July 10

𝗗𝗲𝘃𝗶𝗹’𝘀 𝗗𝗼𝗹𝗹

3-qism 18+

𝑄𝑜𝑐ℎ 𝑞𝑖𝑧𝑎𝑙𝑜𝑔'𝑖𝑚 𝑡𝑢𝑡𝑖𝑏 𝑜𝑙𝑠𝑎𝑚 𝑜𝑦𝑜𝑞𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑔 𝑡𝑢𝑔𝑢𝑙 𝑡𝑎𝑛𝑎𝑛𝑔𝑑𝑎𝑔𝑖 ℎ𝑎𝑟 𝑏𝑖𝑟 𝑠𝑢𝑦𝑎𝑘𝑛𝑖 𝑠𝑖𝑛𝑑𝑖𝑟𝑖𝑏, 𝑏𝑢 𝑑𝑢𝑛𝑦𝑜𝑛𝑖 𝑠𝑒𝑛 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑗𝑎ℎ𝑎𝑛𝑛𝑎𝑚𝑔𝑎 𝑎𝑦𝑙𝑎𝑛𝑡𝑖𝑟𝑎𝑚𝑎𝑛...

Taehyung planshet ekraniga tikilgancha o‘tirardi. Xonadagi yagona yorug‘lik manbasi shu ekran bo‘lib, uning yuziga sovuq, mavjlanuvchi nur taratardi.

​Soat mili 3:28ni ko‘rsatdi.

​Kamera tasvirlarida Iburaning bir maromda ko‘tarilib-tushayotgan nafasi, uning chuqur uyquga ketganidan dalolat berardi. Taehyung o‘rnidan turdi. Uning harakatlari shunchalik yengil va ovozsiz ediki, go‘yo tunda kezayotgan sharpaga o‘xshardi.

​Eshik qulfini o‘sha sim bilan ochish unga soniyalar ichida nasib etdi. Uy ichi qorong‘u va qizil tusli jihozlar sabab sirli ko‘rinardi. Taehyung xonaga kirib, sekin yotoqxona tomon yurdi. Har bir qadami polda hech qanday tovush chiqarmasdi.

​Mana, u qizning qarshisida turibdi. Ibura xotirjam uxlardi. Erkak ohistalik bilan egilib, qizning yuziga tushib turgan soch tolalarini barmoqlari bilan siladi. Uning teginishi juda mayin, ammo shu bilan birga nihoyatda xavfli edi.

So‘ng, cho‘ntagidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan, maxsus kuchli uyqu dorisi shimdirilgan ro‘molchani chiqardi. Uni qizning burni va og‘iz qismiga ohista, lekin mahkam bosdi.
​Ibura uyqusirab biroz qimirladi, chuqur nafas oldi va dori ta’sirida yanada chuqurroq, hushsiz uyqu qa’riga g‘arq bo‘ldi.
​Taehyung ro‘molchani olib, o‘zini yotoqning bo‘sh qismiga, Iburaning yoniga tashladi. Yonboshlab yotgancha, boshini qo‘liga tirab, qizning yuzini juda yaqindan o‘rganishga kirishdi. Uning ko‘zlari qizning har bir chizig‘ida, kipriklarida va lablarida kezar edi. Qo‘llari esa to‘xtovsiz uning ipakdek yumshoq sochlarini silashda davom etardi.

​Uning ichida esa telbavor bir bo‘ron qo‘pgan edi:

—Sening bu pokizaliging, bu beguborliging... Seni ko‘rgan ilk kunimdan beri miyamda faqat birgina o‘y aylanadi. Sen mendan qochib qutula olmaysan, qizalog‘im. Agar seni qo‘lga kiritsam, seni shu qadar qattiq ezib tashlaymanki , tanangdagi har bir suyak sinib ketgandek bo‘ladi. Bu dunyoni sen uchun jahannamga aylantiraman, va sen mening jahannamimda yashaysan. Chunki sendan boshqa hech kim meni bu zulmatdan olib chiqa olmaydi...

​Taehyung qizning yuziga shunchalik yaqin keldiki, ularning nafaslari bir-biriga urila boshladi. U shizofreniyaning kuchayib borayotganini, miyasidagi ovozlar faqatgina shu qizning yonida jim bo‘lishini his qilib, jilmayib qo‘ydi. Bugun u shunchaki kuzatuvchi edi, ammo vaqti kelganda bu qo‘g‘irchoq butunlay uniki bo‘lishini bilib erkak o'zini tiydi hali juda erta edi.

Taehyung qizning yuzidan bir necha millimetr uzoqlikda to‘xtadi. Uning xushbo‘y, ammo uyqu dorisi hidi aralashgan nafasi erkakning lablariga urilardi. Bu Erkak sekingina o‘rnidan turdi, yotoq choyshabini qizning yelkasiga to‘g‘rilab yopdida, kelgani kabi jimjit va izsiz uyni tark etdi.

​Uch yil o‘tib (Hozirgi vaqt)

​Jungkookning hashamatli, baland devorlar bilan o‘ralgan hovlisida tun yarmidan o'tgan bo'lsada Ibura o‘ziga berilgan mehmonxona xonasida, o‘sha moviy ko‘ylagida yotoq ustida yotgancha planshetidagi eski xabarlarni va bugungi suratlarni ko‘zdan kechirardi.
​Uning yuragi hamon notinch urar Jungkookning uylanish haqidagi taklifi, qo‘lidagi yaltirab turgan ulkan olmos uzuk hammasi u kutgandek mukammal edi. Ammo uning psixologik instinktlari nimadir noto‘g‘ri ketayotganini pichirlardi hammasi bu darajada oson bo'lishi mumkin emas . Jungkookning boya moshina boshqarishdan oldingi qaltirashlari, uning ko‘zlaridagi o‘sha nazoratsiz telbalik...

​— La'nati yana dorilarini ichmay qo‘ygan. Agar u butunlay nazoratni yo‘qotsa, mening barcha rejalarim, bu hashamatli hayot haqidagi orzularim puchga chiqadi . Uni qo'limdan boy bera olmayman.

​Qiz o‘rnidan turib, deraza yoniga keldi. Tashqarida tun qorong‘uligi hukmron, ulkan daraxtlar soyasi yerga vahimali urilib turar, Ibura o‘zini bu uyda xavfsiz his qilishga urinar, ammo qayerdadir, zulmat qa’rida uni kimdir kuzatib turgandek tuyg‘u vujudini qaltiratardi.

​Xuddi shu soniyalarda, Jungkookning hovlisi devoridan bir necha yuz metr uzoqlikda, qorong‘u ko‘chaning chetida mototsikl to‘xtab kurardi.

​Kim Taehyung boshidagi shlemini yechib, uni mototsikl o‘rindig‘iga qo‘ydi. Uning qo‘lida o‘sha, uch yil avvalgi kabi planshet bor edi.

Ekranda esa... Iburaning ayni damda deraza oldida turgan tasviri jonli (live) rejimda uzatilayotgandi.

​Erkak Iburaning telefoniga yashirin dastur o‘rnatganiga ancha bo‘lgandi. Qiz qayerga borsa, qaysi kameraga tushsa, Taehyung buni ko‘rib turardi. Boya restoranda Iburaning moshina raqamini miyasiga muhrlagani shunchaki rasmiyatchilik edi u qizning har bir qadamini besh qo‘ldek bilardi.

​Taehyung labining chetida sovuq kulgi bilan ekrandagi Iburaning yuzini barmog‘i bilan siladi.

​—Mening aqlli qizalog‘im... O‘zingcha yuristning boyligiga uchib, uning tuzog‘imga ilintirdim deb o‘ylayapsanmi? Sen hali o‘zingni ovchi, uni esa o‘lja deb hisoblayapsanmi Lekin o'sha yurist ham, uning pullari ham, bu ulkan uy ham seni mendan himoya qila olmaydi. Sening olgan nafasing ham menga tegishli hozirgacha barmog'imni uchini ham tekkizmaganimga pushaymon qilma qizalog'im...

​Taehyung cho‘ntagidan sigaret chiqarib tutatdi. Achchiq tutun tungi havoga taralar ekan, u shizofreniya asorati bo‘lgan miyasidagi shivirlashlarni eshitdi. Ovozlar bu safar juda aniq gapirardi:

—Uni tortib ol. Vaqti keldi. Shuncha kutganing yetadi

​Erkak moshina raqamlari orqali Jeon Jungkookning kimligini, uning qaysi sudda qanday jinoyatchilarni himoya qilishini allaqachon bilib bo‘lgandi. Mag‘lubiyatni bilmaydigan yurist va hech qachon iz qoldirmaydigan professional qotil. Ikkala xavfli erkakning o‘rtasidagi yashirin urush ayni shu tunda, Ibura o‘zini baxtli deb hisoblayotgan lahzalardan boshlanayotgandi.

​Taehyung planshetni o‘chirdi, shlemini kiydi va mototsikl gazini bosdi. Motor ovozi tungi sokinlikni buzib, uzoqlashib ketdi.

Ertalabki quyosh nurlari Jungkookning hashamatli yotoqxonasi derazasidan tushib turar, ammo xonadagi sovuq muhitni baribir ilita olmasdi. Ibura ko'zlarini ochganida, qo'lidagi ulkan olmos uzuk quyosh nurida yaltirlab ketdi. Labida g'olibona tabassum o'ynadi.

U kiyinib, pastga tushganida, Jungkook allaqachon qora kostyum-shmida, asabiy ohangda telefonda kim bilandir gaplashayotgan edi.
​— Men senga aytdim, u guvohni suddan oldin yo'qotish kerak!

— Jungkook qizni ko'rib, ovozini pasaytirdi va telefonni o'chirdi. Yuziga darhol o'sha soxta, muloyim tabassumini qaytardi.

— Xayrli tong, Iburam. Kechirasan, ishlar ko'p. Bugun haydovchim seni klinikangga tashlab qo'yadi.
​Ibura uning yuzidan o'pib, xayrlashdi. U o'zini mukammal o'yinchi deb hisoblayotgan edi. "Yana bir necha oy, va bu boylik rasman meniki bo'ladi," — deb o'yladi qiz klinikaga yetib kelguncha.

​Seul markazidagi shaxsiy psixologik qabulxona. Ibura stuliga o'tirib, bugungi mijozlar ro'yxatini ko'zdan kechira boshladi. Ro'yxatning eng oxirida noodatiy ism turardi: "Janob V (V)." Undan tashqari hech qanday ma'lumot yo'q, na telefon raqami, na kasallik tarixi. To'lov esa oldindan, naqd pulda kassa orqali juda katta miqdorda amalga oshirilgan edi.

​Soat mili roppa-rosa 17:00 bo'lganida, eshik sekin ochildi.
​Xonaga bo'yi uzun, egniga qora qalin palto kiygan, sochlari ko'zlariga tushib turgan erkak kirdi. U boshidagi qora kepkasini olib, stol ustiga qo'ydi. Uning o'tkir, tubsiz va sovuq ko'zlari to'g'ri Iburaning ko'zlariga qadaldi. Bu kechagina restoranda uning ortidan kuzatib borgan qotil Kim Taehyung edi. Ammo u hozir mutlaqo boshqa odam qiyofasida, o'ta madaniyatli yigitdek ko'rinardi.

​— Xayrli kun, Ibura Hellsing, — Taehyungning ovozi past, bo'g'iq va xuddi qorong'u quduq tubidan kelayotgandek vahimali, ammo yoqimli eshitildi.

​— Xayrli kun, janob V. Marhamat, o'tiring

— Ibura o'zini professional ko'rsatishga urinib, ro'paradagi charm kresloni ko'rsatdi. Ammo negadir uning ichki instinktlari xavfdan ogohlantirib, yuragi tez ura boshladi. Bu erkakning aurasida juda dahshatli va qora narsa bor edi.

​Taehyung kresloga o'tirdi. Uning o'tirishida ham, harakatlarida ham yirtqich hayvonning osoyishtaligi bor edi. U ko'zlarini uzmay qizga tikildi.

​— Xo'sh, janob V, sizni nima bezovta qilyapti? Qanday muammo bilan keldingiz? — Ibura qo'liga ruchka va daftarni oldi.

​Taehyung labining chetida sovuq jilmaydi. U ohista oldinga egildi, barmoqlarini bir-biriga jipslashtirdi.

​— Men bir qizni yaxshi ko'raman, doktor. Juda ham yaxshi ko'raman. Uni ilk bor ko'rganimga uch yil bo'ldi. U o'shanda juda baxtsiz, kambag'al edi. Men uning har bir qadamini, har bir nafasini kuzatdim. Uning uyi, uning yotog'i, hattoki yuvinadigan xonasi ham mening ko'z o'ngimda. Men uni shunchalik ideal darajada bilamanki, u tunda necha marta nafas olishini ham aytib bera olaman.

​Ibura ruchka ushlagan qo'li beixtiyor qaltirab ketganini sezdi. "Uch yil? Kuzatish?" Bu gaplar qizning miyasida qandaydir eski, qorong'u xotiralarni uyg'otgandek bo'ldi. U o'zini qo'lga olishga urindi.

​— Bu... bu kuchli bog'lanish, janob V. Psixologiyada buni stalkerlik yoki obsesiya deyiladi. Xo'sh, o'sha qiz buni biladimi?

​— Yo'q

— Taehyung ko'zlarini qisib, Iburaning lablariga qaradi.

— U bilmaydi. U o'zini juda aqlli deb o'ylaydi. Hozirda u bitta boy yuristning tuzog'iga ilingan va pullar ortidan quvmoqda. Doktor, aytingchi, agar men o'sha yuristning tomog'ini sug'urib olib, qizning oyoqlari ostiga tashlasam... u meni sevadimi? Yoki mendan nafratdlanadimi?

Ibura daxshatdan qotib qoldi. "Yurist? Boylik? Uch yil?" Qizning miyasi zudlik bilan barcha detallarni birlashtira boshladi. Bu erkak oddiy mijoz emasdi. U kechagi restorandagi, uchinchi qavatdagi o'sha sirli odam edi! Va u Jungkook haqida gapirayotgan edi!

​— Siz... siz kimsiz? — Iburaning ovozi qaltirab chiqdi, u o'rnidan turmoqchi bo'ldi.
​Taehyung ham ohastalik bilan o'rnidan turdi. U sekin qadamlar bilan stolni aylanib o'tib, Iburaga yaqinlasha boshladi. Qiz qo'rquvdan orqaga tahlika bilan tanaffus qildi, toki devorga taqalmaguncha.

​Taehyung qizning qarshisida to'xtadi. U qo'lini uzatib, Iburaning sochlarini tushib turgan qismiga barmog'ini tekkizdi. Uning barmoqlari muzdek edi. U egilib, qizning qulog'iga pichirladi:

​— Men har tunda sening yoningda yotganimda, sen juda shirin uxlarding, qizalog'im. Ro'molchamdagi dori hidi burnimga urilardi.

Senga aytgan gaplarim hali ham esimda: Qoch qizalog'im, tutib olsam oyoqlaring tugul tanangdagi har bir suyakni sindirib, bu dunyoni sen uchun jahannamga aylantiraman...

​Iburaning ko'zlari daxshatdan katta-katta ochilib ketdi. Uch yil avvalgi o'sha g'alati, og'ir uyqudan uyg'ongan tongi, miyasida aylanib yurgan o'sha qo'rqinchli tush... Bu tush emas, haqiqat bo'lgandi aslida! Qarshisida turgan bu erkak uning uyiga kirgan, uni uxlatgan manyak edi!

​— Yo'q... yo'q, uzoqroq tur mendan! Men politsiya chaqiraman!

— Ibura baqirmoqchi bo'ldi, ammo Taehyung tezkorlik bilan uning nozik belidan tutib, o'ziga qattiq tortdi. Qizning tanasi uning baquvvat ba'riga urildi.

​— Politsiyami? — Taehyung telbalarcha kulib yubordi. Uning shizofreniya ovozlari miyasida bayram qilayotgandi.

— Sening o'sha yurist yigiting jinoiy guruhlarni qonundan qutqaradi, men esa ularni yer ostiga jo'nataman. Biz qonunlar bilan o'ynamaymiz, qizalog'im. Sen mening jahannamimdagi yagona va eng chiroyli qo'g'irchoqsan. O'sha uzukni barmog'ingdan yechib tashla, aks holda men o'sha barmog'ingnini kesib olishga majbur bo'laman.

​Taehyung qizning lablariga bir necha millimetr yaqin keldi, uning issiq nafasi Iburaning yuzini kuydurgudek bo'ldi. Qiz daxshat va g'alati bir ehtiros aralashmasidan qaltirar, nima qilishni bilmay qolgandi.

​Shu lahzada Iburaning stoli ustida turgan telefoni baland ovozda jiringlab ketdi. Ekranda "Jeon Jungkook" degan yozuv yonib-o'cha boshladi.

​Ibura polga yiqilib tushdi, oyoqlari unga bo'ysunmas, butun vujudi daxshatli qaltirash ichida edi. Telefon esa hamon tinimsiz jiringlar Taehyung esa bamaylixotir harakatlar bilan cho'ntagidagi shpritsni olib qizning bo'yniga sanchdi...

Taehyung o'zining vahshiyona istaklarini jilovlay olmayotganini his qildi.
— Qizalog'im... sening bokiraligingni saqlab qolish uchun o'zimni qanchalar tiyganimni, ichimdagi hayvonni qanday zanjirlab kelganimni tasavvur ham qila olmaysan.
— Yolvoraman... tegma menga... — Iburaning pichirlashi erkakning qonini yanada qizitdi.
Taehyung qizning titrayotgan qo'lidan tutib, barmoqlari orasida begona kishining sevgisi ramzi bo'lib turgan, yaltiroq olmos uzukni shafqatsizlik bilan sug'urib oldi va Qizning...