August 11, 2020

Nakrutka programmasini 100% ishlatish undan daromad qilish(+Klonlash, +Virtual Nomer olish)

O'tgan video darslarimizda nakrutka programmasini qanday ishlatishni bilib olgan edik,bugun ushbu noyob hisoblangan ilovadan kengroq foydalanish yo'llarini o'rganib olamiz.

Agar esingizda bo'lsa bizda Nakrutka programmasi bitta edi, bir marta kirganingizda limitlarni hisoblagan holda 1 soatda ko'pi bilan 70-80 ta odam qo'shish mumkin edi. Bu judayam noqulay bo'lgani uchun Nakrutka programmasini klonlaymiz(nusxa ko'chirish)

Buning uchun bizga Lucky-Patcher programmasi kerak bo'ladi. Klonlash uchun eng yaxshi, sodda interfeysli mashhur ilovalardan biri hisoblanadi.(Ba'zi bir muammolar sababli play marketdan olib tashlangan) hozircha hech qaysi programma Lucky-Patcher-dek klonlay olmasa kerak meni nazarimda.Bu dastyor bilanb bitta ilovani xohlaganingizcha ko'paytirishingiz mumkin.

Dasturdan foydalanish uchun avval uni o'rnatib olamiz.Menga murojaat qilsangiz original ilovasini Telegramdan tashlab beraman. Klonlash programmasini ochganimizdan keyin qo'yidagi ko'rinishda yozuv chiqadi.(Lucky Patcherni Google bilan ziddiyati haqidagi narsalar) biz Don't show this dialog again bir marta bosib ptichka ko'ringandan keyin, No degan joyiga bosamiz.

Keyin ilovalar orasidan o'zimizni Nakrutka programmasini topib ustiga bir marta bosamiz.Tools deb yozilgan bo'limga kiramiz.

Ushbu bo'limdan Clone application ga bir marta bosamiz.

Rebuild The App tugmasiga bosamiz va klonlash o'z nihoyasiga yetgunicha kutib turamiz.

Ushbu bo'limdan Install Clone ga bosib kiramiz va odatda ilova o'yinlarni smartfonimizga qanday o'rnatsak xuddi shunday qilib o'rnatib olamiz.

Endi diqqat bilan, biz hozir o'rnatgan klonni qo'yidagi rasmda 2 raqamida belgiladim. 1-raqamida haqiqiy programma ko'rsatilgan(boya ochilgan menyu joyida turganini ko'rib farq qilib olsa ham bo'ladi).Endi biz birinchi programmadan boshqa umuman klon qilmaymiz!!! Shuni yoddan chiqarmang, agar birinchisidan qilsangiz faqatgina 4-5 tagacha klon nusxa ko'paytira olasiz va tamom boshqa klonlashni iloji yo'q. Bizga qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi, shuning uchun hozirgi klonlashni 2-chisidan boshlaymiz, keyingisi 3-chisidan,4-chisidan.......to 8 yoki 12 ta bo'lgungagacha shu tempda davom etamiz. To'gri klonlayotganimizni hozirgidek programma menyusidan bilib olamiz(App Info,Launch App...Tools... va hk) manimcha hammasi tushunarli bo'ldi deb.

Man o'zim uchun qulay bo'lishi uchun 8 ta klonni yaratdim, qo'yidagi rasmda ko'rishingiz mumkin hammasini.

Klonlashniyam o'rganib oldik, endi har bir klonni ishlatish uchun bizga albatta raqam (virtual nomer)kerak bo'ladi. Siz 2ndline yoki Textnow programmalarini play marketdan yuklab olib USA(Amerika) nomer olib kiritishingiz ham mumkin, lekin man sizga bugun raqam olishni boshqa usulini ko'rsatmoqchiman.

Birinchi navbatda qo'yidagi saytga kirib Vxod_Registratsiya bo'limiga kirib ro'yxatdan o'tib olamiz.

https://sms-activate.ru/ru///

O'z elektron pochtangiz manzilini kiritgach sayta doimiy kirib turish uchun ishonchli parol o'ylab ikki marta yozasiz va Captchadan robot emasligingizni tasdiqlaganingizdan so'ng elektron pochtangizga xabar yuboriladi.

Pochtangizga SMS activate saytidan sizga havola yuboriladi o'sha havola bo'yicha o'tib saytdan ro'yxatdan o'tganingizni tasdiqlaysiz bo'ldi.

Ro'yxatdan muvaffaqiyati o'tgach shaxsiy kabinetdan Пополнить баланс bo'limiga kiramiz.

Ushbu bo'limdan Qiwi ni tanlaymiz,agar Qiwi dan muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tib akkauntingizni identifikatsiya qilgan bo'lsangiz, Upay ilovasi orqali Qiwidagi hisobingizni oldindan to'ldirib qo'yasiz.

Ma'lum bir miqdordagi to'ldirmoqchi bo'lgan summani yozib Оплатить ga bossangiz sayt sizni avtomatik qiwi ilovasiga yo'naltiradi.

Qiwi ilovasidan to'lovni tasdiqlaganingizdan keyin , saytdagi balans 3-4 daqiqa ichida avtomatik to'ldiriladi.

Balans to'ldirilgandan keyin O'zingizga kerakli davlatni tanlab Telegram ikonkasiga bosib nechta raqam kerakligini yozasiz masalan man 4 ta deb yozdim. Serverda 100 dan ortiq davlatlarning virtual raqamlari mavjud, Rossiyaniki Telegram bo'yicha eng arzoni bo'lgani uchun man rus nomerni tanladim. Hammasini to'g'rilagandan keyin купить ya'ni sotib olishga bosamiz.

Ushbu holatdan keyin sayt sizga avtomatik 4 ta raqam beradi. Raqamlarni Telegramdan yozib ptichkaga bosganingizdan keyin saytdayam shu holatni takrorlaysiz shundan keyingina o'sha nomerga kelgan kod saytda ko'rinadi kodni telegramingizga yozib shu tarzda davom etaverasiz. Har bir raqamni aktivatsiya qilish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.

Mana ko'rib turganingizdek 4 ta Rus raqamni saytdan sotib oldim, Nakrutka programmalariga kirib bularni kiritib chiqish qoldi xolos.

Sizda nimaga tekinga raqam oladigan programmalar turganda raqamni sotib olishni nima keragi bor degan savol tug'ilishi mumkin.
Ushbu raqamlarning afzalligi shundaki, bularni hammasi ishonchli bu raqamlarni hammasi sizga tegishli bo'ladi biron-kim o'g'irlab olishiyam qiyin. Man doim nakrutka qilish uchun shu saytdan raqam sotib olaman doimiy ravishda. USA nomerlarda sal boshqacharoq raqam doim sizda turishiga kafolat yo'q. Qaysi birini tanlashni o'zingiz bilasiz.

Endi bizda 8 ta nakrutka prog 8 ta akkaunt bor deb hisoblasak agar 1 ta raqamdan soatiga 60-70 ta qo'sha olgan bo'lsak bu son 8 barobarga ko'paydi va biz soatiga 500-600 ta odamni kanalimizga qo'sha olamiz.

Nakrutka qilib daromad qilishingiz uchun o'z kanalingizni oching kamida 500-600 ta odam bilan to'ldiring(globalda qidiruv qilinganda birinchilar qatorida chiqishi uchun) o'z xizmatlaringizni postda yozing, narxlari shartlar hammasini batafsil yozib chiqasiz, xuddi mani kanalimdek @nakrutka_kanalga_jivoy_odam kirib ko'rishingiz mumkin. Ishonc bilan ayta olaman nakrutkaga talab taklifdan ancha katta harakat qilib ko'ring. Man nakrutka bo'yicha o'zim bilgan barcha narsalarni yozdim,manda o'xshadimi demak sizdayam o'xshaydi, sizdan faqat harakat qilish talab etiladi, teoriyadan praktikaga o'tishga hoziroq harakat qilib ko'ring.

Manimcha hammasi tushunarli bo'ldi. E'tiboringiz uchun rahmat.