𝘿𝙤𝙢𝙞𝙣𝙖𝙣𝙩
𝙉𝙖𝙛𝙧𝙖𝙩 𝙗𝙤𝙧 𝙮𝙚𝙧𝙙𝙖 𝙨𝙚𝙫𝙜𝙞𝙜𝙖 𝙤'𝙧𝙞𝙣 𝙮𝙤'𝙦
—Siz yarim yildan beri koma holatida yotibsiz
— dedi doktor sekin, Jungkookning yelkasiga qo‘lini qo‘yib. Jungkook bu gapni eshitdi, lekin qabul qilmadi.
Yelkasidagi qo‘lni siltab tashladi, ko‘zlari darrov eshik tomonga, keyin atrofga yugurdi.
Doktorlar bir lahza jim qoldi, aynan o‘sha payt ularni ortida turgan qizni ko‘rdi. Ibura joyidan qimirlamay turardi. Rangpar, ko‘zlari chuqurlashgan, qo‘llari bir-biriga mahkam yopishgan. Jungkook uni ko‘rishi bilan boshqa hamma narsa ko'z oldidan yo‘qoldi.
—Ibura… U ustidagi yopinchiqni tortib tashlab, o‘rnidan turishga urindi.
— dedi doktor, lekin Jungkook eshitmadi.
Oyoqlarini yerga qo‘ydi. Sovuq polga tegdi. U o‘zini oldinga tashladi. Bir lahza tik turgandek bo‘ldi. Keyin oyoqlari bo‘shashdi. Tanasi og‘irlikni ushlolmadi va u birdan yerga quladi. Qo‘llari bilan polga tiralib qoldi.
— u oyoqlariga qaradi. Ularni qimirlatmoqchi bo‘ldi. Hech qanday harakat yo‘q. Yana urinib ko‘rdi. Yana. Hech narsa.
U qo‘llari bilan o‘zini sudramoqchi bo‘ldi, lekin tanasi ham bo‘ysunmayotgandek edi. Doktorlar yaqinlashdi.
— Jungkook keskin baqirdi, lekin ovozida kuch yo‘q edi. Ko‘zlarida vahima paydo bo‘ldi.
—Nega… nega oyoqlarim… U yana qimirlatishga urindi, natija o‘zgarmadi. Doktor past ovozda tushuntirishga harakat qildi:
—Bu vaqtinchalik bo‘lishi mumkin, mushaklar uzoq vaqt ishlamagan
— Jungkook uning gapini bo‘ldi, ko‘zlarini Ibura tomon ko‘tardi. Ibura hali ham joyidan qimirlamay turardi. U bir qadam ham yaqinlashmadi. Faqat qarab turardi. Ko‘zlarida qo‘rquv va ayb aralashgan. Jungkook qo‘llari bilan polni itarib, yana oldinga siljishga urindi.
— bu safar ovozi past chiqdi. Unga yetib borolmayotganini o‘zi ham sezdi. Harakat qildi, lekin tanasi itoat etmadi. U sekin to‘xtadi. Nafasi og‘irlashdi. Ko‘zlari yana oyoqlariga tushdi. So‘ng yana Ibura tomon.
—Men… oldinga lboraolmayapman…
Bu gapni aytish unga og‘ir bo'ldi. Ibura bir qadam oldinga yurdi, keyin yana to‘xtadi. Go‘yo nimadir uni ushlab turgandek. Jungkook esa yerda qolgancha unga qarab turardi.
Ibura chuqur nafas oldi, o‘zini zo‘rg‘a qo‘lga oldi va sekin Jungkook tomonga yaqinlashdi. Qadamlarida ikkilanma bor edi, lekin to‘xtamadi. Uning oldiga kelib, nihoyat yoniga cho‘kkaladi.
Jungkook darrov qo‘llarini ko‘tardi, qizning kaftlarini ushlab yuziga bosdi.
Barmoqlari uning terisida sekin yurdi, go‘yo shu orqali bu tush emas ekanini tekshirayotgandek. So‘ng titrayotgan qo‘llari bilan uning sochlarini yuzidan orqaga surdi. Ko‘zlari undan uzilmadi.
—Xudoga behisob shukurki sen tiriksan… farishtam
— dedi u past, lekin ich-ichidan chiqqan ovoz bilan.
Ibura unga qarab turdi. Ko‘zlarida yosh bor edi, lekin bu safar u yig‘lamadi.
—Uni karavotga olishga yordam berolasizmi?
— dedi u sekin, ko‘zlarini Jungkookdan uzmay. Doktorlar darrov yaqinlashishdi. Jungkookni ehtiyotkorlik bilan pol ustidan ko‘tarib, yana karavotga yotqizishdi. U hali ham qo‘lini qo‘yib yubormagandek, barmoqlari Iburaning kaftini qidirgandek edi.
Uni joyiga yotqizib bo‘lishgach, doktorlar bir-biriga qarab, hech narsa demasdan palatadan chiqib ketishdi. Endi xonada faqat ular ikkovigina qoldi.
—Men tush ko‘rmayapman… sen ro‘yo emassan, shundaymi, Ibura?
— Jungkook uning qo‘llarini qo‘yib yubormay, ko‘zlariga tikildi.
—Men shu yerdaman, Jungkook. Sening oldingda turibman, qara
—Men seni butunlay yo‘qotdim deb o‘yladim…
Jungkookning ko'zlari asta pastga tushdi. Iburaning qorniga. Bir lahza u gapirmadi. Faqat qarab turdi. Ko‘zlaridagi ifoda o‘zgardi.
—Haqiqatan ham… yarim yil o‘tibdi, shekilli… — dedi u sekin.
Ibura beixtiyor qo‘llari bilan qornini yopmoqchi bo‘ldi. Go‘yo yashirish mumkin bo‘lgandek. Lekin eplay olmadi. Qo‘llari o‘sha yerda to‘xtab qoldi.
—18 yoshingni mensiz o‘tkazibsan… Oila ham quribsan…
Ibura darrov boshini chayqadi.
—Yo‘q… unday emas… Men tug‘ilgan kunimni shu yerda o‘tkazdim. Sening yoningda. Sen eshitmading, xolos…
U bir lahza to‘xtadi. Keyin eng og‘ir gapni aytishga majbur bo‘ldi.
So‘zlari tomog‘iga tiqilib qoldi.
Ibura ko‘zlarini yerga qaratdi.
—Men… undan qutulmoqchi bo‘ldim… Lekin… eplay olmadim…
Ovozida na oqlanish bor edi, na bahona.Faqat charchoq.
U sekin boshini ko‘tardi. Jungkookka qaradi.
—Men yolg‘iz qoldim, Jungkook… Seni yo‘qotdim deb o‘yladim…
Uning ko‘zlari yana yoshga to‘ldi.
—Endi esa… senga nima deyishni ham bilmayapman…
—Taehyung o‘zi qayerda, Ibura?
— Jungkookning ovozi past edi, lekin savol og‘ir chiqdi.
Ibura jim qoldi. Ko‘zlarini undan olib qochmadi, lekin gap boshlash qiyin edi.
—Jungkook… yarim yil ichida ko‘p narsa o'zgardi Taehyung o‘sha kuni… vafot etgan.
Jungkookning kipriklari qimirlamadi ham.
—Jasadi… tanib bo‘lmaydigan ahvolda topilgan
—Seni komaga olib kelishganidan keyin… amakim uning dafn marosimini o‘tkazdi.
Ibura chuqur nafas oldi, keyingi gaplar undan ham og‘ir edi.
—Qarindoshlarim bilan ham aloqani uzdim.
U qo‘llarini bir-biriga mahkam ushladi.
—Sening ishlaring… hammasi…hammasiga o‘zim qaradim.
Jungkook asta ko‘zlarini yumdi, lekin indamadi.
—Qornimdagi bola bilan… qanday bo‘lsa ham… bir amallab.
—Yarim yilimni… sen bilan birga o‘tkazdim.
Jungkook sekin ko‘zlarini ochdi.
—Men seni tashlab ketmadim Bir kun ham seni yolg'iz qoldirmadim Jungkook.
Erkak yig'layotgan qizni boshini qo'llari orasiga olib peshonasiga lablarini bosdi.
Oradan kunlar o‘tdi, kunlar haftalarga ulanib ketdi.
Jungkook asta-sekin o‘zini tiklay boshladi, avval ikki qadam tashlash ham qiyin edi, keyin devorga suyanib yurdi, keyin yolg‘iz yurishga harakat qildi. Har safar yiqilish xavfi bor edi, lekin u baribir urinardi. Ibura shu vaqt davomida yonidan ketmadi, gap ko‘p emas edi, lekin u doim shu yerda edi. Nihoyat shifokorlar uni chiqarishga ruxsat berishdi va ular uyga qaytishdi.
Uy eshigi ochilganda hammasi tanish edi, lekin baribir nimadir o‘zgargandek tuyulardi. Jungkook ichkariga kirib sekin o‘tirdi, Ibura esa oshxonaga o‘tib suv qo‘ydi, qo‘llari bilan band bo‘lishga urinayotgandek edi. U orqasiga o‘girilib qaraganida Jungkookning ko'zlari yana uning qorniga tushganini ko‘rdi. Bu qarash endi yashirilmayotgandi. Ibura bir to‘xtadi, keyin o‘zini majburlab oddiy gapirdi:
Yana jimlik cho‘kdi. Ibura suvni olib kelib uning oldiga qo‘ydi:
— Dorilaringni ichishing kerak. Jungkook stakanga qaradi lekin darrov olmadi, yana uning qorniga qaradi. Bu safar savol berdi:
—Necha oylik? Ibura sekin javob berdi:
U gapini tugatishga ulgurmay, u bo‘ldi:
—Bilaman- dedi Jungkook yana. Bu safar uning ovozi biroz qattiqroq chiqdi. Ibura chuqur nafas oldi:
—Unda nega ko'zlarimga qaray olmayapsan?
Jungkook nihoyat ko‘zlarini ko‘tardi, bir lahza uning yuziga qaradi, keyin yana pastga tushdi.
Ibura bu gapni kutgandi, lekin baribir ichidan nimadir sinib, uzilib tushdi.
—Men seni o'sha holatda qabul qildim, seni yo‘qotishni xohlamadim. Lekin bunga ko‘nikolmayapman.
—Men ham ko‘nikolmayapman, zo'ravonlikdan orttirilgan bolaga.
—Har kuni qorningga qarayman va o‘zimga ham begona tuyuladi
—Men ko'nikishga harakat qilaman… lekin vaqt kerak...