πππππππππ | πππππππ
Shov-shuvlar ommaviy axborotni portlatishgan ulgurgan. Chon sulolasiga tegishli bir asrdan ortiq muddat davomida faoliyat olib borayotgan mehmonxona ijrochi direktorining foxisha deb atalishi oddiy xalq orasida ham noroziliklarni yuzaga keltirgan. Bu namoyishni uyushtirayotganlarning ba'zilari atayin yollangan, ba'zilari esa ularga ergashgan ongsiz insonlar xolos. Biroq "foxisha" boshqarayotgan mehmonxona bunga yanada kengroq imkoniyatlar yaratib bermasligiga so'ralayotgan kafolat va Soyunning bu lavozimdan ketishi haqidagi so'rovlar soni soatlar ichida kuchayib ulgurdi.
Markaziy prokuratura binosiga o'z ishi bo'yicha qadam qo'ygan Jungkookning qiyofasi hayratlanarli ravishda o'zgargan. Kutish zalida o'tirgancha, soat sayin yuklab borilgan bir qancha videolarni ko'rayotgan Jungkook oxirgi videodagi qichqiriqni eshitgan zahoti telefonini o'chirgancha uni barmoqlari orasida siqimladi. Har bir videoda Soyunning qay tarzda majburlanganligi aks etgan holatlar bor, buni bajarayotgan insonlar yuzlari esa xira tasvir bilan berkitilgan. Jungkook qulog'i ostida saqlanib qolgan qichqiriq ovozini yo'qotishga urunib o'zini chalg'itmoqchi bo'lsa ham bu ohang to'xtovsiz takrorlanmoqda.
- Janob Jeon, kirishingiz mumkin. Bosh prokuror sizni kutyapti. - qog'ozlarga o'ralashgan qiz kursidan gavdasini ko'tarmay o'tirgan yigitga murojaat qildi. - Janob Jeon?
- Bosh prokurorga boshqa kunda kelishimni ayta olasizmi? Men unga ma'lumotlarni pochta orqali jo'nataman. - qizni e'tiborsiz qoldirgan yigit o'rnidan shoshgancha turdi.
- Nima? Janob Jeon, hoy! - qiz hayron qolgancha yigit orqasidan baqirarkan, ichkariga kirib nima deyishi haqida o'yladi.
Jungkook ko'ksidagi his hozir Soyunni chalg'itishni istaydi, biroq u hali ko'rmagan bo'lishi mumkin degan fikr ham bor unda. "Kibor xonim" deya saqlab qo'yilgan telefon kontaktiga qo'ng'iroq qilishdan oldin o'ylanib qoldi, hozir unga nima deydi?
- MinGyu! - Soyunni yonida bo'lishi mumkin bo'lgan odamga qo'ng'iroq qildi.
- Eshitaman Janob Jeon, - vazminlik bilan javob berdi yigit.
- Soyun xabar topmadimi? - maqsadga o'tdi Jungkook, - U qayerda?
- Mehmonxona eshigi muxbirlar va norozilik namoyishi bilan kelganlarga to'la. - derazadan pastga qaradi MinGyu, - Soyun allaqachon xabardor, mehmonxonadagi o'ziga tegishli xonaga qamalib olgan.
- O'ziga zarar berib qo'ymaydimi? - biroz vahima bilan dedi Jungkook. - Uni xonasini ikkinchi kaliti bormi?
- Ikkala kalit ham Soyunning o'zida ekan, qolaversa, u o'ziga nisbatan qandaydir yomonlik qilishiga ishonmayman.
- Undan xabar olib tur, men boraman. - qo'ng'iroqni yakunlagan yigit mashinani boshqarish davomida ko'ziga ko'ringan do'kon oldida beixtiyor to'xtadi. - Bu senga yoqadi, nazarimda!
Muxbirlar bilan yuzlashishdan qo'rqmagan Jungkook aynan ular bor yerda to'xtatdi mashinasini. Uning baland qomati ko'rinish bergan zahoti kameralarning yorqin chiroqlari, turli xil o'lchamdagi mikrofonlar uning atrofini o'rab oldi.
- Janob Jeon, Lee xonim haqidagi xabarlar rostmi? Siz bu haqida bilarmidingiz?
- Kechagina Lee xonim homiladorman deb aytgandi, bu bola rostan ham siznikimi?
- Lee Soyun qachon bunga aniqlik kiritadi?
Ketma-ket yog'dirilgan savollar. Jungkook ularning barini e'tiborsiz qoldirgancha yon o'rindiq eshigini ochib yo'lda sotib olgan gul o'ramini qo'liga oldi.
- Kechirasiz xonimlar va janoblar, o'tishimga imkon yaratib bersangiz. - vazmin holatda tabassum qildi Jungkook. - Homilador rafiqamni ko'nglini olishim kerak.
"Rafiqa" so'ziga urg'u bergan yigit matbuot xodimlarini yangi shok xabar bilan hayron qoldirdi.
- Uzr so'rayman, biroq "Nikohidan avval homilador bo'lgan biznes ayoli" va "Foxisha ijrochi direktor" deb chiqarilgan maqolalaringiz uchun butun matbuotingiz bilan sudda yuzlashishga tayyor turing. - qat'iyat bilan gapirdi Jungkook. - Birozdan so'ng men da'vo arizalarini taqdim etishni boshlayman. Qolaversa, - gaplarida to'xtalgan yigit atrofidagilarni kuzatib o'tdi bir muddat, - Lee Soyun emas, Jeon Soyun deb murojaat qiling. Biz allaqachon turmush qurib bo'lganmiz.
Gapi so'nggida nikoh uzugi taqilgan barmog'ini yuqori ko'tardi Jungkook. Su'ratlar tinimsiz olinmoqda. Har bir so'zlashuvda esa inson qonidagi qaynoq harorat lablar orasidan tashqariga yuguradi. Muxbirlar va kameralar qatorini buzib o'ta olgan Jungkook Soyunning o'ziga ajratgan xonasi qayerda ekanligini so'rarkan, qabul bo'limi xodimlari buni unga shunchaki ma'lum qilishdi. Qo'lidagi gulga nigoh tashlab qo'ygan yigitning hayoli yana u ko'rgan videolar xotirasi bilan to'ldi.
- Ah, men bu qiz uchun o'zimni qurbon qildim. - jurnalistlarga erkin ayta olgan gaplarini eslab jilmaydi.
U foydalangan liftning qatnovi bosilgan tugmalarga mos ravishda 18-qavatda to'xtadi. Kerakli xonani izlayotgan Jungkook keng bo'lmagan korridor devorida suyanib turgan yigitga duch keldi.
- U ichkaridami? - MinGyudan so'radi. - Hali ham chiqmadimi?
- Yo'q, hattoki biror tovushi ham chiqmayapti. - Jungkookning qo'lidagi gulga qaradi, - Bu gul ungami, lekin nega?
- Shunchaki, kayfiyatini ko'tarish uchun.
Soatlar davomida harakatga kelmagan lablar. Bu tiniq yuzda faqatgina ko'z qovoqlari ba'zi-ba'zida titrab turadi. Yuz hech qanday hissiyotni kasb etmoqchi emas, u kimyoviy moddalarda maxsus muzlatib qo'yilganga o'xshaydi. Ammo ichki olam va undagi hislarning qorishgan ummoni ham xuddi shunday holatda deb aytishning imkoni qay darajada?
Mehmonxonadagi shaxsiy xonasiga kirgan zahoti o'zini tashqi olamdan qulflagan Soyun oyoqlarida behollik sezib o'sha yerda qoldi. Hissiyotsiz ko'zlari o'smir davrlarida zug'm qilingan videolarni birin-ketin tomosha qilmoqda. Kirish eshigi yonidagi devordan polga cho'kkan tanasi xuddi bu og'riqlarni qayta his qilayotgan kabi. Buni qilganlarning asl maqsadi foxisha deya nomlangan iflos urug'ni atrofga yoyish emas, Soyunning ruhiyatiga ta'sir o'tkaza olish bilan ko'zlangandek.
- Foxishami? - video ostida paydo bo'lgan sharhni o'qidi. - Buni qilayotganimda meni kuzatib turganmidingiz? - odamlardan nafratni his qilishni boshlagan qiz eshik ortidagi boshqa ovozga e'tiborini qaratdi.
- Hoy, kibor xonim, "sevgilim" va rafiqam. - eshikni taqillatdi Jungkook. - Seni ko'rgani keldim, ahvollar qalay? Birinchi oqshomingdan keyin bezovtalik yo'qmi?
Yuzi o'zgarmagan qiz lablaridagi sukutni saqladi.
- Eshikni ochaqol, seni bu qadar uyatchang ekanligingni bilmagandim. - hazilomuz gapirayotgan Jungkookning yuzida bunga yarasha tabassum bor.
Biroq har bir so'zning javobsiz qolishi bu yuz ifodasini yengib bormoqda. Ilk bor Soyunning orqa gavdasi-yu tirsaklarida qolgan chandiqlar tasvirini ko'rganini eslagan Jungkook bo'g'zida eshitilarli tovush bilan yutundi.
- Bilasanmi nima, - vazmin ovozda gap boshladi bu safar u, - men uzr so'ramoqchiman. Ko'p bora sovuqqonsan va jilmayishni bilmaysan deganlarim uchun, shunchaki men bular haqida bilmasdim. - barmog'i bilan eshikka ikki marotaba urdi Jungkook. - Eshityapsanmi, men oltinga teng gaplarni aytyapman sen uchun. Keyin bemalol kamsitsang bo'ladi.
Yigitning muloyim ohangini eshitayotgan Soyun yuzini u tomonga burmadi. Telefonda namoyish qilinayotgan real xotira qorachiqlar harakatini qotirib qo'ygandek. Jungkook kelgan vaqt 10 daqiqaga o'zgargan va endi u eshikka suyangancha yerda o'tiribdi. Qiz hamon beparvo. Biroq eshikning yer bilan orasidagi tirqishdan tiqilgan gul yaprog'i uning ko'zlarini harakatga keltirdi.
- Men senga gul olgandim. - gul yaproqlarini uzishda davom etgan Jungkook ulardan birini yana ichkariga itardi, - Bu ketishda ularni senga berolmaydiganga o'xshayman, lekin yaproqlarni berishim mumkin ekan.
Eshik ostonasida ko'payayotgan rangli yaproqlar Soyun shuncha soatdan buyon chiqarishni istamagan yoqimsiz hisni qo'zg'atgandek bo'ldi. Barmoqlarini cho'zgancha ulardan birini barmoqlari orasiga olgach, bo'g'zi orqali yuqori ko'tarilgan achchiq yosh yuzida nam iz qoldirdi. Ko'rsatkich barmoq bilan ichkari surilayotgan yaproqlar soni ortmoqda. Yuzdagi namlikni bartaraf etishni istagan qiz kafti yuzasiga ularni ko'chirdi.
- Urushga borib kelgan gulni menga sovg'a qilmoqchimisan? - eshikni ochgan Soyun ostonadagi yigitga g'amginligini sezdirmaslikka urundi. - Qolganini ham yulib olmasingdan uni menga ber! - gulni olish uchun qo'l cho'zdi.
- Uxlab qolganmisan deb o'ylagandim. - o'rnidan turgan yigit gulni qizga bermasdan ichkariladi. - Bunday yomon qarama, gulni olib eshikni yuzimga yopishingni taxmin qildim.
- To'g'ri o'ylabsan! Gulimni berasanmi yoki yo'q?
- Beraman, qani ushla. - o'ram ichidan birgina gartenziyani chiqargancha uzatdi Jungkook. - Olaqol!
- Nega bitta? - norozi bo'lgancha gulni oldi Soyun. - Qolganichi?
- Agar uni o'rami bilan birga sovg'a qilsam bittada tugab qoladi, har bir gulni alohida ajratib bersam senga ko'proq gul bergan bo'laman. - har dona gulni uzatishda davom etdi yigit.
Jungkook qizning so'nib ulgurgan ruhini yorqinroq qilishda harakatda. Soyun har bir gulni qabul qilmoqda, unga jilmaygancha gullarni to'xtovsiz uzatayotgan yigitni kuzatmoqda ham. Hech qachon unga nasib qilinmagan iltifot ilk bor qarshisida uni buzuqlikka undaydigan odam bilan bo'lishi ko'ksi ostidagi yuragini titratdi hatto.
- Sen ahmoqsan, janob advokat. - bu gal yoshlarni boshqara olieshga qurbi yetmadi uning.
O'ram ichida qolgan yana ikki dona gul. Soyun lablarini to'sish orqali yig'idagi ovozini to'sdi. Jungkook uning mahzunlikka berilib ulgurgan yuzini kuzatarkan, achinish bilan qizga tikildi. U o'zida qolgan gullarni Soyunni quchog'iga bosarkan, o'zining bag'rini shu nozik qomat egasi bilan to'ldirdi.
- Yig'layqol, yig'lab turish kerak. Sen ham odamsan, hissiz tosh emas Soyun. - Jungkookning horg'in chiqqan ovozi qizga juda yaxshi eshitildi. - Faqat ko'p yig'lama, yo'qsa kecha oqshom seni bokiraligingni tortib olganim uchun yig'layotgan qizaloq deb o'ylayman seni.
- Sen juda pastkash odamsan. - qo'lidagi gullarni Jungkook yelkasiga urdi Soyun. - Senga buni eslatmaslikni aytgandim.
- Biz bir-birimizni jig'imizga tegishni yoqtirmaymizmi? - tishlari oqini ko'rsatib kulgan yigit qizning boshini ko'tardi. - Masxara qilish anchayin qiziqroq.
Jungkookning tanish bo'lib ulgurgan qiyofasini qayta o'rgangan Soyun, barmoqlarini band qilgan gul dastalarini yerga tashlagancha yigit labiga intildi. Hayrat. Jungkookning qoshlari yuqori cho'zilishi buni isbotlaydi. Soyun tomonidan bo'lgan birinchi tashabbusni boy berishni istamagan yigit birozdan so'ng aynan o'zi ingichka lablarga egalik qildi. Lablarni beixtiyor istak bilan tortqilash esa hayajonni oshiradi xolos.
- Meni o'pishing uchun birinchi jinsiy aloqamizni qilishimiz kerak bo'lgan ekanda? - hansiroq bilan gapirgan Jungkook yana bir mazaxlash bilan qizning kayfiyatini o'zgartirishga harakat qildi. - Kechagidan keyin meni yana xohlab menga tashlanmoqchi emasmisan, ish qilib?
- Agar shunday bo'lsa kim seni meni qo'limdan qutqaradi?
- Ande, - o'ynoqi ifoda hosil qildi Jungkook yuzida, - so'z beraman, men hatto ovozimni ham chiqarmayman.
- Yaramas, gul uchun minnatdor ekanligimni rad etmayman. - yuzidagi namlikni artdi Soyun.
Ko'zlardagi qizarishni ko'rsatishga xohish yo'q. Soyun egilgancha oyoq ostidagi gullarni qayta yig'a boshladi.
- Sen minnatdorligingni aytding, lekin ularni oyog'ing ostiga tashlading. Qanchalar ikkiyuzlamachisan Soyun! - hafsala bilan yuz burgan yigit unga teng javobni berishni kutayotgan qizga qayta qaradi.
U hamon orada burnini tortgancha, gullarni qayta yig'ish bilan ovora.
- Kibor xonim, - qiz singari yerga cho'kdi Jungkook, - odamlarning gapiga e'tibor qilma. Sen his qilgan og'riqlar darajasi qanday bo'lganini men bilmayman, lekin endi bu qorong'u o'tmish uchun og'rinma.
- Kimdandir motivatsiyali gaplarni eshitish g'alati bo'larkan. - yuzini nari oldi Soyun, - Bu ahmoqlikdek tuyulyapti.
- Seni himoya qilishga va'da beraman, - vazminlik bilan davom etdi Jungkook. - Xafa bo'lganingda, yiqilib qolganingda ham seni qo'limdan kelganicha himoya qilaman.
- Men o'zimni himoya qila olaman.
- Qachondir shunday vaziyat paydo bo'lganda, unda! - Jungkookni ko'zi stol ustida qoldirilgan uzukka tushdi. - Meni uzugimmi?
- Aslini olganda meniki! - Jungkook olgan uzuk qaytarishni talab qildi Soyun, - Uni menga ber.
- Sotib yubormoqchi emasman, har holda. Qo'lingni uzat!
Yoqtirmagan yuz ifodasida qo'lini eri tomon uzatgan qiz u uzukni qayta taqayotganiga qaradi.
- Senga yo'qotma deganman. - eslatib o'tdi Jungkook.
- Nega, sobiq sevgilingga buni berishni xohlaganing uchunmi? Men bilan ajrashsang uzukni mendan olib asl egasiga qaytarasanmi?
- Shunchalik pastkash bo'lib ko'rinyapmanmi?
- Pastkash bo'lib ko'rinishing shart emas, sen shundoq ham xuddi shunday odamsan. - yigitni yonidan o'tib ketmoqchi bo'lgan Soyun Jungkook uni quchog'iga tortgani bois harakatsiz qoldi. - Yana shilqimligingni boshlayapsanmi?
- Ha, seni tashqi olamdan butunlay chalg'itmoqchiman. - ayyorona gapirdi, - Yechin. - qizning qulog'iga shivirlashdan keyin Jungkook yangi haqoratni qizni lablaridan qabul qilib oldi.
- Chon Sarang o'z erini o'ldirgan kun hali ham esimda. - o'tmishning sirli varaqlari haqida Jungkookka aytib berishni boshladi Soyun. - Bu atayin bo'lmagandi. Chon xonim qattiq stres sabab buni qilib qo'ydi.
Soyun yigitning yuziga qararkan, bu sinchkovlik va diqqatdan biroz noqulay bo'ldi.
- Davom et, bu menga qiziq! - dedi Jungkook.
- Chon xonimning eri meni sotib olgan "Qizil joziba" ning doimgi mijozlaridan biri bo'lgan. - ikkilanish va biroz qo'rquv bilan qaradi Soyun yigitga.
- Jin ursin, - yigit yuzidagi asabiylashish yaqqol sezilmoqda, - Meni hayron qoldirishda davom etyapsan.
- Bu sen o'ylagan narsa emas. U meni sotib olgan kun, - qizning hayollari o'sha voqeaga qaytgandek bo'ldi, - men doimgidek barchaga qarshilik qildim. To'satdan Chon Sarang u yerda paydo bo'lgandi, keyinroq bilishimcha Chon xonim erini kuzatishga odamlar yollagan ekan. O'sha kunni o'zidayoq uning eri meni majburlamoqchi bo'lganida, men sindirib ulgurgan alkogol ichimligi idishini eriga sanchdi. U buni takror va takror qilgandi, shuningdek, yagona sabab erining unga xiyonati.
- Va sen eri seni zo'rlamoqchi bo'lgan ayol uyida, uning oila a'zolari bilan hech nima bo'lmagandek yashayapsan? - asabiylashgancha lablarini yaladi Jungkook. - Sen ahmoqmisan?
- Men Chon xonim kimligini bilganimdan keyin unga tahdid qildim.
- Ha, bunga hayron qolishim shart emas nazarimda! - kesatiq bilan dedi yigit.
- Chon xonimga agar menga yordam bermasa, u erini o'ldirgani va o'sha shisha idishni politsiyaga berish bilan tahdid qildim. Aynan Chon Sarang meni "Qizil joziba" dan qochirdi Jungkook. Oradan vaqt o'tib men unga asl niyatimni aytdim va u hech qanday qarshiliksiz menga yordam berishni boshladi, har bir qadamimda.
- Endi buyog'i dramalardek bo'lib ketdi. - noligancha peshonasini ishqaladi Jungkook. - Shunda sizlar jinoiy sheriklarmisiz?
- Biz qonunda shunday deb atalamizmi? - ikkilanish bilan yigitni yuziga qararkan, uning lablaridagi pichirlash haqorat qanday bo'lganini bilib oldi.
- Soyun, kel bunday qilamiz. Hozir tashqarida turgan anavilarni bir yoqlik qilaylik. - deraza tomonga qarab qo'ydi Jungkook. - Men hamma narsani birdaniga hazm qila olmaydiganga o'xshayman.
- Matbuot gapirishda davom etaveradi, bu ular uchun zo'r yangilik!
- Ayni shuning uchun ham men ulardagi mavzuni o'zgartirishga harakat qildim. - deraza pardasini biroz siljitgancha pastga qaradi. - Turmush qurganimiz haqida aytdim Soyun.
- Nima qilding? - hayronlikcha dedi qiz, - Jungkook!
- Nima? - qizning asabiy yuzidan ajablandi yigit va rostan ham nima qilganini Soyun kabi endi tushunarkan, qattiq yutungancha kelasi haqoratlar uchun tayyorladi o'zini.
Matbuotdan chetlashishga, ular e'tiboriga tushmaslikka urunayotgan qiz boshidagi qora bosh kiyim ham uning fe'lini ifodalaydi. Fevralga oz qolgan kunlar. Yerga hali issiqlik yetib kelganicha yo'q, aksincha kunlar yana ham sovib berayotgandek qondagi jo'shqin haroratni pasaytiradi. Qo'pollik bilan stul oyog'ini yerga ishqagancha o'ziga tortgan Soyun g'alati taklif bilan uni chaqirgan yigitga o'tkir nigohlarda qaradi.
- Siz bilan salomlashishim kerakmi, Chan-woo? - alohida istehzo bilan ismni murojaat qildi.
- Xohishingiz Lee xonim, uzr so'rayman. - qahvasidan xo'pladi yigit. - Jeon xonim, to'g'rimi?
- Siz bilan pachakilashishni istamayman, Siwoo ko'rishganimiz haqida xabar topib qulog'im ostida pashshadek g'o'ng'illashini eshitishni istamayman. Shundoq ham tuganmas bitmas muammolarim serob, Chanwoo.
- Ta'rifingizni eshitganim kabi anchayin qo'polsiz. - kichik jilmaydi yigit.
- Meni fe'l-atvorimga ta'rif berish uchun bu yerga chaqirganmidingiz? Sovuqqon bo'lish, - gavdasini biroz egdi Soyun, - ahmoq, bachkana va aqlsiz bo'lishdan ko'ra anchayin yaxshiroq. Masalan, Siwoo.
- Siwooning qiziqqon ekanligini tan olaman, uni tarbiyalash men uchun qiyin emas.
- Naqadar ajoyib! Bir gap aytaymi, Chanwoo? - chap qoshini yuqori ko'tardi qiz, - Siz menga yoqmayapsiz.
- Buni ochiq oydin aytganingizdan xursandman, Soyun. Keling, asl maqsadga o'taylik.
- Oxirgi bir oydagi ko'pgina shov-shuvlar siz bilan bog'liq. Siz haqingizdagi yangiliklar chiqishi to'xtamayapti.
- Sizni bezovta qilayotgan bo'lsa, ularni ko'rmang. - yigitning gapini bo'lgancha gapirdi.
- Sizni yaxshi bilaman. - unga bir xil ifodada qarayotgan qizga tikilib turdi Chanwoo. - Siz haqingizda ko'p narsani bilaman. Nimalar qilayotganingizni, kimlar bilan kurashayotganingizni ham.
- Kimlar bilan kurashyapman ekan, Chanwoo? - o'zini bilmaydigandek tutdi qiz.
- Soyun, hech nimani bilmaydigan begunoh qizaloq kabi qarayapsiz. - kuldi yigit, - Qizil joziba! Men sizga yordam berishni xohlayman.
Soyunning asabiy qimirlayotgan oyoqlari so'nggi jumladan keyin to'xtadi.
- Nega menga yordam bermoqchisiz? - ishonqiramay so'radi u.
- Meni oyim! - to'xtalgancha qattiqroq yutundi yigit. - Ular oyimni shunchaki zo'rlab o'ldirishgan. Oyim dadam bilan birga borgan ziyofatda. Oshxonaning axlat qutisidan topilgan uning o'lik tanasi uchun qasos olishni istayman. - qahva idishni g'azabga berilgancha qattiq siqib davom etdi. - Va bunda menga yordam bera oladigan yagona odam bu β Siz! Siz ko'p narsani bilasiz, Soyun. Sizdagi aniq ma'lumotlar va mendagi kuch.
- Yana nimani kutyapmiz? - kutishdan zerikkan Jungkook besabr bo'lib so'radi.
- Chanwooni yonidan olib ketib, ovqatlanishga taklif qilganingda men istagan joyga olib borib qo'yishingni aytganding.
- Shu yerga yarim kechasi tashlab ketishim kerakmidi? - faqatgina ko'cha chiroqlari bor ko'chani ko'rsatdi Jungkook.
- Tashlab ketmayman, ishingni bitirishingni kutaman demadingmi? - norozi kayfiyatda qosh chimirdi Soyun. - Nega noliyverasan?
- Chunki sendek sabrli emasman, hech bo'lmasa nega bu yerda sarg'ayib kutib turganimizni ayt. - Soyunning quchog'ida turgan gullarga ham qaradi, - Bularni nega olganingni ham aytmayapsan? Qandaydir sirli oshig'ing bormi bu uyda?
- 2 soatdan keyin oyimning tug'ilgan kuni kirib keladi. - uydan diqqatini uzmagancha dedi Soyun, - Chiroqlar o'chdi, 2 daqiqada kelaman.
Jungkook nimadir deyishga ulgurmasidan qiz chaqqon harakatlari bilan mashinadan tashqarida paydo bo'ldi. Tungi sovuq yanada izg'irinroq. Soyun qalin sviteri yoqasini yuqoriroq cho'zgancha burnini ham yopdi. Yuzni yashirish maqsadida ham ish beradi bu. Doim qat'iyatli bo'lgan qiz har yili takrorlanadigan singari yosh boladek his qilmoqda o'zini. Hayajon uning lablari va gul ushlagan barmoqlarini titratmoqda. Atrofga alanglagancha, sotib olgan guldastasini eshik ostonasiga havotir bilan qo'yayotgan qizni Jungkook ko'z uzmay kuzatish bilan ovora. Uning qiyofasida esa jahl alomatlari sezilishi boshlangan.
Ostonaga gulni qo'ygan Soyun guldasta o'rami qiyshayib qolganini payqagach qayta egilgancha uni to'g'irlashga harakat qilar chog'i eshikning to'satdan ochilishi qiz atrofidagi vaqtni to'xtatib qo'ygandek bo'ldi. Uning tashqariga chiqargan nafasi ham havoda ko'rinish berarkan havotir bilan nigohini yuqorilatdi.
- Soyun, - ismni arang talaffuz qila olgan ayol qo'lidagi chiqindi paketi barmoqlardagi bo'shashish sabab yerga tushdi.
Ayol oldinga qadam tashlashga urunmoqda, lekin o'tmishning og'riqli qilmishlari buning yo'lini to'sayotgandek.
- B..bular sizga! - gulga ishora qilgan qiz o'z onasi bilan bir nechta so'z bilan bo'lsa-da gaplashishni istab gapirdi. - Kelganimni esa unuting, butunlay. Xuddi sizlar meni hayotingizdan chiqargan singari.
Soyunning kiyimlari ham allaqachon sovigan, mashinaga qaytish uchun harakatga keldi u. Biroq onalikni kasb etuvchi issiq quchoq unga o'z taftini sezdirdi. Ayolning faqatgina ko'z yoshlari va yig'i ovozi seziladi. Til esa harakatga kelmaydi, aybdorlik kuchi buning ham zabonini to'sgan. Soyun tanasi oyisinikiga qattiqroq tortilayotganini, ayolning qo'llari begona o'tdek unga yopishishini his qilarkan uzoq yillik ilk uchrashuv, ona mehri va uning hidi muzlagan taftni eritayotgandek edi. Ko'zidan quyilagan tomchi yoshni oyisi sochlari orasiga surarkan, bu hidni eslab qolishga urundi qiz.
- Xotinimdan qo'lingizni torting! - qattiq urunish bilan Soyunni yulib olgan Jungkookning ko'zlarida ilk marotaba haqiqiy jahannam ko'ringandek bo'ldi.