March 27

𝘿𝙤𝙢𝙞𝙣𝙖𝙣𝙩

7-qism 18+
𝙉𝙖𝙛𝙧𝙖𝙩 𝙗𝙤𝙧 𝙮𝙚𝙧𝙙𝙖 𝙨𝙚𝙫𝙜𝙞𝙜𝙖 𝙤'𝙧𝙞𝙣 𝙮𝙤'𝙦

Ibura :Shunchalik tasirli gapirdingki sal qolsa ishonib yuborardim, Jeon Jungkook bu gaplar o'tkinchi men seni qancha vaqtdan beri tanigan bo'lsam sen hech qachon o'zgarmaysan aytgan gaplaring ham o'zingniki qilguncha xolos.
Pov Jungkook : Mendan ham yurak bor deb o'ylab ham o'tirmaysan Ibura
Jungkook : Mendan oldin kimdir ishlatgan salfetkani ishlatmoqchi bo'lgan men ahmoqman aslida, shunchaki uni axlat qutisiga imirgitishim kerak edi xolos.
Erkak shunday Degancha ustki kiyimini poldan olib xonadan chiqib ketdi.
Jungkook asabiylik bilan qadam tashlarkan qizning aytgan gaplari unga xanjar kabi sanchilgandi.
Erkak asabdan qaltirayotgan barmoqlari bilan mashina pultini cho'ntagidan chiqargancha eshikni ochib, rulga o'tirguncha rulni mushti bilan ura boshladi.
Jungkook : Nega? Nima uchun? Nega aynan sen? Nega sendan boshqasini sevolmayapman? Nimang o'zgacha Ibura? La'nat bo'lsin, seni sevgan har bir onimga, ko'zlaringga oshiq bo'lgan har bir onimga la'natlar bo'lsin.
Bor alamini mashina rulidan olgan erkak o'zini yig'ib olgancha kalitni burab, matorni yoqqancha pedalni oxirigacha bosdi, odatda hech qachon his tuyg'ularini ko'rsatmaydi gan Jeon Jungkookning ham sabr kosasi aynan shu unda to'lib bo'lgandi.
Pov Jungkook : Hammasiga o'zing aybdor san Jungkook uni bu darajada erkalatib yuborgan o'zing axmoqsan.
Jungkook uyi tomon mashinani o'q kabi haydarkan, yomg'ir ostida mashina shinalari qora asvalt ustida biroz tayrilar, ammo u ham bugun egasining dardlarini sezganday muammo chiqarmasdi.
Jungkook ketgach xona g‘alati jim bo‘lib qoldi. Qiz qo‘llari titragancha devorga suyandi. O‘zi aytgan so‘zlar… yuragini o‘zi tirnab tashlaganday edi.
Pov Ibura :
Nega bunchalik qattiq gapirdim? Nega unga shunchalar og‘riq berdim?
Lekin tiliga kelgan gapni aytmay turolmasdim.
Ibura o‘tirib qoldi. Qo‘llarini yuziga bosarkan, yuragi bo‘g‘ilib ketdi.
Pov :U o‘zgarmaydi… men ham o‘zgara olmayman baribir …
Shu payt telefoniga bildirishnoma tushdi. Jungkookdan emas.
Taehyungdan.
KTH>Qaerdasan? Uyga kel. Gaplashishimiz kerak.
Iburaning yuragi muzlab ketdi. Uning ovozi hali-hamon quloqlarida edi. Mast, vahshiy, o‘sha tun…
Qiz chuqur nafas oldi.
Ibura :Men hech qachon u yaramasning yoniga qaytmayman…
Shu payt tashqaridan mashina signalining ovozi eshitildi. Qiz deraza tirqishidan qaradi va rangi oqardi.
Bu Jungkook emas Taehyung edi.
Pov Jungkook (uyiga borayotganda):
Mashina salonida uning nafaslari baland eshitilar, ko‘zlari qon kabi qizarib ketgandi.
Yomg‘ir oynaga vajohat bilan urilar, lekin Jungkook hech narsani ko‘rmasdi.
Birdan telefonining ekrani yonib-o‘chdi.
Taehyungning ismi chiqdi.
Taehyung → Qizni O'zim bilan olib ketaman.
Jungkookning ichida nimadir uzildi. Qoni boshiga tepdi.
— Sen… sen o‘sha tunda unga nima qilganingni bilaman, Taehyung. Qizni qaytarib olaman deb o‘ylayapsanmi?
Mashinaning tormozi chiyillab, yo‘l chetida to‘xtadi. Jungkook telefonga tikilib turdi.
Jungkook : U hech qachon senga qaytmaydi. U meniki. Hatto mendan nafratlansa ham.
Jungkook mashinani orqaga burdi.
U qayta Iburaning oldiga ketayotgandi.
Pov Ibura:
Taehyungning mashinasi hovliga kirib kelishi bilan yuragim muzlab ketdi. Uning mast, g‘azabga to‘la nigohini ko‘rib tanamning har bir hujayrasi qaltirardi.
U asta eshikni ochdi, lablari biroz qiyshaygan.
Taehyung : Mendan qochib qutulaman deb o‘ylaganmiding? uyga qaytasan. O‘sha kechani unutasan bu haqida Hech kim bilmaydi.
Men ortga chekindim.
Ibura : O'zingcha nimalar qilaman deb oylayapsan shu kichik miyyang bilan
Taehyungning ko‘zlari yovvoyidek chaqnadi. Qo‘limdan tutishga urindi, bilagimni bo‘g‘ib qattiq ushlab oldi.
Taehyung :O'zingdan ketma Ibura uyga qaytamiz
Javob berishga ulgurmadim u meni mashina tomon tortdi. Qichqirishga harakat qildim, lekin ovozim chiqmay qoldi. Qo‘lini og‘zimga bosdi, shunchalik qattiqki, labim achishib ketdi.

Taehyung : Jim!
U meni orqa o‘rindiqqa irg'itdi va eshikni qattiq yopdi.
Mashinada benzin hidi, tun, yomg‘ir va o‘sha kechki fojianing izlari aralashib ketgan. Men ko‘zlarimni yumdim.
Jungkook… meni toparmikan?
Pov Jungkook:
Mashina gazini oxirigacha bosdim. Aslida uyga ketayotgan edim, lekin Taehyungning smsidan keyin yuragimda bir narsa ko‘tarildi.
Bu rashk emasdi.
Bu g‘azab ham emasdi.
Bu… yirtqichning o‘z o‘ljasini qaytara olmay g‘azabga tushgani kabi edi go'yo.
Ibura meniki u faqat menga tegishli U meni qabul qiladimi yo‘qmi baribir meniki. Hech qaysi erkak, ayniqsa Taehyung, unga qayta tegololmaydi.
Mashinani tormozlar chiyillab to‘xtadi. Uyning oldi bo‘m-bo‘sh.
Deraza yoniga bordim xona ichida Qorong‘ulik , polga tushgan Jungkookning ustki kiyimi yotardi.
Shu payt pol ustida oyoqlarim muzlab qoldi.
Taehyung Iburaning telefonini olib ketgan mening Iburamni ham olib ketdi.
Yuragim ichimdan uzilganday bo‘ldi. Qo‘llarim qaltirardi.
Pov Jungkook :Yaxshi… demak o‘ynashni xohlaysan, Taehyung?..
Kozlarim keskin torayib, jag‘imni qattiq tishladim.
Unda men ham o‘ynayman.
Telefonimni olib, odatda hech kimga ko‘rsatmaydigan qora kontaktlar ro‘yxatini ochdim.
Ular mening qorong‘u dunyom, lekin men bu dunyoni Iburaga yaqinlashtirmaslikka harakat qilardim.
Endi esa…
Men bu dunyoni uning uchun qulatishni istayman.
Jungkook : Taehyungni toping. Qayerga borsa ham. Qaysi ko‘chaga kirsa ham. Mashina raqami 22 가 0000
Agar yonida qiz bo‘lsa… unga tegmang va bu haqida Menga xabar bering
Jungkook :Qiz menga kerak.
Chaqiriq tugashi bilan mashinaga qaytdim.
Yomg‘ir ostida faralar o‘lik ko‘chani yoritarkan, ichimdan faqat bitta o‘y o‘tardi
Pov: Ibura meni tanlamasa ham men uni qo'yib yubormayman
Hech qachon.
Mashinani Taehyungni yo‘ldan topish uchun o‘qdek haydardim...
(Pov avtor : man uchun baribir Avtor nomidan yozish qulay ammo shunday bo'lib qoldi)