Iltimos tinch qo'ying Final 1-fasl
O'tgan qismda:
Taehyung:Muhimi… u sog‘lom tug'iladi kichkintoy
Pov Yn:kichkintoy....
Jungkook esa bir qadam ortga chekinib, xonadan tashqariga chiqdi. Uning ortidan faqat eshik yopilgan tovush eshitildi.
Yn esa hali ham joyida turar, ich-ichidan qandaydir noma’lum hislar uni chulg‘ayotgan edi. Bu g‘alati his, bu shubhalar… hammasi qachon tugaydi?
Yn sekin o‘rniga o‘tirdi. Qorniga qo‘ygan qo‘llari bilan bolaning harakatini his qilishga urinib, bir muddat sukutga cho‘mdi. Ko‘ngli bir oz titrab ketdi — ayni damda u o‘zini faqat yolg‘iz emas, balki juda noaniq his qilardi. Uning oldida turgan Taehyung esa hamon jim edi. Uning nigohlari chuqur, g‘amgin va aybdorlik aralash bo‘lib turardi.
Jungkook:Nega u ketib qoldi? — deya so‘radi Yn sekin, nigohini eshik tomon qaratgancha.
Taehyung yelkasini qisdi, ovozi esa shivirlagandek chiqdi:
Taehyung:Chunki u senga hech qachon befarq bo‘lmagan. Lekin hozir… vaziyat juda chigal. Jungkook hozir o‘zini aybdor his qilmoqda.
Yn unga tik qaradi. Uning ko‘zlarida aniq savollar porlardi — ammo baribir haligacha nimanidir tushunmasdi.
Yn: Nega aybdor bo‘lishi kerak? Bu bolani… — u bir zum to‘xtab qoldi. So‘zini qanday davom ettirishni bilmay, yutindi. — Bu bolani men xohlaganmanmi o'zi? Sizlar… menga nimani yashiryapsiz?
Taehyung yoniga o‘tirib, unga yaqinlashdi. Bir lahzaga u Ynning qo‘lini ushladi, ammo bu teginishda qandaydir hadik bor edi.
Taehyung:Seni og‘riqdan, xotiralardan, o‘tmishdan... O‘zing istamagan narsalarni eslab qolishingdan.
Yn: Lekin men bilishni xohlayman, Taehyung. Bilmasdan yashay olmayman. Bu bola... kimniki? — dedi qiz endi aniq va qat’iy ohangda.
Taehyung ko‘zlarini yumdi. Bu savol og‘ir edi. Nihoyat, u yengil bosh irg‘ab:
Taehyung:Bilishdan oldin, yuraging tayyor bo‘lishi kerak, — dedi.
Eshik sekin ochilib, shifokor kirib keldi.
Shifokor:Xonim, barcha tekshiruvlar yakunlandi. Bola sog‘lom, hammasi joyida. Sizning organizmingizda esa biroz holsizlik bor — ehtiyot bo‘lishingiz lozim.
Yn unga minnatdorlik bilan bosh irg‘adi. Ammo ko‘nglini hali ham minglab savollar, his-tuyg‘ular g‘uj urayotgan edi. U yana o‘sha tushkunlikka cho‘mildi — Men boshimdan o'tgan o'zi Va nima uchun bu bola… menga bu qadar yaqin, ammo begona tuyulyapti?
Taehyung esa jim o‘tirgancha, faqat bir narsa haqida o‘ylardi: U bilsa… hammasi o‘zgarib ketadi.
Shamol asta-sekin shabadalayotgan kechki shahar yo‘llari bo‘ylab, Taehyung mashinani asta haydab borar, yonidagi o‘rindiqda esa Yn jim o‘tirar, deraza ortidagi yoritilgan binolarga g‘amgin nigoh tashlardi. Mashina ichidagi sukunat og‘ir edi, go‘yoki har ikkisi ham ko‘nglidagi gapni aytishga jur’at qilolmayotgandek. Faqat mashina yurishidagi tovush va tashqarida sirg‘alayotgan yomg‘ir ohangiday yumshoq musiqaning tiniq ohanglari sukunatni biroz bo‘lsin yoritib turardi.
Taehyung:Hali ham o‘zingni yaxshi his qilmayapsanmi? — dedi nihoyat Taehyung, ko‘zini yo‘ldan uzmagancha.
Yn yengil bosh irg‘adi, ammo yuzidagi ifoda hali ham bezovtalikdan darak berardi. U o‘ziga emas, ichida ko‘tarilgan savollar, javobsiz hislar bilan kurashayotgandi.
Yn: Hamma narsa chalkash. Har kuni qandaydir yangi narsa bilaman. O‘zimni o‘zim tanimasdan yashayapman, Taehyung. Bu bola... bu hayot... men bunga qanday kirib qoldim? — dedi u titroq ovoz bilan.
Taehyung yuragini bosib turgan og‘ir so‘zlarni ichida yutdi. U ayni damda haqiqatni aytishni, qizni yengillashtirishni xohlardi, ammo har safar og‘zini ochmoqchi bo‘lganida, yuragidagi qo‘rquv ovozini bo‘g‘ardi. U bilsa, mendan ketadi, meni tark etadi...
Taehyung:Sen yolg‘iz emassan, Yn. Qanday bo‘lmasin, biz yoningdamiz. Men... sen uchunman, — dedi u nihoyat.
Mashina asta hovliga burildi. Faralar o‘chdi. Ular uy eshigini ochib ichkariga kirishdi. Uy ichida hali hech kim yo‘q edi. Yirik xona bo‘m-bo‘sh, lekin shu bo‘shliqning o‘zida qandaydir og‘irlik bor edi — go‘yoki bu xona ko‘p haqiqatlarni yutib yotardi.
Yn poyabzalini yechib, ohista zinapoyaga chiqdi. Taehyung esa bir zumga eshik oldida qotib qoldi. Nigohini xira oynaga qadab, yuragidan o‘tgan bir savolni o‘ziga berdi: Agar u hammasini bilib qolsa... Meni tashlab ketadimi......
Bu orada shahar chetidagi sokin, lekin qorong‘u barda Jungkook shishasi bo‘shagan navbatdagi ichimlikni stolga qo‘yarkan, yuzidagi alam va g‘am ortib borardi. Ko‘zlari lo‘qillab yonayotgan spirtli ichimlik rangidagi chiroqlarga tikilgancha, o‘zini ichki azobidan qutqara olmayotgandek edi go'yo.
Jungkook:Nega men emas?.. — deb g‘o‘ldiradi u. — Nega doim u...? Aynan u uchun... yuragimni sindirish kerak edi?..
Umrim davomida faqat birini istadim, shuni ham menga ko'p ko'rishdi.....
U bardan turib, biroz gandiraklab tashqariga yo‘l oldi. Osmondan yomg‘ir tomchilab tushayotgan, xuddi uning ichki holatini tasvirlayotgandek.
Jungkook:Bugun... unga haqiqatni aytaman...
Yorug‘ zal ichida sokinlik hukm surardi. Faqat atrofni qulupnayning yoqimli hidi to‘ldirib turardi. Yn divanga yastanib, sekin harakat bilan qulupnay yeb o‘tirarkan, birdan tepada oyoq tovushlari eshitildi. Qizning yuragi bezovta ura boshladi. U zinadan kimdir tushayotganini sezdi.
Og‘ir, beqaror qadamlari bilan Jungkook pastga tushib kelardi. U mast edi. Ko‘zlari g‘ira-shira, nigohi noaniq, lekin o‘z maqsadini aniq bilayotgandek. Jungkookning betartib sochlari peshonasiga tushgan, ust-boshi biroz dag‘al va ichkilik hidi atrofga taralayotgan edi.
Yn uning bunday holatini ko‘rib, dastlab hayron qoldi, so‘ng esa tanasi titray boshladi.
Pov:U menga zarar yetkazmaydi...
deb o‘ziga tasalli bermoqchi bo‘ldi, ammo yuragi buni his qilmasdi. Qo‘lidagi qulupnayni sekin stolga qo‘ydi. Qimirlamaslikka harakat qildi.
Jungkook unga yaqinlashdi. Qizning ko‘zlariga to‘g‘ri tikilgancha, yoniga cho‘kdi.
Jungkook:Nega mendan qochasan, Yn
uning ovozi mayin, ammo ichida qandaydir g‘azab yashiringandek edi.
U asta qo‘lini qizning sochlariga uzatdi. Barmoqlari ipdek silliq tolalarga tegarkan, Yn nafasini ichiga yutdi. Tanasi bir lahzada muzlab ketdi, go‘yo vaqt to‘xtagandek. Qo‘rquv va noaniqlik uni butunlay qamrab oldi.
Jungkookning ikkinchi qo‘li esa sekin pastga sirg‘aldi. U qizning qorniga ehtiyotkorlik bilan qo‘lini qo‘ydi. Nafas olishi og‘irlashdi, ko‘zlari boshqa olamga qaragandek edi.
Jungkook:Bu bola... meni bo‘lishi kerak edi, bilasanmi? — deb shivirladi u, qo‘llari titrab qizning qornini silarkan.
Yn nafasini ichiga yutdi. Oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay qoldi. Uning miyasi dahshat ichida aylanar, yuragi esa bo‘g‘ilgan tovush bilan urardi.
Jungkook yuzini unga yaqinroq olib keldi. Uning mast, ammo alam bilan to‘la ko‘zlari qizni qo‘rqitardi. Shu payt eshik taraqlab ochildi.
Taehyung:Jungkook, bas qil!— Taehyungning jahldor ovozi zalni kesib o‘tdi.
Jungkook asta to‘g‘ri o‘tirib, ko‘zlarini yumdi.
Jungkook:Kechikding, Taehyung… — dedi past ovozda
Zal ichida taranglik tobora ortib borardi. Taehyungning mushtlari siqilgan, ammo u hali ham o‘zini nazorat qilishga harakat qilardi. Yn esa boshi qotib, nima qilishini bilmay turardi. Yuragi betartib urar, nafas olishi og‘irlashgandi.
U o‘rnidan turib qochmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkookning baquvvat qo‘llari uni mahkam tortib oldi. Qizning yuragi gupillab ketdi. Shu payt oyoqlari beixtiyor stolning burchagiga tegdi, natijada qulupnay to‘la idish ag‘darilib, mevalar yerga sochildi. Shisha idish qattiq zarb bilan taxta pollarga urildi va bir zumda mayda bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Xonaga mayin qulupnay hidi tarqaldi, ammo hozir hech kim bunga e’tibor qaratmasdi.
Yn yiqilib ketmaslik uchun intilganida, Jungkookning tizzalariga kelib tushdi. Yigit uni yanada mahkam ushladi, go‘yo hech qachon qo‘yib yubormaslikka ahd qilgandek. Taehyung esa joyida qotib qolgandi. U nafasi ichiga tushib, ularga qarab turardi. Ko‘zlarida olov yonardi, lekin hozir portlash unga ham, boshqalarga ham ortiqcha..... .
Jungkook sekin oldinga engashib, qizning quloqlari orasiga yuzini yaqinlashtirdi. Uning issiq nafasi Ynning bo‘yniga urildi.
Jungkook:Qorningdagi bolani otasi kimligini sen bilmasang ham, men bilaman.....
Ynning yuragi g‘ishtdek pastga qulagandek bo‘ldi. U ko‘zlarini keng ochib, beixtiyor orqaga tisarildi, ammo Jungkook uni yanada mahkam tortdi.
Jungkook:Bolaning otasi... Taehyung.— dedi u sekin, qizning bo‘yniga lablarini bosarkan.
Ynning butun tanasi titrab ketdi. Ko‘kragida qandaydir muzdek his paydo bo‘ldi. Nafasi ichiga qamaldi. Yigitning lablari bo‘yniga tegarkan, u o‘zini hech qachon bunchalik ojiz his qilmagan edi. Jungkook esa shunchaki lablari bilan tegib qolmadi, balki mayin tishlab ham oldi.
Bu harakat unga begona emas edi. Go‘yo bu sahna allaqachon takrorlangan, go‘yo bu tuyg‘ular allaqachon his qilingandi.
Taehyung esa bu manzaraga qarab, jahli butunlay o‘ziga bo‘ysunmay qoldi.
Taehyung:Jungkook — deya baqirdi u, bir qadam oldinga tashlab.
Jungkook esa sekin tabassum qildi, ammo bu tabassumda alam ham, g‘azab ham, o‘zi ham tushunmaydigan boshqa tuyg‘ular ham bor edi.
Jungkook:Nima, Taehyung? Rostini aytayotganim yoqmayaptimi?" — dedi u pichirlab, qizning sochlarini ohista qulog‘idan surarkan.
Jungkook uni o‘ziga yanada mahkam tortdi, qo‘llari qizning nozik bilaklaridan mahkam ushlab, yuzini o‘ziga qaratdi.
Jungkook:Mendan qochib qutula olmaysan, Yn.— dedi u past ovozda, ko‘zlari g‘alati porlab.
Shu so‘zlarni aytishi bilan u qizning lablariga tajovuzkorlik bilan yopishdi. Ynning ko‘zlari katta ochilib, butun vujudi muzlab qolgandek bo‘ldi. U jon-jahdi bilan yigitni itarishga harakat qildi, lekin Jungkookning mahkam ushlagan qo‘llari uni joyidan qimirlatmasdi. Qizning ichida kuchli norozilik, qo‘rquv va nafrat jo‘sh urdi.
Yn:Iltimos... yo‘q...— deya tipirchilar, lekin Jungkook bu holatdan faqat zavqlanardi.
Uning lablari qizning lablariga mahkam bosilar, qo‘llari esa uni bo‘shashishga yo‘l qo‘ymasdi. Yn ko‘z yoshlarini tiyolmay, bo‘g‘iq ovozda yig‘lab yubordi.
Bu vaqtda esa Taehyung xonasi tomon o‘girilib ketayotgandi. Ynning yuragi siqilib, ich-ichidan faqat uni qutqarishini kutdi. Ammo yigit indamay xonasiga kirib ketayotdi.
Ammo kutilmaganda, bir necha soniyadan so‘ng qattiq qadam tovushlari yangradi. Jungkook qizning lablaridan ajralib, ortga o‘girilganida, Taehyung xonadan chiqib kelayotganini ko‘rdi.
Ammo bu safar Uning qo‘lida sovuq metall — qurol bor edi.
Xona ichidagi taranglik bir necha barobar oshdi. Ynning yuragi bir lahzaga to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Taehyung asta yaqinlashib keldi. Uning nigohlari sovuq, yuzida esa g‘azab, alam va o‘kinch aks etardi.
Taehyung:Qo‘lingni tort undan. — dedi Taehyung qattiq, amr ohangida.
Jungkook esa bir lahza jim turdi. Keyin esa birdan boshi orqaga ketgancha, baland ovozda kulib yubordi.
Jungkook:Shu qadar qiziq! Taehyung, sen qachondan beri qahramonga aylanding, oldinlari uni seni qo'lingdan, ehtirosli tunlarning dan men qutqarib qolardim
Ammo Taehyungning nigohida hazil yo‘q edi. U qo‘lidagi qurolni Jungkook tomon biroz ko‘tarib, gapida qat’iylik bilan davom etdi:
Taehyung:Senga oxirgi bor aytyapman. Qo‘lingni tort.
Jungkook kulishini to‘xtatib, unga tik boqdi. Ikki aka-uka bir-biriga yirtqich kabi qarab turardi. Bir qadam noto‘g‘ri tashlansa, hammasi portlashi aniq edi go'yo.
Yn esa Taehyungning bu qilmishini tushunmay turardi. U bunday yo‘l tutishini kutmagandi. Yana ham ajablanarlisi, yigit qurollangandi. Nima uchun? Qizning boshi qotib, yuragi dahshat ichida urardi.
Taehyung hech qanday ikkilanmasdan qurolni egizagiga qaratgancha, sovuq va qat’iylik bilan o‘q uzdi.
Otishma tovushi zalni larzaga keltirdi. Jungkookning boshi ortga tashlanib, tanasi bo‘shashib ketdi. U yerga qularkan, ko‘zlarida qandaydir g‘alati zavq porlab turardi. Yuzida esa – xuddi o‘zi xohlagan narsaga erishgandek, qoniqarli bir tabassum paydo bo‘ldi.
Qon peshonasidan oqib, gilamni bo‘yashga ulgurdi.
Taehyungning qo‘lidagi qurol yerga tushib ketdi. Ammo u qulashga ham ulgurmay, bo‘yniga tekkazilgan elektr shoker zarbidan qaltirab, o‘zini yo‘qotdi. Ko‘z oldi qorong‘ulashib, oyoqlari ostidan yer g‘oyib bo‘ldi. Uning tanasi orqaga ketgancha polga shappillab tushdi.
Yn esa qo‘rquvdan hayratga tushgancha, ko‘z oldida bo‘layotgan voqealarni anglashga harakat qildi. Lekin uning miyasi buni qabul qilishga tayyor emasdi. Ko‘z oldidagi tasvirlar har safar xiralashib, ichidagi vahima battar zo‘rayib borardi.
U harakat qilishga urindi, ammo oyoqlari titray boshladi. Qaltirab turgan holda orqaga tisarilar ekan, oyoqlari ostidagi mayda shisha parchalari terisini kesib, ichiga botdi. Qiz og‘riqdan ingrab, yerga yiqildi. Polga yoyilgan shisha bo‘laklari uning qizg‘ish qoniga qorishib ketdi.
Shu vaqtda zal eshigi shiddat bilan ochilib, politsiyachilar ichkariga bostirib kirdi. Har tomonga qurollar qaratilgan, tizzalarini bukib olgancha, ko‘zlari bilan atrofni sinchkovlik bilan kuzatayotgan edi.
— Hamma joyida qolsin! Qurollarni tashlang! — deya baqirdi Taehyungning bo'yniga elektra shoker urgani
Ammo qurol endi hech kimning qo‘lida emasdi. Biri o‘lik, biri hushsiz, biri esa qon kechib yerda ingrab yotardi.
Yn boshini ko‘tarishga harakat qildi, lekin butun tanasi lohas tortgandi. Og‘riq, vahima va tushunarsiz bir ichki og‘riq uning butun vujudini egallagandi.
Uning ko‘zlari qonga bo‘yalgan gilamga tushdi.
U endi hech qachon harakat qilmaydi. Hech qachon takabburona kulib, hech kimga tazyiq o‘tkazmaydi. U yo‘q… U butunlay yo‘q edi.
U esa hali ham nafas olyapti. Ammo qancha vaqt? Qanchalar chuqur jarohat oldi?
Ynning boshi aylanib, polga chertib tushdi. Uning qulog‘ida politsiyachilarning shovqini uzoqlashib borayotgandek eshitildi. Ovozlar pastlasha boshladi. Dunyo asta-sekin qorong‘ulashdi…
Va nihoyat, ko‘z oldi butkul qorayib, u chuqur bo‘shliq ichiga qulab ketdi.
Politsiyachilar xona orasida harakatlanar ekan, havo hali ham otishma hidi bilan to‘lib turardi. Qizil gilamda keng yoyilgan qon, sindirilgan shisha bo‘laklari va yarim ochiq ko‘zlari bilan yerga cho‘zilib yotgan Jungkook – bu manzara haqiqiy fojiani aks ettirardi.
Bir politsiyachi yonidagi sherigiga ohista pichirladi:
— Min Yoongini qaysi biri o‘ldirgan deb o‘ylaysiz?
Sherigi esa beparvo yelka qisdi:
— Ahamiyatsiz… Hozir asosiy narsa – bu qizning holati. Uni zudlik bilan shifoxonaga yetkazish kerak. Jasad morgga, hushsiz yigit esa politsiya bo‘limiga olib ketiladi.
Shu payt politsiyachilardan biri qonga belangan qizga ishora qilib, tovushida tashvish aralash dedi:
— Janob… Bu qiz homilador ekan.
Rahbarining yuzi keskin o‘zgarib ketdi. Qizning yoniga engasharkan, uning tanasidagi chuqur kesik izlarini payqab qoldi.
— Tanasi chuqur jarohatlangan… Juda ham ko‘p qon yo‘qotgan…— deya xuddi o‘ziga gapirgandek shivirladi u.
U asta-sekin qizning tanasini burarkan, ko‘zlari go‘zal, ammo qiynalishdan qizarib ketgan yuzga tushdi.
Uning kipriklari zo‘r berib qisilgandi, xuddi og‘riqdan qochishga urinayotgandek. Ammo shunga qaramay, u juda ham nozik va sokin ko‘rinardi. Xuddi hayotning shafqatsizligidan charchagan, o‘zining pokiza dunyosiga qochib ketmoqchi bo‘lgan farishta singari…
Shifokor yetib kelguncha, politsiyachi qizning mayin va sovuqlikka o‘rangan qo‘llaridan ushlab turdi.
Ichida esa faqat bitta gap aylanardi:
Seni kim bu ahvolga soldi......
Avtor O'z Tragediyalari bilan mashhur bo'lgan Ibura🥀
#IburaHellsing