𝗠𝗬 𝗙𝗔𝗧𝗛𝗘𝗥-𝗜𝗡-𝗟𝗔𝗪
U ustimda yotgancha menga tikilib turardi. Koʻzlaridagi oʻt, qattiq qisilgan jagʻi va koʻksidagi tatuirovkalari yarim qorongʻuda juda yaqqol koʻrinardi. Yuragim koʻkragimni teshib chiqayotgandek tez urardi. Nafasim boʻgʻzimga tıqilib, nima qilishni, nima deyishni bilmay qoldim.
Uning issiq nafasi yuzimga urilardi. U barmogʻi bilan sochimni sekin qulogʻim ortiga oʻtkazdi. Barmoqlari boʻynimga tegib ketganida badanimga tok urilgandek titrab ketdim.
— J-janob Jeon... — dedim zoʻrgʻa ovozimni chiqarib. — Turing, iltimos...
U esa javob bermadi. Koʻzlarini lablarimdan uzmay, past ovozda pichirladi.
Jk: Nega bunchalik titrayapsan, Yoona? Men bilan qolishdan qoʻrqyapsanmi?
— Yoʻq... shunchaki... kimdir koʻrib qolsa nima boʻladi? — dedim koʻzlarimni olib qochishga harakat qilib.
Jk: Hamma uxlab yotibdi. — dedi u vazminlik bilan, lekin ovozidagi maʼno meni battar dovdiratib qoʻydi.
U sekin oʻrnidan turib, menga qoʻlini uzatdi. Men uning qaynoq kaftidan ushlab, oʻrnimdan turdim. Tungi koʻylagimni toʻgʻrilab, yerga qaragancha turardim. Yuzim issiq boʻlib yonib ketayotgandi.
— Uzr... men bilmasdan yiqilib tushdim. — dedim past ovozda.
Jungkook stol ustida turgan qadahini qoʻliga oldi-da, bir hoʻplab menga qaradi. Yuzida oʻsha har doimgi sirli, tushunarsiz jilmayish bor edi.
Jk: Shikastlanmadingmi? — soʻradi u.
— Yoʻq, hammasi joyida. Men... men xonamga chiqay.
Jk: Mayli, chiq. Lekin ertaga ishga kechikma, kotiba xonim. Ertaga muhim uchrashuvimiz bor. — dedi u va menga yana bir bor chuqur tikilib qoʻydi.
— Hop, xayrli tun.. — deb oshxonadan tezda chiqib ketdim.
Zinadan koʻtarilayotganimda ham yuragim urishi pasaymadi. Xonamga kirib, eshikni qulfladim va suyandim. Qoʻlim bilan lablarimni ushladim. Uning oʻsha daqiqadagi qarashi koʻz oldimdan ketmasdi. Nega u bunday qildi? Nega meni ushlab qoldi-yu, birdaniga oʻzgardi? U shunchaki qaynotam, men esa uning oʻgʻlining xotiniman. Lekin bu sodir boʻlayotgan narsalar mutlaqo normaga toʻgʻri kelmasdi.
Ertalab soat yettida uygʻondim. Yuz-qoʻlimni yuvib, ish kiyimlarimni kiyib pastga tushdim. Oshxonada faqat qaynonam bor edi. U meni koʻrib, darrov jilmaydi.
Jeon xonim: Voy, qizim barvaqt turibdingmi? Kel oʻtir nonushta qilib ol.
— Xayrli tong, oyijon. Yordamim kerakmasmi? — dedim yoniga borib.
Jeon xonim: Yoʻq, qizalogʻim, hamma narsa tayyor. Yeonjun hali uxlayapti, kechasi bilan qayerdadir yurib tundan oʻtib uyga keldi...
Qaynonam xoʻrsinib qoʻydi. Uning bu gapidan ichim yana muzlab ketdi. Yeonjun tuni bilan uyda boʻlmagan. Shartnomamiz boʻyicha u menga aralashmasligi kerak edi, lekin bu darajada beparvoligi baribir alam qilardi.
Shu payt dahlizdan oyoq tovushlari eshitildi. Jungkook qora kastyum shim kiyib, galstukini toʻgʻrilagancha oshxonaga kirdi. U juda kelishgan va savlatli koʻrinardi. Menga koʻzi tushishi bilan bir soniya toʻxtab qoldi, lekin darrov oʻzini qoʻlga olib, sovuqqonlik bilan jilmaydi.
Jeon xonim: Xayrli tong, azizim. Oʻtir, choy ichgin.
Jk: Yoʻq, azizam, vaqt kam. Kompaniyada muhim uchrashuv bor. Yoona, tayyormisan?
— Ha, janob Jeon, tayyorman.. — dedim tezda sumkamni olib.
Jeon xonim: Hech boʻlmasa biror narsa yeb ketinglar..
Jk: Yoʻlda kofe ichamiz, xavotir olma.
U qaynonamning yuzidan oʻpib qoʻydida, menga qaradi.
Biz mashinaga oʻtirdik. Kechagidagi vaziyatdan keyin ikkimiz ham sukut saqlardik. Men derazadan tashqariga qarardim, u esa rulni boshqarardi. Lekin mashina ichidagi havo asabiy va ogʻir edi.
Toʻsatdan Jungkook mashinani yoʻl chetidagi kafe yonida toʻxtatdi.
— Menga farqi yoʻq... oddiy latte boʻlaveradi.
U mashinadan tushib, kafe tomonga ketdi. Bir ozdan keyin ikkita stakan bilan qaytib keldi va bittasini menga uzatdi. Stakanni olayotganimda barmoqlarimiz yana tegib ketdi. Ikkalamiz ham bir-birimizga qaradik. Uning koʻzlarida kechagidek oʻsha sirli va iliq nigoh bor edi.
Kompaniyaga yetib keldik. Kun juda tigʻiz oʻtdi. Tushdan keyin Jungkookning xonasiga muhim hamkorlar kelishi kerak edi. Men hujjatlarni tayyorlab, xonasiga kirdim.
— Janob Jeon, shartnomalar tayyor. Koʻrib chiqasizmi? — dedim hujjatlarni stoliga qoʻyib.
U stulida oʻtirgancha menga tikildi. Uning yuzida charchoq alomatlari bor edi. U koʻzoynagini yechib, stolga qoʻydi va chuqur xoʻrsindi.
Nega chaqirayotganini tushunmay, stolga yaqinlashdim.
— Biror narsa xato yozilibdimi?
Jk: Yoʻq, hammasi toʻgʻri. Shunchaki... charchadim.
U kutilmaganda qoʻlimdan ushlab, oʻziga tortdi. Men muvozanatni yoʻqotib, uning tizzasiga oʻtirib qoldim.
— J-janob Jeon! Nima qilyapsiz?! — deb choʻchib tushdim va turishga harakat qildim.
Lekin u belimdan qattiq ushlab, meni qoʻyib yubormadi. Uning yuzi boynimga shunchalik yaqin ediki, uning nafasini terimda his qilib turardim.
Jk: Bir daqiqa shunday tur. Faqat bir daqiqa... — dedi u boʻgʻiq ovozda. Uning ovozida shunday bir yolvorish va ichki ogʻriq bor ediki, men beixtiyor qotib qoldim.
— Buni qilmasligimiz kerak... siz qaynotamsiz, men esa Yeonjunning xotiniman... — dedim titroq ovozda.
Jk: Yeonjun seni sevmaydi, Yoona. U seni baholamaydi. Buni oʻzing ham bilasan-ku, toʻgʻrimi?
U boshini koʻtarib, toʻppa-toʻgʻri koʻzlarimga qaradi.
Uning bu gaplari yuragimga oʻqdek qadaldi. Chunki bu haqiqat edi. Yeonjun uchun men shunchaki shartnoma va ortiqcha yuk edim.
Uning koʻkragidan itardim. Bu safar u meni ushlab qolmadi va men oʻrnimdan turdim.
U menga uzoq tikilib turdi-da, sekin dedi.
Jk: Toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini vaqt koʻrsatadi. Hozircha esa borib mehmonlarni kutib ol.
Xonadan chiqayotganimda oyoqlarim qaltirardi. Eshikni yopib, devorga suyandim. Yuragim goʻyo koʻkragimdan otilib chiqayotgandek urardi. Bu nima oʻzi? Jungkook mening hayotimga, tuygʻularimga asta-sekin, sezdirmay kirib kelayotgan edi. Va eng qoʻrqinchlisi — men buni toʻxtatishni xohlayapmanmi-yoʻqmi, oʻzim ham bilmasdim...