July 6

๐——๐—ฒ๐˜ƒ๐—ถ๐—นโ€™๐˜€ ๐——๐—ผ๐—น๐—น

2-qism 18+

๐‘„๐‘œ๐‘โ„Ž ๐‘ž๐‘–๐‘ง๐‘Ž๐‘™๐‘œ๐‘”'๐‘–๐‘š ๐‘ก๐‘ข๐‘ก๐‘–๐‘ ๐‘œ๐‘™๐‘ ๐‘Ž๐‘š ๐‘œ๐‘ฆ๐‘œ๐‘ž๐‘™๐‘Ž๐‘Ÿ๐‘–๐‘›๐‘” ๐‘ก๐‘ข๐‘”๐‘ข๐‘™ ๐‘ก๐‘Ž๐‘›๐‘Ž๐‘›๐‘”๐‘‘๐‘Ž๐‘”๐‘– โ„Ž๐‘Ž๐‘Ÿ ๐‘๐‘–๐‘Ÿ ๐‘ ๐‘ข๐‘ฆ๐‘Ž๐‘˜๐‘›๐‘– ๐‘ ๐‘–๐‘›๐‘‘๐‘–๐‘Ÿ๐‘–๐‘, ๐‘๐‘ข ๐‘‘๐‘ข๐‘›๐‘ฆ๐‘œ๐‘›๐‘– ๐‘ ๐‘’๐‘› ๐‘ข๐‘โ„Ž๐‘ข๐‘› ๐‘—๐‘Žโ„Ž๐‘Ž๐‘›๐‘›๐‘Ž๐‘š๐‘”๐‘Ž ๐‘Ž๐‘ฆ๐‘™๐‘Ž๐‘›๐‘ก๐‘–๐‘Ÿ๐‘Ž๐‘š๐‘Ž๐‘›...

3...2...1...

โ€”Roziman

Qiz qora ko'zlarini Jungkookning yuziga qadagancha gapirdi shu zahotiyoq Jungkookning yuziga tabassum yugurdi va yashil chiroq.

Gazni oxirigacha bosgan erkak yon tomonidagi qizga bilintirmay ko'z tashladida ko'zlariga tushib turgan sochlarining old qismini orqaga qo'li bilan tarqab rulni o'ngga qarab burdi.

โ€”Bugun bo'lgan ishlar uchun uzr so'rayman Jungkook, nima bo'lgan taqdirda ham qisman men ham aybdorman.

Erkak ko'zini yo'ldan uzmagan holda qizning bo'yin qismidan ushlab boshini yelkasiga yaqinlashtirdi va yuzini burib qizning peshonasiga lablarini bosdi.

โ€”Seni aynan mana shu uchun va qop qora domiga tortib ketadigan ko'zlaring uchun sevaman Iburam.

Jungkookning hovlisi ichiga kirgan qiz baland baland qurilgan bu devorlarga qarab labining chekkasini biroz tishlab qo'ydi. Bir odam uchun hattoki bir oila uchun ham katta va hashamatli qurilgan bu uy qizning xayollarini biroz jalg'itdi.

Jungkook mashinani garajga joylab qizning yelkasiga qo'lini tashlagancha uni uy ichiga olib kirdi.

Butun zal oppoq shishirilgan shariklaru oq atirgullar bilan bezalgandi qiz hayron ahvolda orqasiga burildi.

Jungkook cho'ntagi ichidan bir qutini chiqarib yerga oyog'i bilan tizzalab oppoq qutini ochdi.

โ€”yigirma sakkiz yil umr ko'rgan bo'lsam hech qachon hech kim seni men kabi sevmadi Iburam, Menga turmushga chiqasanmi?

Qiz erkakning qo'llari orasidagi quti ichida yaltillab turgan katta ko'zli olmos uzukni quti ichidan sug'irib oldi va barmoqlariga taqdi.

โ€”Ha men roziman Jungkook, sen bilan oila qurishga roziman.

Jungkook o'rnidan turib qarshisida turgan xipcha belli nozik qizni dast yerdan ko'tardida oyog'ini yerga tekkizmay aylantirdi.

Qiz Jungkookning bo'ynidan Qo'llarini mahkam o'tkazib olib uni qo'yib yubormaslikka urinar ammo Jungkook hozir chegaradan oshayotganini bilib qizni sekin yerga qo'ydi.

Iburaning tuyg'ulari, hislari va hirslari olov bo'lib yonar ekan qiz oyoqlari uchida tik turgancha erkakning yuziga lablarini bosdi Jungkook o'zini bosa olmay qolishidan biroz hayiqib qizdan uzoqlashdi...

โ€”Shu xonada qolsang bo'ladi Ibura.

โ€”Sening xonang bo'lmaydimi Jungkook?

Jungkook bu gaplardan so'ng qizga yalt etib qaradiyu o'zini bosib olgan ohangda davom ettirdi.

โ€”To'ydan keyin men bilan bir xonada qolasan albatta Iburam, ammo ungacha bir xonada tunashimiz to'g'ri emas.

Jungkook eshikni ortidan yopib ketar ekan Ibura Quchog'ini to'ldirib turgan oppoq atirgullarni yerga tashlab yubordi va labini apil tapillik bilan artib tashladi.

โ€”Erkak kishi ham shunchalik latta bo'lishi mumkinmi?

Qiz ko'zlarini suzib ustidagi moviy ko'ylagini zamochkasini yechib o'zini xonani to'ldirib turgan yotoq ustiga tashlab yubordi va qo'lidagi telefonini olib bugun restoranda tushgan suratlariga birin ketin qaray boshladi.

Haqiqatdan ham hurliqoning o'zi Husn desa husni aql desa aqli qomat desa qomati ham bor edi. Malikalarday turgan bu qizni sevmay bo'larmidi ahir?

Barmen erkakni ham o'ziga yeb qo'ygudek qarab turgan ko'zlarini o'yladiyu Jungkookning rashk qilganidan xursand holda miyig'ida kulib qo'ydi.

Bu erkakni e'tiborini tortish uchun ozmuncha harakat qilmadi ahir. Dang'illama uyi oyog'i ostida so'nggi rusumli inomarka moshinasi qo'li ostida ishi bolsayu qaysi qiz bu erkakka havas bilan boqmasdi.

Iburaning psixolog ekanligi unga qo'l keldi ayollarga qayrilib ham qaramaydigan bu erkakni o'rash unga ancha og'ir bo'ldi, ammo nima qilgan bo'lsada arzirdi.

Uch yil avval

Taehyung qorong'u xona ichida kampyuterni titkilar sichqoncha tugmasini tinimsiz bosar ekan nihoyat u qidirgan odam katta ekranda chiqib keldi.

๐—œ๐—ฏ๐˜‚๐—ฟ๐—ฎ ๐—›๐—ฒ๐—น๐—น๐˜€๐—ถ๐—ป๐—ด

25yoshda psixolog. Busanda tug'ilgan oilada yolg'iz farzand ishi va tushadigan foyda sababdan ham hozir Seulda ijarada bir o'zi yolg'iz yashaydi.

โ€”Demak yolg'iz yashaysan qizalog'im qanday yaxshi.

Erkak lablarining chekkasini yalab keng hudisi cho'ntagini titkiladi va mashinasini emas mototsiklining kalitini chiqardi qo'lidagi telefoniga uy joylashgan kvartira koordinatalarini to'g'irlab manzilni aniqlab yozib oldi.

Umri davomida ayol zotiga qiziqmagan 26 yoshli Kim Taehyung do'kondagi oddiygina bir kassir qizga qiziqib qolgandi hamma narsa oddiy boshlandi Taehyung yeyish uchun oziq ovqatlar oldi ammo pulni naqt pulda to'lashi kerak bo'lgan vaqt bu do'konda barcha pullar raqamli pullar ya'ni kartalar orqali to'lanishini eshitib qizishib ketti kassada turgan yosh qiz esa bu vaqtda o'z kartasidan barcha pullarni to'lagandi.

Erkakning e'tiborini qizning yoshi ko'proq tortdi yigirma ikki yoshda bo'lmasin oddiy o'smir kabi korinayotgan qizni shu yoshidan ishlashga nima majbur qildi ekan? Tirnoqlari qirilib sochlari to'zib ketgan bu qiz o'z kunini o'zi tortishi tayin edi.

Erkak qizning bo'ynida osilib turgan bedjikdagi ismlarni takror takror o'qidi va raxmat aytib chiqib ketdi.

โ€”Ibura Hellsing... Ibura Hellsing... Ibura Hellsing...

Mototsikl sakkiz etajlik ko'p qavatli bino oldidan biroz uzoqroqda to'xtadi va erkak motodan tushmay turib nafasini siqayotgan shlemini yechib oldi.

โ€” Demak beshinchi qavat 143-xonadon

Taehyung telbalarcha qo'lida turgan soatga qaradi 20:46 qizning ish vaqti soat 23:00da tugab kvartirasigacha yana yigirma daqiqa borligini bilib chuqur nafas oldi va yuqoriga kameralar bor liftda emas uzundan uzun zinalardan qo'lidagi quti bilan bir amallab ko'tarildi.

Eshik qulfini simni qayirib ochish qiyinchilik ham tug'dirmadi ammo qulf elektron raqamlardan tuzilganda bu haqiqiy muammo bo'lardi va bu Iburaning eng katta xatolaridan biri edi...

Taehyung uyni sinchiklab ko'zdan kechirdi deyarli butun uy qizil rangga burkalgan erkak qo'lidagi og'ir qutini yerga qo'yib ochdi va ichidan kameralarni chiqarib ishga tushirdi.

Oshxona burchagida turgan muzlatkich ustiga bitta kamera.

Yotoqxona shkafi turgan burchakdagi devorga bitta kamera.

Hammom fortichka( quyosh tushishi uchun kichik derazacha) burchagiga kichik bir kamera o'rnatdi.

Xonalar kamligi unga qo'l keldi ishini yakunlab qo'lidagi planshetdan tekshirdi uyining barcha qismi bemalol ko'rinib turardi.

Erkak uydan chiqib eshik qulfini yana o'sha sim bilan burab qulfladi, yana o'sha zinalardan birin ketin tushdi va mototsikliga o'tirib boshiga o'sha shlemini taqib gazni bosdi.

Soat 22:43

Mototsikl do'kondan biroz uzoqroqqa to'xtadi Taehyung ichkarida kassa oldida turgan qip qizil sochli va qip qizil lab bo'yog'i surtgan qizga mahliyo bo'lib yana suratga oldi...