Yesterday

𝗡𝗘𝗩𝗘𝗥 𝗛𝗔𝗩𝗘 𝗕𝗘𝗘𝗡 𝗔𝗣𝗔𝗥𝗧 [ 𝗕𝗘 𝗠𝗜𝗡𝗘 2-𝗦𝗘𝗔𝗦𝗢𝗡 ]

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄 5

Bu safar Jungkook meni oʻz xonasiga olib kirdi. Jimgina yerga qarab turardim. U kelib ohista yelkamga qoʻlini qoʻydi.

Jk: Onamdan xafa boʻlma. Shunchaki ular ham avvalgi xotinimni juda sevar edi. Men kabi unita olishmayapdi.

Unga qaradim.

— Bilaman.. men ham onam oʻlganidan keyin hozirgacha oʻzimga kela olmayman. Huddi dunyoyim boʻshliqqa aylangandek boʻlib qoladi. Shunga xafa boʻlmayman. Ularga yoqishga ham harakat qilmayman. Men bu yerda mehmonman va muammolarim hal boʻlsa albatta ketaman. Sizga esa kattakon rahmat. Hammasi uchun

Jungkook bir oz tabassum qildi.

Jk: Muammo emas. Bemalol nima kerak boʻlsa yordam soʻrashing mumkin. U shunday deb shikafi tomon burildi va kiyimlarini olib hammomga ketdi. Uning xonasida oʻtirar ekanman bir oz oʻyga choʻmdim. Xona xuddi egasining ichki dunyosiga oʻxshardi. Tartibli, minimalist, lekin qandaydir sovuq va chuqur qaygʻuga burkangan. Har bir buyumda, hatto havosida ham oʻtmishning, oʻsha u unutishga urinayotgan, lekin unutolmayotgan ayolning qaysidir maʼnoda izi borligini sezish qiyin emasdi.

"Eski xotinini unita olmayapti..."

Xoʻrsinib oldim va karavot chetiga ohista oʻtirdim. Mening taqdirim ham, uniki ham bir-biriga shunchalar oʻxshash va shunchalar chalkash edi. Ikkalamiz ham oʻz yaqinimizni yoʻqotganmiz, ikkalamizning ham ichimizda toʻldirib boʻlmas boʻshliq bor. U mening bu uydagi oʻrnim va holatimni tushungani, eng muhimi vaziyatni toʻgʻri qabul qilgani qalbimdagi taranglikni bir oz boʻshatgandi.

Bir necha daqiqadan soʻng hammom eshigi ochilib, undan suv tomchilari sochini hoʻllab turgan Jungkook chiqdi. U ustiga kiyimsiz va qulay shim kiyib olgandi.

Sochlarini sochiq bilan quritayotib menga qaradida nigohi karavotda oʻtirganimga tushdi.

Jk: Hali ham shu yerdamisan?

Ovozida iliqlik bilan gapirdi.

Jk: Men seni oʻz xonangga oʻtib ketding deb oʻylagandim.

Nigohimni yerga unga qaratib tezda oʻrnimdan turdim.

— Ha... hozir ketayotgandim. Shunchaki... bir oz oʻylanib qolibman.

Jungkook sochiqni stol ustiga qoʻydida, menga bir oz yaqinroq keldi. Uning nigohida qandaydir tushunish va hatto bir oz hamdardlik bor edi.

Jk: Oʻzingni bu yerda mehmondek his qilishingni xohlamayman. Mayli, vaqtincha boʻlsa ham, oʻzingni xavfsiz his qilishing yetarli.

Uning bu gaplari yuragimning qaʼridagi muzlagan bir nimani eritib yuborgandek boʻldi. Unga asta bosh irgʻadim.

— Rahmat... Men unda xonamga oʻtay. Xayrli tun.

Jk: Xayrli tun..

U yana oʻsha mayin tabassumi bilan gapirdi.

Xonadan chiqib, eshikni sekin yopdim. Yoʻlakda ketar ekanman, koʻksimdagi ogʻirlik bir oz yengillashganini his qildim. U mening muammolarimni hal qilib bera olmas ehtimol, lekin bu uyda meni tushunadigan kamida bir kishi borligi tinchlantirardi.

Ammo orqamdan ovoz eshitilib qoldi. Ortimga qaraganimda Jungkook.

Jk: Ha esimdan chiqibdi. Ertaga biznes safariga ketyapman. Men bilan borasan degan umiddaman.

Tabassum qildim va bosh irgʻadim.

— Hop..

U ham bosh irgʻab xonasiga kirib ketdi. U soʻrayotganida qanchalik uyalib ketganini koʻrish mumkin edi. Men xonamga borib tayyorgarlik koʻrdim. Toʻgʻrisi hayajonlanib ketgandim.


Boshqa joydagi voqea

Suga office xonasida oʻylanib oʻtirar ekan xonaga Anastasia kirib keldi. U Sugaga tabassum qildi.

A: Suga.. uy judayam chiroyli va katta ekan.. lekin nega bizning rasmlarimiz uyda yoʻq.

Suga Anastasiaga qarab yumshoq ohangda gapirdi.

S: Shunchaki seni oʻldi deb eshitganimdan keyin hamma rasmlarni tashlab yuborishga majbur boʻlgan edim.

Yolgʻon. U yana unga yolgʻon gapirdi. Ammo buni yolgʻonligini Anastasia qayerdan ham bilardi. U shunchaki tabassum qilib Sugaga ishonch bilan qaradi.

A: Axa.. yaxshi..

U shunday deb yana xonaga qaradi. Suga esa uning qoʻlidan ushlab tizzasiga yumshoq tortdi.

S: Kelchi..

S: Ana endi oʻz joyingdasan.

Anastasia kuldi va uning yelkasiga ohista urdi.

A: Uyatsiz boʻlma.

Suga jilmaydi.

S: Hop.. lekin vaʼda bermayman~

.

.

.

.

.

.