ππ¨π‘πππ’π’π π π¬ π‘ππ‘π‘π¬
Jungkook mening enagam
πΊππ πππ πππβππππππ ππππππππ, πππππ π ππππππππ ππ'πππ πππ.
Ibura va Anna bu uyda, bu jahannamda yashashayotganining uchinchi yili Jiwoon sakkiz yoshda Iburani jonidan ortiq yaxshi ko'radi.
Qiz tinimsiz qayt qilishlari sabab biroz shubhalanib Taehyung olib kelganiga yarim yilcha bo'lib qolgan testlardan birini olib Hammom ichiga kirib ketdi va yarim soat o'tar o'tmas qo'lida ikta chiziq bilan chiqdi yotoq ustida kutib turgan Anna tinimsiz bunday bo'lmasin deya duo qilardi.
Yuz ko'zi qizarib yigβidan shishgan qiz Annaga qo'lidagi testni ko'rsatdi.
Anna labining pastki qismini tishlab yig'layotgan egizagining tanasini quchdi.
βAnna u hayvonning bolasini qornimda ko'tarib yurishni istamayman, istamayman ahir nega bunday bo'ldi?
βIbura o'zingni bos bolani oldiramiz tamom
βEsingni yedingmi Anna u meni bu uydan hech qachon bir qadam ham chiqarmaydi, homilador ekanimni bilsa oyog'imga bitta kishan solib qo'ysa ham hayron qolmayman.
βKim senga Taehyung bolani biladi dedi? Qochamiz Ibura.
βAnna oxirgi marta qochganimda qancha vaqt komada yotganimni mendan yaxshiroq sen bilasan qanday Qochamiz, tutib olsa ayamaydi bu safar oyoqlarimga qo'shib qo'llarimni ham sindiradi u iflos.
βShu sababdan ham faqatgina sen qochasan Jiwoon va mensiz faqatgina sen qochasan eshitdingmi?
βAnna u sezib qoladi, baribir meni topib oladi.
βO'zingni qo'lga ol Ibura bunaqa vaziyat qaytib bo'lmaydi ahir.
βAnna agar men ketsam senga nima bo'ladi?
βU menga tegmaydi Ibura buni ikkimiz ham bilamiz uni faqat sen qiziqtirasan, men emas shu sabab tezlash agar meni tanib qolsa vaqtimiz kam qoladi.
Anna Iburaning shkafini ochib ichidan och pushti rangli yugurishga ham hamma hamma narsaga qulay ko'ylakni Iburaga tutqazdi. O'zi uchun havorangli yopiqroq Iburaning ko'ylagini oldi.
βAnna mening tanamda Tattoo bor u baribir seni men emasligimni bilib oladi.
βBunisi meni ishim tezroq narsalaringni ol.
Ibura rukzak ichiga hujjatlari va pullarni solib Anna bergan kiyimni ustiga kiyib oldi.
βAnna nima deb o'ylaysan bu yerdan qochib otamning oldiga borsamchi?
Anna Iburaning iyagidan ushlab yuzini kaftlari orasiga olib ko'zlariga tik qaradi.
βBizni jahannam quchog'iga kim otganini unutma, otam seni tutib olsa uning quchog'iga qaytib tiqadi yoki meni bunday qizim yo'q deb tiriklayin ko'mib yuboradi.
βMen nima qilay ayt Anna miyyam ishlamayapti hozir
βBilet sotib olib Janubiy Koreyaga uchasan, Namjoon bilan gaplashib uning oldiga borasan onamizning qabriga mening nomimdan ham gul qo'yasan Ibura.
βAhir Namjoon sabab otam bizga bularni ravo ko'rmadimi Anna? Onam bizni qo'shqo'llab otamizga tutqazmadimi qanday bunday qilaman men?
βQilasan Ibura hayoting uchun, hayotimiz uchun qilasan boshqa suyanadigan hech kimimiz yo'q bizni unutma.
Qiz ko'z yoshlarini artib Annaning qo'llaridan yuzini chiqarib oldi.
βVa'da beraman boshimizga shu kunlarni solganlarning barcha barchasini onamizning qabri oldiga ko'maman Anna.
βHayotimiz uchun kurash Ibura, Tezlash azroil kelmasidan ulgurishimiz kerak, qo'lingdagi Bilak uzukni ham menga ber.
Anna maviy rangli ko'ylakni kiyib sochlarini Iburaniki kabi yoydi, qo'llariga Bilakuzukni taqib Iburaning pushti ko'ylagini kiyishiga yordam berdi.
Egizaklar aynan shu onda shu yerda ajralishdi Ibura Annani mahkam quchoqlagancha xonadan tashqariga chiqib ketdi va o'tgan safargi oshxona derazasidan amallab qochdi, farqi bu safar oyog'ida qulay krasofkalar bor, qo'lida bola yo'q va qorni to'q hujjatlari, pullar solingan rukzagi ham orqasida ilingandi.
Yotoq ustida Iburaning xonasida ko'z yig'lab turgan Anna pastki qavatga tushib o'zi bilan og'riq qoldiruvchi dorilar va suv olib chiqqan edi.
Bugun bu uyda qizlarning biri ozodligi evaziga ikkinchisi qurbon bo'lishini u allaqachon bilar edi.
Anna qo'lidagi dorilarni ochib birin ketin icha boshladi 8-tabletkadan keyin dorilar tomog'idan o'tishga ham qiynalardi.
Anna Taehyung qo'rg'on ichiga kirishini ikkinchi qavatdan turib pardalar ortida kuzata boshladi.
Erkak qop qora mashina ichida qo'rg'on ichiga kirib kelib mashinadan tushgancha og'ir qadamlari bilan uy ichiga kirganini qiz ko'rdi.
Anna derazani ochib padakolnik ustiga chiqib oldi, ko'zlarini yumib Xudodan qilgan gunohlarini kechirishini so'radi.
Xonaga Taehyung kirib keldi, ochiq deraza va padakolnik ustida ko'rgan qizni ko'rib u tomon yugurdi.
Qiz bu ovoz bu so'zlarni eshitib o'zini oynadan pastga tashladi.
Umrining oxirgi daqiqalarida ham uni emas Iburani istashganini ko'rib tabassum bilan yerga asvalt ustiga yuz tuban quladi...