July 21

𝗠𝗬 𝗗𝗜𝗥𝗧𝗬 𝗧𝗢𝗬🔞

𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄 3

"You are my hell and I want to burn in your fire.."


𝗢𝗴𝗼𝗵𝗹𝗮𝗻𝘁𝗶𝗿𝗶𝘀𝗵: 𝗨𝘀𝗵𝗯𝘂 𝗳𝗮𝗻𝗳𝗶𝗰𝗱𝗮 𝗼𝗰𝗵𝗶𝗾 𝘃𝗮 𝗲𝗿𝗼𝘁𝗶𝗸 𝘀𝗮𝗵𝗻𝗮𝗹𝗮𝗿 𝗼𝗰𝗵𝗶𝗾 𝘆𝗼𝘇𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻. 𝗬𝗼𝗾𝗺𝗮𝘀𝗮 𝗼ʻ𝗾𝗶𝗺𝗮𝗻𝗴. 𝗕𝗶𝘇 𝘀𝗶𝘇𝗻𝗶 𝗺𝗮𝗷𝗯𝘂𝗿𝗹𝗮𝗺𝗮𝘆𝗺𝗶𝘇!


Toshdek qattiq uyqudan koʻzimni ochganimda, xonamga quyosh nuri allaqachon tushib boʻlgan edi. Telefonimning ekraniga qaradimu yuragim orqaga tortib ketdi.

— Voy oʻlmasam! Soat sakkiz boʻlibdi!

Shoshilib oʻrnimdan turdim. Bugun universitetdagi birinchi kunim! Shuncha yil orzu qilib, zoʻrgʻa kirgan joyimga birinchi kundanoq kechikib borsam, haligi qattiqqoʻl direktor xonim meni tiriklayin koʻmib tashlashi aniq edi. Shoshilinchda shkafni ochib eng yaxshi koʻrgan kiyimlarimni kiydim sochlarimni shartta tartibga keltirib, pastga otildim.

Qogʻozlarim solingan papkani bagʻrimga bosgancha oshxonaga yugurib kirsam, onam stol ustiga issiq qahva qoʻyayotgan ekan.

— Yoona, sekinroq, shoshma! Bir oʻtirib choy ichib ket! — dedi onam xavotirlanib.

— Yoʻq! Ulgurmayman! Birinchi darsimga kechiksam, tamom boʻlaman! — dedim-da, stol ustidagi olmani olib, oyimning yuzidan oʻpdim.

— Dadam hali ham kelmadilarmi?

Onamning yuzi shartta oʻzgardi, koʻzlarini olib qochdi.

— Yoʻq... Dadangning ishlari koʻpayib ketgan shekilli. Mayli, sen oʻqishingni oʻyla. Kechikasan, yugur!

Onamning bu qarashida nimadir borligini sezdim, lekin hozir buni surishtiradigan ahvolda emasdim. Uyimizdan otilib chiqdim-da, bekatga qarab yugurdim. Yoʻl-yoʻlakay xayolimdan kechagi niyatlarim oʻtardi: "Exx xudoyim hayotimda biror moʻjiza boʻlsin-u, hamma muammolarim yechilib ketsa..."


Ayni shu vaqtda Seul xalqaro aeroportiga Vanta Phantom, ya'ni Jeon Jungkookning shaxsiy samolyoti kelib qoʻngan edi.

Tashqarida uni qop-qora oynali, qimmatbaho mashinalari kutib turardi. Jungkook samolyot zinasidan tushib kelarkan, qora koʻzoynagi ortidan Seulning sovuq havosiga nafrat bilan qaradi. U bu shaharni, umuman bu mamlakatni yomon koʻrardi. Lekin otasining laʼnati buyrugʻi va sotqin hamkorning masalasi uni shu yerga kelishga majbur qilgandi.

U mashinaga oʻtirishi bilan yordamchisi Nikolay yonidagi oʻrindiqqa oʻtib, planshetni ochdi.

— Janob Jungkook, biz izlayotgan odamning ismi Kang Minsu. U sizning otangiz va Koreyadagi hamkorlaringizning maxfiy hisob-kitoblarini politsiyaga sotishga ulgurgan. Hozir u qochib yuribdi.

Jungkook kresloga suyanib, koʻzlarini yumdi.

Yuzida sovuq va vahshiy tabassum paydo boʻldi. U barmoqlari bilan charm oʻrindiqni sekin urib turardi.

— Kang Minsu deysanmi?.. Uning oilasi bormi?

— Ha, janob. Xotini va bir qizi bor. Qizining ismi Kang Yoona. Seul dizaynerlik akademiyasiga oʻqir ekan. U otasining qanday iflos ishlar bilan shugʻullanishini bilmaydi.

Jungkook sekin koʻzlarini ochdi. Uning qop-qora, tubida nafrat yonib turgan koʻzlarida shafqatsiz reja tuzildi.

— Demak, qizi bor... Otasining qilgan xatosi uchun qizi toʻlaydi. Minsuni ushlash shart emas, Nikolay. Uning eng nozik joyidan ushlasak oʻzi oyogʻimga emaklab keladi. Qizni kuzatinglar. Bugun kechqurun u mening qoʻlimda boʻlishi kerak.

— Tushundim, janob Фантом.

Jungkook oynadan tashqariga qarar ekan, tamaki tutunini chuqur ichiga tortdi. Uning uchun odamlar shunchaki shaxmat donalari edi. Ayniqsa ayollar... Ular uning uchun shunchaki nafrat manbai va oʻyinchoq xolos edi.


Universitetdagi birinchi kunim kutganimdan ham ajoyib oʻtdi. Oʻqituvchilar mening chizgan eskizlarimni koʻrib, juda yuqori baholashdi. Sinfdoshlarim bilan ham tezda chiqishib ketdim. Xursandchiligimning cheki yoʻq edi. Hayotim xuddi ertaklardagidek goʻzal boʻlib ketayotgandek tuyulardi.

Darslar tugagach, soat kechki yettilarga yaqinlashib qolgandi. Uydagilarga xushxabarni yetkazish uchun tezroq uyga oshiqdim. Koʻchamizga kirib kelganimda nimadir notoʻgʻri ekanligini sezdim. Uyimiz atrofida qandaydir qora haybatli mashinalar turardi. Yuragim gʻalati boʻlib ketdi.

Eshik lang ochiq yotardi.

— Ona?! Dada?! — deya baqirgancha ichkariga otildim.

Oshxonaga kirganimda koʻrgan manzaramdan qotib qoldim. Uydagi hamma narsa ostin-ustun boʻlib yotardi. Onam yerda yigʻlab titrab oʻtirar uyni esa qora kostyumli gavdali barzangi odamlar titkilayotgan edi.

— Ona! Nima boʻldi?! Bular kim?! — yugurib borib onamni quchoqlab oldim.

Onam yoshli koʻzlari bilan menga qaradi.

— Yoona... qizim, qoch! Bu yerdan qoch!

Shu payt ortimdan ogʻir va botiq qadam tovushlari eshitildi. Kimdir sekin xonaga kirib keldi. Uning qadamlaridan ham, taralayotgan qimmatbaho atir hididan ham qandaydir dahshatli va sovuq bir kuch ufurib turardi.

Oʻgirilib qaradim.

Ostonada baland boʻyli, keng yelkali, egnida qop-qora kiyim va ustida charm kurtka kiygan kelishgan yigit turardi. Uning sovuq, oʻtkir va qop-qora koʻzlari toʻgʻri menga qadaldi. U menga huddiki biror bir buyumga qaragandek loqayd va nafrat bilan qarardi. Uning yuzidagi yovuz tabassumdan vujudimga muzdek titroq kirdi.

Bu Jeon Jungkook edi.

— Demak... Kang Minsuning erka qizi sen ekansanda? — dedi u ovozi shunday past ediki, bu qoʻrqinchli edi.

— Siz kimsiz?! Uyimizda nima qilyapsiz?! Dadam qani?! — yigʻlab baqirdim.

Jungkook menga sekin yaqinlashib keldi. U shunchalik baland ediki, unga qarash uchun boshimni tepaga koʻtarishimga toʻgʻri keldi. U yonimga kelib, toʻxtadi. Qimmat sigareta va sovuq atir hidi burnimga urildi. U qoʻlini uzatib, jagʻimdan mahkam ushladi. Barmoqlari temirdek qattiq va sovuq edi.

Qattiqroq ushladi deb tasavvur qilamiz 🤭

— Ovozingni oʻchir, kichkintoy. Bu yerda savolni men beraman. — dedi u, jagʻimni qattiqroq qisib. Ogʻriqdan koʻzimdan yosh chiqib ketdi.

— Otang laʼnati bir sotqin. U mening pullarimni va sirlarimni oʻgʻirlab qochdi. Endi esa... uning oʻrniga sen toʻlaysan.

— Qoʻlingizni torting! Dadam hech qachon bunday qilmaydi! Siz adashyapsiz! — men uning qoʻlidan barmogʻim bilan ushlab, tortib olishga harakat qildim lekin u joyidan ham jilmadi.

Jungkook baland ovozda sovuq kulib yubordi. Bu kulgida hech qanday quvonch yoʻq edi faqat dahshat bor edi.

— Menga ishonmaysanmi?... Onangga qara, u hammasini biladi.

Onamga qaradim. Onam koʻz yoshlarini artib, yerga qarab yigʻlardi.

— Yoona... dadang... dadang rostdan ham xato qildi...

Yuragim uzilib tushgandek boʻldi. Dunyo koʻzimga qorongʻi boʻlib ketdi. Onamning bu gapi meni tamom qildi.

Jungkook jagʻimni qoʻyib yubordi-da, yonidagi tansoqchisiga ishora qildi.

— Aleksey, qizni olinglar. Mashinaga oʻtqazinglar.

— Yoʻq! Tegmanglar menga! Qoʻyib yubor! — men qichqirib, qarshilik koʻrsata boshladim. Lekin haligi gavdali tansoqchi meni bir harakat bilan qoʻllarimni orqamga qayirib, koʻtarib oldi

— Yoona! Qizim! Iltimos, unga tegmanglar! Men tiz choʻkaman faqat qizimga tegmang! — onam Jungkookning oyogʻiga yopishib yigʻladi.

Jungkook esa onamga hatto qaramoqchi ham boʻlmadi. U onamni shunchaki oyogʻi bilan sekin itarib yubordi.

— Qizingiz tirik qolishini istasangiz, eringizga ayting. Oʻzi kelib meni topsin. Aks holda... qizingizning murdasini ham topa olmaysiz.

— Sen hayvonsan! Yovuzsan! Meni qoʻyib yubor! — men tansoqchining qoʻlida silkinib, baqirardim.

Jungkook menga oʻgirilib qaradi, koʻzlarida gʻazab va shahvat aralash gʻalati bir olov yonardi. U sekin yonimga kelib, qulogʻimga egildi. Issiq va zaharli nafasi qulogʻimga tegib turardi.

— Koʻp baqirma, Yoona. Ovozingni asrab qoʻy... Chunki bu kecha sen mening saroyimda ancha qichqirishingga toʻgʻri keladi. Sen endi mening shaxsiy oʻyinchogʻimsan.

Uning bu gapidan butun aʼzoyi badanim muzlab ketdi. Tansoqchilar meni sudrab tashqariga olib chiqishdi va qora mashinaning orqa oʻrindigʻiga uloqtirishdi. Eshik qattiq yopildi.

Mashina harakatlanganda, men derazadan yigʻlab qolgan onamga qarab koʻz yosh toʻkardim. Kechagina orzu qilib yurgan shirin hayotim bir soniyada jahannamga aylangan edi. Va bu jahannamning egasi Jeon Jungkook edi...

.

.

.

.

.

.