My step brothers
Faxsh olamiga botgan bu dunyoda sening ko'zlaringga boqish uchun hali hanuz nafas olmoqdaman...
J hope qizning sochlarini silarkan quloqlari ostiga egildi:
Deguncha erkak o'z gavdasini tiklab uyni ikki odami bilan tark etdi.
Qiz esa qanchalik o'rnidan turib Jiminning oldiga borishni istamasin baribir tanasi unga boysunmasdi. Hatto barmoqlarini qimirlata olmasdi.
Egizaklar so‘nggi paytlarda kayf-u safoga berilib, ko‘p narsaga qo‘l siltab qo‘ygandi.
Bugun ham tun allamahal bo‘lishiga qaramay, ular endi uyga qaytayotgandi.
Eshikni ochib ichkariga kirishganda hammasi odatdagidek tuyuldi… faqat bitta narsa bundan mustasno edi.
Eshikdan sal nariroqda, sovuq pol ustida qizning tanasi harakatsiz yotardi.
— Jungkookning ovozi titrab chiqdi.
U o‘zini zo‘rg‘a tutgancha yugurib borib, qizning yoniga tizzaladi. Uni quchog‘iga tortdi. Iburaning ko‘zlari ochiq tanasi esa deyarli qimirlamasdi. Nafasi borligini sezib yuragi bir zumga tinchigandek bo‘ldi, ammo ichini bosib kelayotgan vahima bundan ham og‘irroq edi.
— Hoy, menga qara shirin qiz …
— dedi past ovozda, qizning yuzini kaftlari orasiga olib.
— Nima bo‘ldi senga qora tikanagim?..
Taehyung ham qotib qolgandi. Bir soniya ichida o‘ziga kelib, orqasiga burildi.
U yugurib ichkariga kirib ketdi. Xonalarni birma-bir ko‘zdan kechirdi chiroqlar o‘chiq, derazalar yopiq, lekin hammasi g'alati edi. Nimadir noto‘g‘ri ekanini butun vujudi bilan his qilardi.
Jungkook esa Iburaning yonidan jilmasdi. Uning qo‘llari qizning sovuq barmoqlarini mahkam siqib turardi.
Taehyung zinadan ikkinchi qavatga ko'tarilish uchun borarkan oyoq ostida Jiminning qonga belanib yotgan tanasi yotardi.
— dedi u o‘ziga o‘zi, ovozi bo‘g‘ilib.
Yigit tanasini jigarbandi oldiga sekin egib nafas olishini qaltirab tekshirarkan u nafas olmasdi pol ustida uning tanasidan oqqan qonlar qorayib qotib qolgan Jiminning esa ko'zlar ochiq holda joni uzilgandi.
Taehyung qaytib chiqqanida yuzi jiddiy, ko‘zlari qorayib ketgandi.
Jungkook bu gaplarni eshitarkan boshi ustidan sovuq suv quyib yuborganday bo'ldi.
Egizaklar bir-biriga qarashdi. Endi bu tun na kayf-u safo, na beparvolik haqida edi. Bu tun ularning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradigan tun edi.
Jungkook shosha-pisha qizning hushsiz tanasini yerdan ko‘tardi. Qo‘llari qaltirardi, yuragi esa qovurg'asini sindirib tashlaydigan darajada urardi.
— Jungkookning ovozi qat’iy, lekin ichida vahima bor edi.
— Sen esa politsiyaga qo‘ng‘iroq qil. Jiminnning tanasini ekspertizaga olib borishsin. Yoongiga oldin qo‘ng‘iroq qil, so‘ra, keyin qil.
Taehyung bosh irg‘ab telefonini chiqaribdi.
Jungkook eshikdan chiqarkan, Iburaning boshi yelkasidan osilib tushdi. U qizni mahkamroq quchdi, go‘yo qo‘yib yuborsa yo‘qolib ketadigandek.
— dedi u pichirlab, qadamlarini tezlashtirib.
Mashina eshigi sharaqlab ochildi. Jungkook qizni orqa o‘rindiqqa ehtiyotkorlik bilan yotqizdi, kurtkasini yechib ustiga yopdi. Dvigatel g‘uvillab ishga tushdi va mashina tun qorong‘usini tilib, shifoxona tomon uchdi.
Ichkarida esa Taehyung telefonni qulog‘iga bosgancha qotib turardi.
— Juda katta muammo iltimos tezroq uyga keling.
U qo‘ng‘iroqni uzdida, yana bir raqam terdi. Bu safar qo‘llari titramadi ko‘zlarida faqat sovuq qat’iyat bor edi.
— Politsiyami? Bu yerda qotillik… va og‘ir holatdagi jabrlanuvchi bor.
Tun endi haqiqiy dahshatga aylangandi.
Jungkook qo‘lida osilib turgan hushsiz qizni ko‘tarib, shifoxona eshigidan ichkariga kirarkan, tomog‘iga tiqilgan achchiqlikni zo‘rg‘a yutdi. Nafasi qisqa-qisqa, yuragi betartib urardi.
Hamshiralar zambilni sudrab olib kelishdi. Jungkook qizni ehtiyotkorlik bilan, xuddi shisha singari sinuvchandek, zambil ustiga ohista qo‘ydi. Qo‘llarini qo‘yib yuborishga ko‘ngli bo‘lmadi, ammo majbur edi.
— dedi hamshira tezkorlik bilan, allaqachon qo‘lqop kiyib.
— Uyga kelganimda pol ustida hushsiz yotgandi
— dedi Jungkook past, lekin aniq ovozda.
Hamshiralar darhol ishga tushishdi. Qizning yurak urishini tekshirisharkan, urish juda baland edi ko'z qorachiqlari orqaga ketgan.
— dedi bosh hamshira qat’iy ohangda.
Zambil tezlik bilan ichkariga surildi. Oqartirilgan chiroqlar ostida Iburaning yuzi yanada rangsiz ko‘rinardi. Jungkook bir lahza uning barmoqlarini ushlab qoldi, so‘ng majburan qo‘lini tortdi.
— Janob, siz shu yerda kutib turing
— dedi hamshira yo‘lini to‘sib.
Jungkook bosh irg‘adi. Qadam tashlay olmadi. Devor yonidagi stulga cho‘kib o‘tirdi. Qo‘llarini bir-biriga siqdi. Endi kutishdan boshqa iloji yo‘q edi.
Korridor sovuq, vaqt esa cho‘zilib ketgandek tuyulardi. Har bir soniya yuragiga mix bo‘lib qadalardi. Jungkook nigohini eshikka tikib qoldi u tomondan chiqadigan har qanday xabar hayotini o‘zgartirib yuborishini bilardi.
Oradan ko‘p o‘tmay, uy oldiga politsiya mashinalarining sovuq sirenasi kelib to‘xtadi. Ko‘k chiroqlar devorlarni lipillab yoritarkan, tun yanada og‘irlashib ketgandek edi.
Ikki nafar tergovchi va bir kriminalist ichkariga kirdi. Uy ichida g‘alati sukunat hukm surardi. Havo ham xuddi qon va vahima hidini olgandek sovuq edi.
— Jasad... immm marhum qayerda?
— dedi tergovchilardan biri qo‘lqop kiyarkan.
Taehyung bir og‘iz ham gapirmay, zinapoya tomon ishora qildi.
Jiminning tanasi hali ham o‘sha yerda edi.
Oqartirilgan chiroq yoqildi. Kriminalist tiz cho‘kib, jasadni ko‘zdan kechira boshladi. Qotib qolgan qon izlari, ochiq ko‘zlar, sovuq teri… hammasi allaqachon kech bo‘lganini aytib turardi.
— O‘lim taxminan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan
— Kuch ishlatilgan. Qarshilik bo‘lgan.
Tergovchi daftarini ochib, yozishni boshladi.
— Uyda begona odam bo‘lgan dedingizmi?
— dedi Taehyung ovozi quruq chiqib.
— Kelganimizda hammasi allaqachon tugagandi.
Politsiyachilar uy ichini birma-bir ko‘zdan kechirishdi. Eshik tutqichlari, stol usti, polda qolgan mayda izlar. Suratga olishdi, belgilashdi, dalillarni paketlarga joylashdi.
Bu gapdan keyin xonada yana sukunat cho‘kdi. Daftar yopildi.
— Biz bu ishni qotillik sifatida ochamiz
— dedi tergovchi jiddiy ohangda.
— Hammangiz so‘roq uchun chaqirilasiz. Hech qayerga ketmaysizlar.
Taehyung bosh irg‘adi.
Hamshira yuzida g‘alati, sovuq ifoda bilan eshikdan chiqdi. Jungkook bu nigohni ko‘rishi bilan yuragi siqilib ketdi. U darrov o‘rnidan turdi, ichida hali ham biroz umid bor edi.
— dedi ovozi past, lekin titrab.
Hamshira qo‘lidagi hujjatga qarab, so‘ng yana Jungkookka tikildi.
— Qon analiz natijalariga ko‘ra…
— Qizning tanasidan fentalin moddasini aniqladik.
Bu so‘z Jungkookning qulog‘ida gumburlab yangradi. Xuddi atrofdagi hamma ovozlar birdan o‘chib qolgandek bo‘ldi.
— bu kuchli, taqiqlangan modda. Shuning uchun biz politsiyani bu holatga aralashtirishga majburmiz.
Jungkookning jag‘i qattiq qisildi. Qo‘llari musht bo‘lib tugildi. Ichida g‘azab, qo‘rquv va ayb hissi bir-biriga aralashib ketdi.
Pov Jungkook : U bunday narsaga qo‘l urmaydi… Bu majburan bo‘lgan. Mening qora tikanagim bunday qilmaydi qila olmaydi Ahir, qizaloq bunday qilmaydi.
Erkakning ko'zlariga yosh quyilib keldi.
Hamshira uning holatini tushungandek bosh irg‘adi.
— Hozir qiz reanimatsiyada. Ahvoli og‘ir, lekin barqarorlashtirishga harakat qilyapmiz.
Shu payt koridor oxirida politsiya xodimlarining qadamlari eshitildi. Jungkook ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.