πππππππππ | πππππππ
Yotoq yonidagi kichik javon ustiga joylashtirilgan elektron soat yarim tundan o'tgan daqiqalarni ko'rsatmoqda. Xona yorug'ligi u qadar kuchli emas, faqatgina tungi chiroqlar soyalari bor. Hansiroq holatidagi nafaslar o'z ritmiga tushganiga endigina 10 daqiqa bo'ldi. Charchoq Soyunni uxlashga majburlayapti, sochlari ustidagi Jungkookning barmoqlari yengil silashi esa bunga ko'proq imkon yaratayotgandek. Soyun bu kabi harakat u kichik bolaligida onasi tomonidan qilinganini xira tasvirlarini esladi xolos.
- Sochlaringni shu rangga bo'yaganingni ko'rganimda bir onga ularni kaftimga o'rab tortqilashni istadim. - och kumushrangni eslatuvchi sochlar ustidan silashdan so'ng kuchsiz tortqiladi Jungkook.
- Bastard! - quyi shivirlashda haqoratlagancha yalang tanadagi qiz og'riqli ingrandi. - Men boshqa chidolmayman, Jungkook. - holsizlik bilan davom etdi.
- Qat'iyatli kibor xonim qani? - mazaxlash bilan qattiqroq tortdi kaftidagi sochni. - Biz hali bir marotaba qilmadikmi? Takrorlash yoqimli bo'lardi.
Takror uyg'onayotgan ehtiros mavji Jungkook tanasiga qayta quyilishni boshlagan. Faqatgina shu hissiyot uni boshqarayotgan singari. E'tirozni qabul qilmagan yigit qizning qorni ostiga ayni dam keraksiz tuyulayotgan yostiqlardan birini joyladi.
- Jungkook. - norozi ovozda chaqirdi qiz.
- Bir marta yetadi deb o'ylaysanmi? - yuztuban yotgan rafiqasi orqa yelkasidagi izga lablarini bosdi. - Men rostan ham bular senga qanchalik azob berganiga qiziqaman.
- U qadar yomon emas, - biroz bo'g'ilgan ovozda dedi. - Jungkook buni takrorlashni istamayman.
Qorni ostiga qo'yilgan yostiq ta'sirida biroz yuqorilgan beli va yigitning xohish uyg'otishga urunayotgan harakatlaridan bezovtalandi Soyun.
- Soyun 20 daqiqada charchab qolmagandirsan? - tugatgan yaqinligi davomiyligini eslatdi. - Qolaversa, yetarlicha dam olish vaqti bo'ldi.
- Nega shunchaki qilma deganda qilmaysan?
- Qachon men senga qilma deb aytganimda shunday qilgansan? - Jungkook kulgi bilan gavdasini yuqori ko'targancha Soyunning sonlari ustiga joylashdi. - Davom ettirishni xohlayman.
Yostiq bilan yuqoriga ko'tarilgan bel kerakli sharoitni yaratgan, biroq holat Jungkookni qoniqtirmagancha yuz burishtirdi.
- Bu yetarli emas. - yana bir yostiqqa qo'l cho'zgancha uni ham qizning qorni ostiga joylarkan ingroqni eshitdi. - Shunday qilsak charchab qolmaysan. Qara to'rt oyoqda turib qolgan energiyang ham yo'qolib qolmasin deyapman, yaxshilik!
- Rahmat deyishimni kutma! - shaxsiy qismida sezilishni boshlagan noqulaylik sabab choyshabni tayyorgarlik sifatida barmoqlari orasida qisdi. - Sen qilma desam ham qilyapsan.
- O'rganasan, kibor xonim. Borgan sayin bu og'riqli bo'lmay qoladi. - yuqoridan turib ma'lum qilgan Jungkook o'zi xohlagan holatdan zavqlangancha ichkariladi.
Og'ir bo'lmagan surilish. Namlik va ichki qaynoqlik hayollarni band qilishga yordamchi kuch kabi. Qo'pollik mavjud emas, faqatgina erkak tanasi hozirgi hissiyotidanda ko'proq shirin hisni qabul qilishni xohlaganida bu muloyimlik chizig'i buziladi. Hansirash va ingroqning xonadagi aralashuvi xonadagi so'zsiz holatning ifodasi. Jungkookning qo'llari u bilan bog'langan ayol belidan o'rin olgan, nigohlari esa o'zi takror va takror bajarayotgan ishda.
- Jin ursin, - ilk bor oxirgi nuqtaga qadar ichkarilashdan tanasidagi yoqimli hissiyotdan xirilladi yigit.
Bir ritmlik harakat kuchli ehtirosni sezdiradi. Biroz avvalgi talabini aytgan Jungkook buni bajarish istagida barmoqlarini o'sha yangi rangli sochlarga yo'naltirdi.
- Men buni avval ayollarda sinab ko'rmaganman. - barmoqqa ilashgan sochlarni kaftiga o'ragancha tortqiladi.
Soyun qarshilik qiladigan holatda emas, tanasi butunlay erkak ustunligi ostida qolgan. Bir martadan so'ng takrorlanayotgan har bir chuqur intilish uning ham tanasiga yoqimlilik taratayotganini rad etib bo'lmaydi.
- Sekinroq, - sochlaridagi og'riqqa e'tiroz bildirdi.
- Ande, sekin bo'lmaylik. - tezda rad etdi. - Yengillamoqchi bo'lsang buni ushlab turishga o'zingni majburlama. - kuchliroq qisilishni sezib dedi Jungkook.
Sochlarni qisib turish davomiyligi. Ehtirosini yuz qiyofasida ifodalayotgan Jungkook ko'tarilib turgan gavdasini Soyunga eggancha uning bo'yni orasiga lablarini bosdi. Barmoqlarga o'ralgan tolalar bo'shatilganda esa kichik to'xtashdan so'ng qiz qorni ostiga qo'yilgan yostiqlarni olib tashladi.
- Bir xil holatda takrorlash zerikarli ekanligini aytganmidim? - Soyunning kaft yuzasi ustidan hajm jihatdan yirik kafti bilan ushladi.
- Charchadim. - jinsiy yaqinlikka ko'nikib ulgurmagan tanasidagi madorsizlikni bildirishga urundi.
- Tugatamiz, faqat yana biroz. - hansiroq ovozda ma'lum qildi Jungkook.
Planshet orqali taqdim etilayotgan bayonnoma, unga tegishli videolar va bir necha maqolalar erkakning xotirjamligini buzgan. Sokin nafas olish orqali o'zini tinchlantirishga urunayotganga o'xshaydi.
- Taehwa, - yonida bosh egib turgan yigitga murojaat qildi. - Nima deb o'ylaysan, Soyunni qo'lida qandaydir tuz qarta bormi? Biz haqimizdagi.
- Aniq nimadir deya olmayman janob.
- Masalan sen, agar qo'lingda kuchli biror quroling bo'lmasa urushni o'chog'iga kirasanmi?
- Bunday tavakkal qilmagan bo'lardim.
- Lekin Soyun shunday tavakkal qilyapti. - tashvish hosil bo'ldi erkakning yuzida. - Uni haligacha o'ldirib yubormasdan foxishalik uchun qaytarishga urunayotganim to'g'rimi? Sen qanaqa fikrdasan?
- Agar o'rningizda bo'lganimda men uni shunchaki o'ldirib yuborgan bo'lardim. Muammodan qutulish uchun. Janob biz unga har qanday tahdidni qildik, mashinasini portlatdik, obro'sini to'kuvchi videolarni tarqatdik. Lekin u bundan voz kechmoqchi emas.
- O'ldirishimiz kerakmi? - barmoqlarini o'ynagancha davom etdi. - Unda biz nega bu masalani bu qadar uzoq cho'zdik?
- Boshqacha qasos olmoqchi bo'lganingiz uchun. Soyunni qochirishga o'sha ayol yordam bermadimi?
- Ikkisi alohida masala demak! Unda shu qizni yo'q qil, iloji boricha tezroq. Masalan ertaga Taehwa. - sayoz bo'lmagan ohangda dedi.
- Ishonchingiz komilmi? - erkak yuziga yaxshiroq qaradi.
- Muammolar shundoq ham ko'p Taehwa, Soyun bilan yetarlicha o'ynadik. - planshetni o'chirgancha beparvo gapirdi.
- Men buni allaqachon qilgan bo'lardim va hozir ham buni albatta qilaman Janob Yoon.
Tinchligini saqlashga urunayotgan ayol stakan to'la suvni ohista simirdi, biroq sabrsizlik ustun chiqqandek idish zarb bilan stol yuzasiga tashlandi. Batartiblashgan kalta sochlarini to'g'irlarkan, chuqur havo bilan takror tinchlanishga urundi.
- Hayrli tong xonim. - qiziqqonlik bilan ayolning hozirgi holatiga qaradi Mingyu. - Meni ko'rishni istaganingizni kotibingiz aytdi.
- Soyun qayerda ekanligidan xabaring bormi?
- Tepada, o'zini xonasida bo'lsa kerak. - qiz ketganidan bexabarligini sezdi ayol. - Muammo bormi, Chon xonim?
- U uyda emas, kecha uni deyarli bu uydan haydadim.
Mingyuni qoshlari yuqoriga hayronlikdan cho'zilarkan, ayol stakanga takror suvni quyishni boshladi.
- Bir kechada qiziq yangilik, ochig'i. Uni yoniga borishim kerak manimcha endi, shunday demoqchimisiz?
- Surishtirdim Mingyu, bundan 5 yil avval sen xizmat qilgan odamlar seni narkotikka o'rgatish bilan yonlarida olib yurishgan ekan. - grafinni joyiga qaytarib qo'ygach yigitning hozirgi ifodasiga qaradi. - Nazarimda Soyun bu haqida bilmaydi.
- Bu eski voqealar Chon xonim, o'zim xohlaganim uchun giyohvand bo'lmaganman.
- Xabarim bor, katta dozani senga majburlab qilish orqali qilishgan buni. - xotirjamlikda davom etdi ayol.
- Qo'polligim uchun uzr, lekin niyatingiz nima? Eski yillar sarhisobi sizdek ayol uchun u qadar qiziqarli emas deb o'ylayman.
- Yordaming kerak! - maqsadga o'tdi ayol.
- Kechirasiz, men faqat Soyunga yordam berish uchun bu yerga kelganman. - jilmaygancha rad etdi Mingyu. - Unda ham u taklif qilgan ish uchun.
- Men iltimos qilmoqchiman xolos. O'sha zaharni qoningdan qanday chiqara olganing yordami kerak.
Chon Sarangning kutilmagan iltimosi. Mingyu bu nima uchun ekanligini bilmaydi, o'ychan nigohi juda aniq seziladi.
- Bu sizga nega kerak? - Mingyu
- Men bilan yur. - tonggi charchoqli ko'rinishda bo'lsa ham yigitni o'zi bilan birga boshladi.
Mingyuning qiziqqonligi ortib bormoqda. Bu ayol uni qayerga boshlayotgani noma'lum, u shunchaki so'zsiz ergashmoqda. Qulflangan eshikka kalit tiqilarkan, uning hayrati ko'proq oshdi bu gal. Eshik qiya holatda ochildi xolos. Xona yorug'ligi u qadar ham ajoyib emas. Devor burchagida esa unga suyangancha uxlab qolgan yigit ko'rinadi, biroq uning tasviri ham to'liq emas.
- Jungwonmi bu? - ishonchsizlik bilan so'radi.
- Kecha kun qoraymasidan avval undan xabar olish uchun ustaxonasiga bordim. Uni topgan holatim esa hozirgidan anchayin yomonroq edi. Kenjamning ko'zlari osti qorayib ketgan, terisida esa rang yo'q. Tanasidagi tinimsiz titroq, qizargan ko'zlar bilan yerda yotardi.
- Giyohvand modda berishganmi unga?
- Shifoxonaga olib bordim, qon tahlillari esa shuni ko'rsatdi. Men Jungwon buni o'zi istab qilganligiga ishonmayman. U qaysar, aytganlarimni bajarmaydi lekin bunday iflos yo'lga kirib ketadigan yigit emas.
- Kim unga giyohvand modda berganini topishimni xohlaysizmi? - tushunmaslik bilan so'radi.
- Bu bilan o'zimni odamlarim shug'ullanadi, men sendan uni bu zahardan qutulishiga yordam berishingni xohlayman. - iltimos vaqti ayolning barmoqlari sezilarli qaltiradi. - Soyun Jungwonni bunday holatda ko'rmasligi kerak edi. Ular bir-biriga yaqin, Soyun xabar topsa katta muammolarni yaratishi aniq edi.
- Nega men? Shunchaki biror bir shifoxonaga joylashtirishingiz mumkin.
- O'ylamadi deb o'ylaysanmi? - so'rov ohangini saqladi. - Qilolmayman. Shundoq ham internet Soyun haqidagi yangiliklarga to'la. Aksiyalar qiymati pasayib bo'lgan, agar Jungwonning hozirgi holati haqida biror yangilik chiqsa holatimiz og'irlashadi.
- Aksiyalaringiz va shunga o'xshash qimmat qog'ozlaringizni tushunmayman, lekin yordam beraman. Agar Jungwonni bardoshi yetsa!
- Men nimadir qilishim kerakmi? - umid bo'g'izdan yangraydigan ovozni to'sgandek titroq hosil qildi.
- Ta'sirchanligi juda past bo'lgan psixiatrop dori kerak, topa olasizmi? - tasdiqni olgan yigit xotirjam ketishga urunarkan iltimos emas, buyruq bilan aytilgan xohishni eshitdi.
- Soyun bu haqida bilmasligi kerak. Unga hech nimani aytmaysan.
- Menga qiziq, siz Jungwon buni o'z xohishi bilan qilmaydi dedingiz. Unda buni xohlagan dushmaningiz kim edi? Faqatgina sizni ko'ra olmaydigan raqibingizmi yoki boshqa biror umumiy dushman? - o'ychan ayolga qarab sukut saqladi biroz. - O'ylab ko'rish kerak. Qo'limdan kelganicha Jungwonga yordam berishga harakat qilaman, lekin siz ham menga yordam berasiz. Ikki tomonlama kelishuv qilsak, anchayin ma'qul bo'ladi Chon Sarang xonim.
- Sen nima xohlaysan, pulmi yoki boshqa biror narsa?
- Aytaman, vaqti kelganda. - kostyumi yoqalarini to'g'irlagancha tabassum qildi Mingyu.
Xonadagi yorqinlik tunning tasviridan u qadar ko'p farq qilmaydi, derazalardagi qalin pardalar maqsadi yorug'likni ichkariga kirmaslikni ta'minlashni reja qilgandek. Ko'chalar sovuq, biroq ko'rpa ostida qolish anchayin yoqimli. Issiqlik tafti sovuq polga qadam qo'yma degandek bo'ladi. Soyun allaqachon uyg'ongan, egnidagi yigitning futbolkasi o'lchami unga to'g'ri kelmasligi yoqasini yelkasiga osilib qolganidan ham seziladi. Pardalarni ochishni xohlaydi-yu, erinchoqlik dominantlik qilmoqda. U o'zini qulay qilgancha yotoq suyanchig'iga suyangan, yonida esa xotirjam uxlayotgan yigit tasviri bor.
- Yaramas. - shivirlash ovozida haqorat qildi Jungkookka qarab.
- Qachon menga haqoratlarsiz gapirasan? - bo'g'ilgan uyqu ovozida xirillagancha uyqusini ochish uchun kerishdi.
- Haqorat qilmasligimga sababchi nimadir qil unda.
- Masalan nima? - shishgan qovoqlari orasidan bir ko'zini arang ochdi.
- O'zing o'ylab top, nega men qilishim kerak?
- Zaharxanda qilmasangchi. - nolish bilan dedi Jungkook. - Haliyam xafamisan? - shundoq ham tartibsiz bo'lgan sochlarini yanada to'zg'itdi. - Bo'pti so'z beraman, yana seni men bilan bo'lishga majburlasam odam emasman. Istaganingcha atashing mumkin meni. Qovog'ingni och.
- Men uni o'ylamayapman. - o'ylovlarini aniqlashtirishga harakat qildi. - Chon xonim nega bunchalik sovuqqon bo'lganligi qiziq. U hech qachon meni bu uydan ketqazishga harakat qilmagan, aksincha uni o'zi o'sha uyga meni majburlab olib kelgan.
- Insonlar o'zgaruvchan, 1 daqiqa yetadi. Hamma narsa o'zgarishi uchun. - biroz tiniqlashdi uning ovozi. - Balki o'sha so'zlarni senga aytishni yuragida saqlab yurgan bo'lgandir. - kesatiqli ohangda jilmaydi.
- Ishonmagan bo'lardim, u bunday qilmaydi.
- Soyun, - qiz yuziga yaqinlashdi, - ayol haqiqatni aytdi xolos. Sen ularga tegishli bo'lmagansan, buni eshitish menimcha ham qiyin. Lekin o'rgan. Mana shu uyga va uning odamlariga ko'nik.
- Ajrashib ketishimiz aniq bo'lsa, bunga ko'nikib nima qilaman?
- Balki bunday bo'lmas, balki ha. Biz 1 daqiqadan keyingi o'zgaruvchanlikni bilmaymiz.
- Romantik bo'lma, - o'rnidan turgancha o'rganib qolishi mumkin bo'lgan chiziqqa chegara qo'yishga urundi, - seni bunaqa qiyofang menga yoqmaydi. Xudbin, ablax, so'zga usta bo'lganliging uchun menga yoqasan.
- Sevgiga yo'ymassan har holda buni! - ishonarsiz tabassum qildi. - Menga yoqadigan sara fe'l-atvorlaringni sanadim xolos.
- Unda hayrli tong badfe'l kibor xonim. - oyoqlariga qalqigancha qiz sanab o'tgan 'ablax' deyilgan fe'l atvorini isbotlamoqchi bo'lgandek uning iyagidan tortdi.
- O'pma meni! - lablarini to'sgancha tahdidli ravishda kattalashtirdi ko'zlarini Soyun.
- Omo, xo'p, xo'p! - yosh bola singari norozi qiyofa yasarkan qizni joyida qoldirib davom etmoqchi bo'ldi.
Bir necha qadam uzoqlashish. Soyun allaqachon barmoqlarini lablari ustidan olib bo'lgan. Chalg'ituvchi harakat qilgan Jungkook o'sha zahoti shoshilinch ortga qaytgancha qizning lablari ustida o'ziga kerakli xohishni bajardi. Uzoq bo'lmagan bo'sa, biroq shunda ham tortuvchanlikni sezdirdi yigit.
- Ablax deya bergan maqomingga loyiq bo'lishim kerak. - Soyunning ta'rifini eslatdi. - Kechamiz ajoyib edi, tan olaman qo'polroq husband bo'ldim.
- Not only rude, but also so hot husband! - inglizcha ravon talaffuz bilan dedi.
- Yaxshisi, ko'zimga ko'rinma! Men sendan avval uyg'ondim, yuvinish xonasiga birinchi men kiraman.
- Siz uchun muntazir bo'lsin, Jeon kibor xonim! - teatr aktyorlari singari yuvinish xonasi tomon qo'llari bilan yo'l ko'rsatdi.
- Meni yomonlama, qara yo'qsa seni u yerda ham yolg'iz qoldirmayman! - xonada yolg'iz qolgach, telefoni bilan vaqt o'tqazmoqchi bo'larkan undagi xabarlarni ko'riboq tashvishlandi. - Jin ursin, bugun mijoz bilan uchrashuvim bor edi.