November 8

π’πŽπ‹πˆπ‚πˆπ“πŽπ‘ | π€πƒπ•πŽπŠπ€π“

17-qism

- Xotinimdan qo'lingizni torting! - qattiq urunish bilan Soyunni yulib olgan Jungkookning ko'zlarida ilk marotaba haqiqiy jahannam ko'ringandek bo'ldi.

Qizning hayratga to'lgan qarashlari uni tirsagidan siqib turgan yigit qorachiqlarida. Ular butunlay g'azabni ifodalaydi. Qo'rquvga berilgan ayol esa vijdon azobi bilan qorishayotgan yuzdagi namlikni to'xtatishga qodir emas.

- Men sizni hatto kimligingizni ham, nima ish qilishingizni ham bilmayman lekin Soyunga qaytib qo'lingizni tekkizmaysiz! - g'azabni bosishga urinayotgan Jungkook nafasini tartiblagancha davom etdi. - Hatto soyangiz ham ko'rinmasin.

- Jungkook nima qilyapsan? - yigit changalidan qutulishga urunib tortdi qo'lini Soyun, biroq erkak kuchi u hal qilishi mumkin bo'lgan oson yechim emas. - Qo'limni qo'yib yubor!

Bosilmagan g'azabni akslantirayotgan qiyofa qizniki bilan yuzlashgach, Soyun ozod etilish o'rniga qattiqroq kuch va zo'ravonlik bilan tortqilandi. Uning nigohi va yuragining bir qismi ortida qolgandek bo'larkan, ayolning nam yuzi unutilmas xotiradek saqlandi.

- Qo'yib yubor, Jungkook senga gapiryapman.

- O'tir! - mashina eshigini ochgancha buyruq berdi, - Mashinaga o'tir.

- Yo'qsa nima qilasan? - bir qadam ortga chekingancha yigit unga ochgan mashina eshigini qattiqroq urunish bilan qayta yopdi. - O'tirmayman!

- Soyun hozir janjalni vaqti emas, o'tir va biz ketamiz. - uning bilagidan ushlagancha o'z xohishini amalga oshirmoqchi bo'lgan Jungkook qiz bilagini tortgani zahoti hayron qaradi unga.

- Sen oshirib yuboryapsan, buni o'zing ham sezyapsanmi? Senga turmushga chiqqanim, sen bilan bir yotoqda yotganim sen menga butunlay egalik qilishing mumkin degani emas, advokat! - oxirgi murojaatga ortiqcha urg'u berdi Soyun.

- Qilmasligim kerakmi? - oddiy ohangda so'ragancha qizning qat'iy qorachiqlariga qaradi. - Hamma bilib ulgurgan turmushimizda men senga bunday qilmasligim kerakmi? Foxisha bo'lishing uchun seni sotib yuborgan ota-onangga mulozamat ko'rsatishim kerakmidi? - jahl chegarasini boshqarishni istamagan yigit baqirdi.

Sovuq havo ta'sirida terilar shundoq ham tarang. Tarsaki zarbi esa ayni o'zi urilgan terini achishtiradi. Yuzini burgancha Soyunga qaragan Jungkook qizning ham o'zidagi kabi qiyofasini ko'rdi.

- Ovozingni o'chir! - Soyunning bo'g'zidan zo'rg'a chiqdi so'zlar.

- Ol! Alamingni mendan ol. Atrofga qara, senga yon bosayotganlar soni nechta, kibor xonim? - qo'llarini ikki yonga cho'zib atrofni ko'rsatmoqchi bo'ldi Jungkook. - Sen nega bu yo'ldasan? Seni nega foxisha deb atashyapti? Seni nega ayovsiz urushgan, kaltaklashgan?

- Eshitishni istamayman. - ko'zida sezilishni boshlagan yoshlarni ko'rsatishni istamagancha piyoda ketmoqchidek ortga burildi Soyun.

- O'zingdan qochma! - takror baqirdi. - Sen eshigi ostonasiga mehr bilan gul qo'ygan odamlar sabab sen hozir shu ahvoldasan. XXI asrda seni sotib yuborishni eplay olgan ota-onang sabab!

- Sen bilmaysan! - Soyunning yuqori tondagi ovozi eshitildi birdan. - Sen buni bilmaysan. Ota-onasiz, xor bo'lish nima ekanligini bilmaysan! O'sha la'nati videolarda chiqarilganlari shu paytgacha bo'lgan hayotimning o'ndan bir qismi xolos. - yoshlar nazoratdan chiqqancha Jungkookning yuziga qattiq nafaslar bilan tikildi qiz.

- Bunga sababchi kimlar edi, yaxshi bilasan. Boshqa ko'rishmaysan Soyun, boshqa bu yerga kelmaysan. - jiddiy tortgancha buyruq berdi.

- Men ham ulardan nafratlanaman, lekin ularni kuzatishdan o'zimni tiya olmayman. Boshimga tushgan bariga ular aybdor, ha, mening ota-onam aybdor! - alam hissi ichida yer tepindi. - Lekin men ularni ko'rishga, ovozini eshitishga zorman. O'zimning yaqinlarimni ko'rishni, eshitishni xohlayman.

- Yig'layapsan, buning ham sababchisi ular. O'zingga shunday zarbani tinimsiz beraverasanmi?

- Men senga o'xshab ota-onasi quchog'ida, o'zining shinam uyida oddiy odamlardek o'sgan qiz emasdim. Meni hech kimim yo'q edi. Hozir! - uyni ko'rsatgancha tishlarini bir-biriga bosdi Soyun, - Oyim meni bag'riga bosganida uning hididan nafas olish qanchalik yoqimli bo'lganini bilmaysan!

- Soyun, - yuz terisida to'xtash bermayotgan yoshlarni bosh barmog'i bilan artgancha qizning yuzidan ushladi. - boshqa kelma! Bu yerga boshqa kelma. Bilaman, xohlaysan! Ota-ona mehrini boshqalar kabi sen ham xohlaysan, lekin kelma. Kechirish kerak, biroq ular jazosini olib bo'lgandan keyin.

- Qilolmayman. - Jungkookni yuzi ustidagi kaftiga umidsiz teginib takrorladi, - Men qilolmayman.

- Mana shu shinamgina uyga qara, agar pushaymon bo'lishganida ular allaqachon seni topgan bo'lishardi. Lekin bunday qilishmadi. - Soyunni ko'zi ostidagi namlikni artdi. - Sen bir necha yillar avval ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'lgansan, biroq ular kelishmagan.

Haqiqatning har bir zarbi juda qattiq botayotgan singari yigit kaftlari orasida bo'lgan qiz ko'z qovoqlarini birlashtirdi, biroq hamon yosh tomchilari sizib chiqmoqda. Uning holati biroz avval mashinadan quvongancha tushgan qiz ko'rinishidan anchayin farqli edi hozir. Jungkook qizni mahzunlashib borayotgan yuziga tikilib turarkan, ko'ksida ojiz oqimni sezdi. Soyunning yuzidan uzilmagan kaftlar ularni kuchliroq ushlagancha o'ziga tortarkan, sovuqdan titroqqa kelgan lablar bir onda issiq nafas bilan harakatsiz qoldi. Birlashgan lablar orasidagi ustunlik Jungkookka tegishli. Tanasi mashina sirtiga itarilgan qiz xohlamaslik hisobidan undan siljimayotgan yigit labini tishladi. Kichik og'riqni sezdiruvchi urunishga qoshlarini chimirgan Jungkook doimgidek munosib javob qaytarishga tayyor.

- Kelmaysan, ular chin pushaymonlikni his qilmagunga qadar menga oshkor qilgan bu uyingga kelmaysan! - bo'sadan uzilgancha lablar ustida shivirladi Jungkook, - Yo'qsa men ular ustidan odam savdosi bo'yicha ish qo'zg'atib qamataman, kibor xonim! - jiddiy nigohlar tahdidning darajasi qanday ekanligini isbotladi.

*

Qorong'u bar, biroq odam bilan gavjum emas. Shiftga o'rnatilgan chiroqlar maqsadsiz o'ynamoqda. Barcha divan va kreslolar ham deyarli bo'sh, bittasidan tashqari. Alkogolni oddiy suv kabi simirayotgan yigit kirish zalidan o'tib ichkarilagan yigitni ko'rgach, jilmaydi.

- Kelishingni ko'p kutaman deb o'ylay boshlagandim, - alkogol shishasiga stakan bilan urib qo'ydi bir necha bor, - mana shu shisha tugagunga qadar, Kim MinGyu!

- Taklif berishgacha yonimga kelgan yigitcha kutishda sabrsizmi demak? - paltosi cho'ntaklariga qo'lini tiqqancha Taehwa qarshisida tik turdi.

- O'tir gaplashib olamiz. - stakan bilan o'rindiqqa ishora qildi.

- Tik turib gaplashsam ham oyoqlarim og'rib qolmaydi, ular sizlarnikichalik nozik emas. - mazaxlagandek bo'ldi.

- Gapga ustasan! - MinGyudan ko'zini uzmadi.

- Oyimga tegmaysizlar, uni hatto kuzatmaysizlar ham. - asabiy holatini saqlashga urundi. - Agar u o'n chaqirim naridan ham kuzatilayotganini bilib qolsam hammangizni birma-bir o'ldiraman.

- Bizda va'dalar saqlanadi. - jilmaydi Taehwa.

- Boshlig'ing kim bo'lsa unga ham ayt, men sizlar uchun kun-u tun ishlamayman. - stol yuzasiga qo'lini bosgancha egildi Mingyu, - Soyunni yonida bo'laman va shunchaki sizlarga ishlayotganimni unga bildirmayman.

- Shundoq ham bari shunday bo'ladi. Sen bizni yonimizda emas, har doim Soyunni yonida bo'lasan. - Mingyuning chimirilgan qoshlarini ko'rgach aniqlashtirish uchun davom etdi. - Shu paytgacha u haqida, uning ishlari haqida ko'p narsalarni bilib olding, shunday emasmi?

- Jin ursin senlarni. - lab ichki etini tishlagancha asabiylashdi.

- Lee Soyunni ichidan kemirishni xohlaymiz. Biz buni xohlardik, - o'zini ko'rsatdi Taehwa, - Endi sen ham xohlaysan, shundaymi?

MinGyuning kaftlari cho'ntaklari ichida qisilarkan, qarshisidagi sezilar-sezilmas tabbassumga ega bo'lgan yigit yuzida shu mushtlar izini hosil qilishni xohladi. Biroq hayotidagi yagona qadrli inson hayotini imkoniyati bo'la turib yo'q qilishni xohlamaydi.

- Oilang bo'lsa, qiyin masala shundaymi?

- Kimsasizlar buni shunchaki tushunmaydi. Senga o'xshaganlar Taehwa janoblari, buni zaiflik deb hisoblaydi. Chunki ular oila kuchi nima ekanligini bilishmaydi. Sizlar uyga kirib kelganingizda sizni hech kim kutib olmaydi, - kamsitishga urunib davom etdi MinGyu. - Hayot tashvishlaridan charchab qolganingizda hech kim sizlarni boshingizni silamaydi, o'z mehrini ko'rsatmaydi. Bu qanchalik kuchga va jasurlikka ega ekanligini sizlar bilmaysizlar!

- Yana biroz davom etsang, bu sen bilan meni o'rtamdagi shaxsiy urushga aylanishi aniq. - ichimlikdan quyayotib dedi Taehwa.

- Qo'rqasanmi, men bilan urushdan? - atayin kesatish bilan labi yonverida jilmaydi.

- Qo'rqish senga tegishli! Oilangni yo'qotib qo'yishdan qo'rqasan, men esa yo'q.

- Bu yaxshi emas. - achinarli qiyofa yasadi MinGyu, - Essiz!

- Rozi bo'lgan ekansan, - soju idishini kuchliroq zarb bilan stol ustiga qo'ydi, - birinchi tooshirig'ing nima bo'lishini kut. Senga xabar beraman.

- Meni bir shartim bor. - bar atrofiga qaradi. - Sen menga mayishatni ham taklif qilding, lekin bu yerda qizlarni ko'rmayapman.

- Qanchasini xohlaysan? - yigitni so'ramoqchi bo'lgan narsasi nima ekanligini tushungancha undan javob kutdi.

- Ko'p emas, boshlanishiga bitta bo'lsa ham yetadi. Ertaga yoki bir necha kundan keyin, farqi yo'q. Faqat bokira bo'lsin! - talabini aytgan yigit ortiq bu yerda qolish xohishisiz ko'z qisgancha yigitni ortida qoldirib ketdi.

Shisha idishda qolgan oxirgi sojuning qultumlari shundoqligicha ko'tarilarkan, Taehwa kiyimini to'g'irlagancha o'rnidan turdi.

- Senga qanday munosabatda bo'lishni o'rgataman.

*

2 kundan so'ng. | 14:15

Ko'zgudagi aksiga mag'rurlik bilan tikilgan Soyun endi kameralardan qochmoqchi emas. Shov-shuvlar hamon ommaviy oqimda suzib yuribdi. Videolar chiqish tezligi pasaygan, biroq mehmonxona ko'chasi norozilik namoyishlaridan bo'shamagan. Atay uyushtirilayotgan namoyish.

O'zining yangicha ko'rinishiga qaragan Soyun sochlarini bir necha bor silkitdi. Och sarg'ish rang uning tashqi ko'rinishini o'zgartirgan, yanada jozibaliroq. Jungkookning talabi bilan muxbirlar uchun bayonot bir soatdan so'ng boshlanishi kerak.

- Bu rang sizga yarashdi Lee xonim. - Soyunning aksiga qaragan sartorash qiz ta'rif berdi.

- Jeon. - sochlarini chetga surgancha ortiga o'girildi, - Men erimning familiyasiga o'tganman, Jeon Soyun.

- Ah, uzr so'rayman.

- Hammasi joyida, ishingiz doimgidek zo'r. Bu menga yoqdi. - maqtov bilan qaradi qizga.

- Xursandman. Bilasizmi, men har doim sizga qandaydir makiyaj yoki soch turmagini qilishdan avval rosa qo'rqaman. Yoqmasachi, ko'zlari bilan meni o'ldirib qo'ysachi deb o'ylayman, lekin oxirida doim ko'nglimni joyiga tushuradigan gaplarni aytasiz.

- Chunki siz bunga loyiqsiz! To'lov qilingan, endi men ketishim kerak. - paltosini egniga kiyayotib oynaga takror qarab o'tdi, - Tashqarida meni anchadan buyon kutishyapti.

*

Instagram tarmog'ida video va reelslar ko'rishdan zerikkan Jungkook YouTubeda ham vaqtini o'tqazmoqda. MinGyu allaqachon mashina roliga peshonasini bosgancha uyquga ketishga tayyor.

- Jin ursin, - toqati to'lgan Jungkook telefonini uloqtirib yuborarkan, MinGyu qo'rquv bilan uyg'onib ketdi.

- Nima bo'ldi? - ortiga o'girilib qaradi uyqu zo'ri bilan qisilgan ko'zlarini Jungkookka qadagancha.

- Ayollar shuncha payt kuttirishi kerakmi? Uni kutib turganimizga bir soatdan oshdi. - jahl bilan go'zallik saloni tomonga qaradi.

- Qo'rqitib yubordingiz, baqirish shartmidi? Uyqum buzildi.

- Senku uxlayapsan, menchi? Bu qizni kutishdan zerikib o'lay deyapman.

- Kim sizga buncha erta keling dedi? - noligancha Jungkookka o'girildi.

- Ha, nafaqat erta! Men umuman kelmasligim kerak edi bu yerga.

- Endi afsuslanishni foydasi yo'q, shuncha kutdikku axir.

Asabiylashish ta'siri Jungkookning oyoqlarini bezovta qimirlatmoqda. Tashqarida ko'rinish bergan qizni ko'rgan zahoti uning ayni hozirgi holatiga boshdan oyoq tikildi. To'q jigarrang sochlardan keyin Soyunni yangicha ko'rinishda ko'rish uni hayron qoldirgan.

- Ko'p kuttirdimmi? - mashinaga joylashgan qiz yigitlarga galma-galdan qaradi.

- U qadar ko'p emas. - Jungkook tezda unga javob berarkan, MinGyu unga qoshlarini chimirib qaradi. - Nega menga bunaqa qarayapsan?

- Shunchaki... tushimda sizni ko'ribman Janob Jeon. - kesatish bilan Soyunni ikkinchi telefonini unga uzatarkan qizdagi o'zgarishni payqagancha ko'zlari hajmini kengaytirdi. - Yo Xudoyim!

- Yarashmabdimi? - vazminlik bilan so'radi Soyun.

- Tulki eding, sariq ajdar bo'libsan. Rostanam seni sochingmi yoki bayonot uchun parik kiyib chiqdingmi? - MinGyuni savoliga qiziqish bildirgan Jungkook Soyunning yuzini yaxshiroq ko'rish uchun egildi.

- Sen nega bunday qarayapsan? - eri tomon qaradi qiz. - Maynavozchilikni yig'ishtiring.
- Biz bunday qilmoqchi ham emasdik. - o'zini beparvo ko'rsatgancha telefonini oldi Jungkook.

- Sen menga umuman gapirma, janob advokat! Biz sen bilan gaplashmayapmiz.

- Nega? - ikki yigit ham bir savol unga qararkan, MinGyu tomoq qirib mashinani o't oldirishni boshladi.

- Ularni qamatishimni aytganim uchunmi?

- Gapirmoqchi emasman. - yuzini burdi Soyun.

- Gapirma va borma, men ham bu ishni qilmayman. Qadringga yetishni o'rgan. Sen ham odam ekanligingni eslataman senga, kibor xonim.

- Ba'zida ertaklarda yashaydigandek tutasan o'zingni Jungkook.

- Ertaklarning ham haqiqatga yo'g'rilgan qismlari bor, ularning barcha jumlasi ham to'qima emas, hissiz qizaloq! - ilk bor yigitdan bunday ta'rifni eshitgan qiz ko'zlaridagi qahr uchqunini sezdirishga urindi.

- Ishonaver, pastkashlikda boshqalardan farqing yo'q. - qiyshiq jilmaydi Soyun.

- Matbuot bilan uchrashuvdan so'ng men bilan ketasan. - qizni beparvo qoldirgancha buyruq berdi. - Hech nimani rejalashtirma.

- Qayerga? - qoshlarini chimirdi Soyun.

- Uyimizga! - o'z niyatini xotirjam oshkor qildi Jungkook. - Bir necha kun o'zingga kelib olishingni kutdim. Endi eshitasan! - egalikka o'rganmagan qizga bosim berdi. - O'sha Chon oilasi bilan birga yashamaysan endi. Otasi, eri seni zo'rlamoqchi bo'lganlar bilan bir tom ostida bo'lmaysan Soyun. - oxirgi jumlalarni cho'zib dedi.

- Sen aqldan ozyapsan, shekilli? - ishonchsiz tabassum qildi.

- Boshqa takrorlamayman, yashamaysan va men bilan ketasan! Istasang katta hovliga borasan, istasang kvartiraga! Lekin o'sha uyda ya-sha-may-san!

- Hozir qo'rqoq qizlardek seni aytganing bajarishim kerakmi? - uning jilmaygan ifodasi jiddiy tortdi. - Hech qachon!

- Men qilmasdim, agar sen o'sha haqiqatni aytmaguningga qadar! O'shanga qadar meni bunga qarshiligim yo'q edi, ammo endi bari o'zgardi.

- Sudrab bo'lsa ham meni u uydan chiqara olmaysan Jungkook! - qat'iyat bilan dedi.

- Ko'ramiz hali buni! Seni qanday olib chiqqanimni ham ko'rasan.

- Yosh bolacha safsatalaringni boshqa odamga gapirasan! - asabiylashgancha sochini qulog'i yonidan chetroqqa surdi. - Sen menga buyruq beradigan hech kimsan, faqatgina men foydalangan shaxssan xolos!

Jungkook javob qaytarishga shoshilarkan, MinGyu suhbatga aralashgancha yetib kelganliklarini ma'lum qildi.

- Tush, hozircha mashinadan tush. Bayonotdan keyin gaplashamiz sen bilan!

- Gaplashamiz! - dag'dag'a bilan dedi Soyun.

17-qism tugadi.

Qism kam bo'lib qoldi, keyingi qismni bunchalik uzoq muddatda emas tezroq chiqarishga harakat qilaman. Rahmat ~