𝗡𝗘𝗩𝗘𝗥 𝗛𝗔𝗩𝗘 𝗕𝗘𝗘𝗡 𝗔𝗣𝗔𝗥𝗧 [ 𝗕𝗘 𝗠𝗜𝗡𝗘 2-𝗦𝗘𝗔𝗦𝗢𝗡 ]
Seni sevolmas hech kim mendek.
Goʻyo men uchun yaratilgandek..."
Jungkook ishdan kelgunicha xonamda jimgina qoldim. Koʻz yoshlarimni artib chuqur nafas oldim. Agar u hozir kelsa men uni onasiga qarshi qilib qoʻyishim mumkin edi. Axir ertalab Hyunjinga jaxl qilgani uchun oʻzimni hali ham aybdor his qilayotgan edim. Oʻrnimdan turib oynaga qaradim va koʻz yoshlarimni koʻrsatmaslik uchun bir oz pardoz qildim. Yashirdim. Yana bir bor chuqur nafas olib tushakka oʻtirdim. Shunchaki kutdim. Nonushta va tushlik qilmadim. Aniqrogʻi menga berishmadi🥲
Axir nega berardi? Men oddiy bir hech kimga keraksiz oddiy chet ellik yetim boʻlsam. Uning onasi ham kelinini juda yaxshi koʻrgan boʻlsa kerak meni oyoq osti qilib tashladi. Indamadim. Men bunaqa qiyinchiliklarni koʻpiga chidaganman.
8 yoshimda onam oʻlganida dafn marosimida oʻgay otam bilan birga turardim. Otam qoʻlimni shunchalik qattiq ushlardiki goʻyo hozir uzib oladigandek edi.
Hamma yigʻlardi. Men ham. Axir mening mehribon insonim endi bu dunyoda yoʻq edi. Ammo oʻgay otamning qiyofasida hech qanday his tuygʻu yoʻq. Uning nigohi sovuq va hissiz. Uning yonidagi bir odam unga nimadir dedi. U inson ham oʻgay otam tengi edi va oʻsha odam menga qarab bir oz jilmaydi. Ha bu oʻsha meni koreyaga aldab olib kelgan va turmush qurishim kerak boʻlgan otamning doʻsti janob Frederik Won. U hozir 50 yoshdan oshgan chol va boʻlajak erim boʻlishiga oz qolgan shaxs. Meni onam oʻlganidan unashtirib qoʻyishganini bilmagan edim.
Xonada oʻtirganimda eshik taqilladi va muloyim ovoz eshitildi.
X: Xonim.. Jeon xonim sizni kechki ovqatga chaqiryapdi.
Oʻrnimdan turib xonadan chiqdim va u yerda xizmatkorni koʻrdim. Xizmatkor meni pastga ovqatlanish xonasiga olib bordi.
Tushlik xonasiga borganimda u yerda Jeon xonim, 3 egizaklar va Hyunjinni koʻrdim. Hyunjin meni koʻrishi bilan vilkasini qattiq tarelkasiga urdi va xonadan chiqib ketdi. Xafa boʻldim. Lekin indamadim.
Jeon xonim menga qaramadi ham. Uch egizaklar menga qaradi va keyin yana bir biriga qarab xursand boʻlishdi.
Jihoon xursand boʻlib bosh irgʻadi: Xa onam!!
Alexanderia menga qaradi va kichkina bola boʻlsa ham negadir oʻylanib qoldi ammo hech narsa demadi. Men esa toʻxtab qolgandim chunki qayerga va qanday oʻtirishni bilmadim. Men yashagan davlatda hurmat bilan dasturxon atrofiga taklif qilardi ammo bu yer juda sukut. Jeon xonim keyin menga koʻz qiri bilan qaradi.
Jx: Taklifnoma berishimni kutyapsanmi?
Jim boʻldim va bir oz asabiy ham edim. Nima deyishni bilmay bitta stulni tortib oʻtirmoqchi edim ammo ..
Jx: Bu yerlar band. Menimcha boshqa joyga borib oʻtir. Ha aytgancha biz xizmatkorlar uchun oshxona tayyorlaganmiz. Sening ham joying oʻsha yerda.
Koʻzimga yosh keldi va ovqatlanish xonasini tark etmoqchi edim ammo Jungkook eshikdan kirib keldi.
Uning ovozi kelgan tarafga qaradim va oʻz oʻzidan koʻz yoshlarim oqib keldi. Hattoki toʻxtata olmadim ham. Jungkook yonimga keldi va ohista koʻz yoshlarimni artdi.
— Men.. ketaman.. bu yerda ortiqchaman.. buni bilaman.. ammo ..
U onasiga deyarli jaxl bilan qaradi.
Jungkookning onasi Jungkookka hotirjam boʻlib qaradi.
Jk: Mening himoyam ostidagi mehmonimga shunday muomalada boʻlasizmi? Uning muammolari tugasa shundoq ham ketadi. Lekin uni jahannamdan qutqarib yana jahannamga otish bu adolatdan emas. U mening mehmonim va unga nimadir boʻlsa shu uydagi hamma javobgar boʻladi!
U qoʻlimdan ushlab meni olib ketmoqchi edi ammo u yana ortiga qarab onasiga jiddiy qaradi.
Jk: Uyda unga tinchlik yoʻq ekan demak ertangi biznes safarimga uni oʻzim bilan olib ketaman.
Uning bu gapidan onasi hayron boʻlib toʻxtab qoldi. Jungkook esa qoʻlimdan ushlab u yerdan olib ketdi.
Suga Anastasiani oʻz uyiga olib ketdi. Uning uyi juda hashamatli edi.
Suga mashinadan tushib Anastasia tomoniga oʻtdi va ohista eshikni ochib berdi. Anastasia mashinadan tushib atrofga qaradi va tabassum qildi.
Suga unga qarar ekan negadir yuragida nimadir isib ketgandek boʻldi. Keyin u Anastasianing belidan quchib mashina eshigiga mixladi.
S: Bunday yoqimtoy boʻlavermay aks holda oʻzimga javob bera olmay qolaman.
Anastasia uning bunday piching gapiga tushunmay shunchaki tabassum qildi.
A: Bemalol. Axir erimsizku, toʻgʻrimi?
Uning savoliga Suga oʻzini gʻalati his qildi. Ammo u buni chetga surib undan uzoqlashdi va uy tomon yoʻl oldi. U ketar ekan ortidan Anastasiani ergashayotganini his qildi va oʻzi eshitadigan darajada pichirladi.
S: Jahannamga xush kelibsan va Jungkook tayyor tur chunki seni oʻlguningcha qiynayman. Bu esa oson boʻlmaydi. Qasam ichaman.