September 6

π—π—¨π—‘π—šπ—žπ—’π—’π—ž 𝗠𝗬 𝗑𝗔𝗑𝗑𝗬

Final

Jungkook mening enagam
𝑺𝒆𝒏 𝒃𝒐𝒓 π’šπ’†π’“β€”π’Žπ’†π’π’Šπ’π’ˆ π’‹π’‚π’π’π’‚π’•π’Šπ’Ž, 𝒉𝒂𝒕𝒕𝒐 𝒖 π’‹π’‚π’‰π’‚π’π’π’‚π’Ž 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂 π’‰π’‚π’Ž.

Ibura bir haftadirki xonasiga qamalib olib bir onda yo'qotgan yaqinlarini unutish u yerda tursin ko'nishga harakat qilar unga qarab Taehyung ham bir chetda siqilib qolgandi.

Jiwoonning reysi ob havo sababli bir hafta orqaga surilgandi mana bugun u ham kelishi kerak.

Taehyung shuncha vaqt ichida tabassum qilish nari tursin tuzuk ovqatlanmagan homilador ayolining ko'nglini o'g'li ola olar degan umid bilan soat sanab kutardi.

Ibura yotoq ustida turgan yostiqni quchog'iga olib to'yib nafas oldi va yana ko'z yoshlariga erk berdi.

Jungkook ohirgi marotaba o'limidan oldin qizning pushti yonoqlaridan o'pishni istaganini o'yladi, qani edi bunday bo'lishini oldindan bilganida edi yonog'ini o'zi tutib bermasmidi? O'sha jigarrangli ko'zlariga qarab uni bag'riga bosmasmidi?

...

Chamasi oradan uch soatlarcha o'tganidan so'ng yotoqxona ichiga jigarrang sochlari o'sgan to'rt oy ichida bo'ylari ham anchagina cho'zilib qolgan sakkiz yoshli Jiwoon kirib keldi.

β€”Oyijon men keldim.

Taehyung eshik oldida o'g'li bilan rafiqasini kuzatib turar kirishga haddi sig'masdi.

Ibura katta qorni bilan bazo'r eplab o'rnidan turib quchog'ini keng ochdi.

Bola yugurib borib o'zidan atigi o'n bir yosh katta onasini quchoqlab yotoq ustiga yastanib yotib oldi va o'rnidan turib yana onasini quchib uning iforini tuydi.

β€”Oyijon dadam kasalsiz dedi qayeringiz og'riyapti hidingizni juda uzoq sog'indim, iltimos kasal bo'lmang endi.

β€”Men yaxshiman polvonim senga yaxshi qarashdimi yo'qligimda?

β€”Xolam o'lib qoldi Dadam ayttiki xolamni ham tuproqqa ko'mib qo'ysak anchadan keyin tirilib sizga o'xshab qaytib kelarkan.

Qiz Anna haqida o'ylab lablarini tishladi ammo yosh go'dagining oldida yig'lashga haqqi ham huquqi ham yo'q edi.

β€”Oyi yana dadam ayttiki qorningizda ukam bor ekan, u qachon u yerdan chiqadi? Uni nima deb chaqirsam bo'ladi o'zi?

β€”Shunday o'g'lim ukang bor, unga bu yer yoqib qolgan ko'rinadi chiqmayman deyapti. Taehyung Jiwoonning ukasiga qanday ism qo'yamiz?

β€”O'zing tanla men qarshi emasman.

β€”Unda Jungkook deb qo'yamiz.

Taehyung Ayoliga yalt etib qaradi ammo bolasining oldida hech narsa deya olmasligini Ibura juda yaxshi bilar edi.

Ibura bolasini mahkam quchoqlab tabassum qildi o'lganlar uchun emas tiriklar uchun kurashishga u majbur edi. Haqiqatdanda bu dunyo ertak emas shavqatsiz hayot bo'sh keldingmi o'ylab o'tirmay ezib tashlaydigan hayot.

Oradan salkam o'n besh yil o'tdi ayol erining qo'lidan tutib qaddini g'ozday tutgancha katta o'g'li Jiwoonning to'yida turar eski o'tmishi va yoshligida qolib ketgan to'rt oy xayolining bir burchagiga ham kelmasdi.

Jiwoon qaddi basti Kamon kabi tik benuqson pari kabi go'zal rafiqasining oldida turar Jungkook esa to'y hizmatlari bilan yelib yugurardi. Ayol aytgani kabi erining qarshiliklariga qaramay o'g'liga Jungkook deb ism qo'ydi. O'tmishini unutib eriga yana bir imkon berdi va bu ishidan hech qachon afsuslanmadi.

Taehyung hali ham bolalar kabi beg'ubor rafiqasining kaftlarini silagancha uning qulog'iga pichirladi.

β€”Jiwoonni uylantirdik endi qachon Jungkookni uylantiramiz munchog'im?

Har bir insonning o'tmishida kelajagi uchun voz kechgan orzulari bo'ladi asar o'z oilasi va bolalari uchun o'tmishini orzularini ko'mib kechirib bo'lmas erini o'z kelajagi uchun kechirgan ayol haqida 16yoshida otasi tomon sotilgan begunoh qiz haqida so'zlaydi uning baxtli bo'lish uchun orzulari yo'qmidi? U bunday hayotni so'rab olganmidi yo'q bunday hayotni soΚ»ramagandi begunoh qizni shu ahvolga keltiradigan lar oramizda yo'qmikan zero yomonlik qiluvchi insonlar o'z o'zidan yaralmagay Jungkook bu asarda yonib ketishini bilsada shamga yopishgayotgan Parvona bo'lib yondi ishq ko'zlarini ko'r qilib qo'ygan bu erkak o'lganidan mamnun holda ko'zlarini abadiy uyquga yumdi bu asarda Taehyungning shaxsiyati juda murakkab Iburadan oldingi ayolini butun vujudi bila sevib xiyonat taftini tuygan erkak qanday qilib ayollarga ishona olsin edi? Kim ham o'z bolasi bo'lmagan xiyonatdan tug'ilgan go'dakni bag'riga bosa oladi ahir? Bu yerda Taehyung ojiz qahramon emas ushbu asar ichidagi eng kuchli qahramon aslida Virella buni unutmaylik.