June 19, 2023

Balki oʻta jiddiy, balki oʻta kulguli qonunlar

1. Ettorining kuzatuvlariga ko'ra, siz turgan navbat qatoridan koʻra qo'shni navbat har doim tezroq harakat qiladi

2. Qidiruv qonuniga ko'ra, kerakli narsa koʻpincha siz qidirmaydigan joy bo'ladi. Maslahatga koʻra kerak eng nomaqbul joydan boshlash kerak.

3. Xleyd qonuniga ko'ra, deyarli imkonsiz ishning eng oson yechimini faqat dangasa xodimgina topa oladi.

4. Loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus qoida mavjud bo'lib, unga ko'ra ishning ko'p qismi juda oz vaqtni oladi, ammo qolgan barcha vaqt ishning oz qismiga sarf boʻladi.

5. Uitten qonuniga ko'ra, tirnogʻingizni olganingizdan bir-ikki soat oʻtib tirnoqlarning eski shakli sizga qandaydir ishni bajarish uchun kerak boʻlib qoladi.

6. Segalning mashhur qonunida aytilishicha, odamda faqat bitta soat bo'lsa, u vaqtning to'g'riligiga ishonch hosil qiladi. Ammo kishi bir necha soatga ega bo'lsa, deyarli u hamma narsaga ishonchsiz bo'lib qoladi.

7. Richardning oʻzaro bogʻliqlik qoidasiga ko‘ra, siz tashlab yuborgan narsa (hatto yillar davomida keraksiz yotgan bo‘lsa ham), undan qutulganingizdan so‘ng darhol sizga kerak boʻlib qoladi.

8. Gamperson qonuniga koʻra sizning xohishingiz istalgan natijaga erishish ehtimoli bilan teskari proporsionaldir. Masalan agar siz ishga yoki oʻqishga shoshayotgan bo'lsangiz, atrofdagi hamma narsa sizga ataylab to'sqinlik qiladi: kalit qulfga tushmaydi, avtobus har bir svetaforda uzoq vaqt to'xtaydi, mashinada boʻlsangiz sizni YPX toʻxtatadi va h.k.

9. Pareto qonuniga koʻra 20% harakatlar natijaning 80% ni, qolgan 80% harakatlar esa natijaning atigi 20% ni beradi.

10. Parkinson qonuniga koʻra ish unga ajratilgan vaqtni to'ldiradi. Masalan siz bir kunda bajara oladigan vazifangizga bir hafta berilsa siz bu ish ustida bir hafta ishlaysiz.

11. Lerman qonuniga koʻra har qanday texnik muammoni, agar yetarli vaqt va pul bo'lsa, hal qilish mumkin. Ammo doimo vaqtingiz yoki pulingiz tugaydi.

12. Ould va Kan qonuniga koʻra yig'ilishning samaradorligi ishtirokchilar sonining ko'payishi va unga sarflangan vaqtga mutanosib ravishda kamayadi. Ya'ni koʻp sonli muhokamachilar bilan uzoq vaqt davom etgan uchrashuvlar ko'pincha foydasiz boʻladi.

13. Xat (xabar) qonuniga koʻra koʻpincha konvertni muhrlab boʻlgandan keyin yoki xatni pochta qutisiga tashlaganingizdan so'ng darhol xayolingizga xatda yozilishi kerak boʻlgan muhim fikr keladi.

14. Myorfi qonuniga koʻra agar biror yomon narsa yuz berishi mumkin bo'lsa, u albatta sodir bo'ladi. Bunday holda, mumkin bo'lgan noxush holatlarning eng yomoni sodir bo'ladi.

15. Yang qonuniga koʻra deyarli barcha buyuk kashfiyotlar xato bilan qilingan.

16. Fingeylning sakkizinchi qoidasiga koʻra jamoada ishlash juda muhim. Bu aybni boshqa birovga yuklash imkonini beradi.

17. Kolbasa tamoyilida aytilishicha kolbasani yaxshi ko'radigan va qonunni hurmat qiladiganlar ikkalasining ham qanday tayyorlanishini koʻrmaganlari maʼqul.

Triskelion_uz