ππ¨π‘πππ’π’π π π¬ π‘ππ‘π‘π¬
Jungkook mening enagam
πΊππ πππ πππβππππππ ππππππππ, πππππ π ππππππππ ππ'πππ πππ.
Soat 23:35 bo'lishiga uzoq yo'l yurib charchaganiga qaramay Taehyung ulkan xona ichidagi minimalizm stilida yasalgan yotoq ustida u yoqdan bu yoqqa aylanar ammo ko'zlariga uyqu kelmasdi.
Erkak yostiqni qo'li bilan olib quchoqladi.
Mana roppa rosa to'rt oy bo'libdiki u sevgan ayolini quchoqlay olmay, iforini tuya olmay uyqusizlik bilan qiynalardi.
Palataga olingan qiz ko'zlarini bazo'r ochib yonida turgan Jungkookni ko'rib yuziga tabassum yugurdi.
βSeni asablaringni yeb tugatmasimdan mendan oson qutila olmaysan Jeon Jungkook. - qiz go'zal tabassum bilan juda past ovozda gapirdi.
βMayli mayli hammasiga roziman faqat meni bunday qo'rqitma o'takam yorilay dedi.
βDemak meni sevasan shundaymi?
βSen uchun qayg'urgan hamma seni sevmaydiku.-Jungkook ko'zlarini olib qochib gapirdi.
βMashina ichida yotganimda seni sevaman deding Jeon Jungkook Ibura men seni sevaman deganingni o'z quloqlarim bilan eshitdim.
βSen hushingda emasdingku qanday eshitding?
βMen ham seni sevaman Jeon Jungkook.-qiz yuzidagi tabassumni yashirib oddiy sokin ovozda gapirdi.
Erkak qizning yumib olgan ko'zlari oldiga yaqinlashib yuzini qo'llari orasiga olib yonoqlaridan endi o'pish uchun labini yaqinlashtirar ekan qiz yuzini burib oldi.
βNega ahir Ibura, menga imkon ber bir erkak ayolni qay darajada Seva olsa men seni shunday sevishimga izm ber menga.
βJungkook mendan nimani so'rayotganingni quloqlaring eshitayaptimi bila ko'ra seni ham Annaga o'xshab jahannam olovi ichiga otishimni so'rayapsan sen.
Mening boshimda hali ham erim bor. Tanamda uning hali ham muhri bor. Qornimda esa bolasi bor. U sen aytgan hayvon ekanligi rost, men aytgan azroil ekanligi ham rost. Ammo unga to'liq ajrashmay turib xiyonatni ravo ko'ra olmayman men.
βBu nima deganing Ibura. Uni qanday qilib hozirgacha Erim deyapsan u oddiy bir hayvonku ahir unda his tuyg'ular ham yo'q.
βBilaman Jungkook bilaman sen haqsan ammo men ajrashgunimcha biroz sabr qilmasang bo'lmaydi qolaversa farzandimni o'z bolang kabi qabul qila olasanmi yo'qmi buni ham bilmayman.
Jungkook asabiylik bilan o'zini biroz bosib olish uchun palata ichidan tashqariga chiqib ketdi.
Ibura yig'lab turgan ko'z yoshlari bilan yuzini palata tomonga burib ko'z yoshlariga erk berdi.
Palata eshigi ochilib azroil sovuq qadamlari bilan o'zi bilan birga jahannamini yana olib keldi.
Taehyung boshini qizning peshonasi ustiga egib lablarini qizning yonoqlariga bosdi.
Yana o'sha hid, yana o'sha ifor aynan o'sha munchoq kabi ko'zlar va g'uncha misol lablar.
Homiladorlik uni yanada ochib qizning husniga husn qo'shgandi.
βUnga tegilmayman deb so'z berdingiz unutmang.
βAlbatta munchog'im unga tegilmayman agar oyog'im ostiga kelib yana o'ralashmasa.
Ko'zlarini uyda emas sovuq palatada ochgan qiz boshi ustida osilib turgan tomchi dorini va azroil kabi turgan erini ko'rib qo'rqib ketdi.
βSeni uzoq qidirib qidirib topdim munchog'im bu ishing uchun nima qilamiz.
Erkak qizning qornini silab gapirdi.
βDemak bola meniki, tashqarida atrofingda parvona bo'layotgan it kimligini menga aytasanmi yokida o'zim suyaklarini sindirib so'raymi?
βUnga tegma aytgan hamma ishingni bajaraman faqat tegma.
βMasalan o'z hohishing bilan men bilan ketasan shundaymi?
Jungkook muzday energetikning aluminiydan yasalgan idishini qo'llari bilan o'zi estamagan holda biroz ezib oxirigacha ichib miyyasida bo'lib o'tgan ishlar haqida o'ylardi.
βMen nima xato qildim, nahotki u menga imkon bermasa, nahotki menga o'sha iflos eridan ham pastroq ko'zlar bilan boqsa? Sevish mumkin bo'lmagan insonni o'zing sevding Jeon Jungkook, uning ko'nglini o'yinchoq qilaman deb o'z ko'nglingni parchalagan ham aynan o'zing bo'lding nega o'zgalardan o'pkalayapsan endi?
Erkak tomirlari qizarib ketgan ko'zlaridagi yoshni berkitish uchun boshini shifoxona lampasiga qaratib oldi.
βMayli nima bo'lsa yaxshilikka.
Jungkook eshitilar eshitilmas yuqoriga ko'tarilib Ibura yotgan palata eshigini ochib qaradi ammo ming afsuslar bo'lsinki karavot bo'm bo'sh turardi.