Daddy Jeon
Jungkook ko‘zlarini ko‘tarib qaradi.
Yorug‘lik Lili ustiga tushgandi. U eshik yaqinida edi —qorong‘ilik ichida go‘yo nurdan yasalgandek tik turgan. Yuzidagi oppoq terisi, sochlarining mayin silliqligi klub ichidagi har qanday ko‘zbo‘yamachi go‘zallikni so‘ndirib yuborardi. U jingalak kipriklari orasidan sokin nigoh bilan atrofga qarar, ammo ko‘zlari faqat unga Jungkookka tikilgandi.
U hali o‘smir edi ko‘ylagi oddiy, kalta kurtka ostidan chiroyli kesilgan sochlari ko‘rinib turardi. Sochlari yelkalariga to‘kilar, engil egilgan boshida chekinmas iztirob ko‘rinmas, ammo his qilinardi. U hech qanday so‘z aytmayotgan bo‘lsada, har bir qadami, har bir nafasi ichki portlashni yashirardi.
Yorug‘lik to‘satdan qizning orqasidan chaqnadi. Bir yigit qora futbolkada, jingalak sochlari qulog‘idan pastga tushgan, labida spirtli ichimlikning og‘ir hidi bilan quvonchli qiyqiriq bilan yonidan o‘tib borarkan, Liliga yaqinlashdi.
— Ohhh joningdan! — deya u Liliga yopishdi.
Uning qo‘li Lili yelkasiga tegdi. O‘zi esa qizning bo‘yniga yaqinlashdi go‘yo sevishganlardek, bemalol. U qizni boshqa dunyo odamiday ko‘rdi klubdagi har bir chiroqdan chiroyliroq, notanish, yoqimli, bezoriligi uyg‘ongan . Uning ko‘zlari chaqnab, so‘zlari mast, harakati esa haddan oshgandi.
U bir zum to‘xtab qoldi. Ko‘zlari keng ochildi. Qo‘rqib emas hayrat, norozilik va ifloslashgan daxlsizlik tuyg‘usi bilan. Yigitga teskari harakat qilishni o‘ylamadi bir faqat qadam chetga surdi.
Va shu onda, qattiq, mayus, chokdan chiqayotgan ovozda, faqat bitta so‘z chiqdi:
Bu so‘z Lilining tilidan chiqqan yagona hayqiriq edi. Dunyodagi har qanday begonalik ichida faqat unga tegishli odamni chaqirish.
Hamma narsa birdan muzlagandek tuyuldi.
Jungkook o‘rnidan asabiylashgancha turdi. Stakan siljib ketdi. Yonidagi ayollar cho‘chib, unga qaradi. U esa faqat oldinga yurdi.
Stol ortidan o‘tayotganida oyoq ostida kimningdir sumkasi bor edi uni tepib yubordi. Qadamlarida g‘azab yo‘q ammo o‘zgarish bor. U ilgari hech kim uchun bunday harakat qilmagan.
Atrofdagilar orqaga tisarildi. Musiqa hali ham yangrardi, lekin bu yurish hamma eshitgan eng aniq signalga aylangandi.
U Lili yoniga yetib borganida qizning yelkasida yigitning qo‘li hali ham turardi. U yigitni ko‘rdi.
Shu bir soniya ichida butun havo tugadi, nafas olishga havo yo'q.
Jungkook Lili yoniga yetib borguncha, yigit hamon nimagadir kulardi. U hali ham vaziyatning og‘irligini tushunmas, qizning aytgan so'zini mast quloqlari bilan jiddiy qabul qilmagandi. Jungkook to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib, bir zumda, hech qanday ogohlantirishsiz, yigitning yoqasidan tutdi.
Yigitning tanasi qiz tomonga tortilib ketdi, lekin bir zum ham davom etmadi.
Jungkookning mushti og‘ir, yillar davomida tiqilib kelgan jahlning portlashi edi. To‘g‘ri burunga tegdi. Yigitning boshi orqaga ketdi. Qonni his qilishga vaqt ham qolmadi ikkinchi zarba jag‘iga tushdi.
Mushtlar ketma-ket kelardi. Har biri kuchli, to‘xtovsiz, sovuq va yoqimsiz ovozlar bilan birga. Atrofdagilar hayratdan tosh qotgan. Klubdagi chaqmoq yorug‘liklar har bir urishni bir necha lahzalik kadrlarga ajratib yuborardi Jungkookning yirtqich yuz ifodasi, yigitning yanchilayotgan gavdasi, Lili ortda to‘xtab qolgan holatda.
Yigit yerga yiqildi. Ammo Jungkook turgan joyida qolmadi. Pastga egilib, yana musht tushirdi. Orqa fonda musiqaning ritmi susayib, odamlar asta sekin orqaga chekinib, atrofda doira hosil qilishdi.
Klub ichi endi yovvoyi ring maydoniga aylangandi.
Kimdir orqadan: To'xtating dedi, ammo hech kim yaqinlashmadi.
Hech kim ularni ajrata olmadi.
Lili bir qadam oldinga chiqdi. Nafasi biroz tez, ko‘zlari yosh bilan to‘lgandi. U qadam tashlab, o‘zining hali hali titrayotgan tanasi bilan, Jungkookning orqasidan borib, belidan quchoqladi.
Kichkina qo‘llari, hali ham yosh bola qo‘llari.
Lili:Dada bas qiling! – dedi u. Bu so‘z atrofdagi barcha shovqindan kuchliroq yangradi.
Jungkookning yelkasi ohangda qimir qildi. Mushti havoda muzlab qoldi. So‘ng sekin pastga tushdi.
Ayollar, erkaklar, qo‘rquv bilan chetga yurgan odamlar endi harakatlana boshlashdi. Ikkita soqchi yugurib keldi, haydovchi ham allaqachon ichkariga kirib kelgandi.
Lili Jungkookni yana orqaga tortdi. U asta o‘rnidan turdi. Qo‘lini ko‘ylagiga artarkan, barmoqlaridagi qon qizil chiziqlarday ko‘rinardi.
Haydovchi ularni olib chiqayotganida, hamon yerda yotgan yigit og‘ir nafas olardi, burnidan va labidan qon sizib chiqardi. Klubdagi chiroqlar yana yonib-o‘chdi, lekin bu voqea ichkaridagi havoni to‘liq o‘zgartirib yuborgandi.
Klubda haliyam bazm hali to‘xtamagandi. Yorug‘liklar o‘z ishi bilan o‘ynar, musiqa yana ritmga tushgan bo‘lsa-da, ko‘plab tanish yuzlarda hanuz chalkashlik, ishonchsizlik va chuqur hayrat sezilardi.
Jeon Jungkook bu ism ularga boshqa narsa anglatardi. U hech qachon kim uchundir boshini egmagan, xayolini yo'qotmagan, hech bir ayol uchun ovozini ko‘tarmagan, urush degan narsani nafrat bilan eshitadigan darajadagi odam sifatida esda qolgandi. Uning soyadek yurishlari, jim g‘azabi va sovuq ko‘zlari hech kimga tegmasdi hatto eng go‘zallarga ham. Unga tegmagan odam bu nigohlardan doimo uzoq bo'lgan.
Ammo bugun u o‘zgardi. Va bu o‘zgarish sababi bir o‘smir qiz edi.
Mashina ichidagi havo sukutga to‘la.
Orqa o‘rindiqda Jungkook beozorgina harakat bilan ko‘ylagining tugmalarini ohista birin-ketin ochdi. Dastlab faqat yuqorisini, so‘ng butun old qismini ochdi. Yorug‘likka tushgan tanasi jimjimador emas balki, hayotda ko‘p narsa ko‘rgan, urilgan, kuch topgan odamning qattiqlashgan gavdasi edi.
Qorin mushaklari keskin va aniq chizilgan, nafas harakati bilan biroz ko‘tarilib-pasayardi. Qo‘llari esa, mushtdan keyin qizargan, ammo hali ham kuch bilan to‘la edi. Bilaklarida bo‘rtib chiqqan tomirlar, go‘yoki harakatga doimo tayyor mashina singari, kuchli va tiniq.
Jungkook boshini orqaga charm o‘rindiqqa ohista suyadi. Ko‘zlari yumuq, ammo tana tilidan u mutlaqo bedor, hushyor ekanligi bilinib turardi. Nafas olishi og‘ir, ammo ichki hayqiriqni yashirardi.
So‘ng u qo‘lini sekin, og‘irlik bilan, Lili tomonga cho‘zdi. Uning nozik, hali hali bolalikni tark etmagan soni ustiga barmog‘ini qo‘ydi. Harakati qattiq emas , lekin og‘irlikni sezdirardi.
Jungkook:Nega ortimdan bording?
Lili, hali ham eski kurtkasini biroz qattiqroq quchgancha, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaradi. Ko‘zlarida shunchaki javob emas, samimiyat bor edi.
Lili:Dada, men kelmaganinggiz uchun qo‘rqdim...
Jungkook ko‘zlarini ochdi. Nigohi qorong‘u edi. U qo‘lini pastga tushirib, Lilining sonini yana ushladi, bu safar biroz kuch bilan va qattiqroq
Jungkook:Bu... bahona bo‘lolmaydi.
Lili seskanib tushdi, lekin hech nima demadi. Na orqaga chekindi, na qarshilik qildi. Uning butun dunyosi shu mashina ichida edi. Shahar chiroqlari oynaga urilar, har bir yaltirashda Jungkookning qattiqlashgan yuzi, ohangsiz nigohi va qattiq nafas olishi qizni qattiqroq qo‘rqitardi.
U birinchi marta... birinchi marta Dadasidan cho‘chiy boshladi.
Jungkook hech qachon mast holatda uyga qaytmasdi. Ichganida yo‘qolardi. G‘oyib bo‘lardi. U yashirinishni tanlardi, o‘zini yo‘qotardi, lekin hech qachon mastligini Lili ko'rmagandi . Hozir esa, butunlay boshqa Jungkook edi. Ko‘zlari yovvoyi, Qo‘li esa o‘sha yerda, Lilining soni ustida, og‘ir va begona his qilinar edi.
Chetdan qaragan odam uchun bu tasvir... xuddi yengil kiyimdagi chiroyli bir yigit va yonida o‘tirgan yoqimtoy, ozg‘in bir qizdan iborat edi. Go'yoki shahardan tashqariga chiqib ketayotgan ikki sevishgan, ammo bu odamlar orasida Dada va qiz degan bir rishta bor edi. Va aynan hozir, bu rishta eng kuchli sinovga uchrayotgandi.
Jungkook asta qo‘lini orqaga tortdi. O‘zini biroz oldinga egib, qo‘lini yuzidan o‘tkazdi. U go‘yoki hushiga kelmoqchi edi, lekin ichgan tananing og‘irligi hali ham ustunlik qilar, harakati sekin va cho‘zilgandi.
Oldingi o‘rindiqdan haydovchi bir qarab qo‘ydi. Ko‘zlarini oynaga qaratdi u hech narsani ko‘rmaganday yurishni davom ettirdi.
Mashina sokin kechani yorib, yolg‘iz yo‘l bo‘ylab sirg‘alib borardi. Ichkarida esa, ikki yurak har xil urayotgandi biri mastlikda, ikkinchisi esa ilk bora sinayotgan qo‘rquvda.
Mashina qora darvozali qo‘rg‘on oldida shivirlagandek to‘xtadi. Tungi havoda beton hidiga qorishgan gul ifori sezilib turardi. Darvoza asta ochildi, qorong‘ilik orasidan uy nur tarata boshladi.
Jungkook hech nima demasdan eshikni ochib, tashqariga tushdi. Bir lahza jimgina turdi. Oy yorug‘ida uning ochilgan ko‘ylagi shamolda hilpirar, belidagi kamar bo‘sh va egilgan holatda osilib turardi.
U orqasiga o‘girilganida, Lili mashinadan tushayotgandi, hali ham shoshmasdan, ehtiyotkor qadamlar bilan yerga tushdi. Ko‘zlarida charchoq aralash xavotir.
Birdan Jungkook unga yaqinlashdi. Qiz hali oyoqlari asfaltga to‘liq tegmay, Jungkook allaqachon Lilini yelkasiga ko‘tarib olgandi. Apil-tapil, hech qanday ogohlantirishsiz. Go‘yo bu mutlaqo tabiiy ishdek.
Lili ohangsiz biroz tipirchilab
Lili:Dada, tushiring... o‘zim kira olaman... — dedi xijolat aralash norozilik bilan.
Uning ovozi juda past chiqdi, lekin haydovchi eshitdi. Oldingi o‘rindiqdan chiqqancha, vaziyatga aralashmoqchi edi.
Ammo Jungkook, zinapoya tomonga chayqalib ketarkan, orqasiga o‘girilib, haydovchining ko‘zlariga tik qaradi
Jungkook:Sen... ertaga nima qilganlaringni tushuntirib berasan.
Haydovchi bir qadam orqaga chekindi. So‘zsiz.
Jungkook esa, yelkasida kichkina gavdani tutgancha, xuddi o‘z tanasini emas, dunyosining eng muqaddas qismini olib ketayotgandek, zinapoyani chiqishda davom etdi.
Har bir qadam og‘ir, ammo dadil. Har bir chayqalish mastlik bilan bilan edi.
Lili esa jim. Qo‘llari dadasining yelkasi ustidan osilib turardi. Uning mayin sochlari Jungkookning ko‘kragiga ilashar, oyoqlari esa uning quchog‘ida bejiz harakatsiz edi. Yengil nafas olib turardi, hech nima demay. U faqat yurak urishini eshitardi o‘zining emas, Jungkooknikini.
Ular yuqoriga, ikkinchi qavatga chiqishdi. Uy ichi jimjit. Har bir zinaning ustida faqat ular bor edi ikki odam, lekin bir dunyo...
Shu yerigacha o'qigan bo'lsangiz Reaktsiya va fikringizni kutib qolaman
#IburaHellsing