March 11, 2025

Tanam uning bag'rida ruhim bo'lsa zindonband episod 2

Hozirgi vaqt
Xona eshiga ochilib ichkariga kimdir kirdi kirgan zahotiyoq eshik qulfi ikki marta aylantirildi.
Xona o'rtasidagi ikki kishilik yotoqda bir qiz beg'ubor bo'lib uxlardi, ko'ylagining ko'tarilib ketgan etagi sababli uning sutday oppoq oyoqlari ko'rinib turardi.
Erkak sekinlik bilan qiz tomon yaqinlashib uning oppoq oyoqlaridan qo'lini harakatlantirishni boshladi, qizning etagini pastdan yuqoriga tomon ko'tarib beligacha ochdi.
Qizning mayin beli sanasa bo'ladigan qovurg'a lari va uning ehtirosni qo'zg'aydigan oyoqlari erkakning unga nisbatan hirslarini oshirardi va u qizning qorniga Qo'llarini bosdi.
Qizning qorniga tekkan begona qo'llar uning uyg'onishiga sabab bo'ldi, ammo u bu kimning qo'llari ekanligini bilganligi uchun uni o'zidan itarmadi.

Yigit lablarini qizning qorniga bosib sekinlik bilan yuqoriga tomon harakatlandi.

Jeon Jungkook:
-Meni sog'indingmi Farishtam-dedi qizning sochlariga yuzini ko'mib.

Yn__Sog'indim-dedi o'ziga qarshi chiqqan holda

Yigit bu so'zlarni eshitarkan yuziga tabassum yugurdi.

Jungkook qizning ustidan ko'ylagini yechib olarkan qizning ko'zlari Mahzun holda shamdonga qarab turardi.

Yigit Qo'llarini shamdonga tomon uzatib uni qo'lining yengil bir harakati bilan o'chirdi...

Oradan yarim soat o'tar o'tmas yigit qizning ustiga tanasini tashladi.
Qiz esa ko'p yig'lagandan nafas olishga qiynalardi.

O'tmish:

Ovchilar qizaloqni qirollik qasriga olib kelishdi. Ularni darvozadan ichkariga kiritishdi, lekin bu joy qizaloqqa mutlaqo begona edi. Uning esida faqat xizmatkorning qo‘rquv aralash iltimoslari va qo‘liga tutqazilgan tilla medalyon qolgandi.

Qasr juda ulug‘vor va mahobatli edi. Uning baland ustunlari, osmono‘par devorlari va har bir burchagidan taralayotgan sovuq, begona muhit qizaloqning yuragiga vahm soldi. Go‘yo bu joy uni o‘z haybati bilan ezayotgan, bir qadam ham ortga chekinishiga yo‘l qo‘ymayotganday edi.

Ovchilardan biri — kiyimlaridan badavlat va aslzoda ekanligi ko‘rinib turgan yigit oldinga chiqib, saroy xizmatkoriga o‘tkir nigoh tashladi va buyurdi:

— Zudlik bilan Qirolichaning jiyanini chaqirib keling.

Xizmatkor bosh irg‘ab, ortiga burildi va qasr ichkarisiga shoshildi. Qizaloq esa hamon qaltirab turardi. Uning mayin barmoqlari hali ham kaftiga yashirilgan medalyonni siqib ushlagan, yuragi esa har gal kimdir yonidan o‘tganda tez-tez urayotgan edi.

Qasrning keng zali ichida og‘ir sukunat hukm surardi. Devorlardagi katta haykallar va oltin suvi yuritilgan naqshlar bu joyning qudratini yanada oshirayotganday edi. Birdaniga zinalardan pastga bir qiz tushib keldi. U hali yosh bo‘lishiga qaramay, harakatlarida ishonch va salobat bor edi.

U ovchilarning oldiga kelib, bir lahzaga to‘xtadi va diqqat bilan ularning orasida turgan mitti qizaloqqa tikildi. U juda mayin, ojiz va beg‘ubor ko‘rinardi—go‘yo hech qachon yomonlik ko‘rmagan, hech qanday og‘irlikni boshdan kechirmagan beg‘ubor marvaridga o‘xshardi.

Qiz atrofdagilarga keskin nigoh tashlab, past ovozda buyruq berdi:

— Kutib turing.

So‘ng ortiga burilib, shoshilmay zalni tark etdi. U ketishi bilan yana sukunat cho‘kdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, og‘ir, lekin aniq eshitiladigan qadam tovushlari yangradi. Zalda turgan har bir inson seskanib ketdi.

Xonaga Qirolicha kirdi. U shunchalar haybatli va qudratli ediki, uning borligi zaldagi har bir odamni ezib yuborayotganday tuyuldi. Hamma bosh egdi. Hamma sukut saqladi.

Lekin uning nigohi faqat bitta narsaga qadalgan edi—ovchilar orasida turgan mitti qizaloqqa. Haqiqatan ham, ulkan, gavdali erkaklar orasida u go‘yo kichik, qimmatbaho marvaridga o‘xshardi.

...

Tog‘lar bag‘rida joylashgan ulkan qirollik sarhadlari qalin qor ostida jimjit yastanib yotardi. Osmonda xira quyosh nurlari ko‘rinib tursa-da, atrof sovuq va muzday edi. Havoda esa faqat qalin qoplagan qorning o‘ziga xos muzdek hidi suzardi.

Shunday ob-havoda qizaloq mayin, yupqa ko‘ylakda qaltirab turardi. Uning oppoq yuzlari sovuqdan yanada oqarib ketgan, kipriklariga esa mayda qor zarrachalari yopishib qolgandi. Shu holatning o‘ziyoq u bu yerlarga tegishli emasligini ko‘rsatib turardi.

Qirolicha hech ikkilanmay oldinga yurdi. Uning og‘ir qadam tovushlari sukunatni buzib, ovchilarning safini ikkiga ajratdi. Hech kim unga to‘sqinlik qilmadi, hatto nafas ham olishga botina olishmadi. Barcha uning navbatdagi so‘zini kutayotgan edi.

Ammo u hech narsa demadi. Sovuqda dir-dir titrayotgan qizaloqning yoniga yetib kelishi bilan, hech bir so‘zsiz o‘zining qalin ustki liboslarini ochib, qizaloqni shirin bag‘riga tortdi. U qizaloqni mahkam quchoqlab, uni sovuqdan himoya qilishga urinar, yuzida esa ko‘rinmas, ammo yurakdan kelgan bir ifoda aks etardi—g‘amxo‘rlik va mehr.

Atrofdagilar ko‘zlarini katta ochib, hayrat bilan bu manzaraga termulishdi. Qirolichaning hech qachon hech kimga mehr ko‘rsatganini ko‘rmagan ovchilar ham, saroy xizmatkorlari ham va hattoki uning jiyani ham og‘zini ochgancha qotib qoldi.

Bu qanday sir edi? Bu qizaloq kim edi? Nega Qirolicha unga bunchalar mehribonlik qilmoqda?

Ammo bu savollarni berishga hech kimning jur’ati yetmasdi…

Qirolicha qizni kiyimlari orasiga o'rab ko'tarib o'z xonasi tomon harakatlandi
Qirolicha:
Ovchilarga mukofotlarini ber-dedi Akasining qizi bo'lmish Liliga qarab.