May 5

π—π—¨π—‘π—šπ—žπ—’π—’π—ž 𝗠𝗬 𝗑𝗔𝗑𝗑𝗬

11-qism 18+

Jungkook mening enagam
𝑺𝒆𝒏 𝒃𝒐𝒓 π’šπ’†π’“β€”π’Žπ’†π’π’Šπ’π’ˆ π’‹π’‚π’π’π’‚π’•π’Šπ’Ž, 𝒉𝒂𝒕𝒕𝒐 𝒖 π’‹π’‚π’‰π’‚π’π’π’‚π’Ž 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂 π’‰π’‚π’Ž.

Jungkook 19 yoshli bu go'dakning ichida shuncha dardi borligini eshitib tomog'iga nimadir qattiq tiqildi. U adashgandi bolaning otasi Namjoon emas bu Kim Taehyung edi, hayvonday hissizligi sabab o'rgimchak laqabli Xudoni ham tanimaydigan bir manyak, shu kungacha bu iflosning qo'lidan hali hech kim tirik chiqmagandi.

Odam organlari savdosi bilan shug'ullanadigan bu iflosga tegishga hattoki davlat ham hayiqardi.

Bu 19yoshli go'dak qanday qilib uning changalida uch yil tirik qoldi o'zi?

Taehyung o'z bolasi bilan qo'yib yuboradigan anoyilardan ham emasdi, demak habari yo'q, agar u qizning ortidan tushsa Jungkook hech narsa qila olmasligini, qilsa ham shunchaki o'lib ketishini tushunib Qo'llarini mushtladi.

Sababi Kim Taehyungning oldida Jungkook O'rgimchak to'riga yopishgan nozik kapalak edi xolos.

Qiz qaltirab turgan qo'llari bilan futbolkasini mahkam siqib ko'z yoshlarini artishni istamay Hammom tomon ketti.

Jungkook bu vaziyatda Namjoonga gapirish ortiqcha ekanini bilar, shundoq ham Ibura anchagina narsani gapirib ketgandi.

β€”Uning ichida buncha nafrat borligini bilmagandim Jungkook, vaqt o'tgan sayin barini unutadi, bolali bo'lsa bularga vaqti bo'lmaydi deb o'ylagan edim, adashgan ko'rinaman. Men qattiq adashibman. Kelib yordam bera olaman deb o'ylagandim aksincha uning yarasi ustiga tuz bosibman.

Namjoon gapirarkan ko'zlari atrofida yosh qalqib turardi.

Jungkook uni oldin hech qachon bunday ahvolda ko'rmagandi.

Qiziq singlisini shunchalar yaxshi ko'rsa nima sabab undan voz kechishgan?

Qanaqa jasad?

Qanaqa Qabr haqida gapirishyapti o'zi?

Nega bu oilada sirlar buncha ko'p? Go'yoki la'natlanganga o'xshaydi biror bir baxtli odami yo'q oila...

Hammom ichiga kirib tomog'idagi qattiqlik va yoshlariga butunlay erk bergan qiz futbolkani oyoq tagiga uloqtirib yubordi va rakvinaga kelib muzday suvni ochib yuz ko'zlarini yuvishni boshladi, ammo qizargan yuzi va tomirlarigacha qizil qonday bo'lib ketgan ko'zlari o'z holiga kelmasdi.

Qiz yana yuvar sovuq suv yuzini chaqib chaqib olardi, oyoqlari boβ€˜shashib rakvina tagiga o'tirib oldi va baland ovozda yig'layotgani uchun og'zini qo'llari bilan yopib o'zini bosishga urinar ammo eplay olmasdi, oyoqlari uchida turgan futbolkani olib ustiga kiyishga urindi ammo tinimsiz qaltirab turgan qo'llari unga boysinmasdi...

Qiz tashqariga chiqib apil tapil shkafini qidirdi va qidirgan narsasini topdi.

Sigarani ham zajigalkani ham olib xonadan chiqib ketishga urindi, ammo U Jungkook yo'lini to'sdi. Namjoon allaqachon tashqariga chiqib ketgan Jungkook esa bu qizni hovuridan tushirishga urinardi.

Jungkook qizning yuzini qo'llari orasiga olib gapirdi

β€”Menga qara, qara meni ko'ryapsanmi Ibura? Qorningda yana bir tirik jonni ko'tarib yuribsan, uni tiriklayin o'ldira olmaysan o'zingni qo'lga ol, bularni esa menga ber.

Jungkook qizning qo'lidagi sigareta va zajigalkani qo'liga olib chetroqqa qo'ydi.

Qiz Jungkookning Qo'llarini majburlik bilan ushlab qorni ustiga qo'ydi.

β€”Istasang uni xaromi de sen ham haqsan Jungkook u haromi, u sen o'ylagan hayvonning bolasi ekanligi rost, ammo yolvoraman iltimos o'tinaman buni yuzimga solmay nima bo'lsada u mening ham bolam qara qimirlayapti sezyapsanmi u ham his qila oladi.

β€”....

β€”Atigi 16yoshda edim, gullash ga ulgurmasimdan sen aytgan hayvon mening nomusimni topadi, qarshiliklarga qaramay meni zo'rladi.

β€”Bo'ldi bo'ldi yetarli

β€”Davom ettiraymi, mening aybim nima edi Jungkook aybim nima ahir mening, qornimdagi go'dakning aybi nima?

Bilmaysanmi, unda o'sha Sigarani menga qaytarib ber...

Qiz Jungkookni tanasi chetga surib sigarasini va zajigalkani olib xonadan tashqariga toza havoga chiqdi.

Zajigalkasini asabiylik bilan yoqarkan 3marta deganda arang olov chiqib Sigarani tutatdi.

Qiz nozik barmoqlari orasida tutab turgan sigaretani aylantirib qizil rangi qochgan lablari orasiga qistirdi va birdaniga havo tortti.

O'pkasiga to'lgan tutun boshidagi og'riqlarni bosdi.

Qiz sigarasini bamaylixotir zavqlanib tortar ekan boshi ichida xotiralar aylanardi.

Oppoq palata ichida yotgan holatini ko'z oldidan o'tkazdi.

Og'ziga kislorod balonchasi ulab qo'yilgan tomirlarida katetetr orqali tomchi dori tomib turar chap oyog'i gips va xona ichidagi aparatlar chiyillab asabiga o'ynardi.

Ikki yil oldin

Ibura Annaning qulflangan eshigi oldiga kelib eshikni apil tapil urib ochishga urindi, ammo eshik ochilmasdi.

β€”Ibura kech bo'lyapti qoch, qoch Ibura u kelsa kech bo'ladi.

β€”Anna seni tashlab keta olmayman, Jiwoonni kiyimlarini kiygizdim birga qochamiz

β€”Yo'q yo'q yo'q Ibura bola bilan qocha olmaysan bu eshikni esa buzib bo'lmaydi, o'zing ket qoch Ibura.

β€”Anna u hali bola uni Taehyungning qo'lida qoldirib ketsam otasiga o'xshab ulg'ayadi ahir.

β€”Ibura bolani tashlab qoch, men unga yaxshi qarayman ket iltimos.

β€”Kechir meni Anna.

β€”Men ham seni yaxshi ko'raman Ibura...

Ibura oyoq uchida Jiwoonning xonasiga yugurib borib kiyimlari kiyilgan bolani qo'lchalaridan ushlab oshxona tomon olib bordi.

Shkafni surgan qiz mayda oynadan bolani tashqariga chiqarib, o'zi ham chiqib oldi uyning orqa tomoni keng yalanglikda joylashgani sabab qiz bolaning qo'lidan ushlab jon jahdi bilan yugurar, uyda qolib ketgan egizagi sabab ko'zlaridan tinimsiz yoshlar oqardi.

β€”Oyi dadamdan qochyapmizmi?

β€”Jiwoon bolajonim biz hozir malikalar va shahzodalar yashaydigan qasrga ketyapmiz.

β€”Oyi nimaga yuguryapmiz?

β€”Bolajonim qasrga yetib olsak tushuntiraman kelishdikmi?

β€”Hop oyi

Qiz qadamlarini qanchalik katta tashlamasin unga yetaolmayotgan bolani yerdan Quchog'iga olib katta trassa tomon yugurdi, shaharning chetida joylashgan bu yo'ldan kimdir o'tishi dargumon edi. Qiz bolani ko'tara ko'tara asvalt ustida yugurar ekan, oyoq kiyim kiymagani yalang oyoqda bo'lgani sabab oyoqlari qonashga ham ulgurgandi.