zarbani qabul qilgach, muvozanatni yo'qotdi. Quloq ostida chiyillash bor. Boshini silkigancha tizzalab qolgan holidan o'rnidan turishga chog'langan vaqti Jungwonning barmoqlari orasida yashiringan tig' biroz avvalgi tilingan jarohat ustiga sanchildi. Jungkookning og'riqli ingranishi unga eshitilarkan g'olibona iljayishdan so'ng uning yuziga to'xtovsiz mushtlarni bera boshladi. Qon bu jangni muxlislar uchun yanada qiziqarliroq qiladi albatta, shuning uchun g'irromlikdan noqulay bo'lish shart emas. Jungkookning ko'z atrofi ham uning o'z qoni bilan bo'yalgan. Nakaut haqidagi e'lon berilishi bilanoq Jungwon o'rnidan turar ekan, Jungkookka sezilarli gapirib o'tdi.
- Og'ayni, men professional jangchiman, lekin noqonuniy janglar iflosliklarini yaxshi bilaman. Maslahatim, - Jungkookka yaxshiroq egildi, - bunday joyda bunchalik halol bo'lma.
Jungwon g'olibona kayfiyatda o'rnidan turarkan, Sewooga qarab kengroq jilmaydi. Qizning yuzida hech qanday achinish kasb etmaydi. Amakivachchasi bergan va'da doim ishlashiga ishonadi u. Qarsak bilan ringdan pastga tushayotgan yigitni olqishlayotgan qiz uning yuzidagi bir necha qizarishlarga tegindi.
- Qattiq og'riyotganiga ishonchim komil. - qo'llarini ko'ksi ustida chalishtirdi Sewoo. - Sen yengishni xohlagan yana bir raqibing mag'lub bo'lganidan xursandman.
- Seni yordaming bilan, oppog'oy. Sen bo'lmaganingda uni jangga ko'ndirolmasdim.
- Beminnat yordamimni uch hissa soju bilan yuvib berasan degan umiddaman. - o'ynoqilik bilan ko'zlarini harakatlantirdi qiz.
- Ax, bugungi menyuyingda dieta bormi? Uch hissa kam emasmi? - Jungwon Sewooning bo'ynidan qo'lini o'tqazgancha uni ketishga chorlar ekan, qiz bir zumga mamnun qiyofasini ring sahnasida yotgan yigit tomon qaratdi.
Jungkookning tepasida allaqachon uning tanishlari bor. Kimdir bu yigitni yengilishini ko'rishga ishonmasdi.
- Hoy Jungkook, o'zingga kel. - yigitni yuziga suv sachratdi Hyonshik. - Jin ursin, tezroq biror bir sochiq olib kelsangizchi! - jarohat o'rnidagi qonni to'xtatish uchun baqirdi.
Jungkookning bir ko'zigina hiyol ochilarkan, u qiz unga qanday qiyofada qaraganini aniq ko'rdi.
- Hyonshik, - qonga bo'yalgan tishlarini ko'rsatgancha kuldi Jungkook, - o'sha qizni manzilini topa olasanmi?
- Topaman, seni ahvoling yaxshilansa bo'lgani!
Boshini yerga butunlay tashlagan Jungkook yuqoridagi chiroqlarni kuzatgancha dam olish uchun arang ochilgan bir ko'zini ham yumdi.
- Hey bolalar, kimdir do'kondan sneyklar olib kelolmaydimi? - idishlarga ichimlik solib chiqayotgan Sewoo zalda yig'ilganlarga baqirdi.
Har oy bir guruh do'stlar bir-birlarining uylarida yig'ilishib turishadi. Hozir ham 15 ga yaqin qizlar va yigitlar qizning uyida. Kimdirlar kompyuter o'yinlarini o'ynash bilan ovora, kimdirlar telefonda yozishish, boshqalar esa yangidan yangi mashhurlar hayotini suhbat qilish bilan. Yoshlikdagi keraksiz uchrashuvlar aslida bu, biroq bir necha soatlik dofaminni tanadagi avjini his qilish xohishi anchayin kuchli.
Deyarli 10 daqiqa va kutilmagan shovqin xonadondagi barcha faoliyatni to'xtatib ulgurdi. Beyzbol tayoqlaridan foydalangan yigitlar uyning derazalarini sindirishdi. Uchi qayrilgan temir esa eshikni buzib ochish uchun osonlik yaratadi. Tinimsiz shovqinning davom etishi, qizlar va yigitlarning qo'rquv hamda vahimadan qichqiriqlari tinay demayapti. Uyga bostirib kirganlar qarshi chiqqanlarni beyzbol tayoqlari bilan ikkilanmay savalashmoqda. Ha, bu haqiqiy bosqinchilik.
- Jin ursin, telefonim qayerda? - divan orqasiga yashiringan Sewoo politsiyaga qo'ng'iroq qilish niyatida atrofda alanglarkan yerga sochilgan pop-kornlar orasida yotgan telefonini ko'rdi. - La'nati, nega bunchalik uzoqda?
Atrofdagi to's-to'polonga qaramay telefonini olishga shoshilgan qiz uni olish uchun egilgan zahoti qarshisida sergaklanib jilmayib turgan yigitni ko'rdi.
- Hayrli kech qo'g'irchoq! - qora rangli beyzbol tayog'ini yelkasiga osgancha jilmaydi Jungkook. - Hoy nega oqarib ketding, meni ko'rganingdan xursand emasmisan? Ah to'g'ri, uyingni rasvosini chiqardim. Xursand bo'lmasliging tayin!
- La'nati! - vahimadan barmoqlari titragan Sewoo o'zini la'natlagandek bo'ldi. - Hoziroq bu yerdan ket, politsiya chaqiraman.
- Yo'q! - hali ham yuzdagi jarohatlari ketib ulgurmagan Jungkook juda oddiy rad qildi. - Bizni sen bilan oldi berdimiz bor emasmi, qo'g'irchoq? Qani o'tir. - divanga o'zinikidek joylashgan Jungkook idishga solingan chipslarni tizzasiga qo'ydi. - Yaxshi bola bo'lib gaplashishimni istasang, shunchaki o'tir!
- Jin ursin seni! Jangda yutqazganding, men bilan hech qanday oldi berding yo'q. - istiza bilan gapirdi Sewoo.
- Shoshilma qo'g'irchoq, shoshilma! - chipsni beparvo bo'lgancha chaynab davom etdi, - Bu jang hali tugamadi.
- Yana ogohlantiryapman, uyimdan yo'qol! - eshikni ko'rsatdi qiz.
- Men esa yana so'ramoqchiman Sewoo, pushtimi yoki jigarrang? - qizning chimirilgan qoshlarini ko'rgach u tushunadigandek takrorladi, - Hammadan yashiradigan, ichki kiyimlar bilan berkitib yuradigan shaxsiy yerlaring borku, o'sha yerlar rangi pushtimi yoki jigarrang?
- It emgan, la'nati! - asabiylashgancha haqorat qildi Sewoo.
- Qara qo'g'irchoq, o'sha amakivachchang g'irrom o'yin bilan jangni yakunladim deb o'yladi, lekin bu bunchalik sodda bo'lmasdi.
- Jungwonga kuching yetmagani uchun endi menga tahdid qilmoqchi bo'lyapsanmi? - labi chetida mensimay jilmaydi qiz. - Naqadar bechorasan!
- Qo'g'irchoq, - o'ynoqi niqobini olib tashlagan Jungkook o'zidan ancha past bo'yli qiz qarshisiga keldi, - bugun uyingga bostirib keldim, shundaymi?
- Bu uchun seni panjara ortiga ravona qilaman, it emgan!
- Tilingga hadeb erk berma qizaloq! - asabiylashgan yigit barmoqlari qizning iyagini siqdi, - O'sha amakivachchangga yetqizasan! Uchta! - barmoqlarini yuqori ko'tardi Jungkook. - Men sen va o'sha yigitga uchta imkon beraman. Uchta jang! Keladi, men bilan halol jang qiladi va har bir jang uchun sen yutuq o'rnida o'zingni tikasan.
- Daf bo'l la'nati! - yigitning ko'ksidan itarishga urundi ammo foydasiz.
- Men hali tugatmadim! Hozirni o'zidayoq seni zo'rlashim mumkin, qochib qutulolmaysan lekin men maxfirat ko'rsatyapman senga. - qutulishni o'ylab tipirchilayotgan qizni belidan ham siqimladi.
- Menga hech qanday mulozamat ko'rsatishing shart emas!
- Eshitasan! - dag'al ovozda xirilladi Jungkook. - Har bir jang uchun o'zingni yutuq sifatida tikasan. Atigi bir marta bo'lsa ham amakivachchang meni jangda yuta olsa seni yotoqqa tortish fikridan voz kechaman. Biroq! - baland ovozda to'xtaldi, - Men janglarda yutsam, sen men istagan shartlarni bajarasan! Uchinchi hal qiluvchi janggacha qarindoshingni tayyorlanishga vaqti bor. Agar men oxirgi jangda ham g'alaba qozonsam qarshiliksiz seni tanangni oyoqlarim ostiga olaman, qo'g'irchoq!
- Tushingni suvga ayt! - Yana bir bor rad etdi Sewoo.
- Uchinchi shart bilan seni tanishtirdim. Bir va ikkinchisini ham eshit, qo'g'irchoq! - asabiy tarzda davom etdi. - Birinchisi, yechinasan! Men hammadan yashiradigan nuqtalaring pushti yoki jigarrang ekanligini bilmoqchiman.
- Hech qachon bunday qilmayman, sen ham g'alaba qozona olmaysan!
- Ikkinchisi! Seni yalang'ochligingni ko'rib shaxvatim uyg'onganida zo'rlab qo'ymasligim uchun qo'lingdan kelganicha harakat qilasan, yo'qsa uchinchi shart bekor ketadi shunday emasmi? - iflos tabassum bilan kuldi Jungkook.
Jungkook qizning iyagini bo'shatmay qisib turarkan, lablari orasidagi hansirashni ikkilanmay qiz yuziga chiqarardi. Lab bo'yog'i bilan ishlov berilgan lablar jilosi allaqachon nopok istakni uni ko'ksida rivojlantirmoqda. Qizning alamzadalikdan biroz ochilgan lablari barini keskinlashtirayotgandek. O'sha nuqtada tilini kezdirishni xohlagan yigit qoshlari chimirildi.
- Agar hozir ham imkoniyatim bo'lsa, nega undan foydalanmasligim kerak? - beparvo savol bergan Jungkook Sewooni iyaklarini majburlagancha uning lablarida og'riqli egalik o'rnatdi.
Uning lablari va tishlari ham hamohang bo'lgancha qizning lablarini ezmoqda. Istalmagan insonga nisbatan qarshilik ham bor, biroq yetarlicha baquvvat tanaga bu nozik qomat bilan kurashish anchayin qiyin. Qizning o'sha jangdagi so'nggi qarashi Jungkookni hayolidan o'tgan on u pastki labga tishini botirgan ko'yi hisob so'ragandek bo'ldi.
- Ruhan va jismonan tayyorlan, Barbie qo'g'irchog'i! - Sewooning tanasi divan ustiga itardi Jungkook. - Tanangni meni jangim yutug'i sifatida tayyorla. Amakivachchangga yetqazishni inkor qiladigan bo'lsang, so'z beraman qo'g'irchoq, - qizning qulog'iga engashib shivirladi - men seni o'sha yigit qarshisida u g'irromlik qilgan ring maydonchasi ustida majburlayman!