𝗗𝗮𝗿𝗸 𝗦𝗰𝗮𝗿𝘀 | 4-𝗕𝗢𝗕
- Suna, bu Seyoungmi? Uni oldidagi onasi menincha.. - Eun Woo hayron bo'lgancha qo'li bilan yo'ldan onasi bilan o'tib ketayotgan Seyoungga ishora qildi
- H.haa u onam bilan ishim bor degandi - Suna to'satdan bo'lgan voqeadan duduqlanib qoldi, u Seyoungni uchratishini hayoliga ham keltirmagan edi.
- hmm yahshi - Eun Woo yana Suna bilan mavzuni o'zgartirib suhbatda davom etdi
- Seyoung, hayol surma mashina tagida qolib ketasan - Seyoungni onasi unu qo'lidan tutgancha boshlab ketdi - ohirgi vaqtlarda parishonsan senga nima bo'lyapti
- Hechnima, shunchaki yangi shaxarga ko'nika olmayapman
- qizim, ko'nikishimiz shart, bu yer endi bizni uyimiz - dedi Seyoungni onasi joyida to'xtab, shu payti Seyoung nigohini olib qochaman deb ko'zi kafeda kulib nonushta qilayotgan Eun Woo va Sunaga tushdi.
U hafa bo'lishni istamasa ham ich ichidan nimadir singandek bo'ldi, chunki Eun Woo va Sunani yagona do'stlari deb hisoblardi
Jungkook mashinasini uyini oldiga to'htatib tushdi, va uy ichiga kirganida o'gay akasi va jaxl qilib o'tirgan otasiga guvoh bo'ldi.
- sen yana foxshalar bilan tun o‘tkazib yuribsanmi ! - Jungkookga ko‘zi tushishi bilan baqirgan otasi uni yoqasidan tutaman deganida o‘gay akasi to‘htatib qoldi
- ota, ota kerak emas - deb otasini joyiga o‘tirg‘izdi
- Assalomu alaykum, o Jiminshi kelganingdan juda hursandman - Jungkook bilib turib otasi va akasiga tegdirib gapirdi
- sen bola umrimni yeding, yana bir bor bu holat takrorlanadi va sen bu uyni tark etasan. Shuncha shanimizga dog‘ tushirganing yetarli - Jungkookni otasi unga baqirib xonadan chiqib ketdi
Xonada joyida sukut saqlab tik turib qolgan Jungkook, va asabiylashayotgan Jimin qoldi.
- Jungkook... - Jimin endi ham gapirmoqchi bo‘lganida Jungkook uni bo‘ldi
- kerak emas Jimin, menga yetarli bo‘ldi. Sen nega menga kelishingni aytmading - Jungkook gapirish davomidi Jiminni quchib oldi. Ular o‘gay aka uka bo‘lsa ham bir birlariga yoshlikdan mehr qo‘yishgan edi. Jimin otasini biznesini kengaytirish uchun 1 yil avval Italiyaga ko‘chib ketgan edi
- o‘zim ham 1 kun avval kelishimni bilmasdim. Sen yana shumtakalik qilib yuribsanmi
Hamma bolalar sinfda darsni tinch tinglab o‘tirardi, ammo Jungkook o‘yga berilib nimadur yozayotgan Seyoungni boshiga qog‘oz otdi. Ortiga o‘girilgan Seyoung Jungkookni tashqariga degab ishorasini ko‘rib yutunib qo‘ydi va qayta oldinga qarab asabiylasha boshladi
Buni butun sinf ovoz chiqarmasada kuzatib turardi. Seyoung boshini ko'tarib atrofga qaraganida Eun Woo g'azabli nigohiga va chiqma deb bosh irg'ishiga guvoh bo'ldi.
Darsdan so'ng Jungkook o'rnidan turib Seyoungni oldiga bordi, buni ko'rgan Eun Woo ham o'rnidan turib ularni oldiga keldi.
- sen nega men aytganimda chiqmading - dedi Jungkook Seyoungni partasiga qo'lini qo'yib
- u bunga majbur emas - Eun Woo Jungkookni qo'lini Seyoungni partasidan olib uni itarib yubordi.
Polga yiqilgan Jungkook g'azab bilan turib endi Eun Wooga musht tushuraman deganda o'qituvchi honaga kirib qoldi, natijada hamma jim joyini egalladi.
Darsdan so‘ng Jungkook maktab darvozasi oldida EunWoo ni kutib o‘tirgan edi, u chiqishi bilan Jungkook yo‘lini to‘sdi
- hali gapimiz tugamadi, uyingga shoshilma - deb Jungkook do‘stlariga uni ushlashlariga buyruq berdi
- hoy qolingni tort o‘zim ham yura olaman - Eun Woo jirkanib ulardan uzoqlashdi va ularni ketidan yo'l oldi
Jungkook Eun Woo ni har doimgi o'sha maktab orqa tarafidagi chet joyga boshlab keldi. Eun Woo atrofga tikilib Jungkookga qaraganida u o'z odamlariga uni ushlashni buyurganiga guvoh bo'ldi
- qo'yib yuborlaring, nima 1ga 1 urusha olmaysanmi qo'rqoq - Jungkookga qarab o'shqirdi
- sendaqa pastlarga kuchimni sarflagim yo'q - Jungkook gapirish davomida Eun Woo ni qorniga musht tushirdi natijada u egilib qoldi.
- l.lanati..! Qo'rqoq.. - Eun Woo gaplari uchun yana bir kuchli zarba oldi
- senga boshida meni ishlarimga aralashma degandim ablax - Jungkook zarb bilan Eun Woo ni yuziga musht tushurdi - jin ursin! Manabu uzn burningni suqmasliging kerak edi - deb burniga zarba berdi.
Eun Wooni burnidan kuchli qon keta boshladi ammo Jungkook bunga parvo ham qilmadi. Jungkookni harakatlaridan uni ko'rgan odam psix deb o'ylar edi. U ohirgi kuchli zarba bilan Eun Woo ni tepganidan so'ng yigitni qoyib yuborishdi u hushsiz holda yerga yiqildi. Jungkook uni shu turshicha qoldirishlarini buyurib bandasi bilan ketdi. Eun Woo esa zorg'a ko'zini ochgancha o'sha yerda ikki bukilib yotib qoldi
Eun Woo zo'rg'a o'rnidan tudib 10 daqiqa ichida bir qoli bilan devorni biri bilan ikki bukilibbqornini ushlagancha makgab darvozasi oldigacha yurib keldi. So'ng uni Seyoung bilan suxbat qurib chiqib kelayotgan Suna ko'rib baqirgancha uni oldiga ikkalasi ham keldi
- Eun Woo... senga nima bo'ldi. Kim seni bu ahbolga soldi - deb uni bir qo'lidan tutib bo'ynidan o'tkizib oldi Suna
- .men yahshiman , hammasi joyida - Eun Woo zo'rg'a ovoz chiqaegancha javob berdi
- seni bu ko'yga Jungkook soldimi... hammasi meni deb bo'ldi - Seyoung gapirar ekan ko'zida yosh qalqib turar edi, huddiki ohirgi tola ilashib turgandek - meni kechir..
- kechirim so'rama bu seni deb emas - Eun Woo javob berdi Seyoungga
- Seyoung yur uni kasalxonaga olib boramiz - Suna mavzini o'zgartirib Seyoungga buyurdi
- yo'q kerak emas hammasi joyida - deb Eun Woo Sunani qo'lidan chiqmoqchi bo'ldi ammo foydasi bo'lmadi.
- baribir boramiz - Suna Eun Woo ni yana o'ziga tayagancha taksi to'htata boshladi, mashina to'htagandan so'ng minid kasalxonaga yo'l olishdi.
Bir hafta davomida Jungkook Seyoungni tinch qo'ymadi hatto Eun Woo ham to'sqinlik qila olmay qoldi. Bu holatlar kundan kunga qo'pollashib borardi. Hafta mobaynida Misun qorasinu ham ko'rsatmadi uni na o'lik na tirikligidan habar bor. Suna va Eun Woo yanada yaqinlashgani sababli Suna Jungkook bilan aloqani uzaytirdi.
Darsdan so'ng Seyoung o'rganib qolgan va har doim Jungkook chaqiradigan joyga hissiz sekin qadamlar bilan yetib keldi. Bu safar u yerda Jungkookdan boshqa hech kim yoq edi
- ovv kech qolding 17 daqiqaga - deb Jungkook Seylung taraf kelayotganida u joyida qotib qoldi - albatta buni javozi bo'ladi - Jungkook Seyoungni sekin burchakka qisib kela boshladi
- J.Jungkook..meni k.kechir - qiz qo'li bilan itarmoqchi bo'lganday ko'tarib, orqaga qadam tashlay boshladi. Masofa qolmagandan so'ng devorga urildi.
- qo‘lingni och - deb buyurdi Jungkook Seyoungga, qiz hech nimani tushunmasdan unga yosh topla ko‘zlari bilan tikildi - bilagingni och
Seyoung sekinlik bilan koftasi tugmasini bo‘shatib yengini tirsagidan baland ko‘tardi. So‘ng Jungkookga tutdi. Jungkook cho‘ntagidan kichik pichoq chiqarganidan u yanda qo‘rquv va hayrat bilan unga tikildi
- J.Jungkook..n..nima..qilmoqchisan.. kerak emas.. - Seyoung qo‘lini olmoqchi bo‘ldi ammo befoyda harakat bo‘ldi
- boshqa kechikmaydigan qilmoqchiman - Jungkook ilk bor pichoqni Seypungni oppoq bilagiga botirganidan qiz kuchli qichqirib yubordi - ovozingni o‘chir bo‘lmasam yuzinga ismimni yozaman
Jungkook harakatida davom etib Seyoungni qo‘liga 17 raqamini pichoq bilan yozdi. Seyoung esa og‘zini boshqa qo‘li bilan yopib qaltirib yig‘lardi.
- bo‘ldi, bu mendan tamg‘a bo‘lib qolsin, va boshqa aytgan chizig‘imdan chiqma - deb Jungkook uni peshonasidan yuzaki o‘pib qo‘ydi va uni devorga itarib yuborib o‘zi salfetka bilan pichog‘ini arta boshladi. So‘ng u g‘ing demay Seyoungni o‘sha yerda qoldirib o‘zi sumkasini olib jo‘nab qoldi. Seyoung esa devor oldida qo‘lini ushlab yiqilib qolgani sababli kuchli yigplay boshladi.
Jungkook maktab oldiga kelganida uni Jimin kutib turardi, u Jungkookni qo‘lidagi pichoqni ko‘rganida qosh chimirib uni oldiga yurib kela boshladi
- nega pichoq ushlab olgansan Jungkook - deb uni oldiga to‘htadi Jimin
- siz hech qachon salom berishni o‘rganmaysiz menimcha shunchaki cho‘ntagimdan chiqib qoldi, ahir o‘zing sovgpa qilgansa olib yurmasam uyat - Jungkook to‘g‘ri Jiminni mashinasi tomon yurgancha uni oldidan o‘tib ketib gapirdi
- hmm shunaqa de - Jimin Jungkook kelgan joyga bir ko‘z tashlab yana mashinasiga qaytdi.
Mingyu hafta davomida Misun ko‘rinmagani uchun uni uyiga borgan edi, eshikni parolini bilgani sababli ichkariga bemalol kirgan Mingyu uy ichini ko‘zdan kechira boshladi. To‘zg‘igan kiyimlar polda yotardi yuvilmagan idishlar esa oshhona chig‘anog‘i ichida va stol ustida bir gala ichimlik va ramyon quttisi. U hayron bo‘lgancha atrofga qaradi, bunaqa tartivsizlikni Misundan hech kutmagan edi.
U Misunni yotoqxonasiga kelganida yarm kravatdan oqib uhlab yotgan Misunga guvoh bo‘ldi va jilmayib qo‘yib bezovta qilishni istamadi, so‘ng birin ketin uyni tartibga sola boshladi.
Hamma ishni bitirib uyni chinnidek qilgandan so‘ng Misunni oldiga kelib uni tog‘ri yotoqqa joylashtirdi. So‘ng o‘zi oldiga o‘tirib uni kuzata boshladi.
Yarim soatlar ichida Misun ko‘zini ochganda tog‘risidaga Mingyudan hayron qolmagancha unga tikikib qoldi sopng gap boshladi...
𝐖𝐫𝐢𝐭𝐭𝐞𝐧 𝐛𝐲 𝐏𝐚𝐫𝐤 𝐌𝐢𝐬𝐮𝐧 𝐟𝐨𝐫 𝐜𝐡𝐚𝐧𝐧𝐞𝐥 "𝐁𝐀𝐍𝐆𝐓𝐀𝐍 𝐓𝐀𝐋𝐄𝐒"