𝐌𝐘 𝐁𝐎𝐃𝐘𝐆𝐔𝐀𝐑𝐃
𝑻𝒖𝒏 𝒋𝒊𝒎, 𝒂𝒎𝒎𝒐 𝒚𝒖𝒓𝒂𝒌 𝒔𝒉𝒐𝒗𝒒𝒊𝒏 𝒔𝒐𝒍𝒂𝒅𝒊,
𝑰𝒔𝒎𝒊𝒏𝒈 𝒉𝒂𝒓 𝒏𝒂𝒇𝒂𝒔𝒊𝒎𝒅𝒂 𝒚𝒂𝒔𝒉𝒂𝒃 𝒒𝒐𝒍𝒂𝒅𝒊.
Restorandagi oʻsha daxshatli voqeadan keyin uyga qanday yetib kelganimizni eslay olmayman. Mashinadan tushganimdan beri xonamda u yoqdan-bu yoqqa yurib oʻzimni bosishga harakat qilardim. Yuragim hamon tez urar lekin buning sababi faqatgina boyagi bezorilar emas balki koʻz oldimdan ketmayotgan Jungkookning sovuq, ammo oʻta jozibali qiyofasi edi.
— Jin ursin u shunchaki tansoqchi!
Pichirladim oʻzimga oʻzim oynaga qarab.
Qanday jaxlimdan tez uxlab qolganimni ham bilmagan edim. Ertasi kuni ertalab uygʻonganimda, kechagi qoʻrquv oʻrnini yana oʻsha eski shoʻxligim va unga taslim boʻlmaslik istagi egallagan edi. Men Kang Yoonaman, hech kimga, ayniqsa otam yollagan birinchi kungi tansoqchiga boʻysunib oʻtirmayman. Xonamdan chiqib, pastga tushayotganimda oshxonadan kelayotgan kofe hidini sezdim. Oshxonaga kirsam, Jungkook egnida qora koʻylagi va koʻylakining yenglari shimarilgan holda stolda oʻtirib, noutbukda nimadir yozib oʻtirardi.
Meni koʻrib, koʻzlarini ekrandan uzdi va soatiga qaradi.
Jk: Yetti daqiqa kechikdingiz, Yoona. Bugun universitetga borishingiz kerak, nonushtani mashinada qilasiz.
U zarracha hissiyotsiz menga buyruq berdi?! Uning bu buyruq ohangi asabimni buzdi. Stol ustidagi yangi damlangan kofeni olib, ataylab uning noutbugi yoniga qoʻydim va labimni burdim.
— Men sening buyrugʻing bilan yashamayman. Va kofeni mashinada emas, shu yerda ichaman.
Shunday deya kofe finjonini qoʻlimga olganimda, qanchalik ahmoqlik qilganimni sezmay qoldim. Qaltirab ketgan qoʻlimdan kofe toʻgʻri uning koʻylagining koʻkragiga toʻkilib ketdi. Men qotib qoldim. Issiq kofe uning koʻylagini rasvo qilgan edi. Jungkook sekingina oʻrnidan turdi, koʻylagiga qaradi, soʻngra menga shunday bir qarash qildiki hozir meni shu yerning oʻzida boʻgʻib oʻldirib yuboradigandek tuyuldi.
Ichimda qoʻrquv boʻlsa-da, sirtimda kulib yubordim.
— Voy, uzr... qoʻlim sirgʻalib ketdi.
Piching qilib gapirdim. Jungkook indamay menga yaqinlashdi. Oradagi masofani butunlay yoʻqotib, qulogʻimga egildi.
Jk: Bu birinchisi va oxirgisi boʻlsin. Aks holda bu uchun pushaymon qildiraman.
U shunday pichirladi-da, ortiga oʻgirilib kiyimini almashtirishga chiqib ketdi. Uning ortidan tilimni chiqarib qoldim, lekin yuragim baribir tez urayotgandi.
Mashinaga oʻtirganimizda u boshqa koʻylakda edi, yuzida esa kechagidan ham battarroq sovuqlik hukm surardi.
Universitetga ketayotganimizda, ichimda uni qanday qilib yuzini yerga qaratish rejasini tuza boshladim. Biz yetib kelganimizda, u har safargidek mashina eshigini ochdi. Men unga qarab.
— Sen shu yerda, mashinada kutasan. Universitet hududiga tansoqchilar qoʻyilmaydi, dars tugaguncha kut.
Dedim yolgʻondan cheklov oʻylab topib. Jungkook esa koʻzlarini qisib menga qaradi.
Jk: Mening vazifam sizni koʻzdan qochirmaslik. Qayerga borsangiz, oʻsha yerga boraman.
U qatʼiy dedi. Men indamay darsxonaga qarab yugurdim, u esa orqamdan yirik qadamlar bilan ergashdi. Koridorda hamma bizga, aniqrogʻi ortimda turgan kelishgan yigitga qarardi. Dars boshlanishidan oldin, dugonalarim bilan reja tuzdik. Universitet binosining orqa eshigi bor edi va u yerga faqat talabalar kira oladigan shaxsiy karta orqali oʻtilardi. Dars tugashi bilan men dugonamning kartasini olib, Jungkookni chalgʻitish uchun boshqa qizni mening kiyimimga oʻxshash kiyintirib oldinga yubordim. Oʻzim esa orqa eshikdan yugurib chiqib, dugonamning mashinasiga oʻtirdim-da, Jungkookni ortda qoldirganimdan xursand boʻlib baland ovozda kulib yubordim.
— Yutqazding, Han Jihoon! Men sendan aqlliroqman.
Deb xursand boʻlib oynadan shamolga qarab. Dugonalarim bilan shahar chetidagi koʻngilochar markazga keldik. Men maza qilib dugonalarim bilan aylanib, uning asabiylashib meni qidirayotganini tasavvur qilib kulardim. Ammo mening bu xursandchiligim uzoqqa choʻzilmadi.
Oradan bir soat oʻtar-oʻtmas, muzqaymoq yeb oʻtirgan joyimda, toʻsatdan qarshimdagi stul surildi va u yerga kimdir oʻtirdi. Boshimni koʻtarib, koʻzlarim kosasidan chiqib ketayozdi. Qarshimda Jungkook oʻtirardi! U mutlaqo xotirjam, qoʻlida esa qandaydir ichimlik bor edi.
— Qanaqasiga?! Sen qayerdan topding meni?!
Deb hayron boʻlib soʻradim. Jungkook sekingina stakanni stolga qoʻydi soʻngra menga qarab istehzoli kuldi. U butun boshli mafia bossi boʻla turib, shahar GPS tizimini va mening telefonim joylashuvini bir soniyada aniqlay oladigan odamlarini ishga solganini men qayerdan ham bilardim. U shunchaki telefonimga ishora qildi.
Jk: Siz juda soddasiz, Yoona. Agar mendan qochmoqchi boʻlsangiz, koʻproq harakat qilishingiz kerak. Endi esa, oʻyin tugadi. Uyga qaytamiz.
Dedi u oʻrnidan turib. Men sharmanda boʻlganimdan va rejamni barbod boʻlganidan asabiylashib, oʻrnimdan turdim.
— Ketmayman! Men hali aylanmoqchiman!
Oyogʻimni tirab oldim. Jungkook atrofga qaradi, odamlar bizga qaray boshlagandi. U hech narsa demasdan, menga yaqinlashdi va bir soniyada meni xuddi yengil qopdek yelkasiga tashlab oldi!
— Hey! Nima qilyapsan?! Qoʻyib yubor meni! Tentak, axmoq tansoqchi!
Baqirib, uning orqasiga mushtlay boshladim. Lekin uning tanasi toshdek qattiq edi, mening zarbalarim unga chivindek ham taʼsir qilmasdi. U meni butun markaz boʻylab, odamlarning kulgisi va hayrati ostida yelkasida koʻtarib mashinagacha olib bordi.
Mashina eshigini ochib, meni orqa oʻrindiqqa deyarli otib yubordi va eshikni qulfladi.
Oʻzimni oʻrindiqda toʻgʻrilar ekanman, sochlari toʻzib ketgan, yuzlari qizarib ketgan holatda unga qarab baqirdim.
— Seni oʻldiraman! Dadamga aytib seni tiriklayin koʻmdiraman!
Jungkook rulga oʻtirib, mashinani haydadi va old oynadan menga qarab jilmaydi. Bu uning yuzida birinchi marta koʻrgan samimiy, ammo baribir sirli kulgisi edi.
Jk: Agar baqirishni davom ettirsang keyingi safar seni yelkamda emas, boshqacharoq usulda olib ketaman.
Uning bu gapidagi maʼnoni tushunib, jim boʻlib qoldim va oynaga qarab qovoqlarimni uydim. Ichimda esa unga nisbatan gʻalati bir nafrat va shu bilan birga qandaydir tushunarsiz tortishish hissi uygʻona boshlagandi. Biz uyga yaqinlashayotganimizda, u toʻsatdan mashinani yoʻl chetidagi qorongʻu xiyobon yonida toʻxtatdi. Men hayron boʻlib unga qaradim. U mashinadan tushib, orqa eshikni ochdi va yonimga oʻtirdi. Uning yuzidagi kulgidan asar ham qolmagan, yana oʻsha jiddiy mafia qiyofasi qaytgan edi. U menga juda yaqin keldi, shunchalik yaqinki, uning koʻzlaridan hech narsani koʻra olmasdim.
Jk: Yoona, sen meni shunchaki erkaliklaringizni koʻtaradigan tansoqchi deb oʻylayapsan. Lekin tashqarida sen tasavvur ham qila olmaydigan darajada xavfli odamlar bor. Bugungi oʻyining senga qimmatga tushishi mumkin edi. Agar hayotingni saqlab qolmoqchi boʻlsang mening yonginamda turishni oʻrganasan.
Dedi uning barmoqlari yuzimdagi toʻzigan sochni sekingina qulogʻim ortiga oʻtkazarkan. Uning teginishidan badanimga titroq yugurdi.
Jungkookning ichida esa butunlay boshqa oʻylar aylanardi. U meni himoya qilayotgandek boʻlsa-da, bu faqatgina otamdan qasos olish kuni kelguncha meni tirik saqlash uchun ekanligini, mening har bir titrogʻim uning qasos rejasining bir qismi ekanligini men hali bilmasdim.