ππ¨π‘πππ’π’π π π¬ π‘ππ‘π‘π¬
Jungkook mening enagam
πΊππ πππ πππβππππππ ππππππππ, πππππ π ππππππππ ππ'πππ πππ.
Jungkook kameralarni ochtirtirib birma bir qaradi bir soat Iburaning oldida bo'lmagan bo'lsa bir soatini ham kiprik qoqmay qarab turdi.
Soat 17:16da shifoxona eshigidan biroz chetroqda uch dona tim qora tarnirovkalangan mashina kelib to'xtadi va ichidan tushgan kelishgan erkakning yuzini ko'rib Jungkookning yuzi oqarib ketti va Kim Taehyung edi Xudo urgan hayvonning aynan o'zi.
Taxminan yarim soat o'tar o'tmas esa erkak shifoxona ichidan qora uzun sochlari yozilgan ustiga yopinchiq o'ralgan o'zi azaldan oq tanasi o'likniki kabi rangpar bo'lib qolgan Iburaning belidan quchoqlab chiqayotgandi.
Jungkookning boshiga hozir bolg'a bilan urayotganday bo'lar erkak katta gavdasini oyoqda tutib turishni arang eplayotgandi.
Jungkook telefonini qo'liga olib kontaktlar orasidan biriga qo'ng'iroq qildi. Oradan biroz vaqt o'tib go'shakning narigi tomonidan ovoz eshitildi.
βYo'q bu Kim Taehyung, Namjoon hozir uyida agarda tezroq ulgursang hayotini asrab qolishga ulgurasan.
Erkak telefon yuziga qizilni bosib qo'ydi.
βBu nima deganingiz?
Nega akamning telefoni sizda turibdi? Unga nima qildingiz?
βBizning eski shartnomamizga ko'ra akangning ozodligi evaziga sen men bilan yashashing kerak edi ammo shartnoma buzildi buni men buzmadim munchog'im to'rt oyning badalini akang to'ladi.
Qiz tirnoqlari chetini yulib tomog'idagi qattiqlikni ushlab turib gapirdi.
βUydan chiqib ketayotgan vaqtimda Namjoon oxirgi nafaslarini olayotgandi katta ehtimol bilan u o'lgan.
βBuni qanday qilib bunchalik hissiz aytaolyapsiz?
Ibura ko'z yoshlarini qo'yib yuborgan holda ovoz tonini ko'tarib eriga baqirdi.
Taehyung qizning jag' qismini siqib ushlab.
βOvozingni pastlatib gapir Ibura o'zingni achinganday ko'rsatma bilasanmi aynan uni deb sen qorningda bolamni ko'tarib yuribsan seni kimlar bu ahvolga solganini unutma munchog'im kelishdikmi?
Agar bu dunyoda shu ko'zlaring mendan boshqasini ko'ra olsa kim bo'lishidan qatiy nazar uni sovuq qabr ichiga tiriklayin ko'maman.
Qiz yuzini erkakning mahkam qo'llari orasidan olib og'zini yopib ovoz chiqarmaslikka urindi.
Mashina ikki qavatli shahar markazidan uzoqroqda joylashgan uy oldida to'xtadi.
Qiz eski qo'rg'onga ilk marotaba kirgani kabi oyoqlari qaltirab mashinadan tushdi.
Taehyung mashinadan aylanib kelib qizning kaftidan tutib ilk marotaba yumshoqlik bilan uy ichiga ortidan ergashtirib olib kirdi.
βTaehyung Amirakaga qachon ketamiz?
βBu yer menga yoqib qoldi Seulda biroz qolishni istayman, shunday ekan yana biroz shu yerga qolamiz munchog'im.
βU uchun ertaga bilet oldim havotir olma.
βDemak-qiz boshini yerga quyi solib gapini davom ettirmadi.
βHa bugun uyda faqat sen bilan men bormiz xolos.
Erkak qizning qo'lidan ushlab zal o'rtasida turgan divanga olib keldi va o'tirishini buyurdi.
βEshit Ibura senga nisbatan qanchadan Qancha qilgan zulmlarimni unutishingni, meni kechirishingni sendan so'ramayman, boshingga hayvon ham yashayolmaydigan kunlarni solganimni bilaman.
Ammo hozir sendan tug'ilmagan bolamizning kelajagi uchun menga yana bir bor imkon berishingni so'rayman.
Men sen aytgan kabi pok halol bo'la olmasman balkim, ammo yaxshi ota bo'lishga seni jonimdan ortiq sevishga so'z beraman.
Erkak qizning uzun sochlarini quloqlari orqasiga o'tkazib yuzini yaqinlashtirib qizning pushti yonoqlariga lablarini bosish uchun yaqinlashdi
Qiz yuzini burib o'rnidan turib o'zini orqaroqqa oldi.
βIstamayman Taehyung sizning oldingizda hatto nafas olishni ham istamayman, qanday oila haqida gapirayapsiz menga aytgan gaplaringizni quloqlaringiz eshityaptimi o'zi? Keling baxtli oila bo'lib yashayapmiz deylik.
Dadang o'n olti yoshimda nomusimni toptagan deymanmi? Uydan tashqariga chiqqanim uchun oyoqlarimni sindirgan deymanmi? Hamma kabi baxtli yashashga uringanim uchun tog'angni o'ldirgan deymanmi?
Uy oldida chiyillab to'xtagan shinalar ovozi sabab qiz yuzini eridan olib eshik tomonga burdi.