April 30

π—π—¨π—‘π—šπ—žπ—’π—’π—ž 𝗠𝗬 𝗑𝗔𝗑𝗑𝗬

9-qism 18+

Jungkook mening enagam
𝑺𝒆𝒏 𝒃𝒐𝒓 π’šπ’†π’“β€”π’Žπ’†π’π’Šπ’π’ˆ π’‹π’‚π’π’π’‚π’•π’Šπ’Ž, 𝒉𝒂𝒕𝒕𝒐 𝒖 π’‹π’‚π’‰π’‚π’π’π’‚π’Ž 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂 π’‰π’‚π’Ž.

Qiz qonga bulangan tanasi bilan amallab o'rnidan turdi, qancha ko'p harakat qilsa tanasi shunchalar ko'p og'ir, u esa shu isqirtlikka belangan tanasini tezroq yuvizshni istardi.

Dush kabinasi ichiga kirib iliq suvni yoqdi, sovuq suv iliq bolguncha tanasiga suqilib qolgan mayda oyna bo'laklarini olib tashladi.

Tanasini suv ostiga tutar ekan, bundan ortiq lazzat ham, baxt ham yo'qligini tushundi iliq suv tanasiga shunchalik yoqib tushayotgan ediki tasavvur qilib bo'lmas darajada...

Qiz tirnoqlari bilan butun tanasini qirib qirib ishqalab yuvdi, ammo barchasi befoyda uning nomusi toptalgandi va buni nima qilsa ham o'zgartirib bo'lmaydi.

Taehyung uning oldiga kelishidan hayiqib qiz unsiz yig'lar eshik tashqarisida esa u bilgan azroil o'g'lini miriqib o'ynatardi, hech qachon otasi bilan bunday yaxshi xotiralari bo'lmagani haqida o'yladi va bolaga qisman hasad ham qildi nima bo'lgan taqdirda ham u ham hali bola edi Ahir...

Qiz cho'milib bo'lgach Hammom ichida hech qanday kiyim yo'qligini endi tushundi, sochiqlar orasini axtarib ichidan dush uchun erkaklar xalatini topib ustiga ildirib oldi va taroq bilan sochiqda quritgani sabab to'zib ketgan uzun sochlarini chiroyli qilib mehr bilan taradi.

Tashqarida turgan azroilning oldiga Chiqmaslikka qanchalik urinmasin uning boshqa iloji ham yo'q edi, undan tashqari xonada yana bola borligini bilib o'zini biroz bosib olgancha xonadan ustiga kattaligi bilinib turgan xalat bilan chiqdi.

Eshik ochilishi bilan sutday oppoq terili qora uzun sochlari belidan ham pastga tushib turgan Tim qora ikki juft ko'zlari hech kimda yo'q, qizil g'uncha labli qizni ko'rib bola uning oyoqlariga yugurib borib yopishdi.

β€”Oyi, oyijon sizni uzoq kuttim qaytib o'lmang iltimos, meni qaytib tashlab ketmang sizni yaxshi ko'raman oyi, men aqlli bola bo'laman, oyi faqat meni tashlab ketmang iltimos.

Oyi o'zi meni tanidingizmi?

Qiz tizzalari barobar qo'ng'iroq sochlari yelkasiga tushadigan jigarrang katta katta ko'zlari domiga tortadigan bolani ko'rib yuziga biroz tabassum yugurdi, boshqa vaziyat, boshqa insonning bolasi bo'lganida edi qiz o'ylab ham o'tirmay uning mitti gavdasini qo'llari bilan ko'tarib yuz ko'zlaridan o'pib o'pib olardi,ammo u azroilning bolasi, unga esa tegish mumkin emas...

β€”Dada oyim qabrda uzoq yotib meni tanimayapti unga ayting men o'g'li manku, eslasin meni.

β€”O'g'lim oying charchagan kecha keldi o'zi u seni tanishi uchun biroz vaqt kerak qani xonangga borib uxla men oying bilan gaplashib olishim kerak.

β€”Dada oyim bilan hech qachon uxlamaganman, bugun uxlay.

β€”Jiwoon xonangga bor dedim.

β€”Men u bilan bugun uxlayman, hammasi joyida.

Deya qiz qo'li bilan mitti bolani ushlab xonadan chiqishga urindi, ammo eshik qulf...

Erkak eshikni ochib berar ekan qarshisida Kamon kabi qaddi tik qizning qulog'i ostiga sekin pichirladi

β€”Agar uni uxlatib qaytmasang, men bugun tunda egizagingni uxlatmayman qizalog'im.

β€”Dada oyimni qorqitmang, bo'lmasa meni yana tashlab ketadi.

β€”Bo'ldi Jiwoon gapirmadim, yaxshi bola bo'lib oyingni qiynab qo'yma .

Qiz qo'lidan tutgan bolaning orqasidan xonalar oralab o'tar ekan ko'zi tanish xonani ko'rdi va bolaning qo'lini qo'yib yuborgan holda eshikka yopishib taqqillatishni boshladi.

β€”Oyi dadam ko'rsa jahli chiqadi

Qiz bolani gaplariga quloq solmay eshikni taqillatdi.

β€”Anna shu yerdamisan, Anna meni eshityapsanmi?

β€”Ibura bu senmisan, u senga hech narsa qilmadimi?

β€”Anna men qo'rqyapman, u meni majburladi, Anna iltimos meni bu yerdan olib chiq o'sha azroilning oldida nafas olishni istamayman, qo'rqyapman Anna...

Anna egizagining zo'rlangani haqida eshitib tilini tishlab og'ziga qo'lini bosib yig'lardi.
O'zini qo'lga olib gapirdi.

β€”Go'zal gulim, ohu ko'zligim mening, Ibura ont ichaman bu yerdan chiqishing uchun jasadim kerak bo'lsa sen uchun o'laman, Yig'lamaslikka va'da ber o'zingni qo'lga ol

β€”Anna va'da berasan bu yerdan qochamiz shundaymi.

β€”Va'da beraman bu yerdan seni olib chiqaman Ibura.

β€”Men ketishim kerak, bo'lmasa sezib qolishadi mayli Anna

Qiz oyoqlari ostida yig'layotgan bolani qo'llariga ko'tarib yupatib u aytgan xonaga olib kirdi.

Ibura Quchog'ida hiqqillab yig'layotgan bolakayni sekingina olib yotoq ustiga qo'ydi.

β€”Jiwoon bo'ldi bo'ldi yig'lama, bo'lmasa azroil keladi.

Dediyu qiz aytgan gapiga tilini tishladi.

Bola battarroq yig'larkan, Ibura uni boshqa tinchlantirish usuli yo'qligini bilib bolani istar istamasdan qo'llariga olib quchoqladi, quloqlari ostiga kelib

β€”Bolajonim bo'ldi, hammasi yaxshi o'g'lim, bo'ldi yig'lama endi-deya mahkamroq quchdi.

β€”Oyi meni tanidingizmi?

Bola yigβ€˜idan o'zini bosishga urinib ko'zlaridagi yoshni kaftlari bilan artib hiqqillagan ovozda aytdi.

β€”Ha o'g'lim tanidim, tanidim bolajonim seni tashlab ketganim uchun kechir meni.

β€”Oyi sizni juda sog'indim

β€”Bo'ldi bolajonim hammasi yaxshi boladi men oldingdaman kel uxlaymiz.

Qiz o'zidan 11yosh kichik bolaga gapirarkan uni yotoq ustiga qo'yib o'zi ham oldiga yotdi va sekingina bolani quchog'iga oldi.

β€”Otasi shunday bo'lsa begunoh norasidada nima ayb deb ichidan o'tkazgancha yanada mahkamroq quchdi.

Bola hiqqillab hiqqillab onasi deb o'ylayotgan qizning Quchog'ida orom olib uxlab qoldi. Ibura bolaning uzun uzun kipriklarini va jigarrangli qo'ng'iroq sochlari Taehyungnikiga o'xshamagani haqida o'yladi, keyin esa onasiga tortgandir deb qo'ya qoldi.

Qiz xayollari bilan turarkan qorni g'uldirab qoldi.

β€”Azroil bilan bo'lib bugun hech narsa yemabmanku.

O'rnidan bolani qimirlatmay turib, oyoq uchida xonadan tashqariga chiqdi 2-qavatni qidirar, ammo barcha eshiklar qulf, oshxona qulflanmasa kerak degan hayolda pastki qavatga tushib, xonalar oralab oralab oshxonani ham topib oldi.

Muzlatkichni ochib qararkan Sushi turardi, o'ylab ham o'tirmay uni qo'liga olib ichini ochdi krivetkali Sushi ekanligini ko'rib biroz asabi buzildi ammo qizil baliq qo'shilmaganiga shukur ham qildi.

Apil tapil krivetkalarni ajratib tashlab yer ekan ortidan quchgan ulkan qo'llar sabab ovqat tomog'iga tiqilib qoldi.

β€”Men senga bolani uxlatib qayt deganmidim?