May 12

π—π—¨π—‘π—šπ—žπ—’π—’π—ž 𝗠𝗬 𝗑𝗔𝗑𝗑𝗬

13-qism 18+

Jungkook mening enagam
𝑺𝒆𝒏 𝒃𝒐𝒓 π’šπ’†π’“β€”π’Žπ’†π’π’Šπ’π’ˆ π’‹π’‚π’π’π’‚π’•π’Šπ’Ž, 𝒉𝒂𝒕𝒕𝒐 𝒖 π’‹π’‚π’‰π’‚π’π’π’‚π’Ž 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂 π’‰π’‚π’Ž.

Ibura ko'zlarini kasalxonaning oppoq palatasida ochdi Og'ziga kislorod balonchasi ulab qo'yilgan tomirlarida katetetr orqali tomchi dori tomib turar chap oyog'i gips va xona ichidagi aparatlar chiyillab asabiga o'ynar qizning boshi esa tinimsiz aylanardi.

Oradan biroz vaqt o'tib xonaga Taehyung qo'lida qizil rangli qandaydir chiroyli quti bilan kirib keldi qizning oldida turgan stulga o'tirib bilagidan ushlab yuqoriga ko'tardi.

β€”Meni qattiq qo'rqitding ko'z munchog'im uyg'onmaysanmi deb o'yladim.

β€”Qani edi uyg'onmaganimda, qani edi yuzingni ortiq ko'rmaganimda Kim Taehyung, balkim o'lib bu dunyodagi jahannamdan qutula olarmidim-qiz ichidan o'tkazdi.

Taehyung qizil juda go'zal va bejirim qutini ochdi va ichidan mahsus yasalgan tilla bilak uzugni chiqardi. O'rtasida ko'zmunchoq qo'shib yasalgan bu bilak uzuk qizlarning ko'nglini bemalol ola olar edi.

Erkak bilaguzukni tomirlari bo'rtib ko'rinib turgan kaftlari orasiga olib qizning mayin juda nozik sut kabi oq bilagiga taqdi.

Taehyung o'rnidan turib qizning peshonasiga lablarini bosar ekan Iburaning ko'zlaridan oqqan yoshni qo'li bilan artdi.

Shifokorlar reanimatsiya xonasida uzoq qolish mumkin emasligini eslatishgach Taehyung xonadan chiqdi.

Ibura qaqshab turgan momataloq bo'lgan tanasining og'riqlaridan ko'zlarini yumdi.

β€”Ey Xudo men biror bir bandangga ozor bermaganim uchun menga shularni ravo ko'rdingmi, boshimga shularni soldingmi?

Shu manyakning qo'llariga meni otishganda biror bir bandangni yubormading men senga qanday ishonay ahir?

Shu ondan menga qilingan shuncha zulmlardan boshlab hech qachon o'zimdan boshqa hech kimni o'ylamayman, meni jahannam quchog'iga otgan shu bandalaringni haqiqiy jahannamingga yubormaguningcha men sendan rozi emasman.

Lablari orasida turgan Sigarani tutatayotgan Ibura qornida bir jon bor ekanligini eslab barmoqlari orasida turgan mayin Sigarani yerga tashlab oyoqlari bilan ezib tashladi.

...

Soat 13:00dan o'tgan bo'lsada stol ustiga endi ovqatlar tortildi...

Katta stolning peshkasida Jungkook o'tirdi o'ng tomonidan Namjoon chap tomonida esa Ibura.

Qiz boshini baland tutgan holda ovqatlanar ekan, hech kim uni bir necha soat oldingi yer bilan bitta bo'lgan ahvoldagi qiz deb o'ylamas edi.

Go'sht bo'lagini katta katta kesib Namjoonning ko'zlariga tik qarab ovqatlanayotgan Ibura, xayolida tarelkadagi go'shtni emas Namjoonning go'shtini kesar edi.

Tim qora kortej Aeraport oldiga to'xtadi birin ketin bo'yi basti baland qora kiyimli erkaklar mashinalardan tushib ichkariga kira boshlashdi.

Taehyung telefon ekranidagi uzundan uzun ro'yxatning pastroq qismidan biriga ❌ qo'ydi va yuqori qavatga ko'tarila boshlashdi.

β€”Salom janob Kim Taehyung bu yerga sizni nima shamollar uchirdi.

β€”Salom kameralarni va 10-fevral sananasida kimlar boshqa davlatlarga uchgan bo'lsa barchasini tekshirish uchun keldim.

β€”Janob ammo bu davlat siri buni bera olmayman.

β€”Shu sabab ham bu yerga o'zim siz bilan hazillashmayotganimni ko'rsatish uchun keldim.

β€”Ya'ni?

β€”Ya'ni siz hozir bularni menga bermasangiz boshingizga qo'rg'oshin bo'lagini joylab it ham topolmaydigan yerlarga ko'mib tashlayman?

Tushundingizmi?

Taehyung kameralar xonasida asabiy u yerdan bu yerga yurib borar ekan.

β€”10-fevral soat tongi 3:30da Amerikadan Janubiy Koreyaga Ibura Kim bilet sotib olgan.

β€”Kameralarni oching.

Taehyung kampyuter oldiga kelib ekranga qarab turar, klaviatura ustida barmoqlarini harakatlantirayotgan yosh yigit o'ng besh daqiqa ichida kadrlarni tekshirib qizni topdi.

Taehyung ekranda chemadanini sudrab ketayotgan och pushti rangli ko'ylakda uzun sochlari yoyilgan ko'zmunchog'ini ko'rib labining cheti yuqoriga ko'tarildi.

β€”Demak Janubiy Koreyami munchog'im ?

Narsalarni yigishtiring ketamiz.

Erkak cho'ntagidan bir pachka AQSh dollarini chiqarib stol ustiga qo'ydi va bu yerga mas'ul shaxsga qora iblis kabi ko'zlarini tikib xonani tark etdi.

Iburaning Taehyungning qo'llaridan qochganiga mana yaqinda ikki oy bo'ladi, erkak bu ikki oy ichida to'g'ri ovqatlanish, uxlash u yerda tursin amallab nafas ham ola olmadi har kuni, har soat, har soniya hamma yerni izladi.

Poyezdlar, mashinalar, poytaxt, hatto Aeraportlar ham deyarli qolmadi poytaxtdagi hamma yerni tekshirgan erkak uzundan uzun ro'yxat tugashiga oz qolgan bo'lsada hattoki bir soniya ham umidini uzmadi inson havosiz yashay olmagani kabi Kim Taehyung bu qizga uch yil ichida qaram bo'lib qolishga ulgurgan edi.

Qora kortej qo'rg'on ichida to'xtadi, hamma mashinadan tushgach Taehyung odamlarini bir yerga yig'di.

β€”Narsalarni yig'ing, nima kerak barini barcha barchasini oling Janubiy Koreyaga boramiz shuncha sabr qilganim yetarli uni toping va yana shu oyoqlarim ostiga tashlang.