May 24

๐—๐—จ๐—ก๐—š๐—ž๐—ข๐—ข๐—ž ๐— ๐—ฌ ๐—ก๐—”๐—ก๐—ก๐—ฌ

15-qism 18+

Jungkook mening enagam
๐‘บ๐’†๐’ ๐’ƒ๐’๐’“ ๐’š๐’†๐’“โ€”๐’Ž๐’†๐’๐’Š๐’๐’ˆ ๐’‹๐’‚๐’๐’๐’‚๐’•๐’Š๐’Ž, ๐’‰๐’‚๐’•๐’•๐’ ๐’– ๐’‹๐’‚๐’‰๐’‚๐’๐’๐’‚๐’Ž ๐’ƒ๐’'๐’๐’”๐’‚ ๐’‰๐’‚๐’Ž.

Taehyung sevgan insonini bu ahvolda ko'rgandan so'ng tizzalari qaltirab ko'zlaridan yoshlar quyila boshladi orqasiga og'irilib pastki qavatga yugurdi qanchalik tez yugursa qaltirayotgan oyoqlari unga shunchalar boysinmasdi.

Erkak Uzoqdan asvalt ustida yotgan moviy ko'ylak va qizil qonni ko'rib qadamlarini sekinlatib qo'llari qaltiragancha uning oldiga bordi.

Asvalt ustida yuz tuban qonga belanib yotgan Annani ko'rib jonidan ortiq sevgan Iburasi deb o'yladi va yerga tizzaladi.

Qaltirab turgan Qo'llarini unga tekkizishni o'ziga ravo ko'rmadi qancha harom qonga bulangan bu qo'llar unga tega olarmidi?

Qo'lini qizning bo'yniga uzatib tomirini ushladi qanchalik sekin bo'lmasin qizning tomiri hali ham urib turardi.

Taehyung o'z qoniga bulanib yotgan qizning tanasini amallab to'g'irlab oldi.

Umri davomida ilk marotaba ko'z yoshlarini to'kayotgan erkak Jiwoonning onasi, birinchi ayoli o'lganida ham bir tomchi ko'z yosh to'kmagandi, o'zi o'ldirgan odami uchun qanday yig'lay olardi ahir?

Erkak qonga bulangan qo'llari bilan telefonini yoqib raqamlarni tera boshladi.

โ€”Aloo meni eshityapsizmi?

โ€”Eshityapman janob nima muammo, bemor haqida ma'lumot bering.

โ€”19yoshda ikkinchi qavatdan o'zini tashlab asvalt ustiga yiqildi Jinsi Ayol. Burin, jag' umurtqa suyaklari va bosh suyagi singan qo'li tagida qolib mayda suyaklari ezilgan ichki qon ketishlari ham bo'lishi mumkin, burnidan, bosh miyya orqasidan ketayotgan qon to'xtamayapti.

โ€”Janob meni eshiting va o'zingizni qo'lga olib oling buncha ma'lumotlarni bilganingizga qaraganda tibbiyotdan habaringiz bor unga birinchi yordamni ko'rsating.

โ€”Tibbiyot doim ham odamlarni davolash uchun o'rganilmaydi - baqirgan ovoz bilan gapirayotgan erkak telefonini qattiq siqib oldi.

โ€”Menga qanday qilib birinchi yordam ko'rsatish kerakligini tushuntiring tez yordam kelguniga qadar u o'lib qolmasligi kerak.

โ€” Bosh va umurtqani QIMIRLATMANG
Bu juda muhim umurtqa shikastlangan boโ€˜lishi mumkin
Qizni joyidan koโ€˜tarmang, aylantirmang
Boshi va boโ€˜ynini qimirlatmaslikka harakat qiling
Agar yoningizda kimdir boโ€˜lsa, boshini ikki tomondan ushlab turib, tekis holatda qoldirsin

Tashqi qon boโ€˜lsa, toza mato yoki bint bilan yengil bosib turing

Juda qattiq bosmang ayniqsa bosh va yuz sohasida
Agar qon matoni hoโ€˜llasa, ustidan yana mato qoโ€˜ying eski matoni olib tashlamang
Nafas olayotganini tekshiring
Nafas bor-yoโ€˜qligini kuzating
Agar nafas olmasa:

ehtiyot bilan nafas yoโ€˜lini oching boโ€˜ynini ortiqcha bukmasdan!
sunโ€™iy nafas berish boshlanadi.

Gapirtiring, hushini yoโ€˜qotmasin
Uni tinchlantiring, qimirlamaslikni ayting

Suv bermang, ovqat bermang

Shok holatini oldini olish
Tanasini issiq tuting ustiga yoping
Lekin oyoqlarini koโ€˜tarmang umurtqa shikastlangan boโ€˜lishi mumkin!

Bosh suyagi sinishi va miyadan qon ketishi ehtimoli juda yuqori
Quloq burun orqali qon kelishi ogโ€˜ir bosh jarohati belgisi
Bunday holatda oโ€˜zingiz davolashga urinmang faqat hayotni saqlab turishga harakat qiling janob.

Taehyung qizning tanasini tekis qilib asvalt ustiga yotqizib yuziga yopishib qolgan sochlarini orqaga oldi.

โ€”Mato keltiring, sochiq bo'lsa ham mayli tezlashing.

Boshi ustida turgan odamlari oyog'i kuygan Tovuq kabi yugurib mato qidirar, aynan kerak vaqtida mato ham topilmasdi.

Taehyung qizning bilaklarini ushlab O'sha ko'z munchoqli bilak uzugiga qarab yig'lar o'zini bosa olmas edi.

โ€”Yolvoraman o'tinaman munchog'im men bilan qol, bu do'zoh ichida meni yolg'iz qoldirma, o'zing jannatlarga ketib meni bu yerga tashlab ketma o'tinaman men bilan qol.

Taehyung yigitlar keltirgan matoni qizning yuziga bosdi oppoq mato darrov alvon qon rangiga bulg'andi, yana ustidan mato bosdi qon to'xtamas, aksiga olib boshining orqasidan ham qon ketardi.

Tez yordam mashinasi qo'rg'on oldiga yaqinlashar ekan ichidagi haydovchi va Doktorlar shahar chetida bunday bahaybat va ancha muncha odamning Xayoliga ham sig'maydigan haybatli qo'rg'onni ko'rib tillarini yutishdi.

Tez yordam to'g'ridan to'g'ri qo'rg'on ichiga kirib Doktorlar yigitlarning ortidan qizning oldiga ergashishdi.

Zambilga ehtiyotkorlik bilan olisharkan, Taehyungning suyaklari singan kabi og'riqni o'z tanasida his qildi.

Erkak tez yordam ichiga Doktorlar bilan kirish uchun ergashdi

โ€”Janob o'z mashinangizda bizga ergashganingiz ma'qul bu yerda joy tig'iz qizning ahvoli esa juda yomon.

โ€”Tushunmadim?

โ€”Janob bizga ko'proq joy kerak agar qizga kasalxonaga borguncha yordam bermasak u katta ehtimol bilan vafot etadi tushunyapsizmi?

Taehyung odamlarini yig'ib tez yordam orqasidan ergashar, qop qora kartej esa qora ilon o'z o'ljasi oq sichqon bilan o'ynashayotgandek harakatlanar edi.

โ€”Opajon nima sababdan unga mashinaga chiqishiga ruxsat bermadingiz?-dedi hamshira bosh shifokorga qarab.

โ€”Uni kimligini ko'rdingmi o'zi? Bu Kim Taehyung edi, shahar chetida shunday odam yashashiga ishonasanmi?

Xudo bilan bu begunoh qizning boshiga u nimalarni solgan ekanki o'limni hayotidan ustun ko'ribdi.

โ€”Buni tushunmabman Opajon.

โ€”Qonni to'xtatib turishimiz kerak.

....

Reanimatsiya bo'limiga aparatlarga ulangan hushsiz qizning tanasiga qarab turgan Kim Taehyung so'nggi marotaba undan bo'sa olish uchun egildi va lablariga qarab yuzini yaqinlashtirar ekan behush yotgan qizning labi ustida turgan mitti xoli yo'q ekanini ko'rdi...