May 16, 2025

Mening telbam

10-qism

Ibura asta boshini qimirlatdi. U hali ismni eslay olmasdi. Ammo yuz bu yuz unutilmas edi. Bu, jinoyat bilan birga uning ruhini ham o‘g‘irlab ketgan maxluqning yuzi edi. U telbaning nafratga to‘la ko‘zlarini, igna izlaridan ko‘karib ketgan qo‘llarini, va eng yomoni unga qanchalik zavq bilan bu tatuirovkani chizganini esladi.
Ustidagi ko'ylakni qanday shahvoniy almashtirganini
Ibura:U hali ham erkin yuribdi...
Mening yana bir telbam...

Ibura:Qalbim og'riyapti, nega uni oldinroq tanimadim

Taehyung: Nimalar deyapsan kim u, nima haqida gapirayapsan o'zi

Taehyung:Ibura menga javob ber

Ibura:Eshitolasanmi?
Jur’ating yetadi?
Sabr qilib tinglay olasanmi Kim Taehyung?

Ibura: Adashmasam, 14 yoshda edim... Dugonamning tug‘ilgan kuniga borgandim.

Taehyung: 14?.. Shunchalik yosh...

Ibura: Katta uy, baland musiqa, kulgu... lekin men o‘zimni o‘sha bazmda begona his qilardim. Dugonam meni butunlay unutgandi.

Taehyung: U seni yolg‘iz qoldirdimi?

Ibura: Ha. Atrofdagi odamlarning hammasi notanish edi. Men esa jim turardim, shunchaki kuzatardim.

Taehyung: Keyin nima bo‘ldi?

Ibura: Oradan ancha vaqt o‘tib, oldimga bir yigit keldi. Ko‘rkam, o‘ziga ishongan, kulib qarardi. Ismimni so‘radi.

Taehyung: Kim edi u?

Ibura: Shuni bilishimdan avvalroq dugonam yetib keldi. Men uni meni izlab keldi deb o‘yladim. Bilmadim… balki meni yo‘qlagandir deb umid qilgandim.

Taehyung: Ammo…?

Ibura: Ammo u meni emas, o‘sha yigitni izlab kelgan ekan. Park Jiminni.

Taehyung: Jimin?..

Ibura: Ha, o‘sha kuni Jimin va uning do‘stlari garov o‘ynagan. Kulgili, yengil ko‘ringan o‘yin edi ular uchun. Ammo dovga... men tikilgan ekanim.

Taehyung: Nimalar deyapsan, Ibura?..

Ibura: Boy bolalar uchun doimo kambag‘allar o‘yinchoq bo‘lgan, Taehyung. Yoki seni "xo‘jayin" deyishim kerakmi?

Taehyung: Nima?.. Men... Men bunday emasman!

Ibura: Sen ular bilan birsan. Meni o‘zingga bog‘lab, keyin chetga surib qo‘yganingni o‘ylab ko‘r. Men ham sen uchun bir o‘yinchoqman, xolos.

Taehyung: Mavzuni boshqa tomonga burma, Ibura.

Ibura: Davomini eshitging kelayaptimi?

Taehyung: Ayta qol… ayt.

Ibura: Men o‘sha kungi bazmdan keyin uyga qaytdim. O‘sha kundan boshlab esa... Jimin meni kuzata boshladi. Har yerda. Qayerga borsam, u ortimdan qarab turardi. Lekin hech qachon yaqinlashmadi.

Taehyung: Garov o‘ynaganini qayerdan bilding?

Ibura: Lili… Yaxshisi, dugonam aytdi. Jimin o‘sha kuni do‘stlari bilan garov o‘ynagan, dov esa... men bo‘lganman.

Taehyung: …

Ibura: Qalbim og‘ridi, Taehyung. Chunki men unga befarq emasdim...

Pov Avtor:
Taehyung qo‘llarini qovushtirib, barmoqlarining ustiga tirnoqlarini botirdi. Yuragida nimadir uzilgandek bo‘ldi. Sababi u sevgan inson boshqa birovni sevgandi. Bu og‘riq qarshisida u faqat sukutni tanladi.

Taehyung: Nega? Nega unga sevishingni aytmading, Ibura?

Ibura: Men... ikki yil o‘zim bilan, tuyg‘ularim bilan kurashdim, Taehyung. Ichimda qaynagan har bir so‘zni yutdim. Yuragimga sig‘magan hislarni jimjimador so‘zlarsiz yashirdim.

Taehyung: Ikki yil... demak sen uni chindan sevgansan…

Ibura: 16-bahorim kelganda, o‘zimga va’dalar berib, barini aytmoqchi edim. Ammo qara... taqdir ustimdan shunday kuldiki…

Taehyung: Nima bo‘ldi?..

Ibura: Dunyo meni charxpalakday aylantirib, oxir-oqibat sening quchog‘ingga uloqtirdi... Va men jim qoldim. Chunki seni ayamaslikka ham, sevmaslikka ham o‘zimda kuch topolmadim.

Ibura: Qara, Taehyung… Meni zo‘rlaganingni, bergan azoblaringni eslamayman deb o‘ylaysanmi?
Men ularning barchasiga ko‘z yumib, bu zindondan qochishga harakat qildim.

Taehyung: Men... bu haqida gapirishni xohlamayman...

Ibura: Albatta xohlamaysan
Chunki haqiqat seni oyoqqa turg‘azmaydi. Men qochdim, sen esa meni yana doriga o'rgatding. Nafrat bilan, o‘zingga qaram qilib qoyding.

Taehyung: Men seni olib qolmoqchi edim

Ibura: Olib qolish? Meni qutqaraman deb o‘yladingmi? Sen meni tanam orqali tutib turding. Narkotik bilan, Men seni istamadim, Taehyung! Ammo tanam... tanam yana o‘sha doriga intilardi.

Taehyung: Ibura, men seni sevaman...

Ibura: Sevgi? Bu sevgi emas Men barchasiga tupurdim. O‘limni tanladim, Taehyung. O‘lib sendan qutulishni xohladim.

Taehyung: Ibura, yetar...

Ibura: Mana, tanamni ol. Tirik jasadim endi seniki. Ruhimni ancha oldin o‘ldirib bo‘lgansan. Endi navbat tanamga keldi, ol u seniki nima qilsang ham qarshiligim yo'q.

Taehyung: Jin ursin, Ibura! Og‘zingni yop!

Ibura: O‘zing so‘ragan eding, Taehyung. Haqiqatni eshitishni xohlagan eding. Men esa faqat javob berdim.

Pov Avtor:
Taehyung asabiylashgancha tumbochka tortmasini ochdi. Ichidan bir flakon va shpritsni olib, suyuqlikni tortdi. Ibura esa befarq ko‘z bilan barchasini kuzatib turardi. U, hech qanday qarshilik ko‘rsatmasdan, jim edi. Taehyung suyuqlik to‘lgan shpritsni Iburaning qo‘liga ulangan katetor og‘ziga joylashtirib, dozani yubordi.

Ibura:
Senga bergan tanamni ehtiyot qil, Kim Taehyung... Yo‘qsa uni boshqalar olib qo'yadi...

Shu yerigacha o'qigan bo'lsangiz Reaktsiya va fikringizni kutib qolaman
#IburaHellsing