October 15

π’πŽπ‹πˆπ‚πˆπ“πŽπ‘ | π€πƒπ•πŽπŠπ€π“

15-qism

- Hozir istash, istamaslikni vaqti emas. - qizdan uzoqlashgancha yotog'i ustiga o'tirdi, - Sen bilan aloqa qilishni boshlasam prezervativdan foydalanaman deb o'ylardim, lekin endi buni keragi yo'qqa o'xshaydi. Seni qanday qilib tezroq homilador qilish uchun shifokor bilan maslahatlashishimiz kerakmi?

- Jungkook sen bu masalada jiddiy gapirmayapsan-a?

- Jiddiy emasmi? - bamaylixotirlik bilan davom etdi. - Meni oilam buni jiddiy qabul qilib bo'ldi, Soyun. Qachondan boshlaymiz buni, bugun yoki ertaga? Bugun bo'lsa ham ayni muddao, egningdagilarni yechish anchayin oson bo'ladi.

- Mazax qilyapsanmi meni? - asabiylashishdan Soyunning ko'zlari qisildi.

- Sen ham meni mazax qilmadingmi? - o'rnidan turgan yigit qo'llarini ko'ksi ustida birlashib turgan qiz qarshisiga keldi. - Nega mendan bu tarzda foydalanganingni tushunmayapman. Bu qanaqa tug'ilgan kun sovg'asi edi? Yana o'zingni tarmoqlarda mashhur qilmoqchi bo'ldingmi? Shuning uchun tug'ilgan kunga oilam bilan taklif qilganmidingiz? - odatdagidan farqli jahl bilan dedi Jungkook.

- Buni rejalashtirmagandim, men ham ahmoq emasman.

- Lekin sen shu ahmoqlikni qilding, bunaqa kutilmagan xabardan keyin tug'ilgan kun menikimidi deb ham o'ylab qoldim hatto!

Like that

Yigitning haqligi ma'lum. Soyun yuziga urulayotgan nafaslar oqimini sezmoqda. U nigohini boshqa nuqtaga ko'chirmagunga qadar buni Jungkook bilan bog'lab turdi.

- Men majbur bo'ldim, - eshitish uchun yetarli past ovozda dedi. - Men mehmonlar e'tiborini o'zimga qaratmasam juda yomon ishlar bo'lardi.

- Qanday yomon ish? - biroz tartibsizlashgan ko'rinishda javobni talab qildi Jungkook.

Soyun gapirmaslik uchun yuzini burarkan, Jungkookning sabrsizlanayotgani, javob istayotgani uning nafasi tugul yuz qiyofasida ham akslanib bormoqda.

- Soyun? - besabrlik bilan qizni chaqirdi.

- Chon xonim, - to'xtalish bilan sezilarli yutundi, - men 16 yosh vaqtimda u erini o'ldirgan. - yigitning qanday munosabatda bo'lishini ko'rish uchun nigohini unga ko'tardi.

Albatta hayrat va ishonmaslikning aksi ko'rinadi uning yuzida.

- Ko'zing bilan la'nat o'qiyotgan kabi qarama menga! - dag'dag'a bilan gapirdi Soyun.

- Qarsak chalaymi unda?

- Menga qarshi ish qilishga hadding sig'masin. - ko'rsatkich barmog'ini Jungkookka niqtadi. - Erim bo'lsang, meni himoya qilishing kerak.

- Ering ekanligim shunaqa paytda yodingga tusharkanda? Meni xotinim ekanliging ham yodingdami? - qizni yuziga atayin egildi.

- Yaqinlashma, Chon xonimga o'xshab men ham o'ldirib qo'yishim mumkin seni!

- Qanday o'ldirasan? - Soyunning 'yaqinlashmaslik' haqidagi ogohlantirishini beparvo qoldirgancha kutilmagan ravishda uni oyoqlaridan ko'tardi.

- Aynan hozir shu bo'yningdan bo'g'ib o'ldirsamchi? - tushib ketmaslikka urungan oyoqlari Jungkookning belidan qisdi. - Yoki boshingga qattiqroq jism bilan urishim kerakmi?

- Bolamizni otasiz qoldirasanmi? - bir necha qadam bilan ilgarilagancha xonadagi yagona deraza tokchasiga Soyunning anchayin yengil gavdasini tashladi.

Ochiq sonlar orasi esa o'zining sezilarli mushakdor tanasi bilan to'ldirilgan.

- Alamingni shunday olmoqchi bo'lyapsan-a mendan? - tixirlik qilayotgan qiz sonlari yuzasida Jungkookning barmoqlarini his qildi.

Ular nozik tanani osongina o'ziga yaqinlashtira oladi. Mazaxomuz jilmaygan Jungkook kafti orasidagi terini siqimlab turib shivirladi.

- Seni ta'ziringni berib qo'yishim kerakku! - qizning oyoqlaridan yanayam yaqin bo'lish uchun tortqilarkan, doimgi og'riqli tirnoqlarni sezib tabassumni yo'qotmay yuzini burishtirdi.

- Yolg'on to'qiganim uchun kaltaklaysanmi?

- Men hali ham bu yolg'on tafsilotlarini aniqlashtirib ulgurmadim, lekin buni bilishdan avval, - sonlar orasida majburan kerakli kenglik yaratib belini oldinga itargancha qarshisidagi qiz shaxsiy nuqtasiga* urildi. - bu yerda shu tarzda kaltaklasamchi?

- Bir gap aytaymi? - ishonch bilan jilmaygancha qo'llarini Jungkookning yelkasiga erkin tashladi. - Sen buni qilmaysan, lekin gapirishda davom etasan. Bu kabi axloqsiz gaplaring men uchun odatiy holga aylanib ulgurdi Jungkook.

Tilini lunjida sezilarli o'ynatgan yigit tabassumi yo'qolmagan, aksincha bu hozir uning yuzida yagona hukmron ifoda.

- Seni toza va pok qiz deb hurmat qilganimni boshqa ma'noda tushunibsanda demak?

- Hurmat qilish? Yuvinish xonasida meni majburlab deyarli aloqa qilganingni yaxshi eslayman. - kesatiqli so'zlar ortidan qizning qoshlari chimirildi.

- Takrorlashga nima deysan? - beruxsat ichkari sirg'algan qo'llar Soyunning beliga o'rnashdi. - Buni "qila olmaysan" degan fikringni o'zgartiraman!

- Qo'lingni ol! - yalang teriga sirg'alib kirgan barmoqlardan seskangancha tanasini orqaga tortishga urundi Soyun.

Biroq qochish uchun ko'zlangan yo'l amalda ish bermaydi, derazaning sovuq oynalari Soyunning tanasiga yoqimsiz haroratdek sezildi.

- Qo'rqishni boshlading, shunaqami Soyun? - Jungkookning ikkinchi qo'li anchayin ozg'in son yuzasini qisgancha beli atrofiga olib bordi. - Bir paytlar sen bilan majburan aloqa qilsam, ustimdan shikoyat qilish haqida aytganding. Endi seni zo'rlasam, kim menga aybdor sifatida qaraydi?

- Butun uyga baqirib seni sharmanda qilmasimdan avval qo'lingni mendan olasanmi?

- Familiyamni so'ragan o'zing eding. - Soyunning tahdidini eshitmagan kabi davom etdi Jungkook. - Va bizda nikoh bor. Nega endi meni uyimdagi birinchi kechangda biz buni qilmasligimiz kerak?

- Jungkook, baqiraman deyapman! - og'zaki tahdidini eslatgan Soyun yigitning ko'ksidan itarish uchun barmoqlarini harakatlantirdi.

- Baqirishni nima keragi bor? - qizning lablariga nigohini ko'chirgancha ularni o'pish maqsadida yaqinlashdi, - Sen bokiralikni yo'qotishdan qo'rqadigan 15 yoshlik qizaloq emassan. - shivirlab aytilgan kesatiqli jumlalar Soyunning lablari ustida tugatildi.

Aniq maqsad bilan yaqinlashishni uddalagan Jungkook lablarni tinch qo'yishga xohish sezmayapti. Bu avvaldan reja qilingan yondashuv emas. Soyunning hozirgi vaziyat haqidagi o'ylovi bo'sadan zavq olish emas, yigitga mensimaslik bilan aytilgan so'zlardan afsuslanish hissi edi. Uning kaftlari Jungkookning ko'ksiga kuchliroq bosim bilan bosilgan, biroq bu kamlik qilayotgan kabi yoki Jungkook o'zining erkaklik kuchini endi namoyon qilmoqda.

- To'xta, - yuzini burishga muvaffaq bo'lgancha nafas rostlashga urundi Soyun.

Hansiroq nafas ostida qolgan Jungkook o'zi kabi holatdagi qiz tashqi ko'rinishini tomosha qildi, titrayotgan lablardan tortib ochiq oyoqlargacha.

- To'xtatma! - burnini sochlar orasiga ishqalagancha shivirladi. - To'xtatma meni.

Nafas yetishmasligidan hosil bo'lgan hansirash buzuqlik belgilarini ifodalayotgan kabi o'zgargan. Jungkook burnini nozik shakllangan bo'yin qirg'og'iga qadar tushirgachgina nafsoniyatining darajasini sezdi. Seziluvchanligi yuqori bo'lgan teriga lablarni bosish. Uning harakatlari telba oshiqniki singari o'zgarib ketdi. Jungkookning lablari Soyun iyak chiziqlari-yu, tomoq ostiga qadar bosilmoqda. Ehtiros hayajoni tanalarni bezovta qilib ulgurgan. Yigit yuzini o'zidan uzoqlashtirmoqchi bo'lib iyagidan tutgan qizning kaftlarini birlashtirish orqali pastga tortdi. Bilaklar egallangan. Ongni boshqarayotgan xohish ustunlik qilgancha Jungkookning tishlari bo'yin terisiga botirildi, bu ilk marta.

- Jungkook, bas qil! - sezilgan og'riqdan noligancha bo'ynini qisish orqali uzoqlashishga urundi Soyun.

- Buni qilsak sendan va mendan nima ketadi? Bir umr o'zingni bokira holida saqlamoqchi emasdursan?! - qizning egnidagi o'ziga tegishli ko'ylak tugmalariga qo'l yugurtirdi. - Oz bo'lsa-da bir-birimizga qiziqamiz, jinsiy aloqa qilish bizni afsuslantirmaydi.

- Jungkook bas qil, biz seni uyingdamiz. - bo'shatilayotgan tugmalardan ochiqlanayotgan tanasiga qaradi qiz.

- Biz buni shundoq ham seni uyingda qilmasdik, Soyun. - majburan yelkalardan quyi tortildi ko'ylak. - Qora ichki kiyimlar! Doim shu rangdagi to'plamlardan foydalanasanmi?

- Sen rostan ham buni men bilan qilmoqchimisan? Jiddiy emassan, to'g'rimi Jungkook? - yigitning so'zlari va qiyofasiga ishonmay jilmaydi.

- Qo'rqyapsanmi? - Soyunning tashvishli yuzidan hayratlandi Jungkook.

- Jahlimni chiqarma!

- Men uni allaqachon chiqarib bo'lganman deb o'ylagandim. Ishon, jinsiy aloqa qo'rqinchli emas. - oyoqlaridan tortib yaqinroq qilingan Soyun o'ziga juda yaxshi sezilgan yigitning erkakligini* his qildi. - Yo'qsa juftliklar buni kuniga ikki-uch martalab qilishmasdi.

Soyunning kurashishi davomiy bo'lishi aniq. Lablar qayta egallanishiga til ishtirokidagi namlik aralashganda qizning qomati tokchadan yuqori ko'tarildi.

- Chigal muammolar bilan aralashib turgan paytimizda biz buni qila olmaymiz. - iliq ohang bilan Jungkookni murosaga olib kelishga urundi.

- Muammolardan chalg'ish yaxshiroq yechimdek ko'rinyapti, kibor xonim.

- Jin ursin, pastga tushur meni!

- Tushuraman, - vazmin ovozdagi yigit tokchadan ko'tarilgan tanani yotog'i ustiga tashladi.

Oyoqlar orasiga joylashish mushkul emas, faqatgina norozi qiyofani bartaraf etish kerak. Egalik bilan yuqoriga joylashgan muskulli gavdani siljitish esa imkonsizdek.

- Yaxshi, seni mensimay aytgan gaplarim uchun meni afsuslantirishga erishding. Endi buni to'xtat!

- Afsuslanma, - yelkasidan tutilgan kaftni ushlagancha lablariga olib bordi.

Tashqi tomondan juda oddiy ko'rinadigan kabi kaftlardan o'pish. Bu kichik harakat deyarli mehr his qilmagan qiz uchun o'zgacha tuyuladi.

- Shuncha vaqt davomida biz bir-birimizni yetarlicha bilib ulgurdik, Soyun. Buni qilish ajoyib bo'ladi. - qizning yumshagan ko'zlarini ko'rgan yigit tartibsiz sochlarni to'g'irlab o'tdi.

- Meni gipnoz qilishga urunyapsan-a? Yoki shunchaki birinchi aloqa zavqi uchun foydalanmoqchi bo'lyapsan.

- Birinchi aloqa zavqi? - qoshlarini yuqoriga cho'zgancha hayron qaradi Jungkook. - Bu hech qachon juda zavqli bo'lmaydi, birinchi deganda erkaklar o'zlari tegingan ayolga undan avval hech kim qo'l tekkizmaganidan zavqlanishadi xolos. Aslida bu ikkala inson uchun ham noqulay.

- Noqulay?

- Boshlanishi noqulay. - behayo tabassum qilgan yigit Soyunning yuzida o'pich qoldirgach, o'z tanasini ko'tardi.

Uning qorachiqlari qizning hozirgi yuz qiyofasiga qaratilgan, Soyun esa yuqori gavdasini ochiqlayotgan yigitni kuzatdi. Har bir tugma bo'shatilishi kelgusi hayajonni kuchaytirmoqda.

- Men qaysidir erkak bilan bunday yaqinlik qilishni shunchaki tasavvur qilolmayman.

- Tasavvur qilishni keragi yo'q, - matoni tanasidan uloqtirgan yigit ko'ksini sezilarli harakatlantirayotgan hansirash bilan nozik tanani qayta egalladi. - Tasavvur umuman kerak emas, his qilish eng muhimi.

Qoniqish uchun ezilgan lablar qondagi haroratni oshiradi. Iyak ostiga tegilish hissi kuchliroq hayajonni keltirib chiqargan, chunki endi bu boshlangani kabi ohistalikka ega emas. Jungkook lablari orasiga tortilayotgan terini maroq bilan ezg'ilaydi. Behayo qo'llari bo'sh turishni xohlamagan kabi yelkadan o'tgan ichki kiyim tasmasini tirsaklarga tomon siljitadi. Ko'rinish berayotgan tana qismi ortidan Soyun yostiqdan boshini ko'targancha ortga chekinish maqsadi bilan oyoqlarini yotoq ustiga qattiqroq bosdi, biroq bu Jungkook uchun yaratilgan osonlik edi. Jungkookning ortga yo'nalgan kafti kichik masofa bilan yuqori ko'tarilgan tananing kiyim tasmasini juda oson bo'shatdi.

- Soyun, - qizning ko'ksini ochiq qoldirgan yigit buzuq nafaslari bilan dedi, - Men buni ushlab turolmayman, aynan hozir. Shu paytgacha bo'lgan iflos hislarimni boshqara olmayman.

Qanday javob ma'qul kelishini bilmagan qiz hirsga berilayotgan yigit ifodasini kuzatdi. Lablar harakati to'xtovsiz. Qomatni yanada chiroyli ko'rsatayotgan o'mrov suyagi chizig'i ham hirsni kuchaytirayotgandek. Jungkook Soyunning ko'ksi yuzasida barmoqlarini sezilarli bosgach birinchi galda qilgani kabi nam og'zini sezdirdi. Ochiq badanda sirpanayotgan qo'llarni ham niyatidan qaytarish imkonsiz. Janjallashish bilan boshlangan suhbat davomi kutilmagan xohishlarga almashib ketdi.

O'pichlar oyoqlar orasiga yetganda ular qisman tishlar bilan ham azoblandi. Soyun Jungkook ta'kidlagani singari bokiralikni yo'qotishdan qo'rquvchi qizaloq emas, bu uchun arziydigan inson bilan yuzlashishni xohlagan. Qizning nigohlariga ega chiqqan yigit oxirgi keraksiz matoni tortib oldi. Ikkisi ham tasavvur qilmagan kun, vaqt va holat.

- O'tgan galda men bu yerga qaraganimni eslay olmayman. - nopoklikka undovchi hansirashdan ko'ksi ko'tarilib tushayotgan Jungkook quyi tomon ko'chirdi nigohlarini. - Uni* chiroyli deb atash mumkinmi?

- Jin ursin seni advokat! - tixirlik bilan oyoqlarini birlashtirdi qiz. - Men buni endi ham xohlamayman.

- Endimi? - xotirjam shimini bo'shatishga kirishdi, - Mening shaxvatim qo'zg'alib ulgurgandaya?

- Barmoqlaringni yordamga chaqir!

Jiddiy qiyofa Jungkookning yuzida aks etayotgan yagona ko'rinish, ko'zlar ehtirosdan qisilib ulgurgan.

- Men bu gal ortga qaytmoqchi emasman. - shimini pastga tortishni boshlagan yigit boshqaruvsiz so'zida davom etdi, - Tan olaman, bu mukammallikni egasi bo'lmoqchiman.

Yalanglikka ega bo'lgan yigit gavdasini ko'targancha tashvishli qarayotgan Soyunning to'piqlaridan ushlab tortdi. Har bir urinish juda tez bajarilmoqda. Qizga butunlay engashgan erkak qarg'ishni chiqarmoqchi bo'lgan lablarni so'zlardan quruq qoldirgancha ularni egalladi. Betartib o'pishish. Oyoqlarni chetga surmoqchi bo'lgan Jungkook ulardagi inkorni sezdi.

- Qisma, - ko'z qiri bilan Soyunning yuzini kuzatgancha quloqqa shivirlab o'tdi, - Oyoqlaringni och.

- Bu og'riq berishi kerakmi? - avval sezilmagan titroq bilan dedi.

- Ha, - og'riq haqida ogohlantirishni ma'lum qilgan bo'ldi, - lekin chidab bo'lmaydigan darajada emas. Bunga tegin! - qizning barmog'ini jinsiy a'zosiga olib bordi.

Kaftiga tegingan iliqlik hayajonni kuchaytirgancha, Soyunning nafaslari buzildi.

- Buni qilishdan avval qo'rquv sezaman deb o'ylamagandim. - barmoqlarini tortib olmoqchi bo'lgan Soyun kafti ustiga o'ralgan Jungkookni kaftini sezdi.

- Birgalikda qilamiz, - erkakligi atrofida o'ralgan barmoqlarni qattiqroq ushlagan yigit kerakli nuqtada o'zini sezdirdi.

Nopok suyuqlik bilan yaltirash kasb etgan nozik chiziqlarda ishqalanishdan so'ng ichki shirin yo'lni egallash uchun botirilgan jinsiy a'zo o'sha zahotiyoq og'riqni keltirib chiqardi. Belini oldinga to'xtovsiz itarayotgan Jungkook noqulay qisilishdan shivirlash bilan so'kindi. Qo'lini tortib olgan Soyun esa yuqorisidan egallagan Jungkookning yelkasini qisdi.

- Bu o'xshamaydi, to'xtat! - og'riqdan norozi ingrandi Soyun.

Orqaga surilgan yigitdan erkinlik sezgan qiz xursandchiligi soniyaga ham cho'zilmadi. Qattiqroq bosim bilan ichkarilashga urungan Jungkook qarshilikni e'tiborsiz qoldirdi. Avval umuman egallanmagan yo'lga og'riqli kirishni davom ettirgan yigit qiyofasi butunlay o'zgararkan Soyun og'riq bilan burishdi, biroq ovozini nazorat qilishga urunmoqda. Kerakli qismgacha davom eta olgan yigit ushlab turgan nafasini tashqariga chiqargancha o'zi ega chiqqan ayol yuziga qaradi. Sezilarli ko'z yoshlar bor.

- Juda qattiq og'riq bilan bezovta bo'lsangda g'ururing buni yuzaga chiqarmaydi, shundaymi? - ortga surilish bilan oldinga takror harakatlangan Jungkook yangi og'riqni hadya qildi. - Bu sof parda baribir menga nasib qildi, oyoqlaring men uchun ochiladi deganim yodingdami? - xirillash bilan dedi.

- Seni o'ldirishga tayyorman, Jungkook!

- Qachon bo'lsa ham, faqat hozir emas. - tahdidga beparvolik qildi u.

Qon yuqini kuzatib o'tgan yigit barmoqlari qizning sonlari orasidagi kenglikni o'zgartirib buni takrorladi. Vanihoyat u erisha olgan qiz. Har bir surilishda Soyun ovozini yutishni maqsad qilgan singari bo'g'zini bunga majburlamoqda.

- Bu qavatda faqat biz bormiz, - quloqlarga hansiroq nafasini yo'naltirgancha gapirdi. - Ovozingni majburlama.

Jungkook ta'kidlab o'tgan zavq. Shirin yo'lni to'xtovsiz egallashda davom etadi u. Nolish orasida uni haqoratlayotgan qiz so'zlari aniq.

Har bir haqoratda Jungkook qattiqroq itarilish bilan bu shaxsiy qismni egallamoqda, biroq u jinsiy aloqa qilib ko'rgan boshqa ayollardan farqli qizni yigitga atalgan axloqsiz jumlalarini to'xtatmaydi. Soyunning oyoqlari sekinlashtirish maqsadida yigitning belini qismoqda. Jungkook, har gal aksincha qilgancha ularni ochish uchun qizning sonlariga barmoqlari bilan zo'ravonlik qiladi.

- Bu yoqimsiz jarayon deb aytma. - rohatini boshqara olmayotgan yigit og'ir xirillashdan so'ng buni davom ettirdi.

*

Haqiqiy juftlik singari orttirilgan tongning ilk soatlariyoq janjalli tortishuvlar bilan boshlangan. Jungkook Soyunning bilaklaridan tutgancha uning tashqi emotsiyasiga nisbatan teskarisi bilan jilmaydi.

- O'zim ham aytgandim, zahar tiling qayerga yo'qolib qoldi deb? Shirin tong ham orttira olmaymiz biz.

- Shirin? Sen uch marotaba takrorlading buni, yoqimli tong hadya qilish uchun kuchim qolganmidi seningcha? - chimirilgan qoshlarini saqlab qolgancha norozi tikilishda davom etdi.

- Buni aytish bilan meni g'ururlantiryapsan, - mag'rur tabassum qildi Jungkook.

- Jungkook, qo'limga g'isht bersang shu yuzingni rasvosini chiqaraman.

- Menga tahdid qilishdan nariga o'tasanmi? - ko'ksi ochiq bo'lgan yigit jahl bilan gapirmoqchi bo'lgan o'z kiyimidagi qizni yaqinroq tortdi o'ziga, - Kerakmas, jahl qilma. Og'riqni takror va takror sezdirgan bo'lsam kechir, shunchaki bu menga yoqdi. Sen ajoyib ayolsan. - vazminlik bilan dedi Jungkook, - Lekin baribir bu jangda men g'alaba qozondim, bokiraliging meniki edi.

- Can I curse you again, Mr. Solicitor? - haqoratlashi mumkinligini so'radi Soyun.

- No, I don't like it.

- Fuck you* - Jungkook yo'q deyishiga qaramasdan buni qilgan Soyun ikkisining ham kulgusiga sabab bo'ldi.

- Sen bilan buni qilganimizga ishonmayapman.

- La'nati, bas qilasanmi yo'qmi buni gapirishni? - deyarli o'shqirish bilan javob berdi qiz.

- Ande, endi har kuni buni eslatib tursam kerak.

- Qiz bola bo'lib tug'ilganingda bormi, Jungkook!

- Nima qilarding? - qo'llarini ko'ksi ustida aylantirdi, - Kecha tunda men qilgan ishni qilgan bo'larmiding?

- Daf bo'l! - tortishishni istamadi Soyun.

- Bo'yningni yashir, u yerda qandaydir qizil dog'lar ko'rinyapti. - hech nimani bilmagandek gapirgan yigit qizni asabiylashtirishda davom etdi, - Men ketdim.

*

- Xo'sh biz tayyorlayotgan sovg'a homilador ayolga zarar keltirmaydimi? - kesatiq bilan gapirgan erkak planshet ekranidagi Lee Soyun va Jeon Jungkook haqidagi xabarlarni kuzatgancha kuldi. - Nima deb o'ylaysan, Taehwa?

- Men shunchaki u xabarlarni barcha mehmonlar telefonidan o'chirtira olganiga qoyil qoldim. O'sha yigitcha juda yaxshi ishlayapti.

- MinGyu? - savolli tarzda qoshini ko'tardi, - Uni hozircha qo'yib tur. Internetni portlatish anchayin qiziq bo'ladi.

- Videolarni hammasini bir vaqtda saytlarga yuklashim kerakmi, yoki davomli syurpriz bo'lishini istaysizmi janob?

- Hmmm, davomli bo'lsin. Hamma bu qizaloq foxishaxonadan chiqqanini bilishi kerak va bombaning har kuni tashlanishi ko'proq joyni vayron qiladi Taehwa.

- Chon Sarangning eri qotili ekanligini davom ettirmaymizmi?

- Bu uchun dalilimiz yo'q, shunchaki Soyunni vahimali yuzini ko'rgim kelgandi. - ohista jilmaygan erkak brmoqlari bilan stol yuzasida pianino chalayotgan singari harakat qildi. - Endi esa sirli sandig'imiz boyliklaridan ommani ham xabardor qilaylik, Taehwa.

*

Oradan o'tgan 2 soatga yaqin vaqt muammolar va tortishuvlar bilan yakunlangan uydan chiqa olgan Soyun bola haqidagi g'avg'oni Jungkook singari uning oila a'zolariga tushuntirishga harakat qildi. Uy hovlisida uni kutib turgan mashina va yigitni ko'rgach qayta qoshlari chimirildi uning.

- Qayerga borasan hozir? - qizdan so'radi Jungkook.

- Ishing bo'lmasin!

- Atay tixirlik qilyapsanmi? O'zim ham olib borib qo'yishim mumkin edi.

- Meni shaxsiy yordamchim bor, senga kunim qolmagan. - kesatish bilan dedi Soyun.

- O'sha shaxsiy yordamchingga turmushga chiqib undan homiladorman desang bo'lmasmidi? - qizdan qolishmay javob berdi u

Ko'zlarini chaqchaytirib qaragan qiz jahlining holatini ko'rsatib, mashina eshigini ochib uni kutayotgan yigitga ham shunday qaradi.

- Kechani o'zidayoq kelishing kerak edi!

- O'zing qo'ng'iroq qilaman deb qilmadingku, meni nima aybim bor? - MinGyu

- Ha, atrofimdagi erkaklar borasida yaratganning la'natiga loyiq ko'rilgan bo'lsam kerak.

- Aksincha, bizdek kelishgan yigitlar soni kam. Qadrlang bizni Lee xonim! - jilmaygan yigit mashinaga o'tirishga imladi.

O'rindiqqa joylashgan qizning nigohlari uy oldidagi yigitga qadalarkan, tunning xotirada qolgan tafsilotlari gavdalandi.

β€’ Mening birinchi erkagim. Bu tanamdan bir kecha uchun foydalanadigan allaqanday erkak emas, menga yordam berish yo'lini tanlayotgan yigit bo'lganidan xursand bo'lishim kerakmi? Negadir bu hamon men bilan sodir bo'lganiga ishonolmayapman. Hayot tarzimni o'zgartirishni uddalayotgan advokat...

- Nega bu yerda muxbirlar ko'p, kechagi uchunmi? - mehmonxona kirish qismida to'planib turgan odamlarga qaradi MinGyu.

- Ular tinch qo'yishadimi yoki yo'qmi? Orqa tomonga hayda MinGyu.

- Birgina homiladorlik xabari haqida sovuqda shuncha soatlab turish shartmi?

Orqa eshikdan mehmonxonaga kirgan Soyun xodimlar e'tiboriga tusharkan, kamgap boshliqlariga ko'z qirida achinish va tashvish bilan qarashardi.

- Nima bo'ldi xonimlar? - dangallikka ega bo'lgan Soyun unga hayrat bilan qarayotgan qizlarni savolga tutdi. - Meni bugun ko'rib turibsizmi?

- Yo'q xonim, shunchaki biz internetda tarqalgan yangiliklardan hayron qoldik xolos.

- Ayol kishi homilador bo'lishi shunchalar hayratlanarlimi?

- Y..yo'q, bu u emas. - ikki qiz bir-biriga qaragancha kalovlandi.

*

Mashinani avtoturargohga qo'yib qaytayotgan MinGyu orqaroqdagi muxbirlarni birini chaqirdi.

- Hoy, qarab yubora olasizmi? Sovuqda bu yerda turish nega kerak? Agar mehmonxona ijrochi direktori munosabatlari haqida intervyu olmoqchi bo'lsangiz ketavering, xonim bu haqida boshqa ma'lumot bermaydi baribir.

- Hozirgi yangiliklar kecha aytilganidan ham qiziqarliroq bo'lyapti, internetdagi videolarni ko'rmadingizmi? - qo'llarini ishqalab qo'ydi yigit.

- Qanaqa video?

- YouTube, Twitter yana bir qancha Google saytlarida Lee Soyun avval foxisha bo'lgani haqidagi sharhlar bilan unga qilingan zo'ravonliklarni videolari tarqab ketdiku.

Hayrat bilan qarshisidagi muxbir yigitni eshitgan MinGyu avtoturargohga qaytishni boshladi. Fikrlari esa hozirgi ta'riflangan videolarni qidirib topishga qaratilgan.

15-qism tugadi.