July 21

MY OBSESSION | 𝐄𝐏𝐈𝐒𝐎𝐃𝐄 1


"Bringing the world to its knees. Done. To make everyone beg you. Done. Setting the world on fire. Done. Just love me once..."


Hayotingiz juda baxtli hodisalarga boy boʻlishi yoki umuman baxtsiz boʻlishi mumkin. Hammaning yonida qoʻllab quvvatlaydigan ota onasi yoki yerga uradigan ota onasi boʻlishi mumkin. Hammaning eng yaqin doʻstlari yoki ortidan pichoq sanchadigan doʻstlari boʻlishi mumkin. Hammaning yonida uning hayotini doʻzaxga aylantiradigan dushmani yoki uni shunchaki yonishini kuzatidan dushmani boʻlishi mumkin.

Ammo..

Kimningdir hayotida uning dorisi boʻlganmisiz? Uning havosi, uning dorisi mutloq qilib aytganda uning psixologik obsessioni boʻlganmisiz? Boʻlmang.. boʻlmang. Shunchaki hammadan qoching. Hech kimga kelmang. Keting va hech kimning eʼtiborini tortmang. Menga oʻxshab xato qilmang.

Men sizga oʻz xatoyimni boshidan aytib beraman...

Ismim Kang Yoona. Yoshim 23 da.

Oilada 2 ta farzandmiz. Men va ukam Kang Hyunsok. Otam yoshligimda men, onamni va ukamni tashlab unga pul beradigan boyvachcha ayolga ketgan. Ukam oʻshanda 3 yosh edi. Men esa 10 yosh. Hammasini koʻrgandim. Otam ketishidan oldin onamga aytgan zaharxanda gaplari hali ham qulogʻim ostida jaranglab turardi.

"Senda nima bor?!" "Seni sevmayman!" "Senga faqat bu dunyoda ersiz qolmasliging uchun uylanganman!" "Sen kimsan oʻzi. Men aytaymi? Sen hech kimsan! Oʻsha ayolni oldida zarracha ham qadring yoʻq!" "Senga uylangan kunimga ming lanat!"

Otamdan nafratlanaman! U onamni yurak xurujiga olib kelgan. Onam oʻsha erkakning dastidan va bizni boshqa oʻgay otaga qolmasligimiz uchun 13 yil umrini bizga sarfladi. Bu achinarli. Juda achinarli. Shuning uchun men onamni yaxshi hayot kechirishi uchun bor kuchim bilan oʻqib oʻzim istagan dizaynerlik universitetiga oʻqishga kirdim. Meni yaxshi oʻqiganim va ishlaganim uchun ham dizayner ham model qilib saylashdi.

Mening dugonam bor. Ismi Shin Ryujin. Uning ham yoshi 23 da. Biz birga oʻqiymiz va ishlaymiz.

U ham model ammo dizayner emas. U koʻpincha juftlik liboslarda koʻrinish beradi. Yani kelishgan yigitlar bilan albatta. Unga bu yoqadi. Oʻzi ham chiroyli boʻlgani uchun unga koʻpchilik munosabatlarni taklif qiladi. U esa rozi boʻladi. Tez oʻtmay ularning sevgisi yakunlanadi va menga yigʻlab keladi🤦🏻‍♀️

Men esa umuman teskarisiman. Yani menga ham munosabatlarni taklif qilishsa men toʻgʻri rad etaman. Yigitlar esa orqamdan gap tarqatadi yoki yana nimadir boʻladi. Shunga men oʻzimga oʻzim qasam ichganman. Hayotimga bir haqiqiy erkak bostirib kirmagunicha hech kimga imkon bermayman.


Boshqa joydagi voqea


Janob Jeon: Qachon uylanasan, axmoq?! Yoshing allaqachon 30 dan oshdi!

Jungkook hayron boʻlib otasiga qaradi.

Jk: Yo xudoyim, dada. Endigina 28 ga kirdim. Hali yosh oʻgʻlingizga nega bunday mavzuni ochyapsiz?

Jungkookning onasi ham xoʻrsinib eriga qaradi.

Jeon xonim: Azizim, uni qiynamang! U hali bola.

Janob Jeon koʻzlarini yumdi va ogʻir xoʻrsindi.

Janob Jeon: Ey xudo, qanaqasiga 30 ga kirgan bolangni yosh deyapsan?!

Jk: 28!

Janob Jeon: Nima qilibdi? 2 yildan keyin 30 ga kirasan! Sen qatorilarni allaqachon 2 yoki 3 ta bolasi bor. Sen esa tungi klub boʻylab yurganing yurgan! Qachon esing kiradi sen axmoqni?! Tungi klubdan nima foyda? Oʻsha foxishalaring senga nima bera oladi?

Jungkook boshini orqaga tashlab jilmaydi. Koʻzlarini yumar ekan hammasini eslab nafassiz kuldi.

Jk: Ularmi? Ular menga hamma narsa beryapdi. Siz esa tasavvur qila olmaysiz.

Jungkookning otasi Jungkookni yelkasiga urdi.

Janob Jeon: Chiq yoʻqol, uyatsiz. Ota onangni yonidayam shunday deysanmi? Beting qursin!

Jungkook kulib u yerdan chiqar ekan eshik yonida toʻxtadi.

Jk: Boʻlajak xotinimni oʻzim topaman. Uni topgan kunimda esa toʻyni shu kuni ertasi qilamiz. Mana koʻrasiz bolani ham tezlashtirib sizni nabiralar bilan koʻmib tashlayman.

Onasi xursand boʻlib tabassum qildi.

Jeon xonim: Iloyim shunday boʻlsin.

Janob Jeon: Ha ha koʻramiz. Sening taqdiringdagi qizga rahmim kelyapdi.

Jungkook kulib xonada chiqib ketdi. Uydan chiqar ekan qora jaketini kiydi. Uy hovlisida uni doʻsti Taehyung kutib turardi. Jungkookni koʻrib mototsikldan tushdi va u tomon keldi.

Tae: Vanihoyat erkatoy shahzodamiz uyidan chiqdi. Men hozirgina yordamga kirsammikan deb oʻylanib oʻtirgan edim.

Jungkook koʻzlarini aylantirdi.

Jk: Ha judayam kulgili. Ketdik klubga. Uydan zerikdim.

Taehyung kulib mototsiklga oʻtirdi va shlem taqdi. Jungkook ham mototsiklga oʻtirib shlemini taqdi va Taehyungga qaradi.

Jk: Tungi klubgacha poyga oʻynaymiz!

Taehyung bosh irgʻadi va kutmay bor tezlik bilan haydab ketdi. Jungkook ichida uni qargʻab qoldi va u ham ortidan haydab ketdi. Ular yoʻlda hech kimga yoʻl bermay tezlikni oshirib ketardi.


Bu vaqtda esa men va Ryujin kvartiramizga qaytardik.

Ryu: Bugun ishonmaysan nima boʻlganiga!

Koʻzlarimni aylantirdim.

— Yana kim bilan munosabat boshlading.

U lablarini burib menga qaradi.

Ryu: Nima? Faqat senga nimadir aytmoqchi boʻlsam meni yangi yigit topdi deb oʻylaysanmi?

Ohista kuldim.

— Chunki sen rostdan ham shunaqasan. Seni aytmoqchi boʻlgan yangiliklaring hammasi bir xil.

Biz chorrahaga kelgandik va yashil chiroq yonganida yurmoqchi edik ammo uzoqdan bor tezlik bilan kelayotgan ikkita mototsiklni koʻrib hayron boʻldik. Men esa joyimda toʻxtab qoldim. Ryujin tezda chetga chiqdi ammo meni oʻzi bilan olib oʻtish esidan chiqdi.

Men bunday narsalardan qoʻrqaman yani menda yoshligimdan "fonofobiya" va "amaksofobiya" bor. Yani baland tovush va avtohalokatlardan qoʻrqish fobiyalarim sabab koʻchada yurishda ayniqsa chorrahada yurishda ehtiyot boʻlaman. Lekin hozir kelayotgan ikkita mototsikl juda shovqinli edi. Bittasi boshqa yoʻl tomon yurib burilib toʻxtadi ammo boshqasi menga urilmaslik uchun butunlay burilgan edi ammo oʻzi daraxtga urildi.

Qoʻrqqan edim. Yuragim qinidan chiqadigan darajada qattiq urardi. Ryujin tezda yonimga keldi va yuzimdan ushladi.

Ryu: Yoona! Yoona! Meni eshityapsanmi?! Qoʻrqma!

Ryujin boshqa mototsikldagi erkak tomon jaxl bilan borib shlemi boʻlishiga qaramay boshiga sumkasi bilan urdi. Erkakning boshi egilib qoldi va shlemini yechin Ryujinga qaradi.

Tae: Hoy! Menda qasding bormi?

Ryujin uni itarib yubordi.

Ryu: Senlar uchun mashina yoʻli katta xolangni uyimi?! Bir odamni umriga zomin boʻlardilaring!

Taehyung Ryujinga qarab hayron boʻlib kuldi.

Tae: Sen kimsan oʻzi? Menga bunday gapirishga qanday hadding sigʻdi?

Ryujin koʻrsatgich barmogʻi bilan unga tahdid qildi.

Ryu: Oʻchir ovozingni. Senlarni bunday tezlikda haydaganlaring uchun palitsiyaga arz qilaman.

Ayni paytda men oʻsha daraxtga urilgan inson tomon borardim. Uni yerda jim yotganini koʻrib qoʻrqdim. Uni oʻldi deb oʻyladim. Yelkasiga teginmoqchi boʻlib qoʻl choʻzgandim toʻsatdan bilagimni ushlab oldi. Qoʻrqib orqaga tislandim ammo u bilagimni qoʻyib yubormadi.

— Hoy.. kimsan?!

U yerda yotgan holatda shlem oynasini ochib menga qaradi. Uning koʻzlari meni deyarli oʻziga tortgandi. Ha faqat uning koʻzlari koʻrinib turardi va bu menga huddiki yulduzlarni jonli, yaqin koʻrayotganimdek edi.

Jk: Menga yordam berasanmi yoki shunday qolamizmi?

Hayron boʻldim va tezda bosh irgʻadim. Uning qoʻlidan ushlab turgʻizishga yordam berdim. U ingranib bazur oʻtirdi.

Jk: Ahh.. jin ursin. Menimcha belimni sezmayapman.

— Yomon ogʻriyaptimi?

Jk: Yoʻq, juda muloyim.

Uning kinoyali ohangiga qovoq chimirdim.

— Men nima qildim? Oʻzingizku piyodalar uchun chiroq yonganda ham toʻxtamagan.

Jungkook gapirmoqchi edi ammo gapini boʻldim.

— Oʻzingizni oqlashga urinmang. Men sizni politsiyaga topshirishim mumkin edi ammo men bunday qilmadim.

Jungkook menga qarar ekan bir oz jilmaydi.

Jk: Ha sen bu ishni qilishga juda yoshlik qilasan. Agar shunday qilsang yerni tagidan boʻlsa ham seni topib olib qilgan ishing uchun pushaymon qildirardim.

Oʻrnimdan turdim.

— Afsuski men sizga oʻzimni osonlikcha topshiradigan bitchlardan emasman. Hayr, boy bolacha~

U bu gapdan ham hayron ham jaxli chiqdi chunki uni hayoti davomida hech kim bunday chaqirmagan.

.

.

.

.

.

.