𝗣𝗦𝗬𝗖𝗛𝗢𝗣𝗔𝗧𝗛
Undan jiddiy nigohimni uzmas ekanman u ham menga tikilardi. U qurolimni olib orqa choʻntak yani boshqa qurollari yoniga qoʻshdi. Men esa shunchaki unga tikilardim.
Jk: Sizni tergovga olib borishim kerak.
Minji hayron boʻldi va tezda Jungkookka yolvora boshladi.
M: J-janob.. iltimos tentak dugonamni kechiring. U bu ishni boshqa qilmaydi.
Jungkook Minjiga keyin esa menga qaradi.
Jk: Mayli. Qiz bola boʻlgani uchun indamadim. Ammo keyingi safar qamoqqa ketadi.
U shunday deb menga qaradi va keyin ketdi. U ketar ekan uni atrofidagi harbiylar kulib uni masxara qilardi. Ammo jin ursin uning yuzidagi oʻsha lanati jiddiylik ketmas edi. Minji ikki yelkamdan ushlab meni oʻziga qaratdi.
M: Boshqa bunday qilma. Keyingi safar u osonlikcha qoʻyvormaydi.
Minji koʻzlarini aylantirib meni mashinam tomon yetaklay boshladi. U bilan birga ketat ekanman hali ham ortimga qarab qarab qoʻydim.
Mashinaga oʻtirganimizda men old oʻrindiqqa oʻtirdim. Minji haydovchi oʻrindiqiga oʻtirar ekan menga qovoq chimirdi.
M: Mashinani men haydamasam sendek 7- osmonda uchgan axmoq meni toʻppa toʻgʻri oʻlimga yetaklaydi.
Shunday deya mashinani boshqara ketdi. Yoʻlda ketayotganimizda miyyam bitta joyda edi. U ham boʻlsa Jungkook. Uni qanday oʻzimga sevdirishni oʻylar edim. U meniki boʻlishi kerak. Hattoki u uchun oʻldirish kerak boʻlsa hozir hammasiga tayyor edim. Boshimni oʻrindiqqa suyab mashina derazasidan tashqariga qarab jim ketardim. Minji esa jiddiylik va xushyorlik bilan mashinani haydardi.
— Odam oʻldirsa nechi yilga qamaladi?
Toʻsatdan bergan savolimga Minjining koʻzlari kattalashdi.
M: Aqldan ozadigan savollar berma. Albatta 10 yildan ziyod.
— Agar boshqa yengil jinoyat qilsachi?
M: Bilmadim. Uzogʻi 15 yoki 20 sutka bersa kerak agar bu jinoyat haqiqatdan ham yengil boʻlsa.
Minji gapirishimdan oldin tezda bosh chayqadi.
M: Hech qachon! Buni hayolingga ham keltirma!
U bir tomondan havotir va bir tomondan havsalasi pir boʻlgan boʻlib jim ketardi.
Kafega keldik. Bitta joyga oʻtirdik va qahva buyurtma qildik. Minjining yigiti Taehyung qoʻngʻiroq qildi. Ikki sevishgan gapalashayotgan paytdan foydalanib mashinamni kalitini olib tezda u yerdan chiqib ketdim.
Mashinam tomon tez borar ekanman tezda oʻtirib haydab ketdim. Mashinani toʻgʻri uning idora boʻlimiga haydab bordim.
U yerga yetib kelganimda esa harbiylar taʼzim qildi. Ularga etibor bermay ichkariga kirdim. Qabul boʻlimida esa bir harbiy yozib roʻyxatga olib turardi. U meni koʻrib hayron boʻlib toʻxtatdi.
X: Bu yer katta xolez uyimas istaganingizcha kirib chiqadigan. Qani tez chiqib keting.
Oʻylanib qoldim va Jungkook bilan uchrashishga bahona qidira boshladim.
— Men.. men jinoyat sodir qilganman.
— Odamga qasddan shikast yetkazdim...
U odam menga hayron boʻlib qaradi.
X: Ahmm.. ammo u odam qani? Odatda shikoyatdan keyin xibsga olish ishlari boʻlar edi.
— U berolmas ekan. Mana oʻzim keldimku. Qani boʻling meni xibsga oling!
X: Esingiz joyidami?! Siz oʻzingizni kimga topshirayotganingizni bilmayapsiz. Biz palitsiyamiz! Oʻyingoh egalari emas.
— Jinoyatchi oldingizga oʻzi kelsayu siz bosh tortyapsizmi?
Shu payt ularning boshligʻi kelib qoldi.
X: Bu yerda bitta qiz axmoqona gaplar gapiryapdi. Aytishicha u bir odamga shikast yetkazibdi lekin oʻzining ustidan oʻzi shikoyat qilyapdi.
Boshliq menga qaraganida yuzimda hech qanday emotsiya oʻzgarmadi.
B: Unda uni tergov xonasiga olib kiring. Jeon Jungkook uni soʻroq qiladi.
Xursand boʻlib ketdim va tezda bosh irgʻab tabassum qildim.
Men huddi bu yerlarni biladigandek oldinlab oʻzim ketar ekanman boshliq bilan xodim hayron turishar edi.
B: Odam qamalayotganiga yoki soʻroq qilinayotganiga bunchalik xursand boʻlganini birinchi marta koʻrishim.
X: Men ham.. lekin janob Jeon unga dars berib qoʻyadi.
Men esa yoʻlak boʻylab yurarkanman tergov xonasi oldida toʻxtadim va eshikni taqillatdim. Eshik ochilib Jungkook turardi.
Jk: Siz? Bugunning oʻzida ikkinchi marta koʻrishim.
— Bilaman. Lekin menga yoqyapdi.
Jungkook qoshini koʻtarib jilmaydi.
Jk: Oʻzi bu yerda nima qilyapsiz?
— Meni oʻzing bilan qamashingni istayman
U hayron boʻlib menga qarab qoldi. Men esa jilmayib koʻzlarimni undan uzmadim.