๐ฑ๐๐๐๐๐
๐บ๐๐๐๐ ๐๐๐ ๐๐๐ ๐, ๐๐๐๐๐ ๐๐๐ ๐
๐๐๐โ ๐๐๐ง๐๐๐๐'๐๐ ๐ก๐ข๐ก๐๐ ๐๐๐ ๐๐ ๐๐ฆ๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐ก๐ข๐๐ข๐ ๐ก๐๐๐๐๐๐๐๐๐ โ๐๐ ๐๐๐ ๐ ๐ข๐ฆ๐๐๐๐ ๐ ๐๐๐๐๐๐๐, ๐๐ข ๐๐๐๐ฆ๐๐๐ ๐ ๐๐ ๐ข๐โ๐ข๐ ๐๐โ๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐ฆ๐๐๐๐ก๐๐๐๐๐๐...
๐๐ฒ๐ผ๐ป ๐๐๐ป๐ด๐ธ๐ผ๐ผ๐ธ
28 yoshda yurist. Shaxsiy uyi, oyog'i tagida hamma havas qiladigan mashinasi bor sudda hech qachon mag'lub bo'lmagan asosiy tushadigan daromadi jinoyatchilarni ham suddan begunoh kabi olib chiqib ketishidan, deyarli butun hayotini ishiga bag'ishlaydigan erkak .
๐๐ถ๐บ ๐ง๐ฎ๐ฒ๐ต๐๐๐ป๐ด
29 yoshda yuqori darajali yollanma qotil. Bolalar uyida ulg'aygan besh yoshida pul evaziga sotib yuborilganidan buyon qotillik uchun tarbiyalangan hech qachon orqasidan iz qoldirib ketmagan na pasport na hujjatlari mavjud doimo naqt pulda savdo qiladi fuqaroligi yo'q. Go'yo bu odam yer yuzida hech qachon bo'lmagan kabi yashaydi hech narsaga zor emas. Shizofreniya kasalligi mavjud bolalar uyidan ketganidan so'ng kasallik belgi bermagan.
๐๐ฏ๐๐ฟ๐ฎ ๐๐ฒ๐น๐น๐๐ถ๐ป๐ด
25yoshda psixolog. Busanda tug'ilgan oilada yolg'iz farzand ishi va tushadigan foyda sababdan ham hozir Seulda ijarada bir o'zi yolg'iz yashaydi. Katta shaharda ishlab o'z kontraktini to'lab o'qishni bitirishi o'smir qiz uchun qiyin bo'lsada amallagan.
Ibura eski dugonalari bilan o'tirishda o'tirar ekan telefonidagi tinimsiz qo'ng'iroqlar to'xtamasdi.
โQizlar ancha kech bo'ldi yetarli endi turaylik.
โAhir endi keldikku o'tir yana biroz o'ynaylik.
โKetamiz o'rningdan tur, turinglar hisobni to'lab ketamiz soat 00:00dan ham o'tib ketdi.
Olti kishilik stol qizlar turgach bo'shab qoldi bir chetda yigit mikrofonda qo'shiq aytar ekan qiz barmen oldiga borib hamyoni ichidan plastik kartasini chiqarib stol ustiga qo'ydi.
โYo'q uzr ammo birinchi qavatda hisobni to'laysiz.
Butun o'tirish davomida ko'zini qizdan uzmagan erkak qora qalin qoshlarini chimirgancha gapirdi.
Qizlar birinchi qavatga poshnalarini taqillatib tushar ustida turgan bejirim liboslar barchaning husniga husn qo'shib turardi.
โKassir qani? La'nati biz bilan o'yin qilyapti haromi.
Qiz ko'zlarini suzib qo'lidagi hamyonini siqqancha gapirdi.
โO'zingni bos Ibura, bunday oynaga qarab chiqqaningdan keyin erkaklar tugul qizlar ham senga mahliyo bo'lib qolayapti ahir.
โHozir hazilning mavridi emas Anna.
Ikkinchi qavatdagi erkak qizlar oldiga zinalardan tushib kelib yaqinlashdi.
โBu yerda olishmas ekan ortimdan yuring boshqa kassada yechib olishadi.
Erkak yurib ketar ekan olti qiz uchga bo'lindi Ibura Anna va Lili qolganlar esa shu yerda kutamiz deb turishdi.
Ibura, Anna va Lilining o'rtasida poshnasi baland kablokni asabiy bosib yurir ekan Anna qizning qo'lidan tortib qulog'iga shivirladi.
โJuda o'zingga tortayapsan hammani, borma boshqalar borib to'laydi.
โKerak emas tezroq to'laylik keyin uyga ketamiz.
Qizning telefoni yana jiringladi.
Ibura telefonini qo'liga olib qarar ekan Jeon Jungkook yozuvi turar qiz esa asabiylik bilan telefonni ovozsiz rejimga o'tkazdi.
Ibura katta zal ichiga ikki qiz bilan birga kirib borar ekan ichkarida barcha erkaklar qo'lidagi alkagol shishasi bilan ularga qarab turganini ko'rib kelgan yeriga qaytib ketgisi keldi.
Kassa oldida yana o'sha erkak bilan birga turar oyog'ida turgan poshnali tuflisini yerga qattiq qattiq urar ammo musiqa balandligi sabab bu ovozlar eshitilmasdi.
โIflos atayin qilyapti, kelmay degandima.
Iburaning qo'l oyoqlari asabiylik sabab qaltirab miyyasi orqasidan manyak quvayotgan kabi himoya rejimiga o'tib bo'lgan edi.
โBiz kimgadir to'laymizmi pulni yoki yo'qmi kech bo'lyapti tezlashing.
Qiz kibor ovozda qarshisidagi erkakka gapirar ekan orqasidan tortib olgan baquvvat qo'llar belini sindiradigan darajada kuch bilan uni kassir erkakdan uzoqlashtirib stol ustida katta miqdordagi naqt pullarni qo'yib. Qizni o'zi bilan sudradi.
โBu o'sha sen aytgan Jeon Jungkookmi? - Lili Annadan so'rar ekan katta gavdali erkakning yonida bilinmaydigan darajada nozik qizning g'alati qadamlariga qarab gapirdi.
โHa aynan o'zi. Kettik bilmadim u kelmaganda nima bo'lardi. - Anna gapirar ekan Lilining qo'lidan tortib tashqariga chiqib ketdi.
Uch shisha alkagol idishini bo'shatgancha moviy ko'ylakli bo'yi basti o'ziga yarashgan qizning go'zalligiga mahliyo bo'lib qolgan erkak labining chetida tabassum qilgancha stol ustiga pul qoldirib juftlikning ortidan ergashdi.
Jungkook qizni mashina tomon sudrab borar ekan qiz qo'lini erkakning kaftlari orasidan tortib oldi.
โO'zingcha nima qilayapsan Jungkook?
โSenga shuncha erkakning orasida nima bor Ibura? Shu vaqtda ko'chada nima bor senga? Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermading?
โSMS yozdimku senga o'tirishdaman deb ahir.
Erkak qizning nozik tanasini mashinaga urib bo'yin qismidan ushlab ko'zlariga tik qaragancha boshqa qo'li bilan sochlarini silab gapirdi.
โMunchog'im... Farishtam... Hayotim... Bu sochlaringga kimdir tegilsa men nima qilaman boshqa narsalar tugul bu bilaklaringdan tutsa nima qilaman men?
โJungkook kechir xato mendan o'tdi, bunday yasanib olmasligim kerak edi.
Qizning muloyim gaplaridan so'ng o'zini bosib olgan erkak mashinani qiz uchun ochib berib o'zi rulga o'tirib oldi.
Chetdan turgancha barchasini og'zida turgan sigarani tutatguncha tomosha qilib turgan erkak mashina raqamlarini takror va takror miyyasida aylantira boshladi.