December 20, 2024

Iltimos tinch qo'ying ep 17

Pov Taehyung

Yonimda o‘tirib, qo‘llarimni tizzalarim ustida mahkam qisdim. Ichimda yong‘in, afsus va aybdorlik hissi alangalanardi.

Ynning yuziga qarashga botinolmasdim.

U meni eslamayotgan edi. Balki bu yaxshi. Balki u hech qachon bilmasligi kerak. Lekin bu qanchalik to‘g‘ri?

Jungkook xonadan chiqqach, xonada bir oz sukunat hukm surdi. Men sekin o‘rnimdan turdim va Yn tomon yaqinlashdim. Uning ko‘zlari xira, lekin ichida tushunarsiz savollar bor edi.

— Yn... — dedim pichirlab. Ovozim titradi.

— Men... U nigohini menga qaratdi.

Ammo bu nigohda sovuqlik bor edi. Xuddi begona odamga qarayotgandek.

— Sen... kimsan? — dedi u. Bu savol meni yana yerga mixladi. Nima deyishim kerak? Hammasini aytib berishim kerakmi? Yoki bu haqiqatni undan yashirish to‘g‘rimi?

— Men... Taehyungman. Biz... yaqin edik, — dedim.

Bu mening javobimning bir qismi edi, ammo to‘liq haqiqat emasdi.

Hozir unga nima deyman, sening akang man yetmaganiga qorningdagi bolaning otasi an deymanmi?

U bir lahza jim qoldi, so‘ng chuqur nafas olib, qo‘llarini qorniga qo‘ydi. Ko‘zlari yana xira tortdi.

— Bu bola... bu qanday bo‘lishi mumkin? Nega men hech narsani eslay olmayapman? — dedi u past ovozda.

Men javob bera olmasdim. Aksincha, uning yonida jim turdim. Ko‘zlarimni yerga qadadim va ichimdan yig‘lay boshladim.

Pov Jungkook

Tashqarida shifokor bilan yuzma-yuz turib, o‘zimni bazo‘r tiyib turardim. Uning aytgan gaplari ongimda qayta-qayta yangrardi:

— Xonim jiddiy travma olgan. Eslash jarayoni vaqt talab qilishi mumkin. Ruhiy zarba tufayli hozircha ko‘p narsalarni eslay olmayaptilar. Shifokorni ortda qoldirib, xonaga qaytib kirdim. Taehyung Yn yonida turar, yuzida qayg‘uli ifoda bor edi. Unga yaqinlashdim.

— Unga yaqin kelma, Taehyung, — dedim past ovozda, lekin qat'iy ohangda.

— Hozir unga dam kerak.

Taehyung o‘rnidan turdi, ammo yuzidagi aybdorlikni yashira olmadi. U menga bir lahza qaradi, keyin xonadan chiqib ketdi. Ynning yoniga o‘tirdim. U menga qaradi, lekin nigohlarida qo‘rquv bor edi.

Bu nigoh meni ich-ichimdan parchalardi.

— Yn, men bu yerdaman, — dedim muloyimlik bilan.

— Senga yordam beraman. Hech narsadan qo‘rqma. Uning ko‘zlari yoshga to‘ldi.

— Ammo men kimga ishonishimni bilmayman... — dedi u, ovozi titrab. Bu gap yuragimga xanjardek sanchildi.

Lekin uni tushunardim. Endi faqat vaqt va haqiqat uni tinchlantira olardi. Lekin bu haqiqat uni sindirib qo‘ymasligi kerak edi...

Pov Jungkook

Men unga hozir nima deyman?

“Biz seni qondosh bo‘lmagan akalaringmiz. Taehyung sarhush holda seni zo‘rladi, men esa senga tajovuz qilmoqchi bo‘lganim uchun shuncha oydan beri komada yotibsan,”

deb aytamanmi? Buni qanday qilib gapiraman? Qanday qilib yuziga qarab, bu haqiqatni tan olaman? Uning ko‘zlariga qaradim.

U yomon narsani his qilayotgandek edi, lekin hali haqiqatni bilmasdi. Bu menga bir oz vaqt berdi, lekin bu vaqt qanchaga yetadi? U har doim hamma narsani bilishi kerak edi, lekin qachon? Ynning ovozi titrab chiqdi:

— Menga ayting, nima bo‘lgan o‘zi? Nega men hech narsani eslay olmayapman?

Ichimda bir kuchli og‘riq paydo bo‘ldi. Tilimda turli bahonalar aylanardi, lekin bu gaplar uning haqiqatni bilishga bo‘lgan haqqini tortib olish edi. Taehyungga qaradim, lekin u jim turar, bir qadam ham tashlamasdi.

— Bu yerda qandaydir narsa bo‘lgan, shundaymi? — davom etdi Yn, ko‘zlarida tushunarsiz qo‘rquv bilan. Men chuqur nafas oldim. Qo‘llarim titray boshladi. Lekin unga yolg‘on gapirishdan ham yomonroq narsa yo‘q edi.

— Hozircha bilishing kerak bo‘lgan yagona narsa... sen yolg‘iz emassan, — dedim. Ovozim titradi, lekin ko‘zlarimni undan uzmadim. U nigohimga qaradi, lekin ichida qandaydir ishonchsizlik bor edi. Bu meni o‘ldirardi.

Pov Taehyung

Yon tomonda turib, Jungkookning gaplarini eshitib turdim. U hamma narsani aytishga yaqin edi, lekin o‘zini ushlab qoldi. Lekin men hammasini ichimda saqlab turolmayman. Har bir lahza, har bir kun, bu og‘irlik meni ezmoqda. Ynning nigohlari bizni ayblardi. U hech narsa bilmaydi, lekin yuragimning har urishi uning oldida gunohkor ekanligimni eslatib turardi.

Jungkookdan keyin so‘z olishga qaror qildim. Lekin... qanday qilib boshlayman? Sekin qadam tashlab, Yn yoniga keldim. Uning qarshisida tiz cho‘kdim va chuqur nafas oldim.

— Men... kechirishga loyiq emasman, — dedim.

Ovozim titradi.

— Lekin bilishing kerak.

Ynning nigohlari menga qaratildi. U jim edi, lekin ko‘zlarida nimadir savol bor edi.

— O‘sha tun... men xato qildim, — dedim ovozim titragan holda.

— Seni o‘zimni himoya qila olmadim. Sarhush edim... lekin bu sabab bo‘la olmaydi.

Ko‘zlaridan yosh oqdi, lekin u hanuz sukut saqlardi. Mening so‘zlarimning ortidan nima kelishini bilishga ojiz edi. Jungkook bir qadam oldinga chiqib:

— Bu yerda hozir to‘xtashimiz kerak, Taehyung! — dedi. Lekin men to‘xtay olmadim. Haqiqatni aytishim kerak edi. Bu o‘z jonimni qiynasa ham.