𝗗𝗲𝘃𝗶𝗹’𝘀 𝗗𝗼𝗹𝗹
𝑄𝑜𝑐ℎ 𝑞𝑖𝑧𝑎𝑙𝑜𝑔'𝑖𝑚 𝑡𝑢𝑡𝑖𝑏 𝑜𝑙𝑠𝑎𝑚 𝑜𝑦𝑜𝑞𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑔 𝑡𝑢𝑔𝑢𝑙 𝑡𝑎𝑛𝑎𝑛𝑔𝑑𝑎𝑔𝑖 ℎ𝑎𝑟 𝑏𝑖𝑟 𝑠𝑢𝑦𝑎𝑘𝑛𝑖 𝑠𝑖𝑛𝑑𝑖𝑟𝑖𝑏, 𝑏𝑢 𝑑𝑢𝑛𝑦𝑜𝑛𝑖 𝑠𝑒𝑛 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑗𝑎ℎ𝑎𝑛𝑛𝑎𝑚𝑔𝑎 𝑎𝑦𝑙𝑎𝑛𝑡𝑖𝑟𝑎𝑚𝑎𝑛...
Taehyung o'zining vahshiyona istaklarini jilovlay olmayotganini his qildi.
— Qizalog'im... sening bokiraligingni saqlab qolish uchun o'zimni qanchalar tiyganimni, ichimdagi hayvonni qanday zanjirlab kelganimni tasavvur ham qila olmaysan.
— Yolvoraman... tegma menga... — Iburaning pichirlashi erkakning qonini yanada qizitdi.
Taehyung qizning titrayotgan qo'lidan tutib, barmoqlari orasida begona kishining sevgisi ramzi bo'lib turgan, yaltiroq olmos uzukni shafqatsizlik bilan sug'urib oldi va qizning dori ta'sirida borgan sari bo'shashib, jonsiz bo'lib borayotgan qo'lini o'z lablariga yaqinlashtirdi. O'sha begona erkakning hidi urilib turgan qimmatbaho uzukni esa jirkanish bilan xonaning burchagiga otdi. Olmos tosh pol gilamiga tushib, nursizgina dumalab ketdi.
Ibura ko'z qovoqlari toshdek og'irlashib borayotganini his qilardi. Butun vujudi kuchsizlanar, stol ustida hamon tinimsiz jiringlayotgan telefondagi "Jeon Jungkook" yozuvi uning ko'z oldida xiralashib, tarqoq nur nuqtalariga aylanib borardi. Bu qo'ng'iroq uning so'nggi najot qal'asi edi, ammo endi juda kech ...
Taehyung hushini butunlay yo'qotayotgan qizning yuziga mayin, ammo qat'iy termildi. Uning ichidagi telbavor ovozlar ayni damda sokinlashgan, miyasida uzoq kutilgan osoyishtalik hukm surardi. Go'yo butun dunyo to'xtab, faqat shu qorong'u xona va ular qolgandek edi.
— Endi esa, haqiqiy jahannamga xush kelibsan, mening go'zal qizalog'im— pichirladi u qizning so'nggi bor qimirlagan kipriklariga qarab.
Erkak mutlaqo hushsizlangan Iburani xuddi yengil patdek ohistalik bilan qo'llariga ko'tardi. Qizning boshi uning keng yelkasiga behol tushdi.
Taehyung xonadan chiqishdan oldin stol ustida hamon yonib-ochayotgan telefonni qo'liga oldi. Qo'ng'iroqni qabul qilish tugmasini bosdi, biroq indamadi. Go'shakning u borgan ovozidan Jungkookning asabiy va buyruqomuz ovozi eshitildi:
— Ibura? Qayerdasan? Nega go'shakni olmayapsan? Men klinikang pastidaman, seni kutyapman...
Taehyung lab chetida zaharxanda kulgi qildi. U chuqur nafas olib, go'shakka yaqin keldi va Jungkookning miyasiga pichoqdek sanchiladigan ovozda pichirladi:
— Jeon Jungkook... Iblisning qo'g'irchog'i shaytonning oldiga qaytdi...
U javobni ham kutmasdan aloqani uzdi va telefonni polga tashlab, og'ir etigining tovoni bilan uni chil-chil qilib maydalab tashladi.
Taehyung Iburani mahkam quchgancha, klinikaning jimjit orqa yo'lagi orqali tungi sovuq havoga va zulmat qa'riga singib ketdi. Mag'lubiyatni bilmaydigan yurist va hech qachon iz qoldirmaydigan shafqatsiz qotil o'rtasidagi qonli urush rasman boshlangandi...
Uchqun sochayotgan qizil va qora nurlar ostida xonadagi havo borgan sari og‘irlashib, aqldan ozdiruvchi bir nafas bilan to‘lib borardi. Cristal vinosining achchiq-chuchuk hidi qizning sovuq qotgan tanasidan tarqalayotgan taranglik bilan qorishib ketdi. Taehyungning har bir harakati uning miyasidagi zanjirdan uzilgan yirtqich hayvon kabi dahshatli va to‘xtatib bo‘lmas edi.
Ibura ko‘zlaridagi yosh tomchilari quloqlari chetidan sochlari orasiga sizib tushayotganini, ammo tanasi butunlay unga bo‘ysunmayotganini his qilar, hayotidagi eng daxshatli ojizlik bilan yuzma-yuz turgandi.
Uning qarshisida hech qanday qonun ham, Jungkookning pullari ham yo‘q edi faqat shaytonning o‘zi qiyofa olib uning ustida turardi.
Taehyung qizning zaif nafasini va terisining har bir titrog‘ini go‘yo eng qimmatli bastakorning ohangidek tinglardi. Uning barmoqlari Iburaning nozik a’zolarini mahkam siqimladi. Erkak bir qo‘li bilan qizning yuzini o‘ziga qaratib, pichirladi:
— Baqir, go‘zalim... Sening ovozing bu jahannamda yangrashi kerak. Shayton uchun kuyla farishtam...
Erkakning qo‘lidagi o‘tkir ignali tatuirovka apparati vizillagan ovoz chiqarib ishga tushdi. U Iburaning oppoq terisiga qora va qizil bo‘yoqlarni chuqur singdirishga, uning tanasiga umrbod o‘chmaydigan jinoyat ramzini, o‘zining muhrini bosishga tayyorlanardi. Igna qizning nozik terisiga tegingan ilk soniyalardanoq xonani faqat uning ichki og‘rig‘i va Taehyungning telbavor kulgisi qopladi.
Taehyungning qo‘lidagi igna Iburaning nozik terisiga botgan ilk soniyalarda, qizning bo‘g‘zidan bo‘g‘iq, ammo azobli bir nola otilib chiqdi. Falajlik dori ta’sirida u baqira olmas, faqat ko‘z yoshlari va og‘ir nafasigina ichidagi dahshatni ifodalardi.
Igna har gal uning terisini teshib, qizil vino aralashgan qon tomchilari polga tomganda, Taehyungning ko‘zlaridagi qorong‘ulik yanada chuqurlashdi. U xuddi eng muqaddas san’at asarini chizayotgandek, juda ehtiyotkorlik va shafqatsizlik bilan qizning tanasiga o‘z ismining bosh harfi va zanjirband qilingan qo‘g‘irchoq tasvirini muhrlay boshladi.
— Mana shu og‘riq seni menga bog‘laydi, — pichirladi Taehyung qizning qon aralashgan terisidan o‘pib.
— Har safar yuraging urganida, bu rasm senga kimga tegishli ekanligingni eslatib turadi. Sen mendan qochib ketgan o‘sha uch yil uchun to‘lov bu, qizalog‘im.
Qizning tanasida dori ta’siri asta-sekin pasaya boshlagandi. Ibura barmoqlarida hayot alomatlarini, qizishni his qildi, biroq qarshisidagi bu telba va qudratli erkakka nisbatan jismoniy qarshilik ko‘rsatish mutlaqo imkonsiz edi. Uning hayotidagi barcha rejalar, hashamat va Jeon Jungkook haqidagi o‘ylari mana shu qorong‘u xonaning to‘rt devori orasida allaqachon tugab bo‘lgandi.
Taehyung apparatni o‘chirdi. Xonaga yana o‘sha vahimali jimjitlik cho‘kdi. U qizning tanasidagi qon va siyoh izlarini ipak ro‘molcha bilan ohista artdida, uning lablariga yaqinlashdi:
— Sening yurist yigiting hozir Seul ko‘chalarida seni qidirib tentirab yuribdi. Ko‘ramiz, u seni mening jahannamimdan qutqara olarmikin yoki uning peshonasiga qo'rg'oshinni joylab qo'yarmikanman qizalog'im ...
Jungkook mashina rulini shunchalik qattiq siqdiki, barmoq bo‘g‘inlari oqarib tortib, tishlari g‘ajirlab ketdi.
O‘sha o‘ta bosiq, har bir qadamini sovuqqonlik bilan hisoblaydigan qonun himoyachisidan asar ham qolmagandi. Dorilarini ichmagani sababli miyasida portlayotgan gadir-budur g‘azab to‘lqinlari uni xuddi zanjirdan uzilgan yirtqich kabi quturtirib yuborayotgan edi.
— Jin ursin! Jin ursin! — uning baqirig‘i mashina salonini qopladi. U telefonini o‘rindiqqa otdida, gaz pedalini oxirigacha bosdi. Motor vovullab, moshina shinalari asfaltdan olov chiqarmoqchidek chiyillab ketdi.
Uning hayotidagi yagona toza, unga tinchlik beradigan olami Ibura edi. Endi esa qandaydir noma’lum soya kelib, uni qo‘llaridan yulib ketgandi. Telefonda gapirgan o‘sha bo‘g‘iq, sovuq ovoz Jungkookning miyasida tinmay aks sado berardi:
—Qo‘g‘irchoq o‘z haqiqiy egasiga qaytdi...
Jungkook ko‘zguda qizarib, tomirlari bo‘rtib chiqqan ko‘zlariga qaradi. Uning ichidagi telbalik uyg‘ongan edi.
U mashinani keskin burib, Seulning eng qorong‘u mafiya va jinoiy guruhlari aloqaga chiqadigan maxsus raqamni terdi. Agar qonun doirasida qidirsa, vaqt yo‘qotishini yaxshi bilardi. Uni quturgan it holatiga keltirgan bu odamni topish uchun Jungkook butun shaharni ostin-ustun qilishga, kerak bo‘lsa o‘zi himoya qilgan barcha qonunlarni oyoqosti qilib, qonga botishga tayyor edi.
— Tezda barcha aloqalaringni ishga sol
— deb bo‘kirdi Jungkook go‘shakka, ovozi vahshiyona pichirlashga aylanib.
— Shahardagi barcha yashirin kameralar, mototsikllar va bugun kechasi harakatlangan shubhali shaxslarni topasan. Kim bo‘lsa ham, uni tiriklayin terisini shilaman!
U klinikaga qaytib kelganida, polga otilgan va maydalab tashlangan Iburaning telefonini, biroz uzoqroqda esa yerda yaltirab yotgan o‘sha qimmatbaho olmos uzukni ko‘rdi. Uzukni qo‘liga olar ekan, Jungkookning qo‘llari g‘azab va qaltiroqdan titrardi.
Taehyung ro‘molcha bilan qizning terisidagi so‘nggi qon izlarini artar ekan, uning har bir harakatida vahshiyona bir egalik hissi sezilardi. Falajlik dori ta’siri biroz susaygan bo‘lsada, Iburaning badani hamon og‘ir va itoatkor edi. U ko‘zlarini zo‘rg‘a ochib, o‘zining ustida nafas olayotgan erkakka tikildi. Ichidagi qo‘rquv va dori keltirib chiqargan g‘alati, issiq sarhushlik bir-biriga qorishib ketgandi.
Taehyung Cristal vinosidan yana bir qultum ichdi va lablarini qizning bo‘yniga, quloq orqasidagi nozik terisiga bosdi. Uning issiq va o‘tkir nafasi Iburaning butun vujudini titratib yubordi.
— Sen men qilgan eng go‘zal jinoyatimsan, qizalog‘im, — pichirladi u, ovozi ehtiros va telbalikdan bo‘g‘ilib. — Uch yil davomida har kecha seni tasavvur qilib uyg‘ongan hayvonni o'zini zanjirband qilishga majburlagan mitti qizaloq.
Erkakning muzdek barmoqlari qizning olovdek yonayotgan silliq a’zolari bo‘ylab pastga siljidi. Ibura qarshilik ko‘rsatishni istardi, ammo badani uning miyasiga bo‘ysunmas, aksincha, Taehyungning shafqatsiz va qat’iy teginishlariga beixtiyor javob qaytarayotgandek edi. Taehyung qizning lablariga yopishdi. Bu o‘pich emas, balki o‘ljasini g‘ajiyotgan yirtqichning tashlanishi edi. U Iburaning lablarini qonatgudek tishlar, qizning og‘zidan chiqqan zaif nola uni yanada quturtirardi.
U qo‘llari bilan qizning nozik bellaridan mahkam tutib, o‘ziga ko‘tardi va ularning tanasini butunlay birlashtirdi.
Xonani faqatgina ularning og‘ir nafaslari, qizning og‘riqli, ammo ehtirosli ingrashlari va zanjirlarning shatirlagan ovozi qopladi. Taehyung har bir harakatida Iburaga nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham uning butun borlig‘ini yutib yuborishni istayotgandek ehtiros bilan harakat qilardi.
Ibura ko‘zlarini yumgancha, o‘zini bu qorong‘u girdobga topshirdi. U endi asir edi — Kim Taehyungning shaxsiy jahannamida zanjirlangan eng go‘zal qo‘g‘irchogi.