Today

π‹πŽπ•π„ πŽπ‘ 𝐇𝐀𝐓𝐄 / π‘¨π’π’‚π’”π’•π’‚π’”π’Šπ’‚ π‘©π’†π’—π’†π’“π’π’š

π„ππˆπ’πŽπƒπ„ 1

"You are my biggest mistake..."


Men kimligimni bilasizmi? Albatta, bilasiz. Bu shaharda Kang Yejin ismini eshitmagan, mening oilam qanchalik qudratli ekanligini bilmaydigan odam yo'q. Yoshim 19 da.

Men uchun dunyo oddiy odamlar uchun bo'lganidan mutlaqo boshqacha. Pul va hokimiyat mening tug'ilganimdan beri hamrohim, mening o'yinchoqlarim. Otamning kompaniyalari, ko'chmas mulklari, xorijdagi bank hisoblari shunchalik ko'pki, men hatto ularning hammasini hisobini bilmayman. Menga kerak bo'lgan hamma narsa, istalgan istagim, bir soniyada muhayyo bo'ladi. Meni rad etish, menga qarshi chiqish yoki mening yo'limda turish, bu shunchaki o'z joniga qasd qilish bilan barobar.

Bu maktab ham mening bir o'yin maydoncham edi. Men bu yerga kelgan kundan boshlab, qoidalarni o'zim o'rnatdim. Direktor, o'qituvchilar, hammasi menga qarab nafas oladi. Men kirib kelganimda butun maktab sukunatga cho'madi, hamma yo'lni bo'shatadi, ko'zlarini erga qaratadi. Bu qo'rquv emas, bu mening qudratimga nisbatan hurmat va bo'ysunishdir. Men bu yerning qirolichasiman va bu qirolichalik men uchun juda maroqli edi. Har qanday yangi kelgan o'quvchi, har qanday mening qoidalarimga bo'ysunmagan ahmoq, butun maktab oldida xo'rlanishi, kamsitilishi, kalaka qilinishi shart edi. Bu mening ko'ngilochar tomosham, mening bu zerikarli maktab hayotimni qiziqarli qiladigan o'yinim edi. Men shafqatsizmanmi? Balki. Lekin dunyo shunday tuzilgan. Kuchlilar kuchsizlarni eydi, boylar kambag'allarni xo'rlaydi. Men shunchaki bu dunyo qonuniyatining eng yuqori pog'onasida turib, o'z o'rnimni himoya qilardim.

Bugun ham odatdagidek, dabdabali, qora tanli mashinamda maktab hovlisiga kirib keldim. Mashinaning orqa o'rindig'ida, eng so'nggi rusumdagi telefonimni ko'zdan kechirib, bugun qaysi "nishon"ni tanlash haqida o'ylardim. Mashina to'xtadi. Shaxsiy haydovchim, yoshi katta, har doim menga hurmat bilan munosabatda bo'ladigan inson, eshikni ochdi. Men sekin, o'z harakatlarimni boshqarib, qimmatbaho brend kiyimlarimda, baland poshnali tufliyimda mashinadan tushdim. Quyosh ko'zlarimni qamashtirdi, lekin men parvo qilmadim. Quyosh ham menga qarshi chiqa olmaydi. Atrofdagilar, go'yo sehrlangandek, menga joy bo'shatishdi. Men ularning yuzidagi qo'rquv va hayratni ko'rib, ichimdan mamnun bo'ldim. Bu mening dunyom, mening saltanatim.

Maktab binosiga kirdim. Koridorlar odamlar bilan to'la, lekin men kelayotganimni eshitgan har bir kishi, darhol devorga yopishib, menga yo'l beradi. Men ularga hatto qaramadim ham. Ular men uchun shunchaki fonga aylangan edi. Men o'zimning maxsus o'rindiqimga, eng orqadagi, hammani kuzatib o'tirish mumkin bo'lgan joyga bordim. Yonimda o'tirgan, mening soyamda yashaydigan ikki nafar "do'stlarim" β€” aslida ular men uchun shunchaki xizmatchilar β€” menga yordam berishga shoshilishdi. Sumkamni stolga qo'yishdi, darsliklarimni tayyorlashdi, menga qahva olib kelishdi. Men esa shunchaki telefonimga qarab, ularning xizmatlarini odatdagidek qabul qildim.

Sinf eshigi ochildi. Maktab direktori bir o'quvchini yetaklab kirdi. Bu bola... u mutlaqo g'alati edi. Yoshi 16 larda, juda tortinchoq, ko'zlarida qo'rquv, bo'yni egilgan. Uning kiyimlari oddiy, arzon matodan tikilgan, ko'zoynagi ham uning yuziga mos kelmasdi. U men uchun xuddi boshqa sayyoradan kelgan mavjudotdek tuyuldi. Direktor, ovozini titratib, uni tanishtirdi.

D: Bolalar, diqqat qilinglar. Bu Jeon Jungkook. U bugundan boshlab sizlar bilan birga o'qiydi. U o'zining ajoyib bilimi sababli 3 sinf yuqoriga o'tkazildi. Umid qilamanki, sizlar unga moslashishga yordam berasizlar.

Men direktorni eshitib, piching bilan kulib yubordim. Bilim? Bu maktabda bilim hech narsani hal qilmaydi. Bu yerda faqat kuch va boylik ustun. Jungkook esa bu narsalardan mutlaqo mahrum edi. U mening yangi o'yinchoqim, yangi nishonim. Uning ojizligi, uning qo'rqoqligi menga yoqib tushdi. Men tanaffus bo'lishini va uning barcha mag'rurligini erga topshirishni sabrsizlik bilan kutardim.

Jungkook direktor ko'rsatgan bo'sh joyga, mening ro'paramdagi stolga o'tirdi. U sumkasini sekin stolga qo'ydi, kitoblarini chiqardi, har bir harakati qo'rquv va tortinchoqlikni ko'rsatib turardi.

U ko'zini mendan olib qochishga harakat qildi, lekin men uni kuzatib o'tirardim. Uning bu ojiz holati meni yanada ko'proq zavqlantirdi. Men "do'stlarim"ga qarab, ko'zlarim bilan ularga ishora qildim. Tanaffusda hamma narsa boshlanadi.

Tanaffus qo'ng'irog'i chalindi. Sinfxonada hayajon kuchaydi. Hamma nimadir bo'lishini kutayotgan edi. Men sekin o'rnimdan turdim. Boshimni baland ko'tarib, mag'rurlik bilan Jungkookning stoli yoniga bordim. U sumkasini yig'ishtirayotgan edi, mening soyamsiz ustiga tushganini his qilib, harakati to'xtadi. U boshini ko'tarib, menga qaradi. Ko'zlarida qo'rquv yanada kuchaydi.

β€” Xo'sh, yangi bola

Men piching bilan, ovozimda hukmronlik ohangi bor edi.

β€” Bu maktabda kim qirolicha ekanligini, kimga ta'zim qilishing kerakligini aytishmadimi?

Jungkook bir soniya jim qoldi. Uning lablari titradi, qo'llari qaltiray boshladi.

Jk: Men... men bilmasdim

U titroq ovozda gapirdi.

Jk: Kechirasiz.

Men baland ovozda kulib yubordim. Bu kulgu sinfxonada aks-sado berdi. Hamma o'quvchilar menga qo'shilib kulishdi. Ular mening bu o'yinimni yaxshi bilishardi.

β€” Kechirasiz?

Men uning yoqasidan ushlab, o'zimga tortdim.

β€” Bu yerda oddiy kechirim o'tmaydi. Meni Kang Yejin deyishadi. Bu maktabdagi har bir o'quvchi menga xizmat qilishi, mening oyog'im ostida tizzalashing shart. Sen ham istisno emassan. Agar bu maktabda tinch o'qishni, hayoting do'zaxga aylanmasligini istasang, hozir butun sinf oldida oyoqlarimni o'pishing kerak.

Sinfda birdan sukunat cho'kdi. Hech kim mendan bunday talabni kutmagan edi. Ammo men uchun bu oddiy holat edi. Men uning mag'rurligini, uning o'ziga bo'lgan hurmatini yo'q qilmoqchi edim. Jungkook bir qadam ortga chekindi. Uning ko'zlarida qo'rquvdan tashqari, qandaydir g'alati iztirob va qarshilik ham bor edi.

Jk: Men buni qilmayman..

U past va titroq ovozda dedi. Men g'azabdan labimni tishladim. Hech kim menga bunday deb javob berishga jur'at etmagan edi. Uning bu qarshiligi, uning bu kuchi menga yoqmadi. Men uni yoqasidan ushlab, yerga otib yubordim. U polga yiqildi, sumkasi uning yoniga tushdi. Ichidagi kitoblar, qalamlar har tomonga sochilib ketdi.

β€” Nima deding?

Men uning ustida tik turib keyin egildim, uning sochlaridan ushlab yuzini o'zimga qaratdim.

β€” Sen kimligimni bilmaysan shekilli! Otam bitta gap bilan seni ham, butun oilangni ham ko'chada qoldira oladi! Menga qarshi chiqish β€” bu o'lim bilan barobar!

Men uning sochlarini yanada qattiqroq tortdim. Jungkookning ko'zlarida yosh qalqdi. U yig'lay boshladi. Uning ko'z yoshlari meni yanada ko'proq g'azablantirdi. Uning ojizligi, uning yig'isi menga qarshi qilingan harakatdek tuyuldi.

β€” Hozir hammaga tekin show qilamiz..

Men sinfdagilarga qaradim. Ovozim shafqatsiz edi.

β€” Sport zalga olib tushinglar buni!

Do'stlarim darhol uning ikkala qo'lidan ushlab, uni polga sudrab keta boshlashdi. U qarshilik ko'rsatishga harakat qildi, lekin uning kuchi yetmadi. U yig'lab, yordam so'rashga harakat qildi, lekin hech kim unga yordam bermadi. Hamma mening qudratimdan qo'rqardi. Men esa ularning ortidan mag'rurlik bilan odimlab ketdim. Bu yangi o'yinchoq meni yanada ko'proq zavqlantiradigan ko'rinadi.

Sport zalga yetib keldik. Butun maktab o'quvchilari voqea nima bilan tugashini ko'rish uchun zalga to'planishdi. Men minbar ustiga chiqib oyoqlarimni chalishtirib oldim va telefonimni ko'rib o'tirdim. Go'yo bu yerda bo'layotgan voqealar menga tegishli emasdek.

Jungkookni zal markaziga olib kelib tashlashdi. U yiqilganicha yerda yotardi, kiyimlari chang, sochlari to'zg'igan. Atrofdagilarning masxarali kulgilari, kamsituvchi gaplari uning quloqlariga chalinardi. Men uni ko'rib, ichimdan mamnun bo'ldim. Bu men istagan ko'rinish edi.

β€” Xo'sh, Jeon Jungkook

Men baland ovozda, hamma eshitishi uchun gapirdim

β€” Agar bu maktabda tinch o'qishni istasang, hozir butun maktab oldida oyoqlarimni o'pasan va men nima desam shuni qilasan. Agar rad etsang, hayoting shunchalik dahshatli bo'ladiki sen hatto maktabga kelishdan ham qo'rqib qolasan.

Jungkook boshini ko'tardi. Uning yuzida nafaqat qo'rqinch, balki qandaydir chuqur qarshilik ham bor edi. U ko'z yoshlarini tiya olmay yig'lashni davom ettirdi.

Jk: Men buni qilmayman

Juda past va titroq ovozda pichirladi

Jk: Akam bilsa... u sizlarni kechirmaydi...

Akam? Men yana baland ovozda kuldim. Uning bu gapi meni yanada ko'proq zavqlantirdi.

β€” Akang?

Men unga yaqinlashib dedim.

β€” Akang kim bo'libti? Oddiy bir ishchimi, yoki kambag'almi? Otam bir kunda akangni ham ko'chada qoldiradi! Meni qarshimda hech kim hech narsa qila olmaydi!

Men uning polda turgan qo'lini oyog'im bilan bosdim. U og'riqdan baqirib yubordi. Men uning ko'zlariga qarab, sovuqqonlik bilan dedim.

β€” Bu hali boshlanishi. Ertaga yana ko'rishamiz, o'yinchoq. Sen hali pushaymon bo'lasan.

OΚ»sha yerdagi qizning qoΚ»lidagi bakalashkadagi suvni olib Jungkookning ustidan quyib yubordim. U suvga bo'kib, kamsitilgan holda yerda yotardi. Men esa uning ustidan kulib, guruhim bilan maktabdan chiqib ketdim. Bu mening navbatdagi g'olibligim edi. Ammo men o'sha paytda Jeon Jungkookning akasi kim ekanligini va qanday dahshatli xatoga yo'l qo'yganimni bilmasdim.

.

.

.

.

.

.